Amaldagi versiyaga o‘tish


-§. Tanlovni o‘tkazilmagan deb hisoblash va takroriy tanlovni o‘tkazish tartibi



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

3-§. Tanlovni o‘tkazilmagan deb hisoblash va takroriy tanlovni o‘tkazish tartibi
83. Tanlov quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi:
a) tanlovda qatnashish uchun birorta ham ariza tushmagan bo‘lsa;
b) tanlovga faqat bir nafar ishtirokchi tomonidan ariza berilgan bo‘lsa;
v) tanlovning g‘olibi (salohiyatli g‘olibi) shartnomani imzolashni rad etsa;
g) mazkur Nizomda belgilangan tartibda obyektni sotib olish (ijaraga olish) taklif etilgan
tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olibi) tomonidan belgilangan muddatda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi
rasmiylashtirilmasa.
84. Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanganda, uning sabablari ko‘rsatilgan holda savdo
platformasida xabarnoma e’lon qilinadi.
85. Tegishli lot bo‘yicha tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanganda, o‘n kundan so‘ng takroriy
tanlov umumiy tartibda o‘tkaziladi.
4-§. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish va hisob-kitob qilish
86. Operator xizmat haqi to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay tanlov
g‘olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda uni tanlov g‘olibi va buyurtmachining shaxsiy
kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
87. Operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli
kod) bilan rasmiylashtiradi.
Bayonnoma mazkur Nizomga 
3-ilovadagi 
namunaviy shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi va
unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tanlov o‘tkazilgan sana;
bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;
tanlov g‘olibi haqida ma’lumot hamda uning tanlov takliflariga berilgan ballar;
tanlov obyekti haqida ma’lumotlar;
buyurtmachi va tanlov g‘olibi o‘rtasida tanlov obyekti bo‘yicha shartnoma tuzish muddati.
Bayonnoma tanlov obyekti bo‘yicha tanlov g‘olibi va buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuzish
uchun asos hisoblanadi.
Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida
buyurtmachi bilan tanlov g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi.
Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomalar reyestriga kiritiladi.
Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtrixli kod) takrorlanmas bo‘lib, uning ichiga tanlov
natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmog‘i orqali havola
joylashtiriladi.
Bayonnoma tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan bo‘lsa, u
haqiqiy hisoblanadi.
Tanlov g‘olibining so‘rov xatiga ko‘ra bayonnoma qog‘oz shaklida chop etilib, operatorning
muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
88. Operator tanlovni tashkil etish va o‘tkazish xizmatlari uchun quyidagicha xizmat haqi
oladi:
a) tanlov takliflarini baholashda asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga o‘xshash
boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan hollarda — BHMning 5 baravari;
b) tanlov takliflarini baholashda asosiy mezon sifatida sotilish narxi nazarda tutilgan hollarda
— sotilgan narxining 1 foizi miqdorda.


Tanlov g‘olibi tomonidan tanlov obyekti qabul qilib olingani tasdiqlangandan so‘ng pul
mablag‘lari (operator xizmat haqi chegirilgan holda) buyurtmachiga o‘tkazib beriladi.
89. Buyurtmachi tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuzilgani to‘g‘risida shartnoma tuzilgan
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorni savdo platformasi orqali xabardor qilishi shart.
90. Tanlov yakunlangandan keyin yoki o‘tkazilmagan deb hisoblangandan so‘ng zakalat puli
quyidagi tarzda qaytariladi:
tanlovning salohiyatli g‘olibiga ushbu Nizomning 
89-bandida 
nazarda tutilgan holatda tanlov
obyekti bo‘yicha shartnoma tuzilgani to‘g‘risidagi xabar olingan kundan boshlab uch ish kuni
ichida;
boshqa ishtirokchilarga tanlov yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb hisoblangan kundan
boshlab uch ish kuni ichida.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish