g‘olibining va buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasi)ning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi, shuningdek, tegishli axborotni o‘z
veb-portalida joylashtiradi.
Operator bayonnoma va yer qa’ridan foydalanish shartlarini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan
rasmiylashtiradi.
70. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bir ish kuni
mobaynida bayonnoma asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun tegishli
ruxsatnomani ERI bilan imzolangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda,
savdo platformasi orqali operatorga yuboradi.
71. Operator rasmiylashtirilgan ruxsatnomani auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi
va auksion g‘olibi tomonidan obyekt qabul qilib olinganligi tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni
mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga pul
mablag‘larining unga tegishli bo‘lgan ulushini (operator xizmat haqi chegirilgan holda) o‘tkazib
beradi.
Operator auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma va ruxsatnoma nusxalarini ikki ish kuni
ichida elektron pochta orqali yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga jo‘natadi.
72. Operator tomonidan bir ish kunida savdo platformasida sotishdan olingan pul
mablag‘larining auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun yer qa’ri uchastkasining sotilgan narxidan
bir foizi operator hisobvarag‘iga, shuningdek:
strategik turdagi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan
olingan pul mablag‘larining uch foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasining hisobvarag‘iga va qolgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga
o‘tkaziladi;
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasini sotishdan olingan pul
mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining
hisobvarag‘iga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari
o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi;
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini savdo platformasida
sotishdan olingan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasining hisobvarag‘iga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar
mahalliy budjetlari o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga o‘tkaziladigan
mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi hududida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta
to‘ldirishning yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga, auksion va tanlov savdolarini tashkil etish
bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga, shuningdek, qo‘mitaning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash va ishchi-xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi.
73. Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga
asosan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha tender
hamda tanlovlar talabgorlarining takliflari savdo platformasi orqali elektron tarzda qabul qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: