Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


 Бўтаев Ш. Кутботардаги боғ. Қиссалар ва ҳикоялар. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти , 1997. - 63-



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

1
 Бўтаев Ш. Кутботардаги боғ. Қиссалар ва ҳикоялар. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти , 1997. - 63-
бет. 


- Do’stlik rishtalarini yanada mustahkam bog’layveramiz, - dedi Nishonboy 
Hurzamonovich. Kuchli qarsaklar bo’ldi”. 
Yozuvchi mamlakatimizga eski aravasida kirib kelib, kutilmagan izzat 
hurmatga sazovor bo’lgan, obro’-e’tibor qozonib, xatto to’rga o’tqazilgan 
Chichikovlar, Sobakevichlar timsolida aroqxo’r, miyasi bo’m-bo’sh, yeb-
ichishnigina o’ylovchi cho’chqasifat maxluqlarni gavdalantirar ekan, ular qo’liga 
o’z yurtini, nainki yurtini - borini topshirishga tayyor mansabparastlarni 
tasvirlaydi. Ular yonidan joy olgan “Yonqoziq” – ruhoniy xudoniyam, 
payg’ambarlarni ham Nishonboy Hurzamonovich bir ko’z qirini tashlashi bilan 
kerakli yo’lga xizmat qildiraveradi.
Dehqonchilik ishlari bo’yicha maslahatchi Koshkaryov o’z rejalarini 
quyidagicha bayon qiladi: Ovro’po tuproqlari bilan Osiyo tuproqlarini aralashtirib, 
yangi, serunum tuproq hosil qilamiz! Koshkarev o’z rejalaridan lof urguncha, 
Chichikov qochib qoladi, qolganlar esa pinakka ketishadi.
Asarning boshlanishi, voqealari qanchalik g’ayritabiiy bo’lsa, yakuni ham 
shunchalik kutilmagan tarzda sodir bo’ladi. Xo’sh, yozuvchi yaratgan badiiy 
umumlashma qanday ma’noni ifoda etadi?
Millatlarni tugatib, yagona “rus xalqini yaratish”, yurtlarni yanchib, yagona 
ittifoq hududini yuzaga keltirishga intilgan sobiq totalitar tuzum siyosati va 
mafkurasini, rejalarini ongsizlarcha qabul qilgan Nishonboy Hurzamonovlardan 
hatto Chichikovlar – “O’lik jonlar” ham qochib, do’zaxni afzal bilishgani ushbu 
qissada serohang, qabariq tasvir uslubi orqali badiiy ifodalanganki, bu xususiyatlar 
shubhasiz, qissa janri imkoniyatlarining kengligini namoyon qiladi. Ayni chog’da, 
epik tafakkur tarzi ham serqatlam, serohangligi bilan ajratib turadi, salmoqli badiiy 
umumlashmalarni harakatlantirishi bilan diqqatimizni tortadi: kitobxon asar 
voqealarini kuzatib, shuni idrok etadiki, mustaqil, ozod, erkin hayotni o’zligimizni 
anglash, o’zimizdagi mute tuyg’ularni qo’porish, o’zgalarga qulluq qilib yashash 
tarzidan voz kechish, tom ma’nodagi mustaqil fikrlashga erishish orqaligina zabt 
etishimiz mumkin. O’zligini anglagan, o’z qadr-qimmatini, g’ururini anglagan 
xalqnigina boshqa xalqlar yo millatlar hurmat qiladi. Vatanimiz va millatimizni 
mazax qilishlariga yo’l qo’ymaslik uchun eng avval mutelik psixologiyasini 
yanchib, o’zligimizni anglashimiz lozim! Shundagina “Eski aravalar”ga kunimiz 
qolmaydi. 
Yozuvchi Sh.Bo’tayev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasida xalqimiz 
ongida mutelik psixologiyasini ildiz ottirgan jamiyat va u yetishtirgan odamlar 
qiyofasini ruhiy tahlil usulidan foydalanib ochib bergan. Ayni shu usulda 
“Sho’rodan qolgan odamlar”
1
qissasidagi amaki qiyofasini jonlantirishga 
erishganki, natijada, kitobxon qahramonlarning o’ziga xos dunyosiga duch keladi. 
Asar voqealari davomida qondosh aka-ukalarning bir-biridan uzoqlashib, yotlashib 
ketishi oqibatida ular dunyosida sodir bo’lgan ma’naviy-ruhiy buzilishlar haqqoniy 
tasvirlangan. Yozuvchi ularni go’yo zimdan kuzatadi va barcha xatti-harakatlari, 
kechinmalarini tabiiyligicha ifodalaydi. 
 


Qissa qahramonlarining nomlari ularning laqablari bilan aytiladi. Qissadagi 
Akaning ismi biror o’rinda tilga olinmaydi. Asarda Amaki, Nazoratchi, Go’rkov 
kabi qahramonlar ham bor-ki, ularning timsolida kitobxon yaqin o’tmish 
kishilarining qiyofasini ko’radi. Toshmurod alam achchig’ida hamda bemehrligi 
tufayli Amakining buzog’ini o’g’irlab qamaladi. qishloq odamlarining bu voqeaga 
o’ziga xos munosabati orqali ularning ichki dunyosi eks ettirilgan: 
“Qo’ni-qo’shnilardan hech qaysisi o’g’rilardan negadir nafratlanishmas, 
qaytaga ularga ichlari achishib, oh-voh qilishar, ezilishar, go’yoki o’g’irlanganlar 
emas, o’g’irlatganlar aybdordek: go’yoki pashshadek narsani fildek qilib 
melisagacha ko’tarib borgan amakidan yozg’irishardi; chunki, amaki da’vosidan 
voz kechsa ham, melisalar voz kechmasligi oldida bir jondor xuni hech narsa 
emasligini aytishardi. Hyech birining gunohi yo’q, deyishardi; hamma gunoh 
ularni o’g’irlikka majbur qilganlarda, deyishardi-yu, bu majbur qilganlar kim ekan, 
degan savolga jo’yali javob aytisholmasdi; hammasiniyam nazarida, u katta kuch 
ko’zga ko’rinmas, u qandaydir uzoqda, juda uzoqda bo’lib tuyular, u hammani 
ko’rib-bilib, hol-ahvolidan xabardor bo’lishi kerak holda hech kimni 
ko’rmayotganligi, hech kimning hol-ahvolidan xabar olmayotganligi odamlarni 
ajablantirardi, xolos”.
Bu keltirilgan parchadan soddadil qishloq odamlarining ruhiyatini his qilish 
mumkin.
Qissada Nazoratchi obrazi g’oyat chuqur badiiy tahlil etilgan, chunki u 
sho’rodan qolgan odamlarning tipik vakili, manqurtga aylanayotgan notavon 
kimsa: 
“Mels nazoratchining ismi edi. O’z nomini eshitib u g’alati bo’lib ketdi. Bu 
nomni u o’ziga yigirma yoshida, askarlikda ekanligida tanlagan edi. Keyin 
qulog’iga azon aytib qo’yilgan ismini ana shu nom bilan alishtirib olmoqchi 
bo’lganini komandirlariga aytganida, ular bu shovvoz askarning topqirligiga; 
zamon bilan billa-billa nafas ola bilishiga qoyil qolishib, uni muborakbod 
etishgandi. Uni ana shu nom bilan atashib, shu nom bilan yangi hujjat olib 
berishgandi. Hujjatni polk komandirining shaxsan o’zi topshirgan, polkning barcha 
zobit askarlari oldida uni tabriklab, quchoqlab o’pgandi. Odamda sobit e’tiqod 
bo’lsa, yigirma yoshida ham ismini o’zgartira oladi, degandi. Keyin polk orkestri 
jo’rligida batalonlar, rotalar, vzvodlar shaxdam qadamlar bilan «Shiroka strana 
moya rodnaya...» degan qo’shiqni aytib o’tishgan, nazoratchining qalbi quvonchga, 
ko’zi yoshlarga to’lib polk komandirining qabatida turgandi”
1

Bundan ko’rinadiki, Nazoratchining ongida sho’ro davrining zo’ravonlik, 
o’zgalarni mute qilish g’oyasi chuqur ildiz otgan. U ushbu ong bilan yashab 
kelayapti. Qamoqxona boshlig’i ham sho’ro davrining mustabid siyosatini zo’rlik 
bilan o’zgalarga singdirayotgan kimsa. U Toshmurod nazoratchining o’g’li 
ekanligini biladi, ammo unga zarracha achinmaydi, xatti-harakatlari bilan tosh 
qalbini oshkor etib qo’yadi: 
“Ikkinchidan, - davom etdi boshliq hamon bosh barmog’ini bukib turarkan, 
- konvoyning aytganlaridan chiqilmasin, uning nazoratisiz hech qayerga 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish