Hujjat 13.01.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
ELEKTRON ONLAYN-AUKSION VA TANLOVLARNI TASHKIL ETISH HAMDA O‘TKAZISH TARTIBINI
TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Shartnomaviy
munosabatlarni
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son
Farmoni
va
“Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish
tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda
ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-
iyuldagi PQ-5197-son
qarori
ijrosini ta’minlash, shuningdek, elektron onlayn-auksion va tanlovlarni
tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-
auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
1-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin:
elektron onlayn-auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qilish, uni o‘tkazish, o‘tkazilmagan
deb hisoblash va takroriy auksionni o‘tkazish, elektron onlayn-auksion bo‘yicha hisob-kitob qilish
hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlashda
xatlangan mol-mulkni,
shuningdek, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-auksion”
elektron savdo
platformasida sotish tartibining o‘ziga xos xususiyatlari;
elektron tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qilish, uni o‘tkazish, o‘tkazilmagan deb
hisoblash va takroriy tanlovni o‘tkazish, tanlov natijalarini rasmiylashtirish
va hisob-kitob qilish
tartibi;
lotni elektron onlayn-auksiondan (tanlovdan) qaytarib olish tartibi va muddatlari.
2. “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan manfaatdor vazirliklar,
idoralar va tashkilotlar ro‘yxati
2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
a) bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi
bilan birgalikda
2-ilovadagi
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar o‘rtasida savdo obyektlari, ishtirokchilar
hamda jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan almashish bo‘yicha amaliy choralar rejasini
tasdiqlasin;
b) ikki oy muddatda:
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda “E-auksion” elektron
savdo platformasini auditdan
o‘tkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish
(“forenzik”) bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “E-auksion” elektron savdo
platformasini chet ellik investorlar orasida ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini
tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul
qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
3-ilovaga
muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari —
iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.