Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


The Future of Work: Jobs and skills in 2030



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

The Future of Work: Jobs and skills in 2030
» 
ma’ruzasida qayd etilishicha:«Texnologiyalar va fanlarning yaqinlashuvi 
muxandislar, biologlar, biomuhandislar va raqamli iqtisodiyot sohasidagi ko‘p 
profilli yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj kuchayadi”. 
Zamonaviy iqtisodiyotda talab katta bo‘lgan ko‘nikmalar turlari 
Kognitiv 
Ijtimoiyva xulq-atvor 
Texnik 
Savodxonlik va matematik 
ko‘nikmalar, shuningdek, 
yuqori darajadagi kognitiv 
ko‘nikmalar (masalan, 
mantiqiy va kreativ 
fikrlash) 
Ijtimoiy-
emotsionalko‘nikmalar 
va shaxsiy xislatlar 
Qo‘l mehnati ko‘nikmalari vausullarni 
bilish, materiallar, mexanizmlar va 
vositalar bilan ishlash qobiliyati 
Muammolarni hal qila olish 
qobiliyati, muammoni hal 
qilish uchun zarur bo‘lgan 
bilim 
Yangi tajriba olishga 
tayyorlik, halollik, 
ekstraversiya, 
taktvaemotsional 
barqarorlik 
O‘rta maktab tugalangandan keyingi 
kasbiy tayyorgarlik yoki o‘qish 
jaryonida, yoxud mehnat faoliyati 
jarayonida olingan texnik ko‘nikmalar 
Verbal savodxonlik
hisoblay olish qobiliyati, 
muammolarni hal qilish, 
xotira va fikrlash tezligi 
O‘zini-o‘zi tartibga 
solish, murosalarga 
tayyorlik, aqlning 
yo‘nalishi, qaror qabul 
qilishva shaxslararo 
muloqot ko‘nikmalari 
Muayyan kasb bo‘yicha ishlash uchun 
zarur bo‘lgan ko‘nikmalar (masalan, 
muhandis, iqtisodchi yoki IT bo‘yicha 
mutaxassis) 


80 
Manba: “
Raqamli dividendlar”. Jahon rivojlanishi haqidagi ma’ruza sharhi. 
2016. Jahon banki, 2016. 33 bet. 
Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar bunday fanlararo jamoalarda uzluksiz 
ishlash va hamkorlik qilishni ta’minlash uchun zarur. Konvergent texnologiyalarga 
asoslangan biznes-faoliyat va tarmoqlarning rivojlanishi, shuningdek, ehtimol, 
ilmiy hajmdor hizmatlar va ko‘nikmalarga, jumladan, intellektual mulk va boshqa 
masalalar bo‘yicha yuridik hizmatlar, marketing va strategik boshqaruv 
konsaltingiga talab yaratadi. Ko‘rsatilishicha, konvergent texnologiyalar 
ko‘nikmalari va fanlararo ko‘nikmalarga o‘qitish, xususan, biotexnologiya, 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar va kognitiv fanni 
uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi.Agar raqamli iqtisodiyot kadrlarini tayyorlashda 
sinergetik ta’sir va fanlararolik tamoyillar haqida gapiradigan bo‘lsak, uning 
universal chuqur bilimga egalik sifatida ijtimoiy javobgarlik tamoyiliga 
muvofiqligi kabi jihatni aylanib o‘tish mumkin emas. Ushbu konseptning falsafiy 
mazmuni atrof-muhitdagi tizimli o‘zgarishlarni va raqamli texnologiyalarning 
rivojlanish oqibatlarini bashorat qilish bilan bog‘liq. To‘liqlikka da’vogarlik 
qilmasdan, raqamli texnologiyalarning quyidagilar bilan bog‘liq rivojlanish 
risklarini sanab o‘tamiz: 

ularsiz axborotlashgan iqtisodiyot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan 
ma’lumotlar to‘plash va saqlash risklari (fuqarolar va ular amalga oshiradigan 
harakatlar haqida ulkan axborot to‘plamlari yaratgan holda, ularnnig kerakliligi 
reytniglarini tuzish imkoniyati bilan; nafaqat aholi, balki davlatlar ustidan 
nazorat imkoniyatlari bilan; axborot chiqib ketishi va mamlakat raqamli 
suverenitetini yo‘qotishning salbiy oqibatlari bilan bog’liq risklar); 

oldingi o‘zgarishlardan ko‘ra keng ko‘lamliroq va ancha tezkor bo‘lib chiqishi 
mumkin bo‘lgan texnik taraqqiyoining rivojlanishini oldindan aytib berish 
imkoni yo‘qligi bolan bog’liq risklar (texnologiyalar va ta’lim o‘rtasidagi 
musobaqa; har bir kishiga zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish va mehnat bozori 
tuzoqlariga 
tushmaslikka 
imkon 
beradigan 
mehnat 
ko‘nikmalarini 
moslashtirish; raqamli uzilish va marginallashuvning oldini olish kabi risklar); 


81 

havfsizlik, jumladan, kiberhavfsizlikni ta’minlash masalalarining (zamonaviy 
axbrot texnologiyalari yordamida iqtisodiy firibsharlikning oldini olish), 
shuningdek, elektron savdoni tartibga solish, Internetdan foydalanish
biomuhandislik texnologiyalari, sun’iy intellekt, kriptovalyutalar, uchuvchisiz 
qurilmalar masalalarining dolzarblashuvi; 

raqamli iqtisodiyotda iste’molchilarni himoya qilish va raqobat haqidagi 
qonunlarning yo‘qligi yoki ularga rioya qilinmasligi risklari. 
Ko‘rinib turibdiki, ta’lim darajalarining har biri aytib o‘tilgan universal 
kompetensiyalarni o‘z darajasida shakllantiradi. Ijtimoiy javobgarlik tamoyiliga 
muvofiqlik 
nuqtai-nazaridan 
tayyorgarlik 
birinchi 
navbatda, 
raqamli 
iqtisodiyotning rivojlanishi, shuninglek, ma’lumotlarni saqlash usullari va 
tashkilotlarning kiberhimoya vositalari rivojlanish sharoitlarida ekologik va 
texnosfera havfsizligi vazifalarini hal qilishda ijtimoiy javobgarlik ko‘nikmalarini 
rivojlantirish bilan bog‘liq bo’ladi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish