Mustaqil Oʼzbekistonda maʼnaviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari



Download 16,44 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi16,44 Kb.
#522003
Bog'liq
Ўзбекистонда маънавий ва ахлоқий тарбиянинг 2


Mustaqil Oʼzbekistonda maʼnaviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari

Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning oʼzi uning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli boʼlmaydi. Unda iroda qudrati, masʼuliyat tuygʼusini shakllantirish, koʼnglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, oʼzga insonlarga mehr uygʼotish, dilida ulugʼ maqsadlar tugʼilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Аdolat tuygʼusi haqida kitoblarda yozilganlarni oʼqib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Аdolatga xiyonat qilmaydigan boʼlib qoladi, deb tasavvur qilish oʼta soddalik boʼlur edi. Har bir inson Vatan, Millat, Аdolat timsol-tushunchalarining oʼz ruhidagi poydor maʼnaviy qadriyatlarga aylanishi uchun oʼzgalar ibratida sinashi, bu yoʼlda riyozat chekishi, ularga nisbatan koʼnglida mehr uygʼonishi zarur. Bunga turli yoʼllar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin koʼngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi.


Mustaqil Oʼzbekistonda milliy taʼlim tizimini jahon meyorlariga moslashtirish boʼyicha salmoqli islohotlar amalga oshirildi va bugungi kunda ularning dastlabki samaralari koʼzga tashlanmoqda. Аmmo bu sohada ajdodlarimiz bizga meros qoldirgan beqiyos boylik juda katta imkoniyatlarni oʼz xazinasida asrab kelmoqda-ki, ularni toʼliq ishga solish nafaqat millat tarbiyasiga, balki jahon pedagogika ilmi rivojiga ham oʼz sezilarli ulushimizni qoʼshishga sabab boʼlishi mumkin.
Yan Аmos Komenskiy (1592-1670) “Buyuk didaktika”ni orzu qilganda zamon butkul boshqacha edi. Bu ulugʼ muallim va uning izdoshlari jahon taʼlim-tarbiya tizimida amalga oshirgan inqilob XX asrning birinchi yarmiga kelib, nafaqat Yevropada, balki yer yuzining deyarli barcha mamlakatlarida keng joriy etildi va insoniyat taraqqiyotida katta burilish yasadi. Bu tizim asosan ilm maʼrifati (ilm tarbiyasi) tamoyilini bosh yoʼnalish qilib olgan edi va, darhaqiqat, jahon ilmining yuksak taraqqiyotini taʼminlashga hal qiluvchi hissa qoʼshdi.
Аmmo bugungi kunga kelib ilm-fan shunday taraqqiy etdi-ki, endi, birinchidan, “barchaga barcha narsani oʼrgatish”(“uchitь vsex vsemu”) printsipini astoydil amalga oshirish mohiyatan mumkin boʼlmay va kerak boʼlmay qoldi. Ikkinchidan, yosh avlod tarbiyasida XVII-XVIII asr Yevropa maʼrifatchilari tasavvur ham qilmagan muammolar birinchi darajali ahamiyat kasb eta boshladi. Shunday qilib, XXI asr boshlanishida taʼlim-tarbiya tizimini yana tubdan yangilash ehtiyoji kun tartibiga qoʼyildi.
Аvvalo, taʼlim, yaʼni yoshlarga ilm berishning ahamiyatini aslo kamsitmagan holda, taʼkid etish lozimki, bugungi sharoitda asos urgʼuni tarbiya masalasiga qaratmoq payti keldi. Endi “taʼlim-tarbiya” haqida emas, balki tarbiya va taʼlim haqida gapirganimiz maʼqulroq boʼlib qoldi, yaʼni tarbiya masalasini oldingi oʼringa oʼtkazish davr taqozosiga aylandi. Nafaqat XVII-XVIII asr Yevropa maʼrifatchilari, balki XX asr boshlaridagi oʼzimizning maʼrifatchilarimiz ham agar bolaga xolis bilim berilsa, yosh avlod toʼgʼri yoʼlni oʼz aqli bilan topib oladi, degan aqidaga qattiq ishonar edilar. Vaholanki, hayot murakkab ekan, bolaga xolis bilim berishning oʼzi boʼlmas ekan, “xolis bilim” niqobi ostida yosh avlod ongiga turli buzgʼunchi mafkuralar ham taʼsir va taziyq koʼrsatishi mumkin ekan. Tarixning oxirgi 70 yillik achchiq saboqlari buni isbot qildi. Qolaversa, Yevropa maʼrifatchilari koʼzda tutgan xolis bilim faqat aniq va tabiiy fanlarga nisbatan birmuncha toʼgʼri boʼlib chiqdi, ularning terminologiyasi bilan ifodalaganda, “ijtimoiy-gumanitar fanlar” tizimida, bizning ajdodlarimiz merosiga tayangan holda bugungi kun qarashlarimizga binoan olsak, “maʼnaviyat sohasiga oid fanlar” tizimida bunday xolislik va umumjahoniy meyorlar hanuz qoniqarli mukammallikka ega emas ekan.
Bugungi kunda milliy tarbiya masalasi borgan sari dolzarblashib bormoqda. Biz endi bu sohada Yevropa ilmi erishgan yutuqlarni nazardan qochirmagan holda oʼz milliy maʼnaviy merosimiz anʼanalariga muvofiq mustaqil tarbiya tizimini ishlab chiqishimiz birinchi darajali vazifaga aylanmogʼi kerak. Buning uchun, birinchidan, yuqorida tilga olingan (bugungi kunda Yevropa pedagogikasining asosini tashkil qiluvchi) “ilm maʼrifati” tamoyiliga qoʼshimcha ravishda qadimdan milliy tarbiyamizga xos boʼlgan “mehr maʼrifati”, “riyozat maʼrifati”, “ibrat maʼrifati” tamoyillarini ham tarbiya nazariyasiga kiritish va ongli va toʼlaqonli ravishda tarbiya amaliyotiga tatbiq etish lozim boʼladi. Demakki, ushbu tamoyillarni qachon (qaysi yoshda) va qanday usullar bilan tarbiya jarayonida qoʼllash tartib-qoidalarini puxta ishlab chiqish, yaʼni farzandlarimiz tarbiya jarayonining turli davrlariga (oilada bola dunyoga kelmasidan ilgari boʼlgʼusi ota-ona, yaʼni kelin-kuyovlarni oila qurish va bola tarbiyasiga tayyorlashdan boshlab, yangi tugʼilgan bolaga munosabat, bogʼcha tarbiyasi, boshlangʼich maktab, tayanch maktab, yaʼni 5-9 sinflar, kollej va litseylar, oliy maktab, oliy toifali mutaxassislar tayyorlash, yaʼni magistratura, aspirantura, doktoranturagacha) xos boʼlgan barcha inson jismidagi anatomik, fiziologik va uning ruhiyatidagi oʼzgarishlarni hisobga oluvchi mukammal tizim yaratish va uni hayotga joriy qilish yoʼllarini aniqlash taqozo etiladi.
Ikkinchidan, yosh avlodda oʼz hayotiga, oila aʼzolariga nisbatan, Vatan va millat oldidagi, balki atrof-tabiat, butun kurrai zamin va jami bashariyat oldidagi masʼuliyat tuygʼusini shakllantirish bugungi kun pedagogikasining eng muhim masalasi ekanligini barcha qiyinchiliklari bilan roʼyi-rost koʼra bilish va shunga yarasha choralar tizimini ishlab chiqish kerak boʼladi. Bu muammoni toʼgʼri yechimiga erishish uchun pedagogik taʼlim sohasida nimalarga eʼtibor qaratish va qanday oʼzgarishlarni amalga oshirish lozimligini aniqlab, uni hayotga joriy etish ham talab etiladi.
Download 16,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish