Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


«Жаҳон адабиёти» журнали, 1997 йил



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

1
«Жаҳон адабиёти» журнали, 1997 йил. 
2
 А.Улуғов.Ўзгараётган адабиёт манзаралари. // Шарқ юлдузи. 1998 йил. 4-сон. 138-бет. 


tetik va ko’tarinki bo’lardi. Ba’zi-ba’zida o’sha do’stlar uchrashib qolsak
yuzimizdagi umid xarobalarini, orzularimizning vayron bo’lgan imoratlarini 
boshliqlarimizga yoqish uchun o’rgangan shirinsuxanligimizu oxarlangan ko’ylak 
hamda 
bo’ynimizda 
bo’g’ma 
ilondek 
osilib 
turadigan 
xushbichim 
bo’yinbog’larimiz bilan yashirgancha tezroq xayrlashib jo’nab qoladigan 
bo’lganimizni nima bilan izohlash mumkin?!» 
O’ylayotgan, o’tgan kunlarni bir-bir hayoldani o’tkazib sharhlayotgan ko’ngilda 
jonlanayotgan manzaralarga e’tibor bering. Umidni – vayron xarobalar, 
orzularning 
buzilgan imoratlari: 
Yozuvchi umrining 
yuzida 
akslangan 
aftodaxoligini so’z bilan mana shunday gap bilan gavdalantirib beradi. 
Shuningdek, hikoyada uchraydigan «Eski tanishlarimizdan kim bilan uchrashmay, 
beparvo yelka qisishlarga qarab turib xuddi tashlandik va xaroba go’shadan kechib 
ketganday, ular allaqachon Voqifni unutishganiga amin bo’ldim», «...yo’limda 
xaykal yanglig’ qad kerib turgan noma’lumlik va yo’qlikka duch kelaverdim, 
shunda ko’nglim saltanatiga makkor va ayyor josus misoli, extimol Voqifni ham 
mana shu ma’lumlik va yo’qlik ayiqlari yutib qo’ygandir degan bir shubxa 
o’rmalab kirdi» kabi betakror o’xshatishlaru yashirish timsollardan iboratligi 
hikoyaning yanada o’qishli bo’lishini ta’minlayotgandek. 
«Xayol tuzog’i»da Nazar Eshonqul roviylik qilmaydi. Ro’y berayotgan voqea-
xodisalarni bizga tanish hikoyalardagidek, masalan, «chol inqillab-sinqillab 
o’rnidan turdi va sekin-sekin yurib ketdi» tarzida bayon etmaydi. N.Eshonqul 
xayolning oddiy suhbatda ifoda etib bo’lmaydigan so’zlab berib bo’lmaydigan 
kechinmalarini ohista va bosiqlik bilan suvratlantiradi. Siyrat suratini chizgan bu 
so’zlar esa uz domiga tortadigan darajada salobatli, rangli quyuk, e’tibortalab». 
«Ramz hayolning va hayotning shartli ifodasidir», - deydi N.Eshonqul, - 
Adabiyotning ilohiy kuchi, qudrati shu ramzlarning qay darajada ifoda 
etilganligiga bog’lik, ya’ni ramzlar insonning tasavvur xududini, go’zallikka 
ehtiyojini qondira oladimi-yo’qmi? Insonning go’zalikka bo’lgan ehtiyojini faqat 
ilohiy narsalar qondira oladi. Ramzlarga zuxur etilgan go’zallik ilohiydir. 
Navoiydagi ramzlarni, o’xshatishlarni o’qisangiz, adabiyotni ilohiy kuch ekanligini 
his etasiz. Sharqu G’arbdagi shoiru adiblar ramzlardan qay tariqa foydalana 
olishiga qarab dunyo shoxsupasidan joy olganlar. Nasr ham, nazm ham asl ramz
metafora, voqyelikning timsolidir. Voqyelikning aynan o’zi go’zal emas, uning 
timsoli go’zal». 
«O’lik mavsum» hikoyasi yozuvchining o’z uslubini saqlab qolgan holda 
yaratgan keyingi kashfiyoti bo’ldi. «O’lik mavsum» hikoyasi odam uchun eng sirli 
xodisa – o’lim va undan keyingi hayot haqida fikrlaydi. «Axir odam uchun 
o’limdan sirliroq narsa bormi dunyoda?» hikoya: «Biz o’qituvchimizni juda 
sevardik. Unga bo’lgan muhabbatimiz beg’araz va pok ekanligiga sira shubha 
qilmasdik»
1
, deb boshlanadi. Talabalar domlalardan birining darsiga juda qiziqib 
kolishadi. Ular domlaning gap-so’zlari va shaklu tamoyilini benuqson deb bila 
boshlashadi... Bu orada domlaning shuxrati ortgandan ortib borardi. Domlaning 
o’z talabalaridan boshqa talabalar ham uning darslarini tinglashga qatnay 
boshlashadi. «Uning ovozini eshitish va so’zlari sangalida yana bir bor ezg’ilanish, 
tafakkur va hayolot gumbazlari qad kerib turgan saltanatlarini sayr etish uchun 


ertalablari daftarimizni qo’ltiqlab, nonushtaga ham kelmasdan saboqqa yugurar; 
...insoniyotga hayoldan kelajak sari xaloskorlik kemalari yasab berish uchun birin-
ketin, biroq bir paytning o’zida saboqxonaga yig’ilardi». Vaqt o’tgan sari 
domlaning obro’ e’tibori ham o’sib borar, u endi o’zi dars berayotgan talabalar 
o’rtasida balki boshqa soxalarda ta’lim olayotgan talabalar o’rtasida ham mashhur 
edi. Domlaning shuxrati daqiqa sayin ortadi, u endi barcha talabalar uchun 
komillikning timsoli bo’lib qolgan edi. Darslarni eshitish to’g’rirog’i, domlani 
ko’rish istagi bilan kelgan talabalarning ko’pligidan darsxonalar torlik qilib, katta 
bayram o’tkazish uchun mo’ljallangan xona uning dars o’tishi uchun bo’shatib 
berilgandi. Boshqacha aytganda, domlaning darslari bayramga aylangan edi. Ular 
darslardan bo’sh vaqtlari ham domlaning ixtiyoriga o’ta boshladi, ya’ni ular 
darslardan bo’sh pallalarida ham domlaga, uning ma’ruzalariga taqlid qilib 
bahslashishardi. Eng sara talabalar pivoxonalarda yig’ilishib domlaning 
ma’ruzalarini tahlil qilishardi. Ularning shoirlari o’z ustozlariga atab she’rlar 
yozishardi. Shunday kunlarning birida, ta’tilga yaqin qolgan bir paytda talabalar 
domlaning o’z davralariga taklif qilmoqchi bo’lishadi. Ularning biri domlaning
manzilgohini qiyinchilik bilan aniqlab, uni izlab yo’lga tushadi. Talaba manzilni 
topgach xushidan ayrilganday bo’lib ortga yuguribdi. Sababi ko’rsatilgan 
manzilgohda qabriston joylashgan edi. Ertasi kuni bu mudhish xabardan hamma 
xabar topadi. «Bizga o’lik ustozlik qilibdi... Biz o’likka muhabbat qo’yibmiz...». 
Hikoya haqidagi ilk fikr adabiyotshunoslar tomomnidan aytildi. Bu fikr 
quyidagicha: «Odamning qonini so’radigan o’likni vampir deyishadi. Ammo Nazar 
Eshonqul tasvirlagan vampir pakana emas, o’ta zamonaviy vampir! U qon 
so’rmaydi. Qon so’rish o’rta asrlarda qolib ketgan. U odamning mehrini, e’tiborini, 
umidini, ishonchini, orzu o’ylarini so’radi. Eng dahshatlisi vaqtni, umrini so’radi... 
Lekin hikoya shundayki, uni yuzta odam o’qisa yuz xil fikr bildirishi mumkin»
1

Haqiqatdan ham hikoyani polifonik asarlar sirasiga kiritish mumkin. Shunga 
ko’ra undagi mavjud ramzlar turlicha tahlil etilishi tabiiy hol. Biz hikoyada mavjud 
ramzlarga asoslangan holda quyidagicha fikrga keldik. Ma’lumki, hikoya Lotin 
Amerikasi hikoyachilik maktablaridan, aniqrog’i, ilohiy realizm oqimidan 
ta’sirlanib yaratilgan. Lotin Amerika adabiyoti, jumladan, mazkur oqim ham 
ramziy–majoziy tasvirlarga tayanadi. Ulardagi ramzlar asos va manba qilib esa 
o’sha xalq tarixi madaniyatida chuqur iz qoldirgan voqea-hodisa hamda ba’zi urf-
odatlarga maishiy va ma’naviy hayotdagi turg’un, ilohiylashtirilgan tushunchalar, 
predmetlar olinadi. Xuddi shuningdek, Nazar Eshonqulning «O’lik mavsum» 
hikoyasi ham musulmonlarda, shu jumladan o’zbeklarda mavjud bo’lgan o’limdan 
keyingi hayot degan tushuncha tahlilidan iborat. Hikoya aynan mana shu 
tushunchaga asoslangan, yohud shu tushunchani obrazlar va ramzlar yordamida 
badiiy shaklda jonlantirgan. Fikrimizcha, o’likning ayni ustoz timsolida tasvir 
etilishi ham dalil bo’la oladi. Talabalar esa haqiqat va mohiyat sirlarini anglashga 
intiluvchilardir. Shu sababli bo’lsa kerak, hikoyaning biron yerida talabalar qaysi 
sohani o’rganishayotganini, ustoz esa nimadan dars berayotgani qayd etilmaydi. 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish