G20
sammitlari raqamli
iqtisodiyot ta’alluqli bo’lgan vazirlar uchrashuvida qabul qilingan «
G20 Digital
Economy Ministerial Conference Düsseldorf 6 – 7 April 2017
» deklaratsiyasida,
shuningdek, «texnologik ishsizlik» oldidagi qo‘rquvlar sanoat inqilobi davriga
borib taqalishi, texnik taraqqaiyot oqibatida ish turlarining yo‘q bo‘lib ketishi va
ish o‘rinlarining qisqarishi iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismini ifodalashi
ta’kidlanadigan Jahon bankining Jahon rivojlanishi haqidagi ma’ruza sharhida
yangradi. Siyosatning javob choralari ijtimoiy himoyani qayta ko‘rib chiqish,
ta’lim va kasbiy tayyorgarlik sifati va dolzarbligini oshirishni qayta ko‘rib chiqish
bilan bog‘lanadi, biroq bu ularni isloh qilish faqat yillar o‘tgandan keyingina hosil
beradigan sohalar hisoblanadi»
12
. Texnologiyalar va ta’lim o‘rtasidagi musobaqada
raqamli imkoniyatlardan har bir kishi foydalana olishi uchun ko‘nikmalarni
11
Клаус Шваб. Четвертая промышленная революция. –М., Эксмо.2016. С.63
12
Цифровыедивиденды.ОбзорДокладаомировомразвитии.2016.Всемирныйбанк,2016.С.22.
73
rivojlantirish va rag‘batlantirish kerak, deyiladi ushbu sharhda
13
.
2.2. Raqamli iqtisodiyot kadrlarini nimalarga o‘qitish kerak
Hozirgi kunda kasbiy ta’lim haqidagi munozazalarda yangi atamalarga o‘tish
amalga oshirilgan bo‘lib, bu uning mazmunidagi jiddiy o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Gap bilimlarga ega bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq ko‘nikmalar – skillsni o‘zlashtirish
va, bundan tashqari, alohida ko‘nikmalar emas, bir guruh ko‘nikmalar yoki
vakolatlarga ega bo‘lish haqida boradi. Ta’lim sohasidagi tub o‘zgarishlarni aks
ettiradigan hard skills, soft skills, digital skills kabi atamalar paradigmasi vujudga
keldi. Barcha kasblar uchun aytib o‘tilgan ko‘nikmalar ichida yuqoridagi uchala
guruhlarning nisbati turlicha bo‘ladi.Birinchi guruhdagi ko‘nikmalarga, qoidalarga
ko‘ra, avtomatizmga olib kelish va, masalan, imtihon yordamida o‘lchash mumkin
bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarkiritiladi. Ikkinchi guruhdagilar shaxsiy xislatlar
doirasiga kiradi, shaxsning ijtimoiylashuvi va kasbiy tajribaga ega bo‘lishi
jarayonida qo‘lga kiritiladi, asosiy faoliyat o‘ziga xosliklaridan qat’i nazar
muvaffaqiyatli bo‘lishga imkon beradi.Uchinchi guruhga keladigan bo‘lsak, bu
yerda kim bunday ko‘nikmalar paketini olishi lozimligi muhim ahamiyat kasb
etadi.Masalan, «raqamsiz» kasblar (shifokor, advokat, akter, adabiyot
o‘qituvchisi), digital skills zarur bo’lagan kasb sub’ektlari esa – zamonaviy tarmoq
raqamli jamiyati oddiy a’zolari sifatida ularga zarur bo‘lgan vakolatlar standart
paketiga ega bo’lishlari lozim. Bu jamiyatning texnik elitasini tashkil
qiladiganlarga esa butunlay boshqa paket kerak. Boz ustiga, ushbu guruh vakillari
uchun digital skills xuddi hard skills ahamiyatini kasb etadi. Xuddi shu narsa soft
skills bilan ham ro‘y beradi. Mutaxassislarning bir qismiga kommunikativ va
boshqaruv ko‘nikmalarumumiy kasbiy darajani qo‘llab-quvvatlash uchun zarur,
pedagogik va boshqaruv jamoalari uchun bunday vakolatlar tor kasbiy bilimlar
bilan birga hard skills paketiga kiradi. Ma’lumki, iqtidorli o‘qituvchilaro‘rtacha
statistik pedagoglardan o‘z bilimlari chuqurligidan ko‘ra ko‘proq ularni yetkazish
qobiliyati, ya’ni mukammalroq kommunikatsion qobiliyatlar bilan farqlanib
turadi.Munozaralarda eng avvalo, ushbu uchta tarkibiy qismlar nisbati va ularning
13
Цифровыедивиденды.ОбзорДокладаомировомразвитии.2016.Всемирныйбанк,2016.С.22.
74
uyg‘unlikdagi tuzilishlar muhokama qilinadi. Faqat turli fanlararo bilimlar va
fanlararo tadqiqot usullariga ega bo‘lgan, texnik va gumanitar fanlarda chuqur
bilimga ega bo‘lgan, kelgusida uzluksiz rivojlanishga qodir talaba tayyorlash
uchun ta’lim fundamentalligini mustahkamlash zarur. Bizningcha, bu «skills»
haqidagi savolga asosiy prinsipial yondashuv hisoblanadi. Vaqt gorizonti quyidagi
ko‘nikmalarni belgilab beradi: bizhatto yaqin kelajakda ham qanday ko‘nikmalar
kerak bo‘lishini aniq bilmaymiz, bu esa ta’lim dasturlarini tavsiflash va ta’lim
tizimlarini tashkil qilish modellarini konseptual tavsiflashda qo‘llarini bog‘lab
qo‘yadi. Lekin shunga qaramay, zamonaviy postindustrial jamiyatda yutuqlarning
eng katta ulushi aynan ikkinchi va uchinchi guruhdagi vakolatlar bilan
ta’minlanadigan inson salohiyati va ijtimoiy kapital eng muhim rol o‘ynashini
hisobga olgan holdata’lim jarayoni o‘zgarishi lozim.
Bugungi kunda biznes-modellardaminimal vaqt «lag»i bilan ko‘nikmalar
to‘plamining doimiy «sinishi» ro‘y bermoqda, keyin esa yangi ko‘nikmalarga
yuqori talab vujudga keladi va bu yangi kasblarga talablarni belgilab beradi. Ya’ni
barcha sanoatlarda, barcha sohalarda ko‘nikmalar to‘plamining «yaroqlilik
muddati» keskin pasayadi. Robototexnikaning rivojlanishi bilanko‘plab zaruriy
ko‘nikmalar yo‘q bo‘lib ketadi. Boz ustiga, hattoki sezilarsiz texnologik
o‘zgarishlarga ega bo‘llgan tarmoqlarda ham demografik vaziyat o‘zgarishi yoki
boshqa bozorlarga yo‘naltirilganlik zarur ko‘nikmalarni o‘zgartiradi. Bandilkning
o‘sishi asosiy ish o‘rinlari uchun zarur bo‘lgan u yoki bu tarmoqdagi ko‘nikmalar
zarur asosiy to‘plam bilan ta’minlanmaydigan, odamlarning bir qismi esa og‘ir
ahvolga tushib qoladigan – ishchi kuchi ortiqchaligiga duch keladigan va bu hatto
biznes va ish beruvchilarning malakani o‘zgartirishga investitsiya kiritish
stimullariga putur etkazishi mumkin bo‘lgan vaziyat bilan birgalikda kutilishi
ehtimoli ham istisno qilinmaydi.Zamonaviy sanoatlarga qaysi muayyan
ko‘nikmalar zarur degan fikrga qaytamiz. Bu yerda axborot texnologiyalarning
turli tarmoqlarga tasirining vaqt bilan bog‘liq jarayonini ko‘rib chiqish muhim.
Horijiy mutaxassislar biznes-modellarga va ishchi kuchi ko‘nikmalarga talab
mavjudligiga ta’sir etadigan quyidagi faktorlarni ajratib ko‘rsatadilar:
75
mobil internet va bulut texnologiyalari rivojlanganligi;
katta ma’lumotlar bazalari;
kraudsorsing, shering-ekonomy va pirring tarmoqlari;
o‘zgaruvchan ish sharoitlari va moslashuvchan ish mexanizmlari;
yashil iqtisodiyotga o‘tish;
yangi energiya manbalari va texnologiyalar;
buyumlar interneti;
ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, 3D-bosma;
ilg‘or robototexnika va avtonom transport;
sun’iy intellekt va uning mashina uskunalari;
ilg‘or materiallar, biotexnologiya va genomika.
Do'stlaringiz bilan baham: |