Bu hikoya zamondosh-asrdosh obrazini yaratish yo’lidagi yetmish yillik
tajribalarning muayyan intixosi ayni zamonda yangi bosqichning boshlanishi
bo’ldi»
1
.
Nazar Eshonqul hikoyalarini o’qigan o’quvchi asar qahramonlarini
shunchaki yo’ldan ozgan, «ahloq normalaridan chekingan» yoki «ulug’ maqsadlar
yo’lida» katta to’siqlarga duch kelgan odamlar deb bo’lmasligini anglab yetadi.
Yozuvchining ilk hikoyasi «Maymun yetaklagan odam» qahramonini oladigan
bo’lsak, u o’z umrini, hayotining bor zakovatini asrimizning «ulug’ ishlari»ga
tikkan, bu borada o’zini ham, o’zgalarni ham ayamagan, qolaversa jamiyat ham
uni mehnatiga yarasha siylagan, nafaqaga chiqqunga qadar turli lavozimlarda
ishlagan. Uni faqat ilohiy qismat jazolagan. Xotini o’lib, farzandlari nobop bo’lib
chiqqan, qariganda tanxo, qarovsiz, ayanchli holga tushib kolgan. U ish, prinsip
deb qarindosh-urug’idan judo bo’lgan, unda do’stu birodarlar ham yo’q. Eng
yomoni, uning qalbida qarigan chog’ida bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat
qilish yaqinlashgan damlarda ruhan dillashadigan, ko’ngliga taskin beradigan
ilohiy e’tiqod yo’q. Bu odam umr bo’yi tayangan mafkura uni mana shu ilohiy
ne’matdan, ko’ngil xazinasidan mahrum etgan. Bu asarda qanchadan-qancha
odamlar shu taqlit aldovlarga uchib, iymon-e’tiqodsiz bu dunyodan o’tib ketdi,
degan xulosa kelib chiqadi. Hikoya qahramoni hayotini tikkan tuzum, jamiyat,
mafkura shitob bilan yemirilib bormoqda. Unga qo’shilib o’sha kimsa bisoti ham
yemirilib bormoqda. Dunyoni larzaga solgan inqilobiy o’zgarishlar, odamlarni
chalg’itgan, halokat choxiga tortgan qudratli tuzum va mafkura o’tkinchi, kuni
bitgancha o’z-o’zidan to’kilib, nom-nishonsiz yo’qolib ketdi. Ammo inson zotiga
ato etilgan insof, vijdon, aql-zakovat boqiy. Tashqi va ichki tazyiqlar, shayton
vasvasasi har kancha yo’ldan ozdirmasin, baribir ertadir-kechdir bu mo’tabar
xislatlar inson tanida yana qayta tiriladi. Uni o’zligiga qaytaradi. Garchi kechikib
bo’lsa-da, u o’zining ma’nisiz o’tgan yo’lini mardona, shavqatsizlarcha taftish etib,
so’nggi chizgan surati orqali avlodlar uchun saboq tarzida muxrlab qoldirishga
erishadi.
Hikoyada muallif yosh yigit tilidan so’zlar ekan, asar qahramonini yolg’onga
qurilgan mafkura tuzog’iga ilingan, avlodning go’yoki cho’lda chanqagan
yo’lovchining qulog’iga tepalik ortidan daryoning mavjlanishi kabi eshitilgan
sasdan mast holda bor holicha shu tomonga intilgan, biroq tepalikka chiqib,
shovqinning cho’lda ungan o’t-o’lanlarni ham supurib o’tayotgan shamolligini
sezgach, hayotdan, yashashdan xafsalasi pir bo’lgan, bor umidi so’ngan inson
holatini o’ziga xos tarzda ifodalay olgan. Asar «Bu voqea uch yillar oldin bo’lgan
edi»
4
deya sirli tarzda boshlangan bo’lib, u xalqimizning og’zaki ijod namunalari –
ertak, afsona hikoya qilinayotgandek bir tarzda boshlanadi.
«Shu ko’chadagi uyni ijaraga olib, ko’chib kelganimda, cholning sharti
ketib, parti qolgandi. U ko’chaning muyulishida, men egallagan uyga qo’shni
hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyning oldidagi eski o’rindikda chuqur o’yga
tolgan holda ko’rgan edim. U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz
Do'stlaringiz bilan baham: