ularning xor bo’lib yurishini istamayman. Qo’ying eski gaplardi. Keliningiz
adashgan bo’lsa o’zidan ko’rsin! Xudodan topsin... biroq bolalarda nima ayb?!”
1
.
Bu kabi dialoglar orqali ham yozuvchi qahramonlar ruhiyatini butun murakkabligi
bilan ifodalashga erishgan. Ayniqsa, asardagi tabiat tasviri berilgan lavhalar asarga
xos epik tafakkur ohangiga o’zgacha yorqin va yoqimli ohanglarni jo etgan. Mana
bir misol: “Nihoyat qo’ng’irot eliga bahor kirib keldi. U ming xil noz, ming xil
karashma bilan urush odamlarining yuragiga yashash va yasharish ishqini soldi.
Ularni erkaladi, sochlarini siladi, adirlarni qip-qizil lolalarga to’ldirdi, butun
borliqa go’zallik gilamini yoydi. Qirlarni baxt tillari – maysalar qopladi.
Janjalkash, asabiy bo’lib qolgan odamlarning dimog’ini erkaladi, ularni qirlarga
yetaklab chiqdi, ko’zlaridan o’pdi”
2
.
Shu o’rinda tabiiy savol ko’ndalang bo’ladi: qanday badiiy maqsadga ko’ra
asarning fojiali, alamli voqealari ichida ma’lum to’xtam, “nafas rostlash”ga
o’xshash holat paydo qilish uchun bir necha bor bahor manzaralaridan
foydalangan? Yozuvchi qahramon dunyosidagi o’zgarishlarni yorqinroq his
qildirish maqsadida, ayniqsa, Normatning yuragida, badanida zanglab qolgan urush
xotiralarini, jarohatlarini poklashga urinayotganini ramzlashtirib, ta’sirchan
tasvirlashga intilganki, so’zsiz buning uddasidan chiqqan.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi o’zbek nasrida, xususan
qissachilikda yozuvchilar she’riyatga va dramaturgiyaga xos ayrim janr
unsurlaridan ruhiyat tasviri yoki peyzaj tasvirida foydalanayotirlar. Normat qalbida
yashiringan intim tuyg’ularni ochish vositasida yozuvchi “urush odamlari”
birikmasining ohang, ko’pma’noliligini ta’minlashga erishgan, ayni chog’da,
lirizm unsurlari orqali urush insonlar ruhiyatini qanchalik mayib-majruh etmasin,
yaratgan ato etgan insoniy bokira tuyg’ularni o’ldirish va butkul yakson etish
mumkin emasligini epiklik talablari asosida haqqoniy tasvirlashga erishgan
yozuvchining mahoratidan namuna keltiramiz:
“... Yana bahor keladi. Olam bahorning shavqiga to’ladi. qirlarda xuddi
oldingidek urush bilan ishi yo’q, urushdan qo’rqmaydigan lolalar ochiladi. Yer
pishadi. Yer yetiladi. Qir-adirlarni chigirtkalar chirillashi uyg’otadi... uxlatadi.
Normat yuragidagi hislar qaytadan tirila boshlaganini, o’zida yaratish quvvati
paydo bo’layotganini sezdi. Bu – o’sha afsonadagi Yer odamlaridan, bobosi
Boyxundan qolgan Yerga bo’lgan Muhabbat ekanini og’riq va rohat bilan tuydi.
Uning kulfat, azob, iztirob, qo’rquv, shubha va ikkilanish ezib tashlagan qalbida
umid uyg’ona boshladi”.
Shu tariqa yozuvchi urush nomi bilan anglanadigan yirtqichlik, zulm va
yovvoyilik, zulmat va fojia butun dunyosini ag’dar-to’ntar qilib “urush
odamlari”ga aylantirgan avvalgi pok, mehnatsevar, g’ururli, oriyatli, mard,
insoniylik butun vujudidan barq urib turgan odamlarning urush yanchib tashlagan
qismatlarini ruhiy kolliziyalar orqali dramatik shiddat zarbiga monand ohanglar
orqali ta’sirchan ifodalashga erishgan. Har qanday sharoitda ham urush odamlari
Do'stlaringiz bilan baham: