qalbida nobud bo’lmagan insoniy tuyg’u – Ona zaminga muhabbat ularni yana
hayotga qaytarganini, yashashga, o’zligiga qaytishga chorlaganini haqqoniy
tasvirlagan. Asarning bu xususiyatlari epik tafakkur tarzining ko’pohangliligini,
badiiy umumlashmalarning salmog’ini tayin etgan.
Nazar Eshonqulning “Xayol tuzog’i”, “Tobut”, “Yalpiz Hidi” turkumidagi
bir necha hikoyalari, “To’zon”, “Lazzat ortida qolgan yurak”, “Og’riq lazzati”,
“Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalaridagi va “Qora kitob”, “Tun panjaralari”
qissalaridagi “men”, “Maymun yetaklagan odam” va “Shamolni tutib bo’lmaydi”
hikoyalaridagi chol va Bayna momo obrazlari Abdulla Kahhor ta’riflagan “men”
emas. Ular qilmish-qidirmishlariga iqror bo’ladigan, o’zini taftishu tahlil qilib,
azoblanadigan, tasdiq-inkor iskanjasida turgan qahramonlardir.
“O’zgarayotgan adabiyotimizning hozirgi holatidan qanoatlanmayotgan Nazar
Eshonqulning “Qora kitob” qissasida ana shunday “men”ning erkin namunasi
yaratilgan, - deya xulosa beradi A.Ulug’ov o’zining “o’zgarayotgan adabiyot
manzaralari” maqolasida, - mazkur asar hodisalarni ramzlashtirish darajasi, inson
ishonch-e’tiqodining o’zgarishlar jarayonini obrazli gavdalantirishi, iztirob
ichidagi qahramon ruhiy dunyosini ta’sirchan qiyos, chog’ishtirmalar bilan falsafiy
tadqiq etishi jihatidan adabiyotimizning o’ziga xos hodisasi sanaladi. Chunki
qahramon iqrori, tavba-tazarrusi, izhori sifatida bitilgan ushbu qissa, avvalo, ifoda
tarzi, jozibali tili bilan diqqatni jalb kiladi.”
1
To’g’ri, asar an’anaviy bayon usulida
yozilganday ko’rinadi. Biroq, “Qora kitob” qissasi, shunigdek, “Xayol tuzog’i”,
«To’zon», “Lazzat ortida qolgan yurak”, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalari
an’anaviy asarlar singari bir kishi taqdiri tafsilotlari tavsifidan iborat emas. Ular
mislsiz azobda o’rtanayotgan, bor bisotidan, o’zligidan ajralgan, dunyoga qo’l
siltagan inson ichki olamining so’zda chizilgan suratiday bo’lib ko’rinadi. Bu surat
buyuk rassomlar asarlari singari qabariq va ta’sirchandir. Undan o’z xotiralarini
yengolgan, taqdir so’qmoklarida adashgan alamzada odam so’zlab turganday
ko’rinadi. Bu qahramonlar o’zini-o’zi inkor qilgan g’alayonlarning mo’jaz
umumlashmasi sanaladi. “Qora kitob” qissasida o’z “men”ini taftish qilayotgan
qahramon o’ziga-o’zi...“meni xech kim o’zimdek sud qilolmaydi. Jazo nima u?”
degan savol qo’yadi va “Shunchaki rasmiy marosim. Aslida eng oliy jazoni
ko’ngilning o’zi chiqaradi”, - deydi.
1
Haqiqatan ham inson o’z qilgan aybini, xatosini qalbining tub-tubidan anglab
yetsa, unda insonga sud tomonidan berilgan jazoning vijdon oldidagi jazodan o’n
chandon, yuz chandon yengil ekanligini his etadi. Ayni shu jihatni ochishda,
hayotning, zamonning turfa o’yinlari, insonning qilmishlari to’g’risida fikr
yuritgan mazkur asar alohida ahamiyatga ega.
Asarning sarlavhasiyoq uning badiiy tafakkuriga singishgan ramziy ma’noga
urg’u beradi. Odam Ato bilan Momo havoning tavqi-la’natga uchragan naslining
hayotini asar qahramoni la’natga mahkum etilganlarning hayot kitobiga o’xshatadi.
Ammo u shunchaki hayot kitobi emas, balki “Qora kitob”. Yozuvchi kitobning
qoraligi ma’nosini yoritishga kirishadi, qahramon o’z Hayotini suhbatdoshiga
Do'stlaringiz bilan baham: