kamtarin insonlarni tasavvur qiladi. Ulg’ay ena kabi bog’
ham yaxshi odamga
o’xshaydi, ming yilda dunyoga bir keladi. Daraxtlar odamlarning qolgan umrini
yashaydi, shuning uchun daraxtlargayam, odamlargayam, ona zaminga ham mehr
kerak! – deya bong urging keladi.
Yozuvchining “Bir kunlik mehmon”
2
qissasida ham tog’ odamlarining hayoti
tasvirlangan. Voqyealar sobiq kursdoshlardan Saidning qishloqqa, Xolmo’min
xonadoniga mehmon bo’lib borishi bilan boshlanadi.
Qishloq hayoti, odamlari
Saidning nigohi orqali kuzatiladi. Voqyealarga eng birinchi Do’xtir bova kirib
keladi. Qishloqda kimning uyiga mehmon kelsa, qo’ni-qo’shni, yoru birodarlarga
xabar beriladi, bir necha soatdan keyin mehmon “qo’lma-qo’l” bo’lib ketadi.
Do’xtir bova qishloqning aptekachisi. Mehmon kelganda
qishloq ahli birinchi
“kattalar”ga xabar beradi. Xolmo’min Do’xtir bovaga xabar berdirgach, ular
uchovlashib, yalanglikda dam oladilar, “anovi”dan otishib, yayrashadi,
kechga
tomon mehmonni to’yga taklif qilishadi. To’y tasviri orqali yozuvchi urf-odatlarga
munosabat masalasini yoritishga harakat qiladi. To’ydan keyingi urishish-
do’pposlashuvlarda kuyovga ziyon yetmasin, deb uni tepaga, shoxsupaga
o’tkazilgani,
kelinni ehtiyotlab, chimildiqda saqlashgani, elning “kattalari”:
raisning muovini, brigadir, ombor mudiri va boshqalar o’tirgan xona tasviri, har bir
shaxs qiyofasini chizib beruvchi tasvirlar mehmon nigohi orqali gavdalantirilgan.
Shahardan kelgan artistlarning ma’nisiz qo’shiqlarini pisand qilmay, el
hurmatlagan hofizlarni qo’shiq aytishga chorlash, polvonlarning yengiltaklikni or
bilib, sukut saqlashlari, Abdujalil tog’aning davrani sehrlagan ovozi tog’ odamlari
hayotidan bilinib-bilinmay uzoqlashayotgan an’analar,
tabiiylik, beg’uborlik
haqida o’ylatadi. Hofizlar ustidan pul sochilganda “zamonaviy artistlar” terib oladi,
ular esa mag’rur yurib to’yxonadan uzoqlashadilar. Ana shu manzara tasviri
haqiqiy iste’dodni Olloh in’om etishi, buni anglay olgan iste’dod sohibi esa o’z
iste’dodi mevasini xalqiga hech bir manfaatni ko’zlamay tortiq etishi lozimligini
o’z e’tiqodiga aylantiradi. Bunday imon egasi bo’lmaganlar
esa hamma narsani
pullaydilar. Said voqealarni kuzatar ekan, o’z ayblari yo nuqsonlarini bekitish
uchun “niqob” topadilar,
shu niqobni kiyib, haqiqiy basharalarini bema’ni,
qimmati yo’q matohday his qildi: necha yillardan beri bir bo’limda ishlaydi, erta
ketadi, qosh qorayganda qaytadi. Xo’sh, undan, u umrini tikkan ishidan kimga
nima naf tegayapti? Uning o’zi kim? Nega hech qachon ichiga, ichidagi to’lib
yotgan hasratlariga quloq tutmadi? Odam – kar – qing’ir ishlarga ichida
bo’layotgan g’alayonlarga
quloq tutmaydi; odam – ko’r – ichidagi dahshatli
manzaralarni hech vaqt ko’rolmaydi, odam – shol – o’z ichiga borolmay, keraksiz
joylarda takabburona odimlab yuraveradi.
So’pining uyiga o’t ketdi. O’t o’chiruvchi mashinalar yetib keldi, qishloq ahli
ham qo’ldan kelgancha yordam berishga harakat qildi. Ammo so’pining bor
xonumoni yonib kul bo’ldi. Aytishlaricha, u kelini bilan til biriktirib soddadil
cho’ponga tuhmat qilgan va podadan o’margan; ikki mardikor yigitga tuhmat qilib,
ularning
haqqiga xiyonat qilgan, ular “uying kuysin”, - deb qarg’aganlar. Eng
qizig’i, qishloqning o’rtasidagi katta chinor avval qushlar uchun shahar bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: