yangi bosqichning boshlanishi bo’ldi, deya adabiyotshunoslarimiz tomonidan
yuqori baholangan edi. Hikoya muallifi N.Eshonqul keyingi o’n yil mobaynida
yozgan talay hikoyalarida asosan o’sha asrdagi g’oyani turli ko’rinishda davom
ettirdi. «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1996 iyul (30-soni)da e’lon
qilingan «Shamolni tutib bo’lmaydi» hikoyasi esa o’zbek hikoyachiligida muhim
yangilik bo’ldi. U jamoatchilik e’tiborini o’ziga tortdi. Yozuvchilar uyushmasining
maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Yozuvchi mazkur asar qahramoni Bayna momoning uzoq davom etgan
fojeaviy, motamsaro, ayni paytda mardona hayot yo’lini o’ziga xos yo’sin,
ohangda hikoya qiladi. Unda momo qismati bilan bog’lik ibratli voqealar,
chunonchi u bilan qishloq ahli, olomon orasidagi ziddiyat bir-ikki detallar,
chizgilar, ixcham lavhalar orqali eslatiladi. Masalan, asardagi quyidagi jumlaga
e’tibor qaratsak: «Bayna momo tirikligida, garchi bu ayolni, erining polvonlik
lash-lushlari va kiyim-kechaklari yotgan, o’lgandan so’ng hech qachon yonmagan,
tuynugi shuvab tashlangan ana u xujra kabi qorong’u, musibat to’la uyi ichkarisiga
kirmagan bo’lsa-da, ular qahr va g’azabni sitam bilan ichiga yutib kelgan bu
kampirni hurmat bilan eslashardi»
1
. Mazkur jumlaning o’ziyok, Bayna momoning
hayoti, uning ayollik sadoqati haqida o’quvchiga tushuncha beradi. Inson
yashayotgan xonadonning tuynugi qachon suvaladi, qachonki, unda hech kim
yashamagan taqdirda. Yozuvchi shu jumlalar orqali Bayna momoning umri ham
eri va o’g’li bilan birga so’nganligiga ishora qiladi. Bundan tashqari hatto
hikoyadagi eng jiddiy to’qnashuv-olishuv – momoning eri va o’g’lining qotili
Zamon otboqardan qasos olishi, uni chavaqlab qonli barmoqlaridan judo etish
voqeasi sahna ortida yuz beradi. Bu mudhish voqeani ham muallif imo-ishora,
detallar orqali ayon etadi. Asarni mutolaa qilayotganda g’am-g’ussaga to’la va ayni
paytda mardonavor og’ir bir kuyni tinglayotganday bo’lasiz. Momoning ruhiy
holati va hayoti go’yo shu kuy pardalari orqali tarannum etiladi.
Bayna momo bir paytlar faqat qishloq emas, butun tog’li xalqning obro’sini
ko’tarib nom chiqargan eri Rayim polvonni quloq deya takib qilish, mol-mulkini
tortib olish, so’ng itday xor kilib otib tashlashga yo’l qo’ygan va o’g’li bilan erini
yangi zamonning egalari – Zamon otboqarlar ixtiyoriga berib qo’ygani uchun
hamqishloqlarini aslo kechirolmaydi. Uning ruhiy olami yolg’izlikda o’tgan
mashaqqatli hayoti yozuvchi tomonidan mahorat bilan gavdalantiriladi. «Bayna
momo o’z yolg’izligi musibatini hayotning badbo’y, zabun, xor etilgan hidlari
anqib yotgan yillar dahlizidan yetaklab o’tdi. qishloqdoshlari bahor kelishi bilan
eski yaylovlarga ko’chib chiqishar va yer shudgorlar, har kim o’z tashvishiga
berilib ketardi. Qishlokqa qolgan Bayna momo esa bu paytda yolg’izlik dashtini
shudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar bilan kelib eri va o’g’lini otib tashlagan
oqshomni ekar va so’ng yolg’iz o’zi xosilini ham yig’ib olardi. Bayna momo har
kech ko’z yoshlari bilan to’lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri
bilan o’g’lining ilma-teshik bo’lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar
qamchisi yotgan qonli xalqob bilan to’lgan ayvonga suzib borar, ertalablari xo’l
bo’lib uyining oldidagi oradan yillar o’tgach, uyini buzayotganlar qo’porib
Do'stlaringiz bilan baham: