Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


Н.Эшоқкул. «Оғриқ лаззати». «Ёшлик» журнали. 1996 йил, 3-сон. (Барча кўчирмалар шу



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

1
Н.Эшоқкул. «Оғриқ лаззати». «Ёшлик» журнали. 1996 йил, 3-сон. (Барча кўчирмалар шу 
нашрдан олинди) 


azob beruvchi, uni qiynovchi mavjudot, hech shubhasiz insonning o’zidir. 
Nazoratchilar ta’bir joiz bo’lsa, amaldorlarning, byurokrat xo’jalarning timsolidir. 
Og’riq va azoblar esa dunyoni anglash, uning mohiyatiga yetish timsolidir. 
Bugun inson ongi-shuuri o’zgardi. Uning dunyoqarashi, mushohadasi, hayot 
tarzi ham yangilandi. Bu jarayon adabiyotda ham o’ziga xos ko’rinish oldi. Badiiy 
tafakkurda yuz berayotgan o’zgarishlar hikoya tarziga mutlaqo yangi isloxlar 
kiritdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanish imkoni ko’paydi. Natijada batafsil 
tasvir, bayon, hajmning ortishi kuzatildi. Hikoya syujeti va to’qimasini voqea-
hodisalar emas, balki timsollar, ramzlar, tashbehlar tashkil eta boshladi. Muayyan 
ohang, ritmlar uyg’unligi vositasi bilan kayfiyat uyg’otuvchi – musiqa asarlariga 
monand hikoyalar yaratila boshlangani o’zbek realistik nasri binobarin, o’zbek 
hikoyachiligi uchun yangi xodisadir. Bunday izlanishlar o’zbek hikoyachiligi 
badiiy tafakkurining yuzaga kelishi, shakllanishida ayni jahon adabiyoti ilg’or 
namunalarining ta’siri beqiyosligidan darak beradi. 
Demak, o’zbek hikoyachiligi o’ziga xos uslublar orqali rivojlanmokda, bu 
umumbashariy badiiy tafakkur simfoniyasiga qo’shila oladigan milliy va 
umuminsoniy ohanglarga egaligidan dalolat beradi. Ayni chog’da o’zbek 
yozuvchilarining modern adabiyoti an’analaridan foydalanishlari orqali o’zbek 
milliy badiiy tafakkuri imkoniyatlari hisobiga jahon adabiyoti ham boyimoqda. 
Aniqrog’i, Sharq va G’arbning uyg’un jihatlari adabiyotda ham estetik uyg’unlik 
kashf etilishiga asos bo’ldi. Nazar Eshonqul kabi o’zbek hikoyanavislari ijodi shu 
jihatlari bilan adabiyotimizda o’z o’rni va mavqyeiga ega. 
Mustakillik xikoya janrining rang-barang bulishiga, yangi mavzu va 
kaxramonlarning kirib kelishiga sababchi buldi. Avvalo, bu davr xikoyalari bundan 
10-15 yil odin yaratilgan xikoyalariga karaganda kamrovining kengilgi, 
xayotiyligi, ramz va timsollarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu jixatdan
Sh.Xolmirzayev, E.Axzamov, X.Dustmuxammad, N.Eshonkulov, Sh.Butayev, 
A.Yuldosh xikoyalari extiborni tortadi. Sunggi yillar xikoyachilik rivojini 
Sh.Xolmirzayev xizmatisiz tasavvur etib bulmaydi. Keyingi un yillikda adibning 
«Uzbek xarakteri», «Kuk kul», «Xorun ar-Rashid», «Kadimda bulgan ekan», 
«Ozodlik» kabi puxta xikoyalari yaratildi. Sh.Xolmirzayev bu xikoyalarida xam 
uzining azaliy uslubi bulmish insonning ruxiy dunyosining, ichki kechinmalarini 
teran taxlil etish, uning xakikat va adolat uchun uzligini anglash yulida olib borgan 
faol kurashini xakkoniy kursatish, aytib berish emas, aynan kursatish yulidan 
boradi. Xulosa chikarishni esa ukuvchini uziga xavola kiladi. 
Masalan, «Xorun ar-Rashid» xikoyasida adib adolat tarozisi mezonining 
unglanishi xali-beri kiyinligi xakida karomat kilsa, «Kadimda bulgan ekan»da esa 
adabiyotning doimiy muammosi – kariyalar va yoshlar munosabati masalasi 
yangicha talkin etiladi. Xikoya kaxramolni Usar ertadan kechgacha ishlab xam biri 
ikki bulmagan odam. Ukasi Kenjani ukitaman, odam bulsin, deb uzini mexnatga 
boglab kuygan. Xotini kasal, davolatolmaydi, kari onasi va bolalarini tuydirib boka 
olmaydi. Uyida xalovat yuk. Oilaviy janjallardan bezgan Usar xotinini pushaymon 
kilgisi kelib, xatarli ishga kul uradi: onasi Momoni uzok kishlokdagi tut tagida 
koldirib keladi. Kilmishlariga pushaymon bulib, xotini ikkovi kaytib borsalar,ona 
yuk. Xulosa esa kalbga xavola. Siz uzingiz Usarning urnida nima kilardingiz? 


Iztirobli xikoya…»Kuk kul» xikoyasining yozilish jarayoni tugrisida adibning uzi 
shunday deydi: «Bir gal oltioyliklar bilan utirganimizda, suxbatlashganimizda 
bechoralar yiglamsirab «mk poteryank narod. Vkmirayushiy narod…» deganlarini 
eshitib, yiglaganman. Boskinchilikning moxiyati bitta buladi. Bunga esa uzimiz 
xam chiroyli misol bula olamiz.» Xikoya ana shu dard va alamning xosilasidir. 
Unda sovet davridagi O’zbekistonning suxxiy yasalgan kup millatli «Drujba» 
sovxozi xakida gap ketadi. Bu sovxozda xamma millatdan bor ekan, u birgina 
oltoy millatiga mansub kishi yuk ekan. Uni topib kelish uchun sovxozdan maxsus 
odam junatiladi. Xikoyachi «men timsolidagi bu odam Barnaulga borib, u yerdan 
podvalda yashayotgan, xech kimi va xech nimasi yuk bulgan, ichkilikka berilib 
ismini xam esidan chikargan bir daydi va ishsiz odamni olib keladi. Unga katta 
vaxdalar, imtiyozlar berib, Ivan Ivanovich deb ataydilar-da, sovxozning 
markazidan aloxida uy beradilar, aytganini muxayyo kiladilar, ismini esa bu yerda 
Umrzok deb ataydilar. Uesa bu yerdan xam k u k k u l ni izlaydi, topolmaydi., 
yiglaydi va oxiri niyati amalga oshmagach, xikoyachiga «xu-u, nukerim! Bizning 
Oltoy-da, «drujba-drujba» deb yok buldi » deydi. Bu sovet assimilyasiyasining 
uzgacha kurinishidir. Muallif bunga befark karolmaydi, xikoyachisi tilidan dadil: 
«Biz bunday bulmaymiz. Chunki xalkimiz xamma narsani tushunib turibdi!» 
deydi. 
Shuningdek, X. Dustmuxammadning «Jajman», N. Eshonkulovning 
«Maymun yetaklagan odam» xikoyalari xam shu davrning eng yaxshi asarlaridan 
sanaladi. Bular xakida studentlarga kiskacha maxlumot beraman-da… 
Endi kissalar taxliliga utsak buladi. Bu janr xam uz boshidan kub 
kiyinchiliklarni kechirdi. Avvalo, bu janr davrning muxim muommolarini kutarib 
chikishga intilganligini, lekin xar doim xam bunga tula erisha olmaganligini 
takidlash lozim. Buning ustiga sovet davrining okavasi sifatida ayrim kissalar «usti 
yaltirok, ichi kaltirok» tarzida, yaxni mavzusi dolzarb-u mazmuni eskirgan xolda 
berildi. Maxnaviy-axlokiy muammolarning talkinida xam ayrim nosoglom, uzbek 
xalkining milliy uziga xosligini inkor etuvchi axlokiy tubanlik xaddan ziyod 
burttirib tasvirlangan, masalan: M.Maxmudovning «Kora dulana»,G.Xotamovning 
«Toxir va Zuxraning kulmagan baxti» kabi asarlar paydo buldi. Bu utkinchi xolat 
bulib, kissachilik uzini tez unglab oldi.
Kissa janrining rivoji eng avvalo, mavzuning yangilanishida sezildi. Dastlab 
omma ongiga mustakillik mafkurasini singdirish, istiklol uchun kurashgan 
ajdodlarning kadrini kutarish va urniga kuyishga xarakat kilindi. Buning uchun 20-
yillar vokealari – «bosmachilik» xarakatini kayta taxlil etishga kirishildi. Endi 
«kim boskinchi?» degan savolga javob topish kerak edi. Bu mavzu uchun yillar 
davomida bichilgan kolip buzildi. Sh. Xolmirzayev, T. Malik, M.Maxmudov, 
B.Murodali, X.Islom Shayx kabi yozuvchilar bu borada tashabbus kursatdilar. 
Jumladan T.Malikning «Kaldirgoch», «Sunggi uk», «Chorraxada kolgan odamlar», 
«Falak», M.Maxmudovning «Bogdon kashkiri», B.Murodalining «Kuk tunlilar» 
kissalarida bu mavzuning yangicha kirralari ochildi. «Sunggi uk» kissasi 
T.Malikning togasi, sosializm kamokxonalarida uzok yillar azob chekkan, uch bora 
kamalib xam extikodidan kaytmagan M.Ismoiliyga bagishlangan. Kissa vokeasi 
aka-uka Olamgir va Jaxongirlarning janjali, Daydidaradagi yakka chinor ostida kuz 


faslida, chinorning sunggi bargiga tikilib, bir-birini otishga shayligini tasvirlash 
bilan boshlanadi. Jaxongir otasining ulimiga akam aybdor, kotili deb uni duelga 
chakirgan. Otasi Muxammadrizodan kup boylik koladi, uni ugillariga teng bulib, 
bogiga kumib kuyadi. Bundan xabardor bulgan Olamgir bir kuni tunda kumgan 
yerini tekshirib yurgan otasini otib kuyadi, ammo boylikni topolmaydi. Buning 
ustiga bu paytda inkilob bulib, kishlokdagi kup odamlar jon saklash uchun chet 
elga utib ketadilar. Bular orasida Olamgir xam uzining va ukasi Jaxongirning 
oilasini olib ketadi. Jaxongir esa ushlanib kolganligi sababli kulga tushib, kizillarga 
karshi kurashgan jinoyatchi sifatida kamaladi va surgun kilinadi. 
Takdir ularni uchrashtiradi. Jaxongir kamokdan kaytib kishlokda yashab 
yurgan paytda chet eldan akasi Olamgir Siddik Sharipov bulib keladi. Bir kuni 
Daydidaradan uning uligini topadilar. Jaxongir kotil sifatida kulga olinadi. Usiz 
xam akasini uldirishni, kasos olishni niyat kilib yurgan Jaxongir jinoyatni buyniga 
oladi. Ammo mayor Sanjar Solixovning xushyorlik bilan chukurrok ish olib 
borishi 
tufayli 
Olamgirning 
xakikiy 
kotili 
topiladi. 
Bu 
Kashkardan 
kelgan,kishlokda tabib sifatida obru kozongan, aslida kitmir, boylikka ega bulish 
niyatida yurgan «dusti» Murodilla bulib chikadi. 
90-yillarga kelib xujjatli kissalarning yangi namunalari paydo buldi. 
Mustakillik bergan imkoniyatlardan foydalanib, totalitar sovet tuzumi davrida 
noxak kurbon bulgan yozuvchilar xakida xujjatli kissalar yaratildi. X.Kodiriyning 
«Abdulla Kodiriyning sunggi kunlar», N.Bokiyning «Katlnoma» asarlari shu 
toifadagi yaratilgan kissalarning eng yaxshilari xisoblanadi. Ayniksa, «Katlnoma» 
muallifning arxiv xujjatlarning goyat sinchkovlik bilan urganganligi, xar bir dalil, 
ibora va rakamni erinmay, xakikatning oltin milli tarozisida uta nuktadonlik bilan 
tortib kurganligi, puxta zarrabin bilan tekshirganligi bilan kimmatlidir. Adibning 
uzi taxkidlaganidek, xar bir xujjatning «suratinigina emas, siyratini-da kurishimiz, 
jumlalar ostidan chikayotgan xaykirikni eshitishimiz darkor» buladi. 
N.Bokiy ajoyib xalkparvar ziyolilarimiz kismatini tula kon, kuzi tula yosh 
bilan kalamga oladi. Urni kelganda ayrim guvoxlar bilan dadil baxoga kirishadi, 
ular bilan guyo xakikat tergovchisi singari surokka tutadi, xakikatni ruyobga 
chikaradi. Bu jixatdan, ayniksa, M.Sheverdin bilan yuritilgan baxsi ibratlidir. 
Muallifning topgan dalillari shu kadar muximki, yirik goyador Sheverdin baxzi 
urinlarda mulzam bulib koladi. Xullas, bu asar uzining rostguy fakt va dalillarga 
boyligi, xolisona fikr yuritishi, xakikatguyligi, ayni paytda yuksak badiiyligi bilan 
extiborga loyikdir. 
Maxnaviy-axlokiy va urush mavzusida xam talay kissalar yaratildi. Bunday 
kissalar fakat muammoning muximligi bilan extiborni tortib kolmay: balki 
kompozision kurilishning rang-barangligi bilan xam, nutk kurinishlarining uziga 
xosligi bilan xam kimmatli faktlar bera oladi. Masalan F.Musajonning «Kilich va 
soz» kissasi syujet chiziklarining pishik-puxtaligi, vokealarning kutilmagan tarzda 
kechishi bilan xarakterlidir. Asarda undan ziyod katta-kichik syujet chiziklari bor. 
Ularning deyarli barchasi va xar biri aloxida kissabosh yunalishi – Nurali va 
Sardor liniyasiga, keng maxnoda olganda soz va kilich liniyasiga maxorat bilan 
boglanadi. Sardor yoshligidan kilichga kungil kuydi, kurol kuchiga ishonardi, 
barcha niyatlariga kilich kudrati bilan yetishni orzu kilardi. Orzusiga yetishish 


maksadida Bodomguli kishlogidan ketib, shoxga navkar bulib yollanadi. Botirligi, 
chakkonligi tufayli shoxning ishonchli lashkarboshisiga aylanadi. Kissada Sardor 
xiyla okil, ishbilarmon, chapdast va sadokatli yigit sifatida tasvirlangan. Uzi xam 
kuz ostiga olib kuyganiga, buning ustiga kuchi yetishiga ishongani xolda 
Zubaydaga zurlik kilmaydi, aksincha, Nurali bilan Zubaydani ximoya kiladi, 
ammo xalokatdan saklab kololmaydi. Sardor Nurali aytganidek «Kilich xech 
kachon sozni yengolmas»ligiga tan beradi.
V.Bobomurodovning «Kora ot», O.Oloyorovning «Mening Kuralay 
opajonim» kissalari xalkimiz kalbidagi urush koldirgan jaroxatlar tasviriga 
bagishlangan. «Kora ot» kissasida fashistlarga kiron solgan necha bor yaralanib, 
oxir okibat kishlogiga omon eson kaytgan Kuldosh sovlot fojiasi xikoya kilingan. 
Bu bizga tanish syujet: Kuldosh sovlot urushdan kelguncha suyukli xotini 
Musallam Bolta duxturga tegib ketgan, gudak ugli Mumin vafot etgan. Kuldosh 
sovlot bu «dunyoga kutir»ning bevafoligiga chidolmay ichkilikka beriladi. Ichkilik 
unga taskin beradi, chunki ichganida oldiga kora ot keladi, Kuldoshni mindirib, 
marxum ugli Muminni oldiga olib boradi, uchrashtiradi. Taxkidlash joizki, muallif 
yaxshi detall topgan. Bu kora ot bulib, uning vokealaridagi ishtiroki asarning 
taxsirchan chikishiga imkon yaratgan. Afsuski, topilgan bu yaxshi detall kissaning 
boshidan oxirigacha birgina vazifani ado etadi xolos, kolgan paytlarda vokealar 
yusinidan ajralib koladi, unutiladi. «Mening Kuralay opajonim» kissasida esa 
yaxlit xarakter yuk, xikoyachi – un ikki Ilxomjonning nutki tarkok, bir-biriga 
boglanmagan xodisalar bayonidan iborat bulib kolgan. Shu bois vokealar xam, 
personajlar xam yoddan tez kutarilib ketadi. Bularning barchasi vokealarning 
birlashtirib turuvchi yagona xarakterni yukligidadir. Bu vazifani xikoyachi 
Ilxomjon bajarolmaydi, uning Kuralay opajoni esa bosh kaxramon darajasiga 
kutarila olmagan, chunki kizning faoliyati xam, maxnaviyati xam xikoyachi – 
ukaning kulida tuzokdagi kushdek tutib turiladi. 
Bu davrda sarguzasht va ilmiy-fantastik kissalar kuplab yaratildi. Bu boradi 
yangi, iktidorli ijodkorlarning kirib kelishi bilan adabiyotimiz talantli kuchlar 
bilangina boyib kolmadi, ayni paytda ular adabiyotga yangi mavzu, yangi 
kaxramon, yangicha usul xam olib kirdilar. Zero, davrning uzi, uning jadal 
tarakkiyoti ilmiy-fantastik janrning ravnakiga keng yul ochib bermokda, uni yangi-
yangi mavzu va muammolar bilan boyitmokda. Bu janrda T.Malik, X.Islom shayx 
kabi tajribali adiblar katoriga Muxammadjon Soipov, Ozod Mumin kabi iktidorli 
yoshlar xam kirib keldilar. M.Soipovning «Devor ortidagi kishi» asari xujjatli 
sarguzasht kissa deb atalgan. Muallifning asli kasbi milisioner bulganligidan 
vokeani uzi tekshirgan, guvox bulgan xujjatlar asosida bayon etadi.Kissa vokealari 
kichkina Xujamaxallada bulib utadi. Kishlokda xech kim bilan ishi, uzidan boshka 
tashvishi bulmagan beva Sharofat kampir bir kuni tunda uldirilib ketiladi. Kotil 
kim? Nega u aynan shu kampirni uldiradi? Bu jinoyatni ochish tergovchi Muxtorga 
topshiriladi. Yosh va gayratli tergovchi Muxtor ishchanlik va ziyrakligi bilan ish 
olib borib, xakikiy jinoyatchini topadi. Bu ish oson kechmaydi. Chunki jinoyatchi 
oddiy ugri yoki kechagi kamokdan kochib, nazorat ostida yurgan odam emas, balki 
jamoa xujaligining bosh agranomi Turob Suyarov bulib chikadi. Agronomning 
sharofat kampirda nima kasdi bor? Uzi yolgiz yashaydigan tul kampirning yuk 


boyligini olish uning kungliga gulgula soladi va bir tunda kabix ishga kul uradi. 
Tergovchi buni kanday bilib oladi? Bu endi muallifning tajribasizligidan bulsa 
kerak, juda jun ruy beradi. Sharofat kampirning kushnisi Kodir murobning sigiri 
ishib kolib suyishga majbur buladi. Oilasini oklik bilan taxminlab turgan sigiridan 
ajralib kolgan ugli Oybekni uradi. Oybek undan kochib, kushnisining tomiga 
chikib, bedaning ichiga yotib olgan va bir paytda agronom Turobning shu xovliga 
kirib kelganini kurib kolgan edi. 
Keyingi yillarda sarguzasht va ilmiy-fantastik janrda goyat samarali ijod 
kilgan adib Toxir Malik bulib, uning «Shaytanat» trilogiya kissasi juda mashxur 
bulib ketdi. Mashxurligiga sabab undagi vokealarni yangiligi, mustakillik paytida 
adiblar uchun taxkiklangan mavzuning kolmaganligidir. Ilgari mamlakatda ruy 
bergan noxush vokealar, ugrilik, mafiya, kimorbozlik va ularning daxshatli 
okibatlari tugrisida lom-lim deyilmasdi. T.Malik trilogiyasida sovet jamiyatining 
kilmishlari okibatida yetishib chikkan bezorilikning ildizlari va uning unib-usib 
uziga karshi keltirgan zararlari tugrisida fikr yuritadi. Kissadagi yirik mafiyaning 
boshligi, uz doirasidagi tadbirkorligi, katxiyligi, maksadining anikligi, bexato ish 
yuritishi bilan «Uk ilon» nomini olgan Asadbekning bu yulga kirishiga sosialistik 
tuzumning uz fukarolarini katagon kilishi sabab buladi. Asadbek aslida yaxshigina 
oilaning farzandi edi. Uning otasi 1949 y. 31.12. kuni ikki nomaxlum shaxs olib 
ketadi va uyiga kaytmaydi. Onasi esa usha kuni tugrukxonaga ketgandi. Tuni bilan 
yolgiz utirib chikadi, shu kuni uning mitti yuragida yovuzlik tuxum kuyadi: 
«Ularni uldiraman!» deb axd kiladi va begunox kamalgan, uning dardida mungayib 
kolgan onasi, kasallanib ulgan ulkasi uchun kasoskor bulib yetishadi. Ammo u 
insoniylik fazilatlaridan uzoklashmagan, tubanlashmagan, mard va saxiy kishidir. 
Bular va boshka kaxramonlar tugrisida biz amaliy mashgulotda batafsil 
gaplashamiz. 
Qissa janri hikoyaga nisbatan badiiy fikr harakati uchun keng imkon beradi. 
Ana shu imkoniyatdan foydalangan yozuvchilar inson fojiasining yangicha badiiy 
talqinini yaratishga erishmoqdalar. 
Qissa epik tur janrlari orasida imkoniyatlari hikoyaga qaraganda kengligi, 
shaklining rang-barangligi, mazmunining ko’lamdorligi bilan ham ajralib turadi.
Mana shu xususiyatlariga ko’ra bu janrni ummonga qiyoslash mumkin. Badiiyat 
olami esa kashfiyotlar manbaidir. Xususan, mustaqillik davrida ko’plab ijodkorlar 
qissachilik janrida barkamol ijod qilmokdalar: Sh.Bo’tayev, M.Boboyev, 
X.Do’stmuhammad, N.Norqobilov, Sh.Hamro, N.Eshonqul yaratgan asarlar 
kitobxonlar e’tiborini jalb qildi. Chunki, bugungi adabiyot – alohida, ayni 
chog’da turli-tuman shaxslarning tuyg’ulari, qiyofalari aks etgan adabiyot sifatida 
qad rostlagan. Zamondoshimizning o’zi – alohida, betakror va yaratuvchi inson. 
Shu manoda, zamondoshimizni o’z shaxsiyatining elchisi, deyish mumkin. 
Mustaqillik davri o’zbek qissalarida o’zbekning o’ziga xos tabiatini, ko’nglidagi 
sezimlar va mayllarini aks ettirishga intilishning kuchayganligi ham kitobxon 
e’tiboridan chetda qolmayapti. Bunday o’ziga xoslik qahramon ruhiyati timsolida 
uning surati va siyrati orqali tasvirlanmoqda, bunday uslub tasvirning teranligini, 
badiiy nigohning o’tkirligini taqozo etmoqda. 


Ayni shunday harakatning xayrli samaralaridan yozuvchi Shoyim 
Bo’tayevning “Kunbotardagi bog’”, “Eski arava”, “Sho’rodan qolgan odamlar”, 
“Bir kunlik mehmon” qissalaridir. 
“Kunbotardagi bog’” qissasida yozuvchi qaynarbuloq bag’ridagi Yakkatepa 
qishlog’i odamlari hayotini qalamga olgan. Soddalik, samimiyat, urf-odatlar va 
an’analarga sodiqlik, insonparvarlik, g’amxo’rlik kabi xususiyatlar ularga xos. 
Ulg’ay ena bilan Ruqiya bibining hayot tarzi, xatti-harakatlari, o’y-
kechinmalari ana shu muqaddas ezguliklar ruhiga evrilgan. Ruqiya kelinbibi sal 
narsaga duv-duv yosh to’kaveradigan ko’ngli bo’sh ayol bo’lsa, Ulg’ay ena ne-ne 
hayot sinovlariga dosh berib, so’ng qoyaga aylangan, bardoshli, mehrli inson. 
Ruqiya kelinbibiga Ulg’ay ena uch-to’rt hovli naridagi qo’shni. Ammo ularni, 
Ruqiya bibining o’g’illari Elyor bilan Ilyosni mehr-muhabbat, oqibat rishtalari 
bog’lab turadi. Ruqiyaning goh o’zi, goh o’g’illari kampirning issiq-sovug’idan 
xabar olib turishadi. Kampir esa yolg’izgina o’g’li – shaharda rassomlikka 
o’qiyotgan To’xtasinini kutib yashaydi, eshikka termulib, uning qishloqqa, ona 
bag’riga qaytishini intizorlik bilan kutadi. Ota-bobolaridan qolgan yolg’iz 
yodgorlik – ana shu bog’ni qo’shqo’llab yolg’iziga tutqazsa, o’g’lining bolalari 
bog’da yayrab o’ssa, uni obod qilishsa... kampirning yagona orzusi shu. 
Asarda Ruqiya bibining toshbag’ir eri Safarov, Ulg’ay enaning tezroq o’lib, 
bog’ini o’ziniki qilib olish xayolidagi Nu’mon qirtish, to’g’riso’z, imonli 
Gulmurod bilan brigadir, manfaat yo’lida har qanday ezgulik va halollikni bosib-
yanchib o’tadigan rais, Nosir cho’tir, Hayit malla singari xilma-xil qiyofadagi 
insonlar obrazlari yaratilgan. Ular bir butun qishloq hayotini, shu zaminning dardu 
quvonchlarini aks ettirishga xizmat qilganlar. “Nu’monjon, uzumlardan olib 
ketaver, o’riklarni qoqib-terib ol. Manga indama. Bu bog’da ko’p yaxshi odamlarni 
ko’rganman. Sharofat acha, Karim bobo, Xotam bobo, Kumush momo... Har biri 
bir olam edi, dunyoday keng edi. Endi ular tuproqni tabarruk qilib yotishibdi. 
Boqqa kelganimda esa ular tirilishadi, ko’z oldimda paydo bo’lishadi, men bilan 
suhbatlashib, dilimga madad berishadi...”
1
– deya Ulg’ay ena necha marta aytdi. 
Nu’mon qirtish esa yuragini parmalayotgan narsadan qutilmadi, xayolida shu 
o’y: “o’zimga bo’lsin, o’zimga! Bog’da o’zimning uyim bo’lsa, devor ursam, 
kimning bog’i, deb so’rashsa, Nu’monniki, deyishsa...” 
Ota-bobolarimizning kengligi, borini el-yurtniki deb bilishlari oqibatida 
odamlar o’rtasida mehr-oqibat shu bog’ kabi ildiz otib, qudratli kuchga 
aylangandir, balki bog’ning mevalari orqali avlodlardan avlodlarga shu ezgu 
tuyg’u ko’chib o’tgandir, rivoyatlar, hikmatlar inson bolasini ezgulik sari yetaklab 
borgandir? Asardagi Ulg’ay enaning qabristonga salom berib kirib borishi, 
Toshmozor haqidagi rivoyatlarni eslashi kitobxonga ham hayajonli kechinmalarni 
yuqtiradi. Hamma tuproq – bir tuproq. Ammo qay ulug’ xis kichkina tepalikni 
yurtga aylantirgan? Qay ulug’ tuyg’u – odamlarning vijdon, imon, oqibat 
tomirlarini zaminga bog’lagan?! Kitobxon Ulg’ay ena timsolida ona yurtga mehr 
qo’ygan, tomirlari ona zaminga chatishib ketgan ulug’ ayni chog’da oddiy va 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish