Tomoshabinlar hattoki kechalari ham maydonga kelishar va cheksiz
azoblanayotgan mahkumlarni ko’rib ba’zan befark, ba’zan qiziqish bilan og’riq
lazzatidan titrayotganlarni kuzatishardi. Maydondagilarni maxsus nazoratchilar
kuzatishardi. Bu nazoratchilarning vazifalari maydondagilarning ishorasiga ko’ra
ularni qiynash edi. Asarda azoblanayotganlar – mahkumlar deb ataladi». Gazetalar
har kuni mahkumlarning yangi – yangi muvaffaqiyatlari to’g’risida sahifa-sahifa
maqola, xabarlar berishar, tomoshabinlar esa ertasiga mahkumlar bilan bo’ladigan
yangi tomoshani orziqib kutgancha tong ottirishar, sal bo’sh vaqt topilsa,
maydonga qarab chopishardi». «Biz shaharning qaysi burchagiga bormaylik,
mo’jizaviy san’atkorlikka va uni olqishlayotgan muhlislar olomoniga duch
kelardik».
Mahkumlar orasida «to’rtinchi» deb atalmish g’aroyib bir mahkum bor edi.
Uning g’aroyibligi o’z san’atini hammadan ko’ra chiroyliroq va fidokorona
namoyish etish bilan izohlanardi. O’sha «turtinchi» uz san’atini eng yuqori
nuqtaga ko’tara olishga qodir edi. Buning isboti sifatida «to’rtinchi» o’z yuragini
sug’urnib olishlariga ruxsat beradi. Butun olomon «to’rtinchi»ning bu fidokorligini
olqish bilan kutib oladi. Nihoyat o’sha kuni yetib keladi. «Nazoratchilar
tomoshabinlarning xayqirigi ostida ishga kirishdilar: ular mahkumning yuzi
maydonga yaxshi ko’rinib turishi uchun yurakni orqa tomondan chiqarib olishga
qaror qildilar». Nazoratchilar mahkum «to’rtinchi»ning ko’krak qafaslarini arralar,
kesar, chopar edilar. Bu vaqtda mahbusning yuzi og’rik lazzatidan yorishib ketar,
unda tabassum jilvalanib turar edi. Bu tabassum eng so’ngi nafasgacha uning
yuzini tark etmay turadi. Nihoyat, nazoratchi mahkumning yuragini sug’urib oladi.
Mahkum «to’rtinchi» yuzida tabassum qotib qolgan kuyi gursillab yerga qulaydi.
Tomoshabinlar xayratomuz vokea ta’sirida terilariga sig’may quvonishar,
mahkumning jasadini gullarga ko’mgancha uni olqishlashardi. Nazoratchi ham
«to’rtinchi»ning jasadiga ta’zim qilgancha yurakni uning ko’kragi ustiga qo’yadi.
«Shundagina biz og’rik farog’atidan so’ng ham, o’zimiz turgan zaminga
tushmaganini angladik – u narigi, ya’ni lazzat yurtida qolgan edi, uning jonsiz
tanasi ham san’at asariga aylangan va yashnoq gullarga ko’milib yotardi».
Hikoyani o’qib chiqqan o’quvchida og’riq «azob san’ati» bu yashash, hayot
san’atidir degan xulosaga keldik. Binobarin, mazkur san’atni amalga
oshiruvchilarning mahkumlar deb atalishi ham fikrimizni tasdiqlashi mumkin.
Zero, inson bu hayotda yashashga mahkum etilgan. Ya’ni u o’zining inon-ixtiyori
bilan bu dunyoga kelgan emas, shuningdek ushbu hayotda mavjudlik ham uning
istaklari chegarasidan tashqarida. Yirik faylasuflar, mutafakkirlar hayotni xamisha
o’zlari uchun bitmas azob manbai deb bilishgan. Balki shu tufayli ularning o’y
fikrlarida, ijodlarida badbinlik ruhi kuchli. Ammo bu badbinlik ularni butunlay
boshqargan desak xato bo’ladi. Zotan ular yashagan, ijod qilishgan va hayotga,
yashashga chorlashgan. Nazar Eshonqulning «Og’riq lazzati» hikoyasi xam
yashashga chorlaydi, azoblarga mardonavor bardosh berishga undaydi. Asarda
tasvir etilgan nazoratchilar ham insonlarni tashkil etadi. Zero, bu dunyoda insonga
Do'stlaringiz bilan baham: