Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi
yig’ilishning 30-sonli majlis
bayoniga 6-ilova
Qazib chiqarish ishlarini bajarish uchun tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo’lgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya olish uchun ochiq savdolarda ishtirok etishga doir malakaviy tanlovdan o’tadigan arizachilarga oid
Malakaviy talablar
Tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo’lgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya berish tartibi to’g’risida Nizomga muvofiq arizachilar tomonidan Davgeolqo’mga mavjud kadrlar tarkibi, texnik va texnologik imkoniyatlar va moliyaviy mablag’larning zarur miqdorda mavjudligi to’g’risida axborot taqdim etiladi.
Malakaviy tanlovdan o’tish va ochiq savdolarda qatnashish uchun arizachilarga malakali mutaxassislar, texnik va moliyaviy mablag’larning eng kam miqdoridan iborat quyidagi malakaviy talablar belgilanadi.
1. Malakali mutaxassislarning eng kam soni: geolog – 1 ta birlik, marksheyder – 1 ta birlik, konchi – 1 ta birlik va mineral hom ashyoni qayta ishlash bo`yicha mutaxassis – 1 ta birlik.
Mutaxassis (mutaxassislar) mavjud bo’lmagan hollarda tegishli litsenziyaga ega bo’lgan maxsus tashkilot bilan shartnoma taqdim etiladi.
2. Texnik vositalarning eng kam soni: ekskavator – 1 ta birlik, avtotransport texnikasi (ag`darma mashina) – 1ta birlik, qazib olingan hom ashyoni qayta ishlash uchun uskuna – 1 komp.
O’z texnik vositalari mavjud bo’lmagan hollarda pudratchilar sifatida jalb qilinadigan tashkilotlar bilan shartnoma yoki ularni keyinchalik harid qilish uchun mablag’lar manbalari taqdim etiladi.
3. Eng kam moliyaviy imkoniyatlar:
arizachilarning ustav jamg’armasi – respublika bo’yicha belgilangan eng kam ish haqining kamida 1000 baravari miqdorida;
kartoteka – 2 bo’yicha arizachining qarzdorligi mavjud emas;
arizachining hisob raqamida moliyaviy taklifni va tijorat bonusini to’lash uchun yetarli bo’lgan, shuningdek yer qa’rining so’ralayotgan uchastkasida ishlarni tashkillashtirishga kirishish uchun mablag’larning mavjudligi.
Arizachining moliyaviy ahvolini aniqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
F-1 shakli muhosiba balansi va F-2 shakli bo’yicha (soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan va uning qog`oz shaklida va elektron ko`rinishda qabul qilishi haqida) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
arizachining hisob raqamida mablag’lari mavjudligi to’g’risida xizmat ko’rsatuvchi bank ma’lumotnomasi;
kartoteka – 2 bo’yicha qarzdorlik mavjud emasligi to’g’risida xizmat ko’rsatuvchi bank ma’lumotnomasi;
soliq idoralarining byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma;
soliq idorasi ma’lumotnomasi – solishtirishga oid dalolatnoma ( standart uzun shakl);
oxirgi yildagi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
Moliyaviy mablag’lar yetarli bo’lmagan hollarda kredit summasi ko’rsatib o’tilgan va uning berilishi asoslangan holda kredit ajratish to’g’risida xizmat ko’rsatuvchi bankning kafolat xati taqdim etiladi.
Eslatma. Ma’lumotnoma qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchli ma’lumotlar taqdim etganlik uchun javobgar bo’lgan arizachi korxonaning raxbari va bosh muhosibi tomonidan imzolangan holda erkin ravishda yoki belgilangan shaklda taqdim etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |