Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Auksionni tashkil etish va o‘tkazish



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2-bob. Auksionni tashkil etish va o‘tkazish
1-§. Auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnomani e’lon qilish tartibi
19. Auksion obyekti auksionga buyurtmachi tomonidan yuborilgan elektron buyurtma
asosida chiqariladi.
20. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan auksion obyekti
bo‘yicha ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq deb hisoblangan taqdirda,
operator buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, auksion o‘tkazilishi
to‘g‘risidagi xabarnomani savdo platformasida e’lon qiladi.
Buyurtmachi — auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z rasmiy veb-saytida
joylashtirishi mumkin.
Buyurtmachi ulushli mulklarni auksion savdolariga chiqarganda ulushli mulk egalari roziligi
olinganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxasini elektron buyurtmanomaga ilova qiladi.
Buyurtmachi auksionga chiqarish uchun taqdim etiladigan obyektlar garovga
qo‘yilmaganligi yoki taqiq solinmaganligi (sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda
mol-mulkni sotish bundan mustasno) to‘g‘risidagi axborotlar haqqoniyligi uchun javobgar
hisoblanadi.
Bunda buyurtmadagi auksion obyekti bo‘yicha ulushli mulk ishtirokchilarining roziligi
olinmaganlik, mulklarni garovga qo‘yilganlik va taqiq solinganlik holatlaridan biri aniqlanganda,
buyurtma qaytarilishiga asos bo‘ladi.
Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan auksion obyekti
bo‘yicha ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq emas deb hisoblanganda,
operator elektron buyurtmani qaytaradi.
Har ikki holatda ham buyurtmachining shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki
mobil telefon raqamiga xabar yuboriladi.
Savdo platformasiga joylashtirilgan auksion obyektiga tizim orqali avtomatik tarzda lot
raqami beriladi.
21. Auksion o‘tkaziladigan kun to‘g‘risida xabarnoma va lotga oid axborot savdo platformasida
e’lon qilingandan kamida o‘ttiz kun o‘tgandan keyingi ish kuniga belgilanadi. Bayram va dam olish
kunlarida auksionlar o‘tkazilmaydi.
Bunda strategik turdagi foydali qazilmalar yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha axborot savdo
platformasida kamida oltmish kun mobaynida e’lon qilinadi.
22. Xabarnoma va lotga oid axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
auksion shakli, o‘tkaziladigan sanasi, boshlanish vaqti;
lot raqami va obyekt nomi;
auksionda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;
lotning boshlang‘ich narxi (narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llanilganda,
baholangan narxi ham);
boshlang‘ich narxga nisbatan foiz ko‘rinishida ifodalangan auksion qadami;
zakalat pulining boshlang‘ich narxga nisbatan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada
ifodalangan miqdori;


auksion obyektiga oid buyurtmada ko‘rsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar;
buyurtmachining manzili va telefon (mavjud bo‘lganda mobil) raqami;
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
auksion obyekti joylashgan manzil, fotosurat va geolokatsiyasi;
auksion obyektiga nisbatan mavjud taqiqlar haqida ma’lumot;
auksion obyektiga tegishli birlamchi hujjatlar (davlat orderi, kadastr va texnik xususiyatlarni
ifodalovchi boshqa hujjatlar);
auksion obyektini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) tartibi.
Operator tomonidan savdo platformasida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma e’lon
qilingandan keyin auksion o‘tkazish shartlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buyurtmachi
tomonidan buyurtmani savdodan olish hamda auksion o‘tkazish shartlarini o‘zgartirilgan holda
buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish