Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Dunyoda innovatsion rivojlanishning global vazifalaridan biri insonlarda kreativlikni shakllantirishdir. Bunda yangi g‘oyalar ishlab chiqarish, murakkab jarayonlarda echim topa bilish, kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish, oqilona tavakkalchilikka bo‘lgan qobiliyat, kasbiy barkamollik kabi harakatlar nazarda tutiladi. YUNESKO1 kattalar ta’limini XXI asrda «eshiklarni ochuvchi kalit» deb e’tirof etdi. Jahon miqyosida pedagog kadrlarning ijodiy salohiyati, akmeologik kompetentligi va kreativligini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlari orqali o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy metodlaridan kompleks foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning intellektual resurslarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon miqyosida pedagogika sohasida ta’lim muassasasi pedagogining ijodiy fikrlashi va kreativligini rivojlantirish masalalariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Dunyodagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish, professoro‘qituvchilarning kreativ kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish usullarini ilmiy asoslab berish, malaka oshirish tizimi mazmuniga mos kreativ o‘qitish metodikasini joriy etish va o‘quv materiallarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Respublikadagi shiddatli o‘zgarishlar ta’lim tizimiga ham jahon miqyosida keng yo‘l ochib bermoqda, jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalarning tezkor rivojlanishi, global telekommunikatsion texnologiyalarning takomillashib borishi elektron ta’lim muhitida insonni ishga bo‘lgan munosabatini kreativ yondashuvini talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 avgustdagi PQ- 3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2909-son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |