Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


«Миллий тикланиш» газетаси 1998 йил, 14-май сони



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

1
«Миллий тикланиш» газетаси 1998 йил, 14-май сони. 
1
«Шарқ юлдузи», 1998 йил, 6-сон.
 


singari bir kishi taqdiri tafsilotlari tavsifidan iborat emas. Ular mislsiz azobda 
o’rtanayotgan bor bisotidan, o’zligidan ajralgan dunyoga qo’l siltagan inson ichki 
olamining so’zda chizilgan suratiday bo’lib ko’rinadi. Bu surat buyuk rassomlar 
asarlari singari qabariq va ta’sirchandir. Undan o’z xotiralarini yengolgan, taqdir 
so’qmoqlarida adashgan alamzada odam so’zlab turganday ko’rinadi. Bu 
qahramonlar o’zini-o’zi inkor qilgan g’alayonlarning mo’jaz umumlashmasi 
sanaladi. «Qora kitob» qissasida o’z «men»ini taftish qilayotgan qahramon o’ziga-
o’zi... «meni xech kim o’zimdek sud qilolmaydi. Jazo nima u?» degan savol 
qo’yadi va «Shunchaki rasmiy marosim. Aslida eng oliy jazoni ko’ngilning o’zi 
chiqaradi», deydi.
Haqiqatan ham inson o’z qilgan aybini, xatosini qalbining tub-tubidan 
anglab yetsa, unda insonga sud tomonidan berilgan jazoning vijdon oldidagi 
jazodan o’n chandon, yuz chandon yengil ekanligini xis etadi. Bu jihatni ochishda, 
hayotning, zamonning turfa o’yinlari, insonning qilmishlari to’g’risida fikr 
yuritgan mazkur asarlar katta ahamiyat kasb etadi. 
«Xaroba shahar surati» («O’zbekiston adabiyoti va san’ati», 1989 yil, 10 
noyabr) hikoyasi ham yozuvchining mahorati, iste’dodidan darak beradi. Parishon 
yigitning o’y-xayollari, fikrlari, ichki kechinmalari, o’zligini anglash yo’lidagi 
mashaqqatlari bayon etilgan mazkur hikoya insoniyat ong-shuurining naqadar 
qotib qolganligi, uning yozuvchi Ch.Aytmatov «Asrga tatigulik kun» asari 
qahramoni Elomon misoli manqurtga aylanib ulgurmaganini xaroba shahar surati 
orqali badiiy timsollar bilan ochib bergan. E’tibor beradigan bo’lsak, yozuvchi 
asardagi shahar nomini Tursoriya deb ataydi va uning vayron bo’lishdan avvalgi 
go’zalligini odamlarga uqtirishga, uni qaytadan qurishga chaqirib, quyidagicha 
tasvirlaydi: «Tursoriya meni qanchalik qiziqtirsa, boshqalarni shunchalik 
ajablantirardi. Ular tayinsiz bir rassomning fazli-irodasi bilan vayron etilgan 
qandaydir Tursoriyani deb tashvish chekib yurish sababini tushunmasdilar va buni 
shunchaki oliftagarchilik deb o’ylashar yoxud girt safsataga yo’yishardi. Men 
ularga Tursoriya haqida, uning yashil bog’lari, zangori osmoni, tuman qoplagan 
tosh ko’chalari, odamzotning qudratini namoyish etish uchun qurilgan minoralari, 
shahardan uzoqlarda ham hidi ufurib turadigan xuddi qizlar kabi durkun va nafis 
gullari, qirmizi tulporlar minib yuradigan yigitlari, xayoldan ko’ylak tikib kiygan 
qizlari, xilol bilan birga xilpiraydigan cho’g’lari, sahar chog’lari xo’rozlaridan ham 
oldin uyg’otadigan azonlari hamda bolaning ko’zlari kabi tiniq va ma’sum 
daryolari haqida gapirib berar va bularni Tursoriya boshqalarning ham e’tiborini 
tortsin, deya ko’pincha o’zim to’qirdim. Biroq mening bu tajribasiz va tarqoq 
qo’shinim – bolalarcha cho’pchaklarim bilan odamlarning befahmlik va loqaydlik 
devorlari o’rab olgan, hech narsa bilan zabt etib bo’lmas, toshdek qotib qolgan 
qalb qo’rg’onlarini hech qachon zabt etolmasdim, aksincha, mening yuragimdan 
so’zlarga quyilib chopib chiqqan hayajon va umid oxulari ularning befarklik 
ko’pchigan kuzlarining toygok qoyalaridan sakrab o’tolmay, bir-bir qulab tushardi. 
hamisha gaplarim ularning ensasini qotirardi». 
Beparvolik va loqaydlik inson tanazzuli. Uning tuyg’ularsiz yashashi, 
kimligini va nima uchun bu dunyoga kelganligini anglamaslik, misoli hayvondek 
faqat qorin g’amini, o’z tinchini o’ylashi insoniylikdan yiroqlashish degani. 


«Xaroba shahar surati» hikoyasi insoniyatning o’sha tanazzuliga, zulmatga singish 
jarayonini ko’rsatganligi bilan ham ahamiyatlidir. Ko’p yillar aldov odamzotni 
shunday ko’yga soldi. Uni jirkanch mahluqdan ajratib bo’lmas holda tarbiya qildi. 
Natijada inson «Xayol tuzog’i» hikoyasidagi kabi odamkushlikka ruju qo’ydi. 
Yonida har kun bir-birini chopish maqsadida bolta olib yurar holga tushdi. Bu 
uning kasbiga aylanib bordi. Yozuvchi yana bir o’rinda shunday izoh beradi:
«Ularning hammasi menda Tursoriyani bilmay o’tayotganliklari uchun ham 
butun umri g’aflat o’rmonini sargashta kezib yurgan sarson odamlardek taassurot 
qoldirardi. Men ularning ko’zlarida, yuzlarida g’ofil va tushkun yashashga 
mahkum etganliklarini ko’rardim. Ular tiriklikning mangu va abadiy 
qaroqchilaridan qocha-qocha mana shu loqaydlik va tanballik saltanatidan panoh 
topgandilar va ular qochib kirgan boshpanalarida o’zlari kabi omonatlik va 
xarobalik ufunati anqirdi». 
Insoniyat tarixi o’tmish davrlaridan iborat. O’tmaydigan davrning o’zi yo’q. 
Badiiy tafakkur ham shu. U tinimsiz o’zgaradi, o’zgargani sayin badiiy tasvir 
imkoniyatlari kengayadi, torayadi, tinch turmaydi. Shu tariqa har qanday milliy-
badiiy tafakkur biridan keyingisiga o’tuvchi bosqichlar evolyusiyasidan tashkil 
topa boradi. Ana shu tadrijiy davomiylik ilg’ab olinsa, milliy-badiiy tafakkurning 
yaxlit bir jarayon ekanligini tasavvur etish oson kuo’adi. Mazkur yaxlit jarayon 
ichidagi badiiy tafakkur evolyusiyasi bosqichlarini aniqlash uchun esa 
qo’llanilayotgan badiiy tasvir vositalari tadrijini o’rganishga to’g’ri keladi. Chunki 
ijodkor shaxs dunyoni, insonni qanday idrok etsa, shunga yarasha badiiy tasvir 
vositalaridan foydalanadi, yangilarini kashf etadi. 
Asl kasbi insonshunoslik bo’lgan adabiyot hamma davrlarda ham insonni 
e’zozlagan. O’zbek realistik nasri bundan mustasno emas, albatta. Biroq bugungi 
davr adabiyoti va san’atining bosh xususiyati insonpparvarlik tuyg’usining har 
qachongidan chuqurroq, kengroq va yuksakroq darajalarga chiqishi bilan 
ifodalanadi. 80-yillarning avvalida o’zbek hikoyachiligida xuddi shunday 
ko’tarilish kuzatildi. Tasvirlanayotgan qahramonga shaxs sifatida e’tibor kuchaydi, 
ya’ni insonning shaxslik a’moli badiiy tadqiq obyektiga aylana boshladi. 
Insonparvarlik, shaxsparvarlikda namoyon bo’ldi. Shaxs fenomenini tadqiq etishga 
urinish intellektual qahramon obrazlarining yaratilishiga, shuning barobarida 
badiiy tasvir vositalari doirasining kengayishiga olib keldi. Tabiiy, realistik milliy 
badiiy tafakkur bunday miqyosga dabdurustdan erishmadi, albatta, balki yetuk 
shaxslik martabasining ibtidosi bo’lmish oddiy insoniyat qadr-qimmatni, 
nafsoniyatni 
anglashga 
urinishlardan 
boshlandi. 
Yozuvchi 
N.Eshonqul 
hikoyalarida esa bu ko’rinish o’ziga xos tarzda bo’y-bast ko’rsatib borayotir. 
«Uyg’onish badiyati insonni jo’n va yuzaki tushunishdan, uni bir yoqlama talqin 
etishdan voz kechdi»
1
, - deb yozadi filologiya fanlari nomzodi Xurshid 
Do’stmuhammad, - o’zbek hikoyachiligida bu o’ziga xoslik nasihatbozlikdan 
qutulishda o’z ifodasini topdi. Misol uchun «oqpadarlik – yomon», ichkilikbozlik, 
poraxo’rlik – illat» singari «g’oya»lar hikoyalar o’z qadr-qimmatini yo’qotadi. 
Ishlab chiqarish mavzusidagi jasoratlar madhi o’rnini qahramonning shaxs 
sifatidagi kamolini izlash tasviri egalladi. Qahramonlarninng ijobiy yoki 
salbiyligini belgilovchi mezonlar o’zgardi. Qahramon shaxsi, ruhiy olami, shuuri 


tasviriga moyillikning kuchayishi hikoyaning syujet qurilishini, tasvir maromini, 
konfliktlar tabiatini yangiladi». 
Bu o’zbek adabiyoti yangicha uslubiy yo’nalishning kirib kelishiga turtki 
berdi. So’nggi yillarda jahon modern adabiyoti va uning milliy adabiyotlarga 
daxldorligi borasidagi mulohazalar tez-tez og’izga tushmoqda. Albatta, mazkur 
fikr bejiz emas. Gap shundaki, biz yuqorida qisman tahlil etishga harakat qilgan 
N.Eshonqul hikoyalarida xalqning teran ildiziga ega bo’lgan, inson tafakkurining 
ilk badiiy mevalari hisoblangan miflar, uning tasvir vositalari, an’anaviy shakl 
bilan bir qatorda jahon adabiyotining modern oqimi ham uyg’un holda o’ziga xos 
tarzda mujassam bo’ldi. Adib nasrida dastavval Qodiriyning va Cho’lponning 
ijodiga taqlid; Tolstoy va Dostoyevskiy asarlaridagi mushoxada, yapon 
Ya.Kavabata, avstriyalik F.Kafka, argentinalik X.Kortasar, fransuz A.Kamyu, 
meksikalik L.Borxes va K.Fuentos tajribalarining ta’siri sezilishini ta’kidlab, 
yozuvchi X.Do’stmuxammad o’zining «Uyg’onish jozibasi» maqolasida bu 
to’g’rida fikr bildirarkan quyidagicha ta’rif keltiradi: «Adabiyot ta’sir 
jug’rofiyasining bu qadar kengayib borayotganiga juda tabiiy va qonuniy hol 
sifatida qaramoq lozim. Zero, bu, o’zbek badiiy tafakkurining umumbashariy 
badiiy tafakkur simfoniyasiga qo’shila olishidan, shunga ma’naviy huquq 
borligidan dalolat beradi. Bordi-yu, ushbu ta’sir taqlid darajasidan nariga o’tmasa 
hikoyalarimizdagi yangilanishlarga katta umidlar bog’lash qiyin edi. Ishonch bilan 
aytish mumkinki, uyg’onish davrida yashayotgan o’zbek hikoyachiligi dunyo 
badiiy tafakkurining eng ilg’or tamoyillari xazinasini boyitishga hissa 
qo’shmoqda»
1

Shu o’rinda modernizm atamasiga izoh berib o’tmok joiz. «Modernizm» 
(fransuzcha – moderne – eng yangi, zamonaviy) atamasining XX asr avvalida 
G’arbiy Yevropada paydo bo’la boshlagan futurizm, ekspressionizm, imajinizm, 
unanizm kabi badiiy oqim va guruhlarning yuzaga kelishi bilan bog’lashadi
2

«Modernizm»ni ayrim adabiyotshunoslar aniq topib ishlatilgan atama emas, 
deyishadi. Ularning fikricha, «modernizm»ning lug’aviy ma’nosidan kelib 
chiqqanda, har qanday davr o’zining «eng yangi», «zamonaviy» badiiy oqim va 
guruhlarini paydo qilishi mumkin. Markscha adabiyotshunoslikda «modernizm» 
«dekadans» atamasi bilan bir ma’noda qo’llanib kelinadi. Aslida esa «dekadans» 
(fransuzcha – denadence – tushkunlik) o’tgan XIX asrning 80-yillarida yuzaga 
kelgan: o’sha yillar Parijda «Dekadans» nomli jurnal chiqa boshlagan, «dekadant» 
atamasi ham ayni shu yillari bo’lib o’tgan adabiy munozaralarda qo’llanilgan»
3
. Bu 
atamalarning asosiy farqi shundaki, «dekadant»lar o’zlaridan oldin o’tgan adabiy 
oqimlar bilan bog’liq holda yuzaga kelgan bo’lsa, «modern»chilar o’tmish bilan 
aloqani uzib, yangi zamonga mos «modern» san’atini yaratishga kirishishgan. Shu 
boisdan ham «modern»ni «eng yangi», «zamonaviy»dan ko’ra kengroq ma’noda, 
butkul yangi, g’ayrian’anaviy, oldingilardan farqli hodisa sifatida olib qarash 
o’rinli. 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish