www.ziyouz.com
кутубхонаси
88
Ey inson, vujuding uyi xuddi shu xashakning o‘zidir; zaif taning bir xovuch tuproq. Bu xashakka
qachongacha o‘t qo‘yasan? Bu tuproqni qachongacha sovurasan? Ichkilik ham dard o‘ti, ham afsus
suvidir; yo‘q, u do‘zax o‘ti, ham to‘fon suvidir. Bu o‘tni o‘z vujudingning xas-xashagiga urma; bu suvni
bir xovuch tuprog‘ingga quyma. U garchi suvdek tiniq, yaxshisi bo‘lsa ham, lekin uning suvligidan
o‘tligi ortiqdir. Har qanday suv qaynab turganda, ko‘rinishi ruvdir, lekin uning kuydirishini o‘tnikiga
solishtirib bo‘lmaydi. O‘tga kishi qancha qo‘l ursa ham, unga qo‘l tekkan bilan, qo‘l kuymaydi. Kimki
qo‘lini qaynagan suvga tiqsa, qo‘li unga tegishi bilan o‘ldiradi.
Xullas, uning o‘ti o‘tu suvi ham o‘t, rangi o‘tu jozibali yolqini ham o‘t. Kimki bu to‘rt o‘t ichiga
tushib asir bo‘lsa, chaqmoq chaqqan joyda ipak to‘qimaday yonadi. Qaysi badanda bu to‘rt o‘t yonsa,
uning issig‘idan badanidagi to‘rt unsur ham o‘rtanadi. Bu o‘tda to‘rt unsurgina yonib, yo‘q bo‘lib
ketmaydi, aqlu xis, dinu islom ham yo‘qoladi.
O‘tga shunday issiq berish xususiyati xos ekan, uning yomonligini qaysi suv daf eta oladi? Yashinni
to‘fon suvi ham pasaytira olmaydi; gulning o‘tini bahor suvi o‘chira olmaydi. Bu o‘tning joniga ofat
bo‘ladigan suv tavba vaqtida afsus-nadomat ko‘z yoshlarini to‘kishdir. Shunday ko‘z yoshi oqib turgan
vaqtdagina bu o‘t daf bo‘ladi, bu o‘tgina emas, yo‘q, hatto do‘zax o‘ti ham. Kishi bunday qatrani
qayerdan topadi? O‘zi bir qatra bo‘lsa ham, naf i daryocha-ku! Kimki o‘z gunohlariga pushaymon bo‘lib,
ko‘z yoshi to‘ksa; uning har qatra ko‘z yoshi maqsadiga yetishi uchun gavhardir. Bulutdek hayo bilan
ko‘z yosh to‘kar ekan, uning har bir qatrasi durning aslidir. Birovni maqtab, majburan tavba qildirilsa,
buni tavba deb tushunma: birovning tavba qilishga aqli yetmasa, «Qur’on»ni o‘rtaga qo‘yib,
shartlashishni ham; yoki birov mast bo‘lib to‘polon ko‘targanda, qasam ichtirib, uni bu ishdan
qaytarishni ham. Bular hammasi taqdir o‘ti oldida bir xasdir. Bular tavba hisobida ham emas. Kimki
taqdirning qo‘lida beixtiyor tavba qilar ekan, unda ixtiyor bormi!
Tavba, bu - o‘z aybidan xabardor bo‘lishdir, oldida turgan yo‘lning xavfliligini tushunishdir; yoki
yo‘ldan adashib qolgan vaqtda, bu ahvolga o‘zining aybdorligidan ogoh bo‘lishdir. U, bilsaki, Xudo
hamraa vaqt xozir, nima qilsang, hammasiga nozir, uning ko‘nglini pushaymonlik o‘ti yondirsa, jonini
xijolat o‘ti kuydirsa, shu xolatda u tafakkur qilib, o‘z qilmishlariga nafrat bildirsa, shunda unga yana
Ilohiy lutf etib, bitmas-tuganmas jozibaga erishib, Xudo uni o‘zligidan judo qiladi, o‘z xoliga mutlaq
qo‘yib qo‘ymaydi. Shunda u «Ilohiy tavba» bilan zafar topsa, bunday tavba haqiqiy tavba hisoblanadi.
Xudoning o‘zi shunday karam qilmasa, odam nima qila oladi? O‘zligi bilan uning qo‘lidan nima
keladi? Gʻoyibdan ilxom kelmasa, tavba tavba emas. Kishi o‘z aybidan o‘zi qutula olmaydi. Odam o‘z
ixtiyori bilan gunoh qilmaydi. Bu gunohning tavbasi ham unga ma’lum emas. Xudodan amr bo‘lib, u
tavba qilsa, bu - chindir. Bu tavbani Xudoning o‘zr saqlamasa, bandasi sindirishi ham mumkin. Tavba
qilish uchun Xudo kimga tavfiq bergan bo‘lsa, uning tavbasi sinmaydigan, haqiqiy tavbadir. O‘zlik bilan
qilingan tavba buzilishi mumkin bo‘lgan tavbadir. Ilohiy tavba qilishdan kel, shundan gapir.
LI
Bani Isroilini Rindning manmanlikdan tavbasi tufayli xonadonning yuksalishi, qasamning qof
toshlaridan falakka chiqqani va may seli u binoni yiqitgani
Rindi Bani Isroili degan bo‘lib, may deb mayxonalarda tilanchilik qilardi. May uning hayotining
ozig‘i bo‘lib, xalq orasida Maymana ismi bilan tanilgan edi. Gavdasi ko‘zacha yashashga nuqsonsiz
bo‘lganidek, o‘zining Rind degan ismi mayga berilganligini bildiradi. Mayxonadagi odamlarning
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |