Agregat holatlaridan biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq



Download 83,44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi83,44 Kb.
#258243
Bog'liq
Suyuqlik - Vikipediya



Suyuqlik

Suyuqlik materiya 

agregat holatlaridan

biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq

shakl oʻzgaradi. Suyuqlik bir-biri bilan

kimyoviy bogʻlangan atom va

molekulalardan iborat. Yerda eng keng

tarqalgan suyuqlik suvdir. Suyuqlik gaz

kabi 


oquvchan

 va idish shaklini oladi.

Baʼzi suyuqliklar bosimga chidamli,

boshqalari esa siqiladi. Gazdan farqli

oʻlaroq suyuqlik kengayib butun idishni

toʻldirmaydi, sobit zichlikni saqlaydi.

Suyuqlikning farqli xossasi 

sirt



tarangligidir

, u 


namlanish

 hodisasiga

sabab boʻladi. Suyuqlik zichligi qattiq

moddanikiga yaqin, gaznikidan esa

ancha yuqori.

Suyuqlik — moddaning qattiq va

gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat

holat. S.ning baʼzi xossalari gaznikiga,

baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab



Suyuqliklardagi 

sirt tarangligi

 tufayli 

yuza

 torayishga

intiladi, natijada erkin tushayotgan suyuq suv

sharsimon 

tomchiga

 aylanadi.


ketadi. U qattiq jismga oʻxshab maʼlum

hajmni egallaydi, idishga quyganda esa,

gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy

tarkibiga koʻra S. 1 komponentli (sof), 2

komponentli (binar), 3 komponentli va

koʻp komponentli (4 va undan ortiq

komponentli) suyuq aralashmalar

(eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik tabiatiga

koʻra S. normal (odatdagi), suyuq

kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne,

3Ne va ularning eritmalari)ga boʻlinadi.

Odatdagi S.lar faqat bitta fazaga ega.

Geliy "Ne ikki suyuq fazada — normal va

oʻta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall

moddalar esa normal va bir yoki hatto bir

necha anizotrop fazalarda boʻlishi

mumkin. Normal S. tashqi taʼsir



boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va

izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan

S. gazga oʻxshaydi, ammo anizotrop

kristall qagtiq jismlardan keskin farq

qiladi. Amorf qattiq jismlar (mas, shisha)

oʻta sovitilgan S. boʻlib, odatdagi Sdan

kinetik harakteristikalari son qiymatlari

bilan farq qiladi. Agar S. qizdirila

boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik,

yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari

gazlarning shunday xossalariga

yakinlashib boradi. Kristallanish

temperaturasiga yaqinlashganda esa,

kupchilik odatdagi S.larning zichligi,

siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr

oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos




ravishdagi qattiq jismlarning shunday

xossalariga yaqinlashadi.

Slarda molekulalar birbiriga yaqin turadi.

Shuning uchun har bir molekula oʻzining

atrofidagi qoʻshni molekulalar bilan

oʻzaro taʼsirlashib turadi. S. molekulalari

gaz molekulalari kabi erkin harakat

qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida

oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi

muvozanat vaziyat atrofida tebranib

turadi. Vaqtvakti bilan S molekulasi

oldingi muvozanat vaziyatdan oʻz

oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha

uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat

vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda S

molekulalari S. hajmi boʻyicha betartib




ravishda sekinlik bilan koʻcha boshlaydi.

S aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay,

maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va

idishning oʻzi egallagan qismining

shaklini oladi.

Moddalarning faza holati, asosan, tra T

va bosim R ga bogʻliq. Molekulalarning

oʻzaro taʼsiri oʻrtacha potensial

energiyasining ularning oʻrtacha kinetik

energiyasiga nisbatan faza holatini

aniklaydigan kattalik ye(T, R) hisoblanadi.

Qattiq jismlar uchun ye(G, R)"gʻ; bu

molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchining

katta ekanligini va u molekulalarni

muvozanat holat yaqinida ushlab

turishini koʻrsatadi. Gazlar uchun ye(T,




R)"gʻ; bu molekulalarning tortishish kuchi

ularni birbiriga yaqin holatda ushlab tura

olmasligini ifodalaydi. S uchun g(T, R)~gʻ.

Bu esa S.ni tashkil etuvchi

molekulalarning uzluksiz betartib

harakati va molekulalar orasidagi oʻzaro

taʼsir kuchlarining qoʻshgan hissalari

deyarli bir xil ekanligini koʻrsatadi.

S.ning makroskopik xossalari mexanika,

fizika, fizikkimyo uslublaridan foydalanib

oʻrganiladi. Mac, muvozanat holatdagi

S.ning mexanik va issiklik xossalari

termodinamika uslublari; muvozanat

holatdan chiqarilgan Slarda sodir

boʻluvchi jarayonlar qaytmas jarayonlar

termodinamikasi; yaxlit muhit deb




qaraluvchi S. harakati gidrodinamika;

suyuq metallarning oʻziga xos oqimi

magnit gidrodinamika uslublari orqali

oʻrganiladi.

Abror Noʻʼmonxoʻjayev.

Gaz


Qattiq

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Shuningdek qarang




  Soʻnggi tahrir 12 oylar avval 146.198.73.0 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Suyuqlik&oldid=2090878



dan olindi 



Download 83,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish