I. kirish II. Asosiy qism



Download 118,5 Kb.
Sana07.02.2020
Hajmi118,5 Kb.
#39012
Bog'liq
shokir 11cc

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI

MAVZU: Ma’naviy tahdid tushunchasi va uning mohiyati

Bajardi:

Urganch – 2020 y.

MAVZU: Ma’naviy tahdid tushunchasi va uning mohiyati

Reja:

I. KIRISH…………………………………………………...3

II. ASOSIY QISM:

1. Manaviy tahdidlarning zamonaviy ko’rinishlari…….... 4

2. Ma`naviy tahdidlarni oldini olishda oila va mahallaning

o`rni…………………………………………………………7

3. Ma’naviy tahdidlarni bartaraf etishda davlat va jamoat

tashkilotlari hamkorligining mexanizmlari……………….13


III. XULOSA…………………………………………………16

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…..17

KIRISH

Globallashuv ma’naviy tahdidning eng qulay vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki globallashuvda “Mening millatim”, “Mening xalqim”, “Mening mamlakatim”, “Mening vatanim” kabi tushunchalarga o‘rin qolmaydi. Globallashuv sharoitida ”Ommaviy madaniyat” niqobi ostida aslida milliy qadriyatlar tizimini o‘zgartirish jarayoni ketayotgani haqidagi fikrga qo‘shilamiz. Bunday sharoitda inson o‘zligini yo‘qotadi. Tilini, qadriyatlarini, urf-odat va an’analarida unitadi.

Zero, chindan ham davr G‘arb individuallashuv (xudbinlashuv) madaniyati aslo ijobiy va umuminsoniy ma’naviy qadriyat emas. Ya’ni, uning “Ommaviy madaniyat” poydevorini umuminsoniy ezgu qadriyatlar emas, balki “iqtisodiy, siyosiy, harbiy qadriyatga ega bo‘lgan, o‘z ta’sirini jahonga o‘tkazishga” urinayotgan ayrim salbiy kuchlarning manfaatlari tashkil etadi.

Mafkuraviy axborot xurujlari ma’naviyatga tahdid solmoqda.

“Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egatsentrizm g‘oyalarini tarqatish kerak bo‘lsa, shuning xisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”.1

“Ommaviy madaniyat” kosmopolitizm g‘oyasini targ‘ib qiladi, ya’ni jahon fuqarosi tushunchasini ilgari suradi.

“Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman”.

Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.

2017 yilning 15 iyun kuni poytaxtimizda «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so‘zlab, jumladan, hozirgi vaqtda dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, siyosiy va iqtisodiy inqirozlardan tashvishga tushmayotgan birorta davlat yoki jamiyat yo‘qligini qayd etdilar. «Ayniqsa, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solayotgani» alohida ta’kidlandi.

Xo‘sh, diniy-ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, bugun xorijiy davlatlarda xunrezliklarga sherik bo‘lib qolgan yoshlarni aynan internet o‘z to‘riga ilintirmadi, deb kim ayta oladi. Ana shu salbiy oqibatlarga qarab aytish mumkinki, hozirgi zamonda ijtimoiy tarmoqlar insoniyat boshiga bitgan balo ham bo‘ldi. Vayronkor g‘oya ilmsiz jamiyatga ko‘proq bostirib kiradi. Shuning uchun fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi esa ma’rifat bilan kurashmoq zarur. Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun jamiyatda ilm-ma’rifatni ravnaq toptirish eng muhim vositalar sirasiga kiradi. Ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan kuch – mafkuraviy immunitet. Keyingi paytlarda tilimizda «tahdidbardoshlik» degan yangi atama ham paydo bo‘ldi. Tovar bozor sharoitida raqobatdosh bo‘lgani kabi, kishilar ongi va qalbini egallash uchun kuchli raqobat kechayotgan hozirgi o‘ta murakkab va tahlikali zamonda aynan jamiyatning tahdidbardoshligini ta’minlash ham juda muhimdir.



1. Ma’naviy tahdidlarning zamonaviy ko’rinishlari.

Ma’naviyat bor joyda unga qarshi qaratilgan kuch ham bo‘ladi. CHunki ma’naviyatga fazilatlar majmuasi deb qarasak, illatlar yig‘indisini ma’naviyatsizlik hisoblaymiz. Afsuski, fazilatlar ham, illatlar ham bir shaxsning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun komil inson g‘oyasi kishining o‘zidagi fazilatlarni umrining oxiriga qadar takomillashtirish, illatlarni esa bartaraf etib borishni taqozo etadi. Dunyoda ma’naviyatni ravnaq toptirishni istaydigan, faoliyatini batamom shunga qaratadigan kuchlar bo‘lgani kabi ma’naviyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi qaratilgan guruhlar ham mavjud. Ularning ma’naviyatga qarshi yo‘naltirilgan xatti-harakatlari majmuasini «ma’naviy tahdidlar» deymiz.

Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish hech qachon oson kechmagan. Ana shunday murakkab jarayonda muayyan ma’noda mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ladi. Muayyan kuchlar bu bo‘shliqni egallashga jon-jahdi bilan harakat qilishadi. 2000 yilning 6 aprelida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakat ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, milliy mafkura konsepsiyasini yaratishni topshirdi. Qisqa fursatda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi tayyorlandi. Ana shu risolada hozirgi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan barcha mafkuraviy tahdidlar alohida qayd etilgan.O‘tgan 17 yil mobaynida ma’naviy tahdidlarning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan turlari paydo bo‘ldi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, shu narsa oydinlashdiki, ma’naviyat bor joyda unga qarshi tahdid ham bo‘laverar ekan. Demak, insonlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, uni ana shu tahdidlardan asrash uchun bir lahza bo‘lsin, kurashdan to‘xtamaslik kerak ekan.

Biz globallashuv davrida yashayapmiz. Uning bosh xususiyati shuki, Er yuzining istalgan nuqtasida paydo bo‘lgan bir yangilik zudlik bilan butun dunyoga yoki uning juda katta qismiga tarqaladi. Ammo bu yaxshi yangilik bo‘lishi ham, yomon yangilik bo‘lishi ham mumkin. Aynan shuning uchun ham, xuddi tayoqning ikki uchi bo‘lgani kabi, globallashuvning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bor.Ijobiyligi shundan iboratki, bugun fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, bozor, ta’lim, madaniyat, adabiyot-san’at va boshqa sohalardagi har qanday ezgu jihat misli ko‘rilmagan tezlik bilan keng tarqal­yapti, qit’adan-qit’aga, yurtdan-yurtga o‘tib, umumbashar mulkiga aylanib boryapti.

Salbiy jihati esa tezkor taraqqiyot va bozor iqtisodiyoti har qanday mamlakatga o‘zining barcha noxush tomonlari bilan birga kirib keladi. Bu esa globallashuv­ning salbiy tomonlaridan insonlarni ehtiyot bo‘lishga undaydi.Yot kuchlar zamonning ana shu xususiyatidan o‘z manfaatlari, yovuz maqsadlari yo‘lida foydalanishga, turli zararli g‘oya va mafkuralarni dunyo bo‘ylab tarqatishga zo‘r berib urinaveradi. SHu tariqa hozirgi zamonda odamlar qalbi va ong-tafakkurini zabt etishga urinish o‘zaro kurashning asosiy maydoniga aylanib ulgurgan.

Globallashuv davrini kompyutersiz, internet tarmog‘isiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugun kompyuterni bilmaydigan, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalana olmaydigan odamlar zamondan ortda qolgan hisoblanadi. YOshlarimiz shuni his etgan holda kompyuter va internetdan foydalanishni puxta o‘rganishmoqda.Yana bir jihatni aytish kerakki, bugun internetdan foydalanish uchun kompyuter sotib olish shart emas. Zamonaviy uyali telefonlar orqali internet tarmog‘iga bemalol ulanish va undan istagancha foydalanish mumkin.

Xo‘sh, internet ham yaxshi, ham yomon ma’lumotlar o‘chog‘i hisoblansa, yoshlarimiz undan bemalol foydalanayotgan bo‘lsa, ular tarmoqlardan qaysi ma’lumotlarni olayotganini kim nazorat qiladi?Aytish joizki, internetdan foydalanish uchun bir oz xarajat ham kerak bo‘ladi. Bu xarajatlar, albatta, oila byudjetidan ajratiladi. Biz – farzandsevar xalqmiz, hayotimizni bolalarimizga tikkanmiz, ulardan hech narsamizni ayamaymiz. Biroq... Gap shundaki, internet orqali bolalarimiz aqlan o‘sib, ma’nan etuklikka erishishi, komil inson bo‘lib tarbiyalanishi, ilm-ma’rifat o‘rganib, ezgulikka intilishi mumkin. Bugungi kunda internetdan foydalanmay turib zamon talablariga javob beradigan mutaxassis bo‘lib etishishni mutlaqo ko‘z oldimizga keltira olmaymiz. SHu bilan birga, aynan internetning salbiy ta’sirida farzandlarimiz ong-tafakkurining yomon tomonga o‘zgarishi mumkinligini ham nazardan qochirib bo‘lmaydi.

– «Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi». Dono xalqimiz bu hikmatni bejiz aytmagan. Bugun aynan internet orqali fe’l-atvori o‘zgarib, odamovi bo‘lib borayotgan, shuningdek, jinoyatchi qiyofasiga kirib, o‘zini o‘zi o‘ldirayotgan hamda terrorchiga aylanib, qo‘liga qurol olayotgan yoshlarimiz ham yo‘q emas.Hozir ko‘chalarda yoshlarga e’tibor qiling: deyarli hammasining qo‘lida zamonaviy telefon, qulog‘ida go‘shak. Ayrimlari dasturxon atrofida ham internet xabarlarini o‘qigani-o‘qigan. Atrofdagilar bilan ishi yo‘q. Hayot bilan qiziqmay qolgan, fikri xayoli qo‘lidagi ana shu «matoh»da.Internet-kafelar ham yoshlarimiz bilan gavjum. Ammo bu erga kirgan farzandlarimiz internetdan nima maqsadda foydalandi, nimalarni oldi, qanday o‘yin o‘ynadi, kimga nima yubordi. Bularni kim nazorat qiladi. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida ichki ro‘yxatga olingan hamda ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi o‘quvchilar ham bor. Ulardan ayrimlarining internetga kirib, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligiga kim kafolot beradi. Yoki vaqtinchalik ish bilan ta’minlanmagan yoshlarimizga nisbatan ham shunday fikr aytish mumkin. CHunki barcha yomon illatlarning ildizi bekorchilik va ishsizlikka borib taqaladi.

Dunyoda g‘oyadan kuchli qurol bo‘lmaydi. Bugungi kunda yovuz kuchlar o‘z g‘arazli g‘oyalarini tarqatish uchun internetdek tayyor «dastyor»dan ustomonlik bilan foydalanib kelmoqda. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar aynan «ommaviy madaniyat»ni targ‘ib etishning eng keng tarqalgan vositasiga aylanib boryapti. Bundan bolalarimizni asrashimiz lozim. Bu masala bugun hammani, ya’ni butun jamiyatni o‘ylantirishi shart.

2017 yilning 15 iyun kuni poytaxtimizda «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so‘zlab, jumladan, hozirgi vaqtda dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, siyosiy va iqtisodiy inqirozlardan tashvishga tushmayotgan birorta davlat yoki jamiyat yo‘qligini qayd etdilar. «Ayniqsa, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solayotgani» alohida ta’kidlandi.

Xo‘sh, diniy-ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, bugun xorijiy davlatlarda xunrezliklarga sherik bo‘lib qolgan yoshlarni aynan internet o‘z to‘riga ilintirmadi, deb kim ayta oladi. Ana shu salbiy oqibatlarga qarab aytish mumkinki, hozirgi zamonda ijtimoiy tarmoqlar insoniyat boshiga bitgan balo ham bo‘ldi. Vayronkor g‘oya ilmsiz jamiyatga ko‘proq bostirib kiradi. SHuning uchun fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi esa ma’rifat bilan kurashmoq zarur. Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun jamiyatda ilm-ma’rifatni ravnaq toptirish eng muhim vositalar sirasiga kiradi. Ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan kuch – mafkuraviy immunitet. Keyingi paytlarda tilimizda «tahdidbardoshlik» degan yangi atama ham paydo bo‘ldi. Tovar bozor sharoitida raqobatdosh bo‘lgani kabi, kishilar ongi va qalbini egallash uchun kuchli raqobat kechayotgan hozirgi o‘ta murakkab va tahlikali zamonda aynan jamiyatning tahdidbardoshligini ta’minlash ham juda muhimdir.

2. Ma`naviy tahdidlarni oldini olishda oila va mahallaning o`rni.

“ Ma’lumki, azaldan o‘zbek maxallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi. O‘zaro mehr-oqibat, axillik va totuvlik, extiyojmand, yordamga muxtoj kimsalar xolidan xabar olish, etim-esirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, xashar va marakalarni ko‘pchilik bilan bamaslaxat o‘tkazish, yaxshi kunda xam, yomon kunda xam birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf –odat va an’analar avvalambor maxalla muxitida shakllangan va rivojlangan. Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun xayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. Biz “Maxalla-xam ota, xam ona” degan xikmatli naqlni ana shu xayotiy xaqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz”1.

Globallashuv jarayonida turli ma’naviy mafkuraviy va axborot xurujlarining yoshlar ma’naviyatiga ta’sirining oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:


  • Milliy mafkuraning xar bir g‘oyasini amalga oshirishga undash;

  • Mukammal ta’lim –tarbiyaga e’tibor qaratish va bunda “Oila- maxalla-ta’lim muassasasi” konsepsiyasini qo‘llash;

  • Milliy urf-odat va an’analarni saqlab qoluvchi tadbirlar o‘tkazib borish;

  • Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashga o‘rgatish;

  • Milliy axloq qoidalariga doimiy amal qilishni ta’minlash;

  • Muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit va imkoniyat yaratib berish;

  • Milliy xunarmandchilikni o‘rgatish, xunar egallashlariga ko‘maklashish;

  • Maxalla kutubxonasini ezgulikka chorlovchi kitoblar bilan boyitish va yoshlarni kutubxonalarga faol jalb qilish;

  • Milliy o‘yinlar o‘tkazib turish, ularga yoshlarni qiziqtirish;

  • Ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda intellektual o‘yinlar o‘tkazish;

  • Ma’naviy –ma’rifiy to‘garaklarning turini ko‘paytirish va yoshlarni jalb etish;

  • Yoshlarning turli ko‘rik-tanlov va festivallarda qatnashishlariga imkoniyatlar yaratib berish;

  • Ma’naviy –ma’rifiy tadbirlarga uyushmagan yoshlarni faol jalb etish;

  • Ajdodlarning tarixiy, adabiy-badiiy merosini o‘rganishga o‘rgatish va buning uchun tashkiliy jarayonga ko‘maklashish;

  • Mustaqil fikrli va qat’iy e’tiqodli bo‘lishga undash;

  • “Ommaviy madaniyat” va uning salbiy oqibatlarini muntazam tushuntirib berish va boshqalar.

Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda oilaning ro’li. Xalqimizning o‘ziga xos milliy urf-odat, an’ana va turmush tarzi bor. Bular bebaho milliy qadriyat, ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy merosdir.Ularni asrash va kelajak avlodlarga etkazish alohida mas’uliyat talab etadi. Zero, farzandlarimizning o‘zligini tanishida milliy qadriyatlarimizning o‘rni beqiyosdir.

Chunki bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga mutlaqo zid g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan, inson ongini zaharlaydigan vositalarni tarqatishga zo‘r berib urinayotgan kimsalar, afsuski, yo‘q emas. Ayniqsa, yovuzlikni targ‘ib qiluvchi kino va videofilmlar, teleradio dasturlar, bosma nashrlar, pornografik mazmundagi asarlar va boshqa mahsulotlar, reklamalarni yoshlar orasiga bilinar-bilinmas holda majburan kiritish yo‘liga o‘tilgani kuzatilmoqda. Bularni olishda mahalla va oilalarning ahamiyati juda katta. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida farzandlar tarbiyasida oila va mahallaning ro’li katta ahamiyat kasb etishinini ta’kidlab o’tganlar. Ta’limni tarbiyadan tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasidir.

Noqonuniy xatti-harakatlar asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni yo‘qotishga, yosh avlod qalbiga xudbinlik, hayosizlik kabi salbiy hissiyotlarni singdirishga qaratilgani bilan ham ijtimoiy xavflidir.

Binobarin, bunday xatarli taxdidlar, ayniqsa, kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi. Bu o‘z navbatida farzandlarimizni ana shunday illatlardan saqlashimizni, himoya qilishimizni taqozo etadi.

«Voyaga etmaganlarning nazoratsizligi va huquq-buzarliklarning oldini olish to‘grisida»gi qonun loyihasi bolalarning nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bu borada voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, ichki ishlar, ta’lim, vasiylik va homiylik, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish idoralarining, shu jumladan, voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining vazifalari aniq belgilab berilgan.

Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarning voyaga etmaganlarning nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olish tadbirlaridagi ishtiroki alohida moddada bayon etilgan.

«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 188²-modda kiritish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu moddada tungi vaqtda bolaning ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz restoranlar, qahvaxonalar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan xonalarda yoxud boshqa ko‘ngilochar joylarda hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Yalpi majlisda birinchi o‘qishda muhokama qilinib, konseptual jihatdan ma’qullangan har ikkala qonun loyihasida, ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalarni nazoratsiz qolishdan, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga, odob-axloqimizga zid bo‘lgan tungi namoyish va tahdidlardan asrashdan, restoranlar, qahvaxonalar, klublar, Internet xonalari va boshqa shunga o‘xshash ko‘ngilochar joylardan tiyishdan, bolalarni ham ruhan, ham ma’nan, ham jismonan barkamol etib voyaga etkazishdan iborat.

Zero, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.

Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun etarli bo‘lmaydi. Unda iroda qudrati, mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o‘zga insonlarga mehr uyg‘otish, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg‘usi haqida kitoblarda yozilganlarni o‘qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga etadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bo‘lib qoladi, deb tasavvur qilish o‘ta soddalik bo‘lur edi. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsol-tushunchalarining o‘z ruhidagi poydor ma’naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o‘zgalar ibratida sinashi, bu yo‘lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko‘nglida mehr uyg‘onishi zarur. Bunga turli yo‘llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi.

“Bizning ulug‘ ajdodlarimiz, o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy til bilan aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli deb bilaman.”2

SHu gapga kichik bir misol:

Ma’lumki, imon-e’tiqod ma’naviyatning umurtqa pog‘onasi hisoblanadi. Xalqimizda birovni “imonsiz” deb atash eng og‘ir haqoratdir. Biz dinimiz islom deymiz, Qur’oni Karimda yozilishicha, Alloh bani basharni o‘ziga ibodat qilish uchun yaratgan. Lekin ko‘pchilik islomiy ibodatlar deganda, namoz, ro‘za, zakot, haj amallarini ko‘z oldiga keltiradi. Buyuk tasavvuf piri Bahouddin Naqshband esa Rasululloh (sav)ning quyidagi hadisini keltiradi: “Ibodat o‘n qismdir, uning o‘ndan to‘qqizi halol rizq topish harakati, qolgan barcha ibodatlar o‘ndan birini tashkil etadi.” Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G‘ijduvoniylarning piri murshidi hisoblangan shayx Yusuf Hamadoniyning “Hayot mezoni” asarida Payg‘ambarimizning yana bir hadislari keltiriladi: “Musulmon bo‘lmagunlaringizcha jannatga kirmaysizlar, bir-birlaringizga samimiy mehr qo‘ymagunlaringizcha musulmon bo‘lmaysizlar.” SHu sababli biz farzandlarimizga imonning asosiy sharti halollik, adolat va insonga, tabiatga mehr debuqdirishimiz, nafaqat uqdirishimiz, balki shu yo‘lda o‘zimiz ibrat bo‘lishimiz shart.

“Inson ma’naviy olamining yuksalishi” deganda nimani tushunish kerak, degan savolga aniq va lo‘nda javob berilgan: “Ollohning o‘zi bizga buyurgan komil inson bo‘lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish”. Ammo muallif yana ta’kidlaydiki, ushbu qoidani tushunish va e’tirof etishning o‘zi kifoya emas, balki ayni shu e’tiqodga amal qilib yashash  – “odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon”dir.

“Takror aytishga to‘g‘ri keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo‘qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo‘lmasligimiz zarur”. Hushyorlikni yo‘qotmaslik, beparvo bo‘lmaslik xususidagi uqdirishlarini to‘g‘ri tushunadigan bo‘lsak, bu degani yosh avlodga to‘g‘ri ta’lim berish bilan birga, har bir aytgan so‘zimizga avvalo o‘zimiz rioya qilishimiz kerak bo‘ladi. Masalan, “ilm ol” dedikmi, o‘zimiz umr bo‘yi ilmimizni oshirib, puxtalab borishdan to‘xtamasligimiz kerak; “halol va adolatli bo‘l” dedikmi, o‘zimiz farzandlarimizni halol luqma bilan boqayotganimizga, o‘z foydamizni ko‘zlab birovga zulm bo‘ladigan xatti-harakatdan saqlanishga qat’iy urinmog‘imiz lozim bo‘ladi. Ana shundagina bolalarimiz kelajagidan xotirjam bo‘lishimiz mumkin.

“O‘z-o‘zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda”

Albatta, barcha muammolarni bir kunda, bir hamla bilan echib bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu sa’y-harakatlarimiz samarali bo‘lishining ishonchli kafolatidir. Ammo har bir ishda yolg‘on qadamlardan, oson echimlar qidirishdan ehtiyot bo‘lmog‘imiz juda muhim. Har bir ishda qiyinchilikni bo‘yniga olgan odam haqiqiy yutuqqa erishadi. Ayniqsa, biz ziyolilar, yosh avlod tarbiyachilari o‘z vazifamizga mas’uliyat bilan yondoshsak, “farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash”dan, shu yo‘l bilan ular ongida “mafkuraviy immunitet” hosil qilishga urinishdan charchamasak, millatimiz yana buyuk millat bo‘ladi, avlodlarimiz ajdodlarimizga munosib qudrat kasb etadi.

XIX-XX asrlar davomida fan va madaniyat taraqqiyoti jihatidan Evropa mintaqasi boshqalardan uzil-kesil ilgarilab ketdi va natijada “jahon fani”, “umuminsoniy qadriyatlar” deganda birinchi navbatda Evropa madaniyati unsurlari tasavvur etila boshlandi. Yangi davrdagi bu mintaqaning yutuqlari ko‘p jihatdan madaniy integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Bu davrda Evropa xalqlari (inglizlar, nemislar, fransuzlar va h.k.) mintaqa miqyosidagi o‘zaro madaniy axborot almashinuv doirasidan chiqib, o‘zga mintaqalarda yaralgan boyliklarni o‘zlashtira boshladilar. SHarqshunoslik keng rivoj oldi. Turli fan sohalari sharqshunoslarning yutuqlaridan ijodiy foydalana boshladilar. Evropaliklarning Osiyo va Afrika mamlakatlari va xalqlari hayotini o‘rganishi, bir tomondan, ularning olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, turli mintaqa xalqlarining bir-birlarini tushunish, o‘zaro erkin muloqot qilish imkoniyatlarini oshirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, muayyan g‘arazli kuchlar uchun o‘zlariga qaraganda iqtisodiy va harbiy jihatdan zaifroq bo‘lgan yurtlarni bosib olish, qaramlik asoratiga solishga bo‘lgan intilishlari yo‘lida xizmat qildi.

Siyosatga doir ilmiy adabiyotlarida bunday jarayon “globallashuv fenomeni” deb nomlanmoqda. “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida bu hodisa oddiy qilib  “hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi” deb tushuntiriladi.

Oila sog`lom bo`lsa, jamiyat mustahkam bo`lsa mamlakat barqaror bo`lishi. Bashariyat taraqqiyotidagi bunday o‘zgarishlarni uzil-kesil “yaxshi” yoki “yomon” deb, salbiy yoki ijobiy hodisa sifatida baholab bo‘lmaydi. Kitobda yozilganidek,“har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin.”

Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan ish olib boradi, deyish qiyin. Ba’zilar uchun bu hayotda vujudga kelgan har bir yangilik ularning o‘z g‘arazli maqsadlariga qulay bir vosita xizmatini bajarishi kerak. Jumladan, jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunday buzg‘unchi kuchlar uchun “ayni muddao” bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o‘z qabih niyatlari yo‘lida ishga solish harakatiga tushdilar. Vaziyatning murakkabligi shundaki, bunday yovuz niyatli kuchlarning Vatani ham, millati ham, dinu imoni ham yo‘q. Ular goh “islomiy” qiyofada, goh “erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish”niqobi ostida harakat qilishlari mumkin.

Inson ongi va qalbi uchun kurash tarixan turli shakllarda insoniyat hayotidan o‘rin egallab kelgan. Hozirgi davr mafkuraviy tahdidlarning kuchayib borayotgani, turli oqimlar va kuchlar tomonidan g‘arazli maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan, jamiyat ma’naviy barqarorligiga salbiy ta’sir etadigan mafkuraviy xurujlarning yuzaga kelayotgani bilan xarakterlanadi. Bunday jarayonlar mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqqan yangi davlatlarning hayotida ham o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Shu bois “… hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo‘lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga da’vat etishi tabiiydir.

Jamiyat ma’naviyatiga tahdid solayotgan mafkuraviy omillarning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari, g‘oyaviy xavf-xatarlarning oldini olishning samarali usullari, vositalari va yo‘llarini aniqlash zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur tadqiqotning dolzarbligi quyidagi jihatlar bilan ifodalangan:



Birinchidan, globallashuv sharoitida jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, ta’sir kuchi ortib bormoqda. Xususan, turli yovuz va vayronkor g‘oyalar, qarashlarning murakkab sintezi sifatida chiqayotgan mafkuraviy tahdidlar jamiyat umumiy xavfsizligiga jiddiy ta’sir etayotganini ta’kidlash zarur. Bu mafkuraviy tahdidlarning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari va ijtimoiy oqibatlariga yangicha nuqtai nazardan yondashuvni taqozo qiladi.

Ikkinchidan, bugungi kunda ilg‘or kommunikatsiya vositalari sharoitida mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish tezkor va shiddatli tus olib, turli soha va yo‘nalishlar doirasida xilma-xil shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Bu mafkuraviy tahdidlarning tarixan yangi sifat bosqichiga kirganini ko‘rsatadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalarning hozirgi davrda namoyon bo‘lish xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Uchinchidan, milliy g‘oya konsepsiyasini samarali amalga oshirish g‘oyaviy xurujlarning oldini olishning muhim shartidir. Zero, milliy mafkura tizimidagi g‘oyalar jaholatga qarshi kurashda ilmiy yondashuv asosida belgilab olingan asosiy ma’rifiy vosita hisoblanadi. Bu borada, yurt tinchligi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi g‘oyalaridan mafkuraviy kurashda foydalanishning oqilona yo‘llarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

To‘rtinchidan, yoshlar turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida mafkuraviy tahdidlarning asosiy ob’ektiga aylanmoqda. Natijada, yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu mafkuraviy tahdidlarning oldini olishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida jamiyatimiz yoshlarining hayotiy mo‘ljal va maqsadlarini, orzu-ideallarini bilish, ma’naviy-axloqiy hayotidagi ustuvor tendensiyalarni aniqlashni talab etadi.

Beshinchidan, o‘zining mafkuraviy ta’sir kuchiga ko‘ra oila, mahalla va ta’lim-tarbiya tizimi g‘oyaviy tarbiya jarayonida muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda, mazkur institutlar mafkuraviy tahdidlarning oldini olishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. SHunday ekan, ularning faoliyatida tarbiya va mafkuraviy muhofaza uyg‘unligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tizimli tahlil qilish mavjud muammolarning oqilona echimlarini topishga xizmat qiladi.

Oltinchidan, kunda OAVning aholi, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashi va tafakkuriga ta’siri oshib bormoqda. Bu OAV orqali amalga oshiriladigan mafkuraviy tahdidlarning mohiyatini aniqlash, ularning oldini olish bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish, “to‘rtinchi hokimiyat”ning turli tarmoqlarida olib boriladigan g‘oyaviy targ‘ibot mazmunini kuchaytirish imkoniyatlari va yo‘llarini tadqiq etish zarurligini ko‘rsatadi.

“Yoshlarimizda ishonchni, mustaqil, ijodiy fikrlashni shakllantirish, Vatanning taqdiriga mas’ullik hissini rivojlantirishdir. Va, albatta, bizga yot bo‘lgan odatlar va qarashlarga nisbatan sobit e’tiqodni yaratishimiz lozim.


3. Ma’naviy tahdidlarni bartaraf etishda davlat va jamoat

tashkilotlari hamkorligining mexanizmlari
Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. Mafkuraviy profilaktika xilma xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmui, ya’ni ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi. Milliy g’oya asosidagi mafkuraviy immunitet har bir yigit-qiz, fuqaro mustaqillikning ma’no-mohiyati, Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan bunyodkor g’oyalar; yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot natijalari, Vatan va dunyo tarixi, umumbashariy tsivilizatsiya yutuqlariga doir bilimlarga tayanadi.

Mafkuraviy immunitet insonning Vatan va xalq manfaatlari yo’lidagi faoliyatida namoyon bo’ladi. Mafkuraviy immunitet erkin, mustaqil fikrlashni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarashni, insonparvarlikni kundalik hayotiy faoliyatga aylantirishni taqozo etadi.



Mafkuraviy profilaktika - mafkuraviy immunitet tizimini shakllantiruvchi bosh omildir. U o’z mohiyatiga ko’ra yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi. Demak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllar ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini, bu sohada to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.

Millat ma’naviyati harakteriga quyidagi zaiflik belgilari salbiy ta’sir etishi


mumkin:
xafsalasizlik;

–johillik;


befarqlik;

–hudbinlik;


g’ayratsizlik;

–yalqovlik


 qo’pollik;

Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va


qalbiga yashirin, g’araz maqsad bilan ta’sir ko’rsatishni ifodalashda
manipulyatsiya (manus - qo’l) so’zi, ya’ni «ob’ekt ustidan biror maqsadda ish olib
borish» ma’nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko’zda
tutiladi. SHu sababli, «manipulyatsiya»ni ko’chma ma’noda «odamlar bilan ob’ekt
sifatida munosabatga kirishish» deb ham tushuntirish mumkin. Bunda
«boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan
hukmronlik qilib, o’zi istagan xulq-atvorni shakllantirish»dan iborat.

Shaxsning mafkuraviy immunitetiga ta’sir ko’rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi. Chunki, «davlatchi»ning ta’siri:

1) shaxsga nisbatan zo’rlik, kuch ishlatilmaydi, balki ma’naviy, psixologik xususiyatga ega;

2) bu ta’sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham «islom dini niqobida» degan ibora ishlatiladi;

3) g’oyaviy manipulyatsiya, zimdan ta’sir ko’rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi.

Shuning uchun ham g’oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo’llanilayotgan ta’sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. Ya’ni, manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas (targ’ibot va tashviqotdan farqli o’laroq), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg’otishga xizmat qiladi.

Har bir kishi yoki jamoa, jamiyat mafkuraviy immunitetni besh darajaga bo’lib o’rganish, baholash, uni shu asosda takomillashtirish mumkin:

1. Mafkuraviy immunitetning quyi darajasi - shaxs, jamoa, jamiyat yuqoridagi bilimlardan xabardor emas, buzg’unchi mafkuraviy g’oyalarga befarq, loqayd.

2. Darajasi - bilimlar bor, lekin ular his qilinmagan, sistemalashmagan, shu sababli ularni buzg’unchi mafkuraviy g’oyalarga qarshi ishlatishga tayyor emas.

3. Mafkuraviy bilimlarga ega, lekin ular nazariy, shaxs, jamiyat ularni qo’llashga qiynaladi.

4. Asosli bilimlarga ega, vaziyatni to’g’ri baholay oladi, ichki va tashqi siyosiy, mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immunitet shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi.

5. Oliy daraja - mukammal g’oyaviy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarga ega va bu bilimlarni bemalol amalda qo’llab, buzg’unchi mafkuraviy, siyosiy g’oyalarni doimo hamma joyda fosh qila oladi.

Xavfsizlik va barqarorlik tushunchalari. Olamga ikki narsa tahdid soladi: tartib va tartibsizlik. Xalqaro munosabatlarini pessimistik nigoh ostida tahlil etuvchi - realizm nazariyasiga ko’ra, har bir davlat o’z xavfsizligi nuqtai nazaridan boshqa davlatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Ya’ni, davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda do’stona aloqalardan ko’ra o’z milliy manfaatlari ustuvorligi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Mazkur nazariya mohiyatiga ko’ra, har bir davlat xatardan xoli bo’lishni va rivojlanishni istasa, boshqa davlatlarga raqobat ko’zi bilan qarashi, dushman hamisha va har yerda mavjud degan aqidaga asoslanishi lozim. Terror tashkiloti ham o’z dushmanisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Dushmanning mavjudligi terrorchi tashkilot tuzilishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Har qanday terrorchi tashkilotning pirovard maqsadi o’z dushmani ustidan to’la g’alaba qozonishga erishishdan iborat. Biroq davlatlarda hamisha ham bu maqsad namoyon bo’lavermaydi.

Demak, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashning ayrim jihatlari mavjud. Bugungi kunda mintaqaviy mojarolarning turkum omillari yalpi xavfsizlikka asosiy tahdid solmoqda. Mintaqamizdagi tanglik vaziyatlarining yuzaga kelishida va saqlanib turishida asosiy sabab bo’luvchi ichki va tashqi omilar mavjud.

Ichki omillar quyidagilardan iborat:

1. Mafkura va ma’naviyatda yuzaga kelgan bo’shliq hamda uning turli xil diniy va ekstremistik g’oyalar bilan to’ldirilishi.

2. Aholining talay qismini qamrab olgan qashshoqlik va ishsizlar sonining ko’payishi. Buning oqibatida turli xil radikal va agressiv g’oyalar tarqalishining kuzatilishi.

3. Mintaqadagi ba’zi bir davlatlarning o’z hududini to’liq himoya qila olmasligi va buning oqibatida bir davlatdan ikkinchi bir davlat hududiga uyushgan jinoyatchilikning va separatizmning tarqalishi.

4. Korrupsiya, poraxo’rlikning ko’payishi.

5. Mintaqadagi hududiy, toza ichimlik suvi borasidagi muammolar va h.k. Tashqi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Markaziy Osiyo mintaqasining dunyodagi mojaroli nuqtalarga yaqin joylashishi (Shimoliy Kavkaz, Afg’oniston, Kashmir hududlari). Buning oqibatida xalqaro terrorizmning tarqalishi.

2. Ba’zi bir siyosiy kuchlar tomonidan mintaqadagi vaziyatning barqarorlashuviga bo’lgan manfaat va ta’sir. Bu, albatta, doim ham iqtiso-diy muammolar bilan emas, balki hududiy va g’oyaviy masalalar bilan bog’liq.

3. 2001 yilning 2 sentyabridan boshlab, mintaqa mamlakatlari Osiyo davlatlari uchun ham, Yevropa davlatlari uchun ham yanada muhim gessiyosiy ahamiyat kasb etdi. Yevroosiyodagi kuchlarning an’anaviy qaror topgan geosiyosiy muvozanatini o’zgartirib yubordi. 3

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, Ma’naviyat bor joyda unga qarshi qaratilgan kuch ham bo‘ladi. Chunki ma’naviyatga fazilatlar majmuasi deb qarasak, illatlar yig‘indisini ma’naviyatsizlik hisoblaymiz. Afsuski, fazilatlar ham, illatlar ham bir shaxsning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun komil inson g‘oyasi kishining o‘zidagi fazilatlarni umrining oxiriga qadar takomillashtirish, illatlarni esa bartaraf etib borishni taqozo etadi.Dunyoda ma’naviyatni ravnaq toptirishni istaydigan, faoliyatini batamom shunga qaratadigan kuchlar bo‘lgani kabi ma’naviyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi qaratilgan guruhlar ham mavjud. Ularning ma’naviyatga qarshi yo‘naltirilgan xatti-harakatlari majmuasini «ma’naviy tahdidlar» deymiz.

Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish hech qachon oson kechmagan. Ana shunday murakkab jarayonda muayyan ma’noda mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ladi. Muayyan kuchlar bu bo‘shliqni egallashga jon-jahdi bilan harakat qilishadi. 2000 yilning 6 aprelida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakat ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, milliy mafkura konsepsiyasini yaratishni topshirdi. Qisqa fursatda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi tayyorlandi. Ana shu risolada hozirgi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan barcha mafkuraviy tahdidlar alohida qayd etilgan.O‘tgan 17 yil mobaynida ma’naviy tahdidlarning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan turlari paydo bo‘ldi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, shu narsa oydinlashdiki, ma’naviyat bor joyda unga qarshi tahdid ham bo‘laverar ekan. Demak, insonlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, uni ana shu tahdidlardan asrash uchun bir lahza bo‘lsin, kurashdan to‘xtamaslik kerak ekan.

Ma’naviy tahdidlarning mohiyatini teran anglash,ularga qarshi kurashda tarbiyaviy jarayonlar uzviyligini ta’minlash uchun joylarda Ma’naviyat targ’ibot markazlari qoshida g’oyaviy tarbiya manitoringini olib borish bo’limlarini tashkil etish maqsadga muvofiq shuningdek jamoatchilik asosida olim,mutaxassislarni jalb etish yo’li bilan mahallalarda doimiy faoliyat yuritadigan va g’oyaviy tarbiyaga yo’naltirilgan “Munozara”klublarini tashkil etish zarur.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbe­kiston. 2018.

2. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son Farmoni». 2017 y.

3. Mirziyoev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017.

4. Mirziyoev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: O‘zbekiston, 2016.

5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”, 2008.

6. Musurmanova О. Ма’naviy qadriyatlar vа yoshlar tarbiyasi. – O’zbekiston, 1996.

7. Otamurodov S. G. (Siyosiy –falsafiy taxlil), -Т.: Yangi asr avlodi, 2008.

8. Otamurodov S., Xusanov S., Ramatov J. Ма’naviyat asoslari. O’quv qo’llanma. – Т.: Аbdulla Qodiriy nomidagi хаlq merosi nashriyoti, 2002.

9. Хo’jamuradov N. Ма’naviy qadriyatlar vа milliy o’zlikni anglash. -Т.: Ма’naviyat, 1991.

10. Qahharova Sh. Global ma’naviyat –globallashuvning g’oyaviy asosi. - Т.: Таfakkur, 2009.

11. Quranov М. Маfkuraviy tahdid vа yoshlar tarbiyasi.- Т.: Аkademiya, 2008.

12. G’aniyev А. G’arb olamidagi аxloqiy muammolar.- Т.: Voris, 2007.



1 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”, 2008y 117 bet.

2 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”,

3 Saidolimov S.T. Маrkaziy Osiyoda хаvfsizlikni taminlashning аyrim jihatlari. «Хаlqaro munosabatlar» jurnali, 2004, № 1, 22-b.

Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish