76
himoyalanmagan qatlamlar) tashkil qiladi, shu sababli, uni milliy darajada tashkil
qilinadigan ijtimoiy rivojlanish va raqamli maorif Markazlari negizida byudjet
asosida tashkil qilish to‘g‘ri bo‘lardi.Ta’kidlash joizki, aholining barcha
qatlamlarini qamrab oladigan barcha tayyorgarlik pog‘onalari bir xilda muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki barcha zamonlarda taraqqiyotning asosiy ko‘rsatkichi
jamiyatda texnologik yangiliklarni qabul qiluvchi
inson guruhlari borligi
hisoblanadi.
Iste’molchilar,
birinchi
navbatda,
fuqarolarning
raqamli
texnologiyalardan foydalanishdan oladigan uzoq muddatli afzalliklarni tushunishi
va shaxslarning uni idrok qilishi asosiy ahamiyatga ega.Raqamli texnologiyalardan
kengroq foydalanish uchun qaysi ko’nikmalar kerakligi haqida eng oddiy fikr bu
quyidagi uchta yo‘nalish haqidagi taxmin bo‘lishi mumkin:
dasturlash, amaliy dasturlar ishlab chiqish va tarmoqlarni boshqarish
uchun IT sohasidagi mutaxassislar ko‘nikmalari
va kasbiy maqsadlar
uchun ITdan foydalanishning umumiy ko‘nikmalari;
IT dan ishda foydalanish bilan bog‘liq yangi vazifalarni bajarish uchun
qo‘shimcha IT ko‘nikmalari, masalan: axborotni qayta ishlash, o‘zini-
o‘zi yo‘naltirish, muammolarni hal qilish va kommunikatsiya;
raqamli savodxonlik ko‘nikmalari, shuningdek, barcha odamlar
tomonidan kundalik hayotda raqamli
texnologiyalardan samarali
foydalanishni ta’minlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan
ijtimoiy va emotsional ko‘nikmalar.
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
statistika
qo‘mitasi
tomonidan
o‘tkaziladigan
axborot
texnologiyalari
va
axborot-telekommunikatsiya
tarmoqlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha aholini tadqiq etish shuni
ko‘rsatadiki, eng tarqalgan kon’yunktura ko‘nikmalari matnli muharrir bilan
ishlash (respondentlarning 42%i qo‘llagan), kompyuter va periferiya qurilmalari
o‘rtasida fayl uzatish (29%), elektron jadvallar bilan ishlash (23%) deb topilgan.
Dasturiy ta’minot konfiguratsiyasi sozlamalari yoki parametrlarni o‘gartirishga
qodir bo‘lgan «rivojlangan» foydalanuvchilar 3%dan
ham oshmaydi, xuddi
shunday ko‘rsatkich operatsion tizim o‘rnatish va qayta o‘rnatish ko‘nikmalariga
77
ega bo‘lgan shaxslarga ham ta’alluqli. Dasturlash tilidan foydalangan holda
mustaqil ravishda dasturiy ta’minot yozish ko‘rib chiqilayotgan aholi guruhida
faqat
1%
aholining
qo‘lidan keladi, xolos.
Shuningdek, internetdan
foydalanuvchilar tarmoqda axborot qidirish va muloqot qilish borasida yaxshi
ko‘nikmalarga ega ekanligi, bulutli omborlardan foydalanishi qayd qilinadi. U yoki
bu ko‘nikmalarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malaka oshirishning qaysi
darajalarida takomillashtirish kerak degan savol ham tug‘iladi. Masalani to‘liq
yoritib berishga da’vogarlik qilmagan holda, bahs-munozalar maqsadlarida IT
muayyan sohasida kutilgan ko‘nikmalar va chuqur bilimga egalik ko‘rsatilgan
holda raqamli tayyorlash darajasi va o‘qitish shakllarini quyidagi jadvalda ajratib
ko‘rsatamiz (bizning fikrimizcha):
Do'stlaringiz bilan baham: