Amaldagi versiyaga o‘tish


-§. Hisob-kitob qilish va auksion natijalarini rasmiylashtirish



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

4-§. Hisob-kitob qilish va auksion natijalarini rasmiylashtirish
44. Lot qiymati auksion g‘olibi tomonidan quyidagilarni inobatga olgan holda to‘lanadi (savdo
platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bundan mustasno):
bir yo‘la to‘lash sharti bilan sotilgan obyektning qiymati BHMning besh ming baravarigacha
bo‘lganda, to‘lovlarni o‘n ish kunida, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda esa,
to‘lovlarni (ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat sotib olish (ijara) to‘lovlari miqdoriga kiritiladi) o‘n
besh ish kun mobaynida to‘lash imkoniyati beriladi (buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomada va
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno);
to‘lov ushbu bandning 
ikkinchi xatboshida 
nazarda tutilgan muddatlarda to‘liq amalga
oshirilmagan yoxud auksion g‘olibi oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni
rad etgan taqdirda, auksion natijalari bekor qilinib, auksion g‘olibidan olingan zakalat puli
qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar uchun ruxsat etilgan auksion obyektlarini
sotib olgan (ijaraga olgan) norezidentlar to‘lovlarni milliy yoki chet el valyutasida amalga oshirishlari


mumkin.
Bunda chet el valyutasida to‘langan to‘lovlar operatorning maxsus hisobvarag‘ida saqlanadi
va to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta
operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek,
bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun belgilangan chet el valyutalarining so‘mga nisbatan
qiymatida hisobga olinadi.
45. Operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli
kod) bilan rasmiylashtiradi.
Auksion natijalari bo‘yicha bayonnoma mazkur Nizomga 
2-ilovadagi 
namunaviy shaklga
muvofiq rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
auksion sanasi;
bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;
lotning boshlang‘ich va sotilgan narxlari;
auksion g‘olibi haqida ma’lumotlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar;
lotga oid axborot.
Bayonnoma auksion g‘olibi va buyurtmachining shaxsiy kabinetlariga hamda zarur hollarda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga elektron shaklda yuboriladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘yicha auksion g‘olibi nomiga
rasmiylashtirilgan bayonnoma elektron almashinuv tizimi orqali kadastr, bank, notarial idoralar va
majburiy ijro bo‘limlariga yuboriladi hamda ushbu bayonnomaga asosan yutib olingan mol-mulkka
egalik qilish huquqi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi.
46. Bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hamda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi.
Buyurtmachilar tomonidan avtotransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron
onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berish natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara
shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi. Bunda shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
47. Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomalar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.
Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtrixli kod) takrorlanmas bo‘lib, uning ichiga auksion
natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmog‘i orqali havola
joylashtiriladi.
Bayonnoma auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan bo‘lsa,
haqiqiy hisoblanadi.
Auksion g‘olibining so‘rov xatiga ko‘ra bayonnoma qog‘oz shaklida chop etilib, operatorning
muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
48. Zakalat puli auksion ishtirokchisining savdo platformasidagi shaxsiy hisobvarag‘iga kirim
qilinadi, bunda uning so‘roviga ko‘ra bankdagi hisobvarag‘iga (plastik kartasiga) auksion
yakunlangan deb topilgan kundan so‘ng quyidagi tartibda qaytariladi:
auksionning salohiyatli g‘olibiga — auksion yakunlangandan so‘ng mazkur Nizomning 
33-
bandiga 
ko‘ra g‘olib tomonidan oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin yoki 
44-
bandiga 
ko‘ra g‘olib tomonidan obyekt qiymati to‘langandan boshlab uch ish kuni ichida;
qolgan ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan
boshlab uch ish kuni ichida.
Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda, bank hisobvarag‘i (plastik karta raqamlari)
noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘lov operatorning bank hisobvarag‘iga
qaytib tushgan hollarda, operator auksion ishtirokchisini bu haqda savdo platformasi orqali
ogohlantiradi. Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining shaxsiy hisobvarag‘iga biriktiriladi.


Ishtirokchi bank hisobvarag‘i (plastik karta raqami) to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda zakalat pullarini
qaytarish bo‘yicha so‘rov yuborishi mumkin.
Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va
auksion g‘olibi (xaridor) tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng
buyurtmachining bank hisobvarag‘iga operator xizmat haqi ushlab qolingan holda o‘tkaziladi.
49. Operator auksionni tashkil etish va o‘tkazish xizmatlari uchun obyektning sotilgan
qiymatidan bir foiz miqdorida xizmat haqi oladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasi qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda
operator xizmat haqi sotib olish (ijara) to‘lovlari miqdoriga kiritiladi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish