Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

5-bob. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
96. Savdo platformasida pul mablag‘lari harakati (zakalatni kiritish va qaytarish, to‘lovni
amalga oshirish, g‘olib tomonidan to‘langan mablag‘larni buyurtmachiga o‘tkazish hamda
boshqalar) elektron tizim orqali avtomatik ravishda (inson omili aralashuvisiz) amalga oshiriladi.
Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion yoki tanlov
obyektlari bo‘yicha mulk yoki huquqning to‘liq qiymati buyurtmachi va g‘olib o‘rtasida imzolangan
shartnomaga asosan to‘lanadi.
Bunda lot qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash va/yoki boshqa shartlar bo‘yicha buyurtmachi va
g‘olib o‘rtasida imzolanadigan shartnomada operator taraf hisoblanmaydi.
97. Operatorga xizmat ko‘rsatuvchi bankda buyurtmachi va ishtirokchi mablag‘larini saqlash,
auksion yoki tanlov natijalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun talab qilib olingunga qadar
ikkilamchi depozit hisobvaraqlari ochiladi.


Operatorning bankdagi hisobvaraqlari qoldig‘i bo‘yicha oladigan daromadlari auksion va
tanlov savdolariga chiqarilgan obyektlar bo‘yicha reklama targ‘ibot ishlari xarajatlariga hamda
auksion va tanlov savdolarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga, shuningdek,
operatorning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ishchi-xodimlarini rag‘batlantirishga
maqsadli yo‘naltirilishi mumkin.
98. Auksion yoki tanlov natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida
yig‘iladi va auksion yoki tanlov g‘olibi (xaridor) tomonidan dasturdagi shaxsiy kabineti orqali
obyektni qabul qilib olganligi tasdiqlagandan so‘ng ular buyurtmachi hisobvarag‘iga (operator
xizmat haqi chegirilgan holda) o‘tkaziladi.
G‘olib obyektni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, taraflar (g‘olib, buyurtmachi va
operator)ning kelishuviga asosan to‘langan pul mablag‘lari ushbu Nizomda belgilangan tartibda
(operator xizmat haqi chegirilgan holda) g‘olibga qaytarilishi mumkin. Bunda buyurtma operator
tomonidan buyurtmachiga qaytariladi.
Taraflar kelishmagan taqdirda, ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Nizoli masala hal etilmagunga qadar g‘olib tomonidan to‘langan pul mablag‘lari operatorning
maxsus hisobvarag‘ida saqlanadi.
99. Buyurtmachi va ishtirokchilarning shaxsiy hisobvaraqlari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir
saqlanadi va uchinchi shaxslarga oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
100. Buyurtmachi auksion yoki tanlov obyektiga vakolatli organlar tomonidan qo‘yilgan
taqiqlarni olib tashlash masalasini to‘liq hal etishi hamda auksion yoki tanlov obyektini g‘olibga
zarar yetkazilmagan holda topshirishi shart.
Operator auksion yoki tanlov obyektini saqlash, topshirish-qabul qilish jarayonida ishtirok
etmaydi va uning oqibatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.
101. Balansda saqlovchi va buyurtmachi sotilgan (ijaraga berilgan) auksion yoki tanlov
obyektining auksion yoki tanlov g‘olibiga topshirilgunga qadar xususiyatini yo‘qotmagan holda
saqlanishini ta’minlash, mol-mulk buyurtmada ko‘rsatilgan fotosuratga muvofiqligi va topshirish-
qabul qilish dalolatnomasining o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi hamda mazkur Nizomga muvofiq
taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish