1
Ҳ
амро Ш.
Қ
ора кун.
Қ
исса // Ёшлик. – 1995. - 5-сон.
kitobxonlar e’tiboriga tushdi, ayni chog’da asarning kamchiliklari haqida ham
fikrlar bildirildi. Masalan, qissada syujet qurilishi aytarlicha muvaffaqiyatli
chiqmagan. Aniqrog’i, qahraton qishdagi ocharchilik voqeasi asosiy voqea bilan
yetarlicha bog’lanmagan. Natijada bu qusur asarning ravon o’qilishiga Halaqit
beradi. Qolaversa, qissa bu o’rinda ham «Yolg’izlikning yuz yili»ni yodga soladi.
Shuningdek, asarning ba’zi o’rinlarida ramzlar yetarlicha badiiy sayqal topmagan.
Bugunning qissalari rang-barang uslubiy izlanishlar natijasida epik ko’lam
miqyoslarini kengaytirib, o’zbek nasri taraqqiyotini ta’minlamoqda. Mustaqillik
davrida yaratilgan qissalar ijtimoiy voqyelikni tasdiqlash yoki inkor qilish emas,
uni bor ziddiyatlari bilan haqqoniy tasvirlash tendensiyasi o’zbek nasrida barqaror
ijodiy tamoyilga aylanganligini ko’rsatmoqda. Xulosa qilib aytganda, biz tahlil
qilgan asarlarning janr xususiyatlariga tayanib quyidagilarni ta’kidlash joiz:
- o’zbek qissanavislari alohida shaxslar olamini, ularning o’ziga xos
tuyg’ularini, intim olamini tabiiyligicha, bor ziddiyatlari bilan haqqoniy
tasvirlashga harakat qilmoqdalar. Natijada o’zbek qissachiligida insonni yangi
jihatlardan anglash tendensiyasi qaror topdi. O’zbek yozuvchilari o’z ruhiyatini
taftish etib, o’zligini anglashga intilgan qahramonlar hayot hodisalari va odamlarga
ham o’ziga xos munosabatda bo’lishlari tabiiy hol ekanini diqqat markazida tutgan
holda ziddiyatli va murakkab insonlar obrazini yaratishga erishdilar;
- insonni tasvirlash orqali insonni anglashning o’ziga xos falsafasi ham
yaratiladi. O’zbek qissanavislari janr taraqqiyotining yangi davrida hodisalarga va
inson shaxsiga yangi jihatlardan yondashish bilan birga real hayot hodisalari
mantiqiga, xarakterlar mohiyatiga mos miflar va afsona-yu rivoyatlardan
foydalanib, ularning ma’no-mazmuniga singdirilgan hayotiy falsafasini
tasvirlanayotgan
hodisalar
mohiyatiga uyg’unlashtirish vositasida epik
tafakkurning
serma’no
serohangligini,
mazmunning
ko’lamdorligini
ta’minlaganlar. Natijada badiiy fikr harakati uchun keng makon yaratilgan, janr
imkoniyatlari yanada kengaygan;
- yozuvchilar ayrim so’zlar yoki so’z birikmalarining ko’pma’nolilik yo
ko’pohanglilik xususiyatidan (“Momoqo’shiq” va “Urush odamlari” so’z
birikmalarining o’zi uch xil ma’noda qo’llangan) mahorat bilan foydalanib, asar
qahramonlari dunyosining, ruhiyatining yashirin nuqtalariga yetib bora olganlar va
inson dunyosidagi fojialarni butun dahshati bilan ichdan yoritishga erishganlar;
- qissa epik tur janrlari orasida hikoyaga qaraganda mazmunining
ko’lamdorligi bilan ajralib turadi. O’zbek qissalarida o’zbekning o’ziga xos
tabiatini, ko’nglidagi sezimlar va mayllarni tabiiyligicha tasvirlashga intilish
kuchayganligini Sh.Bo’tayevning “Kunbotardagi bog’”, “Bir kunlik mehmon”
singari qissalari misolida aniq kuzatish mumkin. Tog’liklarning hayot tarzi, urf-
odatlari, orzu-intilishlari bugungi kunda barcha insonlar uchun nihoyatda zarur,
ammo bilinib-bilinmay uzoqlashilayotgan an’analar, tabiiylik, ajdodlar xotirasi va
merosi haqida o’ylatadi, ezgulikka qaytishga chorlaydi;
- “Eski arava”, “Sho’rodan qolgan odamlar” singari qissalar tahlilidan
shunday xulosaga kelish mumkinki, mustaqil, ozod va erkin hayotni o’zligimizni
anglash, o’zimizdagi mute tuyg’ularni qo’porish, o’zgalarga qulluq qilib yashash
tarzidan voz kechish, tom ma’nodagi mustaqil fikrlashga erishish orqaligina zabt
etishimiz mumkin. Zero, o’zligini anglagan, o’z qadr-qimmatini, g’ururini to’la
himoya qila oladigan xalqnigina o’zga xalqlar hurmat qiladi. O’zbek qissalari bu
kabi salmoqli badiiy umumlashmalarni harakatlantirib turishi bilan ajralib turadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |