Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


 Ўша асар. - 412-413-бетлар



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

2
 Ўша асар. - 412-413-бетлар
1
 Расулов А. Таваллуд топаётган кўнгил муждалари. Ш.Бўтаевнинг “Ҳаёт” китобига ёзилган 
сўнгги сўз. –Т.: Шарқ, 2000. - 433-бет. 
2
 Аъзам Э. Кечикаётган одам. Қиссалар. - Т.: Шарқ, 2002. - 311-бет. 


barchasiga rahnamo ayol – Mafkuraxonim. Yana Tepakal, Zahmatkash, 
Ma’shuqaxonim, Fan arbobi, Jiyanbeka, Temiryo’lchi, Yosh shoir, Musofir kabi 
obrazlar qissadan o’rin olgan. Yozuvchi butun boshli bir millat, uning ziyolilari 
orasidan hech kimga ot qo’ymaydi. Chunki ot “men”ni, o’zlikni talab kiladi. Shoir 
aytmoqchi: «nom nomusga egadir». qissaning ko’pchilik qahramonlariga esa 
aynan nomus degandan nishona yo’q. Shaxslik yo’qolgan, odam qulga, xalq 
olomonga aylangan joyda ot emas, sifat muhim bo’lib qoladi. Shaxsligidan 
ayrilgan ot – odam o’z hosilasi – sifatga aylanadi. Qissa o’qilganda kitobxonda 
qiyofasidan ajralgan, otini yo’qotgan, bir-birining yuziga qarab yolg’on 
gapiradigan, talantli farzandlarini qobiliyatsizlarga qurbon qilib, ularga 
bo’ysunadigan ommaga nafrat hissi paydo bo’ladi. 
Erkin A’zamning mahorati shundaki, u tashqaridan qaraganda hammasi ham 
qiyofasiz bo’lgan qahramonlarning har biriga xos jihatlarni g’oyat ustalik bilan aks 
ettira olgan. Mana shu jihat ularning qiyofasiz qiyofasini ko’rsatishga xizmat 
qilgan. Chunonchi, Oqsoqol shoir qanchalar xudbin, olchoq bo’lmasin qachondir 
iqtidorli bo’lgani va qachonlardir yirik odam bo’lganligi sabab o’z ko’nglida 
haqiqatni tan oladi. Uning davrdoshi bo’lgan ajoyib domlada bunday tuyg’u 
mutlaqo yo’q. U – faqat manfaatni, har bir gapi, xatti-harakatidan foyda 
chiqarishnigina o’ylaydigan, xijolat bo’lishdan mahrum tuyg’usiz bir kimsa. 
Otashqalb bilan birga o’qiganmiz deb da’vo qilgan, aslida, shoirning otini ham 
tuzukroq eslay olmaydigan fan arbobi – turli bahonada o’zini ko’z-ko’z qilib, 
e’tiborga tushish ilinjidagi foydaxo’r kimsa. Mafkuraxonim o’zi mutasaddi 
sanalgan sohalardagi muammolarni hal qilish bobida mutlaqo avom bo’lsa-da, 
siyosiy manfaatni ilg’ash, haq gapni aytadiganlarning yo’lini to’sish borasida 
ustomon. 
Muallif odamlarni emas, balki ularning yaxshi-yomon xatti-harakatlarini 
tasvirlash yo’li bilan ularning insoniy qiyofalarini namoyon eta olgan. 
Fojia bilan kulgi omuxta bo’lib ketgan bu asarning o’qishliligini, 
yuqumliligini ta’minlagan asosiy omil roviyning tilidir. E.A’zam tilning tovlanish 
imkoniyatlarini g’oyat puxta biladi. Uni inson tabiatining eng yashirin, ichki 
jihatlarini ham ocha biladigan tarzda ishlatadi. 
E.A’zamning “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasi
1
kechagi 
kunimizni, o’shandagi sezimlarimizni taftish etishi jihatidan e’tiborga loyiqdir. 
Asarda Bo’riyo nomli afsonaviy mamlakatning afsonaviy bo’lmagan hayoti 
jurnalist Baxtiyor va ikki kishilik «delegasiya rahbari» - Erkin obrazlari nigohi 
orqali aks ettirilgan. 
Bo’riyoning dohiysi Xon Man Men, uning inisi va yordamchisi Xon Men 
Manning rahbarligida “nurafshon kelajak” sari dadil borayotgan tilsiz – zabonsiz 
xalk, uning ma’naviyatini parchalash bilan shug’ullanayotgan qudratli 
yolg’onchilik mashinasi – mafkura qissada juda esda qolarli kilib xajviy yo’sinda 
tasvirlangan. Asardagi hajviy yunalish qahramonlar tabiatidan emas, muallifning 
munosabat tarzidan kelib chiqadi-ki, bu xol tilimizning kulgi imkoniyatlaridan 
ustalik bilan foydalanish natijasidir. 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish