Ranglardagi ramz talqini
Nasiba Saburovna Jumatova
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti
Annotatsiya:
She’riyatda rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar yaratish, ularda
hayotimizning barcha talotumlarini, zamondoshlar qalbida, ongida charx urib yurgan
nozik hamda ziddiyatli kechinmalarni, o‘ylarini aniq, obrazlar sifatida shakllantirib,
she’rxonga taqdim etish, deyarli barcha shoirlarimizga xos xususiyatdir. Ushbu
maqolada iste’dodli shoir Abduvali Qutbiddin ijodi misolida rang bilan bog’liq ramziy
obrazlar talqin qilindi.
Kalit so’zlar:
rang bilan bog’liq ramziy obrazlar,qora tun,qizil turna, qora bahor.
Symbolic interpretation in colors
Nasiba Saburovna Jumatova
National Institute of Art and Design named after Kamoliddin Behzod
Abstract:
The creation of symbolic images related to color in poetry, in which all
the talotums of our lives, the subtle and contradictory experiences that swirl in the
hearts and minds of contemporaries, forming their thoughts as clear, images and
presenting them to the poet, is characteristic of almost all our poets. feature. In this
article, the symbolic images associated with color are interpreted on the example of the
work of the talented poet Abduvali Qutbiddin.
Keywords:
color symbols, black night, red crane, black spring.
She’riyatni ramzsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu ayni haqiqat. Chunki she’r ramz,
majoz va badiiy ko‘chimlar bilan jozibali, ular bilan tirik hamda navqirondir. Agar
o‘simliklar olami tonggi shabnamda qay darajada huzur qilib rivojlansalar, she’riyat
uchun ramzlar, majoz va badiiy ko‘chimlar tongi shabnamdek zaruriy shartdir. Ular
she’riyatga yangicha ma’no va mohiyat bag‘ishlash bilan bir qatorda so‘zning ham
yasharishi, jilo topishi, yangi-yangi ma’nolar kasb etishi uchun imkon yaratadilar. So‘z
san’atkorining bosh vazifasi lug‘at boyligimizdagi so‘zlarni badiiy amaliyotda
qo‘llashgina emas, balki ular asosida yangi-yangi so‘zlarni kashf etish, tilning ifodaviy
Qudratini kuchaytirishdan iborat.
Shu ma’noda o‘zbek she’riyatiga nazar tashlasak, har bir ijodkor poeziya
maydoniga yangi ramzlar, ko‘hlik majozlar va betakror ko‘chimlar bilan kirib
kelganini ko‘ramiz. Rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar yaratish, ularda hayotimizning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
890
barcha talotumlarini, zamondoshlar qalbida, ongida charx urib yurgan nozik hamda
ziddiyatli kechinmalarni, o‘ylarini aniq, obrazlar sifatida shakllantirib, she’rxonga
taqdim etish, deyarli barcha shoirlarimizga xos xususiyatdir.
Adabiyotning xususan, she’riyatning yuksak parvozi ko‘p hollarda jamiyat
hayotida ulkan burilishlar, kishilar ruhiyatida dolg‘ali onlarning kuchayish paytlariga
to‘g‘ri keladi. Agar mamlakatimiz hayotidagi o’tgan asr 80-yillarning oxiri va 90-
yillarga nazar tashlansa, she’riyat uchun nafaqat she’riyat, balki umuman san’at uchun
bitmas- tuganmas ozuqa beruvchi ulkan voqealar, jamiyat hayotida mislsiz silkinishlar
shu darajada ko‘p yuz berdiki, ularni faqat poeziyagina o‘z vaqtida to‘laroq, nozik va
totliroq aks ettirishi mumkin. Bunda esa ijodkor uchun ramzlar, majoz va ko‘chimlar
juda qo‘l keladi. Chunki, asrimiz oxiri ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-axloqiy tub burilishlarga yuz tutdi. Tabiiyki, ijodkorlar jamiyat hayotining
keskin burilish davri og‘riqlarini she’riy ifodalarga o‘z tarovati, o‘z dahshati bilan
ko‘chira boshladilar.
Ma’lumki, qora rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar qadimdan istifoda etiladi.
Biroq aksariyat hollarda bu rang dahshat, yovuzlik, yer osti dunyosi, ya’ni o‘liklar
olamining ramzini anglatgan. Tun ramzi ham ana shu an’ananing metaforik ifodasidan
iborat. Keyinchachik an’anaviy ramzlar semantikasida ham kengayish yuz berdi.
Masalan, mumtoz va hozirgi poeziyada qora rangi ma’shuqaning qoshi, ko‘zi, sochiga
nisbatan qo‘llanilganda ijobiy ma’no ifodalasa, qismat, baxt, ro‘zg‘or, tun so‘zlariga
nisbatan ishlatilganda, an’anaviy yovuzlik, dahshat kabi ramziylik anglashiladi. Shu
bois tun bag‘riga yashiringan siru-sinoatlar hamisha she’riyatning tasvir ob’ekta bo‘lib
kelgan.
Abduvali Qutbiddinning lirikasi shakl va mazmun jihatidan ham, g‘oyasi, ifoda
usuli bilan ham o‘ziga xos. U barcha o‘ziga xos shoirlardek «dunyoni o‘z e’tiqodining
haqqoniyligiga ishontirmoq, ko‘pchilik uni tushunishga noqobil bo‘lsa-da, hamma
bilan bir xil tilda bir xil qalb harorati bilan gaplashishga» Belinskiy V.G. Adabiy
orzular, 91-bet.] intilgan ijodkor.
Abduvali Qutbiddinlarning tun haqidagi she’rlari, ta’bir joiz bo‘lsa, bizga
kamdan-kam yuz ochadigan hayot halovati. Bu zavq-shavq, hayajon, mahliyo
bo‘lmoq. Bu ehtiros farog‘ati, tuyg‘ular to‘lqini va bo‘roni, muhabbat toshqini, lazzat
quvonchi, g‘am nash’asi, iztirob huzuri, ko‘z yosh chanqoqligi. [Belinskiy V.G.
Adabiy orzular, 104-bet.]
Masalan:
Tun. Yulduzlar falakning yongan fig‘oni,
Tun. Ertakka o‘xshagan yolg‘onchi umr.
Tun. Mushuk tutmagan qora kalamush.
Tun. Kuchuk quvmagan qora rang bo‘ri.
Tun. Hovlilar oralab yurgan yalmog‘iz...
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
891
Tun. Ko‘ziga ajal tupurgan, yig‘lamas.
Qo‘shilib bo‘zlagan Ota! [Abduvali Qutbiddin. Humo. -T., 1989, 41-bet.]
Misralardagi har bir poetik ifoda sharhi ko‘pgina sahifalarga yetadi. She’rning
birinchi misrasida tasviriylik bilan chuqur ramziy ishora bor. Chunki, azaldan odamzot
osmon yoritqichlarini muqaddaslashtirganlar. U osmondagi muqaddas yoritqichlar va
ota-bobolarning ruhiga atalgan qurbonlik marosimini o‘tkazib kelgan». [Jo‘rayev M.
O’zbek xalq samoviy afsonalari -T.: Fan, 1995, 8-bet.].
Osmon yoritqichlarining poetiklashtirish an’anasi ham ajdodlarning
inonchlaridan kelib chiqqan. Misralardagi «qora kalamush», «qora rang bo‘ri», hatto
yalmog‘iz ham muayyan toifa odamlarining ramziy obrazlaridir. She’rda eri urushga
ketgan ayol (ona) xotiralari badiiy ifodalanar ekan, sirtdan bu narsani anglash qiyin.
Lekin shoirning «onam xotiralari»dan degan iqtibosi va birinchi qism so‘ngida Tun.
Oyga ketib qaytmagan ota. Tun, Oqpadar, bezori urush» ochqich misralari bor. Shunga
ko’ra she’r urushning tirik qurboni - ona hasratnomasidir. «qora kalamush», «qora rang
bo‘ri», «yalmog‘iz bari urushning ramziy suratlari. Urush changal solgan xonadonda
ro‘y beruvchi kechmishlar shoir qalamida betakror ifodalangan. Va yana dom-daraksiz
ketgan ota. Chunki, «ko‘ziga ajal tupurgan» - o’lmas odam hasrati, sog‘inchi va yana
qancha dard-iztiroblar - Tun ramziga muqoyasa qilinadi.
Shuning uchun rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar o‘zbek she’riyatida inson ruhiy
iqlimlarida yuz berayotgan turfa holatlarni, o‘zgarish evrilishlarni nisbatan to‘liq va
ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Bu narsa ayniqsa istiqlol davri adabiyotida,
o‘tmish hodisalari badiiy taftishdan o‘tayotgan davrda tariximizning istilochilar zulmi
davrini ramzlashtirishda an’anaviy qora rang emas, balki qizil rang ijodkorlarning
g‘oyasi badiiy niyatiga, ifoda talabiga kelishida yorqin namoyon bo‘lgan. Dadil aytish
mumkinki, bu tamoyil barqaror an’ana sifatida she’riyat xazinasidan mustahkam o‘rin
olgan:
Qip-qizil turiani kutdim o‘ttiz yil,
Yechay deb bo‘ynidan billur halqani,
Otamga shifolar so‘rdim o‘ttiz yil,
Rahm qani?
Shafqat qani? [Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi. -T., 1994, 20-bet.]
She’rda lirik qahramoniing kutgani «qip-qizil turna» - sotsialistik tuzum va’da
qilgan jannat ramzi. Qizil rang bilan berilgan ramz ana shu jannatga yeta olmagan,
sarobga ergashib adashgan insonning masalasini ta’sirchan va betakror ifodalashga
imkon bergan.
A.Qutbiddin she’rlarvdagi rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar, yuqorida e’tirof
qilganimizday, ijtimoiy hayotdan tanlangan bo‘lib, undagi ramziy obrazlarda bevosita
hayotimizda ro‘y bergan voqeliklar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘ramiz! Zero, Gyote
e’tirof qilganiday, har bir she’rning hayotiy prototipi mavjuddir:
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
892
Qip-qizil turna ramziy obrazidagi rangni bildiruvchi qip-qizil orttirma daraja sifati
bizga «bobo meros» rang ramzi bo‘lib biz yetmish yil shu ramzlarga ishonib yashadik;
«qip-qizil bayroqlar soyasida, qip-qizil jildli firqa, komsomol biletlarimizni muqaddas
bilib ko’ksimizga bosgancha yashadik! “Qip-qizil bayroqlar ozodlik” keltirib, «qip-
qizil» jildli biletlarimiz esa bizga “erk”hadya qilgandi. Ammo negadir ozod, erkli shoir
o‘ttiz yildan buyon turnani kutadi, Bahorlarni, yashillikni, yashnash va yasharishni
boshlab kelguvchi qip-qizil billur xalqali turnani kutdi. Bayroqlarimiz, hujjatlarimiz
qip-qizil bo‘lgan yurtda shoir qizil bo‘lmagan, oddiygina turnani kutib qo‘ya qolsa
bo‘lmaydimi?
Demak,,o‘ttiz yil kutilgan turnaning qizilligi biz yuqorida e’tirof qilgan bayroqlar
qizilligidan farq qiladi. Yo‘qsa, qip- qizil turnani kutgan qahramon rahm, shafqattalab
bo‘lmasdi. Negaki, bu o‘rinda inqilob bergan ozodlikdan o‘zgacharoq, o‘g‘ridan
qochib qaroqchiga tutilmaydigan, erta bahorlarda qalbga yaqin mayin saslar og‘ushida
qip-qizil turna keltirishi kerak bo‘lgan haqiqiy ozodlik, erk kutilgan. Bu ozodlik, erk
ramzi bo‘lgan qip- qizillikning kutilayotgan turna bilan bog‘liqligi esa bahor yasharish,
yangilanish tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashib ketadi. Bahor- uyg‘onish, yangilanish,
yashnash fasli qip-qizillik esa uning husniga - husn bo‘lib qo‘shilishi shubhasiz. Shoir
kutgan o‘sha betakror husnli betimsol hayotda ota shifotalab, suyangan tog‘lardan
judolik, har bahorga azadorlik bo‘lmaydi:
Gulbutoq tobuti dedim o‘ttiz yil,
Aza ochdi qildim har bir bahorga.
Bulbulgo‘yolik qildim muttasil,
Hayot anhorday,
Hayot anhorday...
Some’ turdim sidqu itoat bilan,
Parvo qilmay bozor qiylu-qoliga.
O’ttiz yil qavmiga tortilib badan,
Arzu dod ayladi, Abduvalidan. [Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi. -T., 1994,
20-bet.]
Abduvali Qutbiddinning «Tadorik ko‘r jonim, savsanni chorla» misralari bilan
boshlanuvchi she’rida esa nosoz zamonaning turfa «o‘yinlari»dan «to‘yib» «qo‘lini
yuvgan», o‘ttiz yil kutgani,«qip-qizil turnalar kelmagan, qora bahorlarda yashashdan
toliqqan yirik qahramon kayfiyati va uning Qora Vatanni diliga yaqin bulbul-u,
qaldirg‘ochlari bilan tark etmoqlik taraddudi ifoda qilingan.
Odatda, badiiy asarlarda bahor-go‘zallik, yashillik, hayot» va, obodonchilik
bunyodkori sifatida gavdalanadi. Hazin qishdan nurlarni sog‘inib chiqqan dov-daraxt-
u butun mavjudot borliq iliq nurlar og‘ushida cho‘miladi. Quyoshning iliq taftini
qo’msagan pana-astqamlikdagi maysalar sevgisini «izh,r aylab» «meni tanib ol» deya
ko‘k sari nozik qo‘lchalarini cho‘zadilar. Bahor butun borliqqa yorqinlik va turfa rang
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
893
baxsh etadi. Benavo qalblar ham bahorda navosoz bo‘ladi. Quyoshning ko‘rkam
nurlari og‘ushida insoniyatdan, tabiatdan qora ranglar - g‘amu iztiroblar chekinadi.
Ammo negadir shoir qalamga olgan bahor shunday bir qora Bahor-ki, unda
bulbulining zori, qaldirg‘ochlarining zog‘larga qoldirgulik ma’yus o‘chi bor. Vatan
shunday qora Vatanki, unga egalik qiluvchilarning johil badanlarida zardoblar
yuguradi, ular hamon eski qulflarga sig‘inadilar, qadim urflarni tanishni tan olmaydi,
do‘stni bilmas qo‘llarida esa yana tosh:
Ey g‘ilmon, dasturxon yozma, qo‘rqaman.
Ruhimni kufrga mengzar turqdardan.
Men axir she’r topdim qadim urflardan,
Men axir bosh tortdim eski qulflardan
Bu qanday zalolat o‘sha qo‘llarga,
Bu eski kishanlar yangi yo‘llarda.
Ey, jahon egasi, jahon kimlarda?
Tadorik ko‘r jonim, savsanni chorla,
U kelsin biz tomon bulbuli zorla.
Yo‘lga tushaylik biz ayni nahorda
Ortiq yasholmaymiz qora bahorda
Qadim urflardan she’r, ezgulik topayotgan, bulbul yanglig‘ mo’jizaviy go‘zallik
oshig‘i, qaldirg‘och yanglig‘ kelajakni ko‘z jorachig‘ida asrovchi chin insoniylik
tuyg‘ulari jo‘sh urgan lirik qahramon o‘zida norozilik tug‘dirgan holatlarni qora rang
fonida muxtasargina ifoda qila olgan. Demakki ro‘y berayotgan voqea- hodisalar xoh
ijobiy (dasturxon yozmoqlik!) xoh, salbiy xususiyatlari bilan bo‘y ko‘rsatmasin baribir,
Qora Vatanda qora Bahorda sodir bo‘layotir. Bahorning, Vatanning qoraligini payqab
qolgan qahramon «Ey, jahon egasi, jahon kimlarda?, - deya oh
chekib, ayni nahorda
o‘ziga yaqin ishonchli do‘stlari bilan g‘amu- kulfatni tark etmoqlikni diliga tuggan.
O’tgan asr 80-90-yillar she’riyatini kuzatar ekanmiz, bevosita bu davr
shoirlari ijodida ranglarga bo‘lgan munosabat keskin kuchayganini ko‘ramiz. Abduvali
Qutbiddin noan’anaviylik yo‘lidan borib, yuqorida ko‘rganimiz «qora bahor» ramziy
obrazini qo‘llaydi. She’rda an’anaviy tushunchani ifodalovchi qora rangning Vatan,
bahor, sevinch kabi so‘zlar bilan noan’anaviy qo‘llanishi shoir fikrini
umumlashtirishga, uni poetik ramz darajasiga ko‘tarishga asos bo‘lgan. Zero, ustoz
shoir Rauf Parfining e’tiroficha: “Abduvali she’riyati dunyoni obrzali idrok etishning
ajoyib namunasidir. U borliqni yalang’och tasavvur qila olmaydi. Qalbida har bir
lahzani, voqea va hodisani his qilib, kamalakdek jilo beradi.”
Do'stlaringiz bilan baham: |