Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


Mavzu: HOZIRGI ADABIY JARAYONDA NOAN’ANAVIY ROMANLAR



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

5. Mavzu: HOZIRGI ADABIY JARAYONDA NOAN’ANAVIY ROMANLAR. 
Reja:
1.
Bugungi o’zbek adabiyotining taraqqiyotida noan’anaviy romanlar. 
2.
Bugungi davr adabiyotida roman janri va xarakterli jihatlari. 
3.
Bugungi o’zbek adabiyotida ramziy majoziy tasvirlar. 


Tayanch so’zlar: o’zbek noan’anaviy, poetik tafakukur, mavzu va g’oya, ramziylik, 
majoziylik. 
Bu davrga kelib roman janri jiddiy o’zgarishlarni boshdan kechirdi.Jamiyat hayotida 
ro’y berayotgan vokealar tezobligi, ziddiyatlari, ko’lami bilan romannavislarni biroz shoshirib 
ko’ydi. Aslida roman operativ, hozirjavob janr emas. U vokealarning tinishi, saragi sarakka, 
puchagi puchakka ajralishini kutadi,vokelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab kiladi. Shu 
boisdan istiklol davrining ilk boskichida romanjanri uz urnini adabiyotning xozirjavob ,chopkir 
janrlari bulgan she’riyat va publisistiga bushatib berdi.Uzi esa ruy berayotgan vokea-xodisalarni 
jiddiy kuzata va tinishini kuta boshladi. Romanga bulgan extiyojni kondirish uchun jaxon 
adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima kilinib, targib etila boshlandi. B.Pasternakning
«Doktor jivago», A.Ribakovning «Arbat bolalari», N.Dumbadzening «Abadiyat qonuni», 
Ch.Aytmatovning «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», M.Bulgakovning «Usta va Margarita», 
Markesning «Yuz yil tanholikda» kabi o’z vaktida nashr etilmagan romanlar shular 
jumlasidandir.
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida jiddiy yangilanish belgilari kuzga 
tashlana boshlandi. Iste’dodli yozuvchi U. Xoshimovning «Tushda kechgan umrlar». M. M. 
Do’stning «Lolazor», O. Yokubovning «Adolat manzili» romanlari adabiyotimizda yangi saxifa 
ochdi.Shundan sung birin-ketin E. Samandarovning «Daryosini yo’qotgan qirgoq», «Tangri 
qudugi», U.Nazarovning «Chayon yili», M. Mansurovning «Mangu jang», «Gunohi azim», O. 
Muxtorning «Egilgan bosh», «Ming bir kiyofa», «Kuzgu oldidagi odam», T.Murodning 
«Otamdan kolgan dalalar» romanlari dunyoga keldi va katta extibor kozondi.
Istiklol davriga kelib, tarixga munosabat uzgardi. Endi adiblardan tariximizni ruy-rost, 
bezak va kora buyoklarsiz tasvirlash talab kilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis adiblarning 4-
avlodi «labbay» deb javob berdi. Ular uz oldida tarixiy mavzuda kuplab talantli asarlar yaratish 
vazifasi turganligi xal kilinishini kutib turgan muammolar borligini anglab yetdilar va ularni xal 
etishga astoydil kirishdilar. Chunki xalkimiz uzok tarixda kursatgan jasoratlari, kaxramonligi 
Adabiy turlar 
va janrlar 
Lirik tur 
janrlari 
Epik,
lirik, 
dramatik 
Roman, qissa, 
hikiya
Sonnet, 
ballada,
Dramatik 
janrlar 
Tragediya, 
komediya, 
teledrama 
Ocherk, 
maqola, badia,
 
feleton
Publitsistik 
janrlar 


tugrisida xali yetarli suzlab berilgani yuk. Zero, adib I.Raxim kuyinib yozganidek, 
«Adabiyotimiz xalkimizning tarixi oldida, utib ketgan kaxramonlarimiz ruxi oldida va xozir xam 
ibrat bulib yashayotgan usha davr paxlavonlari oldida katta karzdor bulib kelmokda. Bu karzni 
uzishni xam Vatanni ximoya kilishdek jangovr burchi miz deb» bilishimiz lozim. 
Biz tariximizni sevamiz, xurmat kilamiz, usiz yashash kiyin. Chunki R.Xamzatov aytganidek, 
utmish xalkimizning shaxodatnomasidir. Maxlumki, tariximizning saxifalari konli fojialar va 
daxshatli dramalarga xam boydir. Biz albatta, ana shu fojia va dramatik xolatlarni xam, ularni 
yenggan, omon chikkan, uzining ulugvor va oliyjanob ruxini asrab kololgan, xar doim adolat, 
xakikat, ezgulik tantanasi uchun kurashgan, ularning bir kun emas, bir kuni albatta barkaror 
bulishiga kattik ishongan ajdodlarimizning nurli yulini, optimizmini, barkamol, soglom irodasini 
xam kurishni istaymiz. Shuning uchun tarixiy asarlarni mutolaa kilganda ulardagi ijtimoiy-
tarixiy jarayonlarning markazida turgan yengilmas ajdodlarimiz kudrati va irodasini kidiramiz. 
Chunki tarix gildiragini xalk xarakatlantiradi. 
Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz, dastavval A.Kodiriyni, Oybekni esga 
olamiz. Xar ikki tarixiy romannavis uzbek adabiyotida uziga xos yunalishni boshlab berganlar. 
Agar A.Kodiriyning «Utgan kunlar» va «Mexrobdan chayon» romanlari markazida asosan 
tarixiy vokealar tursa, Oybekning «Navoiy» romanida tarixiy shaxs birinchi uringa chikdi. 
Tarixnavis adaiblarning 3-tulkini xar ikki ustoz sanxatkorlarning anxanalarini uygunlashtirib 
tasvirlashdi va natijada tarixiy roman 70 yillarda yukori boskichga kutarildi. Bu parvozda 
O.Yokubov, P.Kodirov, Mirmuxsin, M.Koriyev kabilarning xizmati katta buldi.
Tarixga murojaat kilishning uziga xos murakkag tomonlari bor. Aval yozuvchi kalamga 
olinayotgan davrni chukur urganishi, tarixiy xakikatga tula amal kilishi, ayni paytda tarixiy 
shaxslar xamda vokealarning zamonaviy ruxini aniklab olishi va xakkoniy tasvirlashi lozim. 
Tarixiy materiallar ipi zamon bilan uzviy boglanmas ekan, binobarin, u uz ruxi, goyasi bilan 
bugungi kunimizga xizmat kilmas ekan, bunday tarixiy asar uz vazifasini uddalay olmagan 
buladi. Mustakillik bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-tulkini 
mamlakatimiz tarixining shu paytgacha korongi bulib kelgan tomonlarini yoritishga kirishdilar. 
Bular orasida M.Alining «Sarbadorlar», B.Axmedovning «Amir Temur» nomli xronologik, 
M.Karimning «Moxlaroyim», M.Koriyevning «Ibn Sino», X.Begmatning «Mexrigonim 
kaydasan?», A.Dilmurodning «Maxmud Torobiy» singari romanlari extiborga loyikdir. Zero, 
tarixda xam, adabiyotda xam unutilganlar, ok doglar kolmasligi uchun xarakat boshlandi. Bir 
paytlar yakkaxokim kompartiya «utmishni ideallashtirish, noinsofiy va notarixiy yondashishga, 
Temur kabi feodal zolimlar teatr saxnalarida, kino ekranlarida, kitoblar saxifalarida shu vaktga 
kadar kuzga tashlanib turishiga» chek kuygan edi. Tarixiy vokealar va shaxslarning paydo 
bulishi «ayrim yozuvchilarning muloxazasizligi, tarix xakikatiga zid ish tutishi» deb baxalanardi. 
Shukurki, istiklol bunday cheklashlarga barxam berdi. Dastlab buyuk bobokalonlarimizni 
gubordan tozalash, tariximizga xolisona yondashish boshlandi. Mamlakatimizda ulutlarimizni 
uluglashga, buyuk zotlarning yubileylarini katta tantanalar bilan nishonlashga aloxida extibor 
berildi. Xar yili biron bir tarixiy shaxsning ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy merosi, faoliyati yil 
davomida chukur urganila boshladi. Amir Temur yili, Yassaviy yili, Ulugbek, Baxovuddin 
Nakshband, «Alpomish» dostoni, Jaloliddin Manguberdi yubileylari shular jumlasidandir. Amir 
Temur xayoti va faoliyati tugrisida tarixchi olim, akademik B.Axmedovning «Amir Temur» 
nomli tarixiy-xronologik romanining dunyoga kelishi katta vokea buldi. Unda muallif buyuk 
tarixchi, Amir Temur yurishlari va davlatning boshkarishining tirik guvoxi bulgan Sharafiddin 
Ali Yazdining «Zafarnoma» asari asosida vokea-xodisalarga yondashadi. Amir Temur va 
sarbadorlar munosabiti tugrisida M.Alining «Sarbadorlar» delogiya romani yaratildi. Unda 
soxibkiron Amir Temurning Turkiston tuprogida birinchi bulib mugullarga kashkatgich zarba 
bergan sarbadorlarga xayrixoxligi xakkoniy tasvirlangan. Xullas, mustakillik tariximizga noxolis 
yondashish, uni buyab, bezab kursatish tamoyillariga barxam berdi. 
Bu davrda kuprok zamonaviy mavzuda romanlar yaratildi. Bu romanlar orasida ayniksa, 
T.Murodning «Otamdan kolgan dalalar», O.Muxtorning «Egilgan bosh», «Ming bir kiyofa», 


«Kuzgu oldidagi odam», «Ffu», «Tepalikdagi xaroba», «Ayollar mamlakati va saltanati» kabi 
romanlari mashxur buldi.
Omon Muxtor xozirgi adabiy jaryon – istiklol davri adabiyotining eng sermaxsul adibi 
sifatida shuxrat kozondi. U kiska muddatda oltita roman yaratdi. Bu romanlar son jixatidan 
adibga shuxrat keltiribgina kolmadi, ayni paytda bu romanlarning shakli va mazmunidagi talay 
yangiliklar adabiy jamoatchilik extiborini tortdi. O.Muxtor ijodi asardan-asarga kayralib 
borayotganligi bilangina emas, balki xar bir romanining shaklining uziga xosligi, nutkiy 
kurinishlarining rang-barangligi, syujet va kompozisiyasining betakrorligi, kaxramonlarining 
yangiligi, orginalligi, fikrlashi va duyokarashining uziga xosligi, xulosalarining muximligi bilan 
ajralib turadi. Uning romanlari badiiy adabiyotning bosh mezoni – shartlilik asosiga kurilgani, 
bayon manerasining yangiligi, vokealarning xayotiyligi, ayni paytda xayotda ruy berishi mumkin 
bulmagan uydirmalar bilan chatishib ketishi, syujetning shiddatli davom etishi, kutilmagan 
almashinuvlar zanjirining uzaro boglikligi bilan kimmatlidir. 
Adib O.Muxtorning uzi asarlarining kurilishi tugrisida shunday deydi: «Egilgan bosh» 
romaniga kelganda bir shakl kidirishga urindim. Unda «Turt daftar» shaklini oldim. Bir 
boshkacharok tushlar shakliga, yangirok yunalishlarga murojaat etib, birinchi kadamni kuydim. 
«Ming bir kiyofa», «Kuzgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba»ni yozganda va sunggi 
romanlarimda bunga kengrok kirishdim… Asar biror masalani xal etishi, muammoni kutarib 
chikishi kulgili. Asar inson ruxiyatining murakkabligini aks ettirishi kerak.» Shu nuktai-
nazardan «Egilgan bosh» romaniga razm tashlaylik. Roman kuprok ramziy, uartli usulda 
yozilgan. Vokea asar kaxramonlaridan Abrorning kurkinchli tushi, kimsasiz orolga tushib 
kolishi, bu orolda uning badaniga chirmashib, siljishiga xalakit beruvchi «yarim odam, chrim 
paypaslagichlardan iborat maxluk Rudapo» tasviri bilan boshlanadi. Keyin Abror xotini 
Zuxraning pidjakini kiyib ishga junaydi. Bu ikkala detalp shu kadar ramziyki, Abror roman 
oxiriga kadar Rudapo-maxluk iskanjasidan kutulolmay xalok buladi. U bajarishi kerak bulgan 
ishlarni esa kupincha erkak kiyimini egniga ilgan xotini Zuxra ado etadi. Shunisi taxsinga 
loyikki, tasvirdagi ramziylik bayonda xam, kaxramonlar tasvirida xam , psixologiyasida xam 
saklanadi. Mana, shulardan biri: «yelkador kishi odmi kiyingan uzini kamtarin kursatish uchun- 
Y. S., turki-tarovatidan xam soddadilmi xalkdan chikkandek kursatish uchun, akli nokisrokmi u 
paytda raxbarning aklli bulishi emas, kimningdir arzandasi bulishi muximrok edi, odamga uxshar 
edi». Bu romandagi boshka kaxramonlar taxlili xamda yozuvchining «Kuzgu oldidagi odam», 
«Ming bir kiyofa», «Ayollar mamlakati va saltanati» romanlari tugrisida suzlab beraman.
Iktidorli yozuvchi Togay Murodning «Otamdan kolgan dalalar» romani tom maxnoda 
istiklol mevasidir. Adib romaniga «Birlashgan Millatlar Tashkiloti» axzosi- ozod Uzbekiston 
uchun bitdim» degan bitik bilan boshlaydi. Mana shuning uziyok adibning ustozlar anxanalarini 
davom ettirayotgani, ularga nasib etmagan mustakillik mevalaridan baxramand bulgan avlodning 
shukronasini eslatadi. Shu suzning uziyok bu romanning Uzbekiston mustakilligi shaxniga 
bitilgan kasida sifatida dunyoga kelganligidan dalolat beradi. Darxakikat, «Otamdan kolgan 
dalalar» romani baxshiyona uslubda bitilgan erk dostonidir. Asar un bobdan tashkil topgan. 
Unda xalkimizning 130 yillik tarixiy murakkab davri kalamga olingan. Chor Rusiyasining 
boskini tufayli xalkimiz tinchligining buzilgan onidan boshlab, yakin yillargacha uzluksiz 
surxatda kattikkullik bilan amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosati okibatida uzbek 
dexkonining kandok axvolga tushib kolganligini ifodalash asar vokealarining uzagini tashkil 
etadi. Mana shu muddat orasida uzbek xalkining xayotidi ruy bergan kurguliklar uch avlod 
takdiri orkali kursatilgan. Bu avlodlar bitta oilaga mansub. 
Birinchi avlod vakili fargonalik Jamoliddin ketmon, ikkinchisi uning ugli Fargonada 
tugilib, Denovda voyaga yetgan, boskinchilarga karshi kurashib, mardlarcha shaxid bulgan 
Akrab, uchinchisi Denovda tugilib usgan, shu tuprokda mexnat kilib, butun respublikaga dong 
taratgan paxtachilik brigadasining bouligi Akrab xamda Bolxin terimchining yakkayu-yagona 
ugli surxonchi Dexkonkuldir. Bu oila takdirini xam, romandagi zamon va makonni xam shartli 
kabul kilish kerak.Kengrok mapnoda olsak, Fargona vodiysidan Surxon voxasigacha bulgan 
makon xam, XIX asr urtalaridan XX asrning 80 yillarigacha davom etgan zamon xam bir oila 


takdiri misolida tasvirlanadi. Shuning uchun bu oila takdiri misolida tasvirlanadi. Shuning uchun 
bu oilaning umuman uzbek xalki timsolida namoyon buladi deb tushunish kerak.
Roman «Men fargonachi Jamoliddin ketmon nabirasi bulaman» degan ibora bilan 
boshlanadi. Iboradan iftixor oxangi eshitiladi. Jamoliddin ketmon tugrisidagi bobdan shuni 
anglab olamizki, bobomiz uz yeriga ega bulgan, unga sevib-sevib ishlov bergan, ter tukib-ter 
tukib mexnat kilgan, uynab-uynab xosil olgan, shukronalar aytib xayot kechirgan. Ammo 
Fargonaga ruslarning bostirib kelishi Jamoliddin ketmonning osoyishta xayotini buzdi, yerdan 
baraka kutarildi, zilol suvlvr butana buldi. Bobomiz toza yer izlab Fargonadan bosh olib chikib 
ketdi, xali ok podsho kadami yetmagan Denovdan boshpana topdi. 
Ikkinchi bob «Men surxoni Akrab kuli gul ugli bulaman» degan faxriya bilan boshlanadi. 
Akrabning kismati otasinikidan-da ogir, fojei buldi. U uzining kiska umrining boskinchilarga, 
asosan, kizillarga karshi kurashib utkazdi, shu yulda xalok buldi, shaxid deb nom oldi. Ana 
shunday extikodli, fidoyi insonlarning farzandi Dexkonkul uchinchi avlod vakili bulib, u ota 
tarbiyasini olomadi, onasi Bolxin terimchi kolxoz ishlari bilan band buldi. Bolani sovet maktabi 
tarbiyaladi, voyaga yetkazdi. Milliy kadriyatlarimizning ildizlari kirkilgan zamon va makonda 
kamol topgan Dexkonkul ideologiyasining kuli, sosialistik jamiyatning robotga aylangan kuli 
bulib yetishdi. Ismiga «kul» bejiz kushilmagandir?! 
Mustamlakachilik tadbirining navbatdagi boskichi sifatida 80 yillar urtalarida kutarilgan 
«uzbek ishi» ana shu yerga, elga, kommunistik ideologiyaga sadokatli Dexkonkul boshiga xam 
ne kunlarni soldi. Azob-ukubatlarni torta-torta kilmagan ishlarini kildim deb buyniga olib, sakkiz 
yilga kesiladi. Shunda xam uning oxirgi tilagi yerlari bilan vidolashish istagi buladi…. 
«Otamdan kolgan dalalar» publisistik uslubda bitilgan ijtimoiy-siyosiy romandir. Odatda 
badiiy asarda publisistika kupaysa, zerikarli bulardi. Birok istexdodli yozuvchi T. Murodning 
shirin tili bois buni sezmaymiz. Romanda Fargona leksikasi Surxon laxjasi bilan uzaro korishib 
ajabtovur nutk paydo bulgan. Roman she’r kabi yozilgan, she’r kabi ukiladi, she’r kabi xis 
kilinadi. Iboralar ixcham, manzaralar lunda, fikrlar taxsirchan, tasvirlar kurimli, tuygular jushkin. 
Mana shu va boshka fazilatlari bilan «Otamdan kolgan dalalar» romani istiklol davri adabiyotida 
vujudga kelgan erkinlikning ilk kaldirgochidir. 
O’zbek romannavislari zamondoshimiz obrazini yaratish orqali o’z hatti-harakatlarini, 
faoliyatini hatto his-tuyg’ularini ham aql-idroki ila mulohaza qilib, o’z-o’zini taftish etuvchi – 
analitik obrazlar vositasida bugunning dardu iztiroblari mohiyatini ochishga harakat qilayotirlar. 
Quyidagi jadvalda hozirgi adabiy jarayonda faol ijod qilayotgan romannavislar qayd etilgan: 
Inson ko’nglini anglashning yangi shakl va vositalaridan foydalanishga intilishni biz 
iste’dodli ijodkorlardan biri – Ulug’bek Hamdamning «Yolg’izlik» nomli qissa va hikoyalar 
to’plami (1998), «Tangriga eltuvchi isyon» she’riy to’plami, «Muvozanat» va «Isyon va Itoat» 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish