tuynuklariga umidsizlik panjaralari o’rnatilgan. Xuddi adashgan ko’rshapalakdek
biz bu hibsxona devorlari aro soru-sor uchib yuramiz, ehtimol, shuning uchun ham
bu arziholni «tun panjaralari» deb atagandirman?
Bu panjaralar metinday
mustahkam, miyamizga tun pichoqlari qadalib turibdi...
Men ismsiz odamman, kimki bu tunda yashayotgan bo’lsa, u ismsiz. Ismi
bor odamning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’tmishi va kelajagi bo’ladi,
nedandir umidi bo’ladi. Ismli odam ismi nomidan jangga kiradi. Xo’sh, men
kimning nomidan gapiray? Kimning nomidan?! Ismim yo’q mening! Payti kelib,
menga kimnidir uyg’otish baxti muyassar bo’lsa, men undan avvalo “isming
nima?” - deb so’ragan bo’lardim. Ismsiz odam esa uyg’onmaydi»
2
.
Hamma balo shundaki,
loqaydlik, fikrsizlik uch-to’rt odamninggina fojiasi
emas, balki bu illat o’sha uch-to’rtlardan yuzaga keluvchi yuzlab, minglab
odamlarni mudroqlik qa’riga tortuvchi mudhish ko’lanka. Agar
inson jismida zavq,
umid, tilak singari yorug’lik alomatlari yashasa, shuning o’zi tiriklik belgisi.
Yorug’lik so’nggan jism halokatga mahkum.
Yozuvchi tunning belgi – alomatlariga ramziylik vositasida ana shu kabi
falsafiy-hayotiy, mushohadatalab ma’nolarni joylagan. Tasavvurimizdagi tun
o’ziga xos belgi sifatlari orqali ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi, ammo yozuvchi
bizning tasavvurimizga his qilinmagan, xali anglanmagan badiiy umumlashmalarni
sig’dirishga erishadi. Aniqrog’i, tasavvurimiz miqyoslarining kengayishiga ta’sir
ko’rsatadi, tunning yangi ma’nolarini, belgi-xususiyatlarini kashf etadi!
Tunning
muazzamligini, bepoyon, qudratli, sehrli, ma’yus yoki jozibali ekanini har kim
o’ziga xos tarzda idrok etadi, his qiladi. Qissa qahramonlari: “Tun
- mening
umrim”, - deydi. Zero, umrimizning tunlari cheksiz – chegarasiz emas, ularning
“temir panjaralar”i bor. Yozuvchi “fikr o’yini” vositasida (tun panjaralari – oddiy
tasavvur; “yuragim zim-ziyo chohga o’xshaydi, men aytib berganlarim esa bu
choshgohning panjaralari” - ko’chim hosil qilish
orqali tasavvurga yangi
ma’nolarni joylash; “Hayotni kashf qilganing sayin o’zingga o’zing panjara qurib
borasan” - hayot haqiqatini metafora usulida kashf etish, tasavvurning oliy
nuqtasi!) ana shuni his qilib, bu haqiqatning mohiyatini anglashimiz uchun o’z
tasavvurlarini
ramziy buyoqlarga, shayton, tun, Sulaymon, kampir va uning qizi
singari ramziy obrazlarga ko’chirib ifoda etmoqda. Shuni idrok etamizki,
tasavvurimiz tulpori metin panjaralardan xatlab o’tib,
bizni yuksaklikka,
xayolotning tubsiz osmoniga elta oladi. O’sha yuksaklikdan qarasang, “...sendan
toki ufqqacha qip-qizil vodiy yastanib yotibdi. Vodiyda xuddi o’tib bo’lmas
cho’qqi kabi savol alomatlari qad kerib turibdi, ulardan har birining tagida bittadan
odam bosh qo’ygancha o’lib yotibdi – go’yo butun umrlarning xulosasi shudek,
go’yo bu o’zlari bosib o’tgan yo’lning ramzidek. O’ngda ham, chapda ham shu
manzara – savol xarsanglari va ularga bosh qo’yib yotgan jasadlar bilan to’lgan
qip-qizil vodiy. G’arbdan ham,
janubdan ham, sharqdan ham, shimoldan ham
odamlar bu ajr vodiysiga qarab boshlarini quyi solgancha sekin kirib kelyapti.
Ularning bo’yinlariga osilgan savol qo’ng’iroqlari chor-atrofga motam bongidek
Do'stlaringiz bilan baham: