go’yo “o’qib bera boshlaydi”. Qahramon portreti qisqa shtrixlar bilan chiziladi:
“...yuzimga qarasangiz, darrov sezasiz, kuygan charm deysiz. Yuzim emas,
yuragim
kuyib ketgan, kuygan kovushga o’xshab qolgan. O’zim ham misoli
g’ijimlab tashlangan qog’ozman. Hayot meni g’ijimlab tashladi, birodar.
G’ijimlab-g’ijimlab, so’ng mana shu xiyobonga otib yubordi... Qo’llarimga qarang,
kimning qo’llariga o’xshaydi?.. Qotilning qo’llariga o’xshaydi.” Ko’z o’ngimizda
o’z qiyofasini qorong’ulikda namoyon eta boshlagan kimsa gavdalana boshlaydi.
Qorong’ulik ichidan go’yo uning cho’ng temirday qora tanasi,
yuzlari yanada
qorayib, yaltirab ko’rinib turganday... U o’z-o’zini namoyon etishda, o’zligini
anglatishda davom etadi: “Qarang, yer hidi kelib qoldi. Men yomg’irdan keyin shu
hidni yaxshi ko’raman. Taqsirim, kechalari mening tushimga jalalar kirib chiqadi.
U oylab, yillab yog’ayotgan bo’ladi – hamma yoq suvga to’lib ketadi, shaharlar sel
ostida qoladi, yer yuzi g’arqob bo’ladi. Bu gunoh sellari, taqsirim,
gunoh
yomg’irlari, bu yomg’ir har kecha meni bir marta cho’ktirib o’ldiradi va men
yaratgan oldida tavba qila boshlayman”
2
.
Qarshimizdagi timsolni anglashda davom etamiz: barcha insonlardagi kabi
insoniy tuyg’ular unda mavjud ekan-ku, aks holda
u ona zamin isini tuyishi,
bundan hayajonga tushishi mumkin emasdi. Qolaversa, o’z gunohlarini anglash va
yaratgan qarshisida tavba qilish uchun ma’naviy kuch-qudrat talab qilinadi.
Demak, qarshimizdagi odam ana shunday darajani zabt etgan. Ammo uning bu
qadar mahzunligi, ezilishi, iztirobining sabablari nimada? Hatto tushlarida tim qora
loyqa suvga botib, necha bor cho’kib chirkin xazonga aylanib qolishining boisi
nimada? U o’zida na niyat, na istiqbol qolganini tilga oldi. Masjidga borib, tavba
qilgani, ammo gunohlariga iqror bo’la
turib yana gunohga, og’ir gunohga
botganini: Qizini bo’g’ib o’ldirganini tan olishi qanday ma’noni ifoda qiladi?
O’ttiz yil go’zal va totli narsalar haqida o’ylashga vaqti bo’lmagan bu kimsaning
siyratiga nazar tashlang: u o’ttiz yil qon va najasga belanib yashashni, badanlaridan
najas va qon hidi anqib turadigan kimsani tasavvur qila olasizmi? Yozuvchi ayni
shu odamning qora hayotiga oid kitobni o’qishga va undagi hodisalar ma’nosini
uqishga bizni yo’llamayaptimi?
Ha, ayni shunday holatni tuyamiz:
aql-idrokdan mahrum, telba va yovuz
maxluqlar ichida yashagan odamlarning ruhiyatida ham hayvoniy hirs, hayvoniy
kayfiyatning uyg’onishi tabiiy. “Na go’zallik, na ishonch, na ezgulik qoldi! Biz har
qanday go’zallikni ham hirsimizni qondiruvchi vosita sifatida baholashga ko’nikib
qoldik... Men insonning ulug’ligi, ezgu va go’zal fazilatlar, ota va farzand burchi,
oila totuvligi, jamiyat va inson munosabati, axloq va muhabbat haqida qirq ikki yil
ma’ruza o’qidim, endi o’ylasam, qirq ikki yil odamlarni aldabman”,
- deya iqror
bo’ladi u. O’z so’zlari va orzulari, xayoldagi go’zallik haqidagi safsatalari
odamlarni aldashgagina xizmat qilganligini, oxir-oqibat uning o’zi ham
yolg’onliklar va yovuzliklarni niqoblashga xizmat qilganligini anglash –
buyuk
fojia! Yovuz kuch xukmronlik qilsa-yu, hamma narsa, hatto go’zallik timsoli
Do'stlaringiz bilan baham: