lot raqami va obyekt nomi;
tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;
tanlov obyektiga oid buyurtmada ko‘rsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar;
zakalat pulining miqdori;
buyurtmachining manzili va telefon raqami;
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
tanlov obyektini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) tartibi;
tanlov obyektini begonalashtirishga taqiq bor yoki yo‘qligi, shuningdek, band solingan yoki
solinmaganligi haqida ma’lumot;
obyektning joylashgan manzili, fotosurati va geolokatsiyasi (mavjud bo‘lsa).
Operator tomonidan savdo platformasida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon
qilingandan keyin tanlov shartlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Buyurtmachi tomonidan
buyurtmani savdodan olish hamda tanlov shartlarini o‘zgartirilgan holda buyurtmani qayta
yuborish holatlari bundan mustasno.
2-§. Tanlovni o‘tkazishni tashkil etish
77. Talabgorning tanlovda qatnashish bo‘yicha arizasini qabul
qilishda avtomatik ravishda
uning tanlov takliflari to‘g‘ri to‘ldirilgani tekshiriladi.
Tanlov takliflarini mezonlar bo‘yicha baholashda tanlovda qatnashish shartlariga rioya etilishi,
tanlov shartlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan tanlov takliflari to‘g‘ri to‘ldirilmagani yoki talablarga rioya
etilmagani arizani qabul qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Bu haqda uning shaxsiy
kabinetiga elektron xabar yuboriladi.
78. Tanlov ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Tanlovga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini
rasmiylashtirishga
faqat tanlovda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
79. Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash ballar tizimi bo‘yicha amalga
oshiriladi. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq
eng yaxshi taklifni taqdim
etgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilarining to‘plagan ballari teng bo‘lgan
taqdirda,
arizani
oldinroq topshirgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
80. Tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov
o‘tkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
81. Agar arizalarni qabul qilish vaqti yakunlangan paytda faqat bir ishtirokchi tomonidan ariza
berilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblangandan so‘ng tanlov obyekti belgilangan tartibda takroriy
tanlovga qo‘yiladi.
Tanlov obyekti bo‘yicha tanlov g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘
besh ish kuni ichida to‘langandan so‘ng bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha
shartnoma
imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga (agar ballar teng bo‘lsa —
arizani oldinroq berganga) operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish
kunlik muddat beriladi.
Tanlovning salohiyatli g‘olibi operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni
besh ish kuni
davomida to‘lasa, u tanlov g‘olibi deb topilib,
mazkur Nizomning
86
va
87-bandlarida
nazarda
tutilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Belgilangan muddatda operator xizmat haqini to‘lamagan yoki buyurtmachi bilan
shartnoma imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olibi) tomonidan kiritilgan zakalat puli
qaytarilmaydi hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi.
82. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan taqdirda, tanlov takliflarini baholash
sanasi va vaqti haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilgan holda, tanlov texnik uzilish bartaraf
qilingan kundan keyingi ish kunida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: