Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror



Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
BakaAlisher NAVOIY 
 
HAYRAT UL-ABROR
 
(nasriy bayoni) 
 
 
I
«Bismillohir-rahmonir rahim»
1
. Ushbu jumlada eng qimmatbaho durlar bir ipga tizilgandir. Bundagi 
har bir dur jon javharidan, qimmatiga ko‘ra esa, ikki jahon narxidan ham ortiq. Bunda ip ikki jahonni 
bir-biriga bog‘lab, ikki jahonnigina emas, jon hayot iplarini ham tutashtirib turgandek.
Kimki boqiylik xazinasiga erishishni o‘ylar ekan, shu dur, shu ipni o‘ziga tasbih qilib olmog‘i kerak. 
Chunki bu oddiy ip emas. U shunday ajoyib sirtmoqdirkim, din va davlatni ovlash - qo‘lga kiritishda u 
bo‘g‘ov vazifasini o‘tay oladi. U bo‘g‘ov ham emas, hech qachon bo‘g‘ovlik qilmagan. Bu - jannat 
bog‘idagi kiyiklarni qo‘lga kiritish uchun arqon.
Uni jon suvi oqadigan ariq, yo‘q, jon suvi oqadigan ariq emas, balki tiriklik suvi desa bo‘ladi. Bu suv 
yoqasida alifdek bo‘lib daraxtlar o‘sishi bilan birga, shivitga o‘xshash xushbo‘y o‘tlar, daraxtlar ustida 
mevalari.
Shu bilan birga o‘sha gavhardek qimmatbaho iplar Ilohiy xazinaga ajdahodek talabgor yoki 
boshqacha qilib aytganda, bular hammasi osmonning eng yuqori qismida o‘rnatilgan qandildir. Balki 
aniqlik kiritish uchun bu qandil orasiga u yerda yagonalik bog‘ining qumrisi o‘ziga uya qurgandir.
Yo‘q, balki bu, yagonalik xazinasiga olib boradigan yo‘ldir. Yo‘llikka yo‘l-u, lekin qanday yo‘l - eng 
yaqin yo‘ldir!
Biroq bu ham mashaqqatli, ham xavfli yo‘l bo‘lib, bundan, deyish mumkixki, har qanday voqiflar 
ham uni bilishdan ojiz. Bu dashtu sahroni bosib o‘tishga mayl ko‘rsatgan kishilar ikki ioifa - qabul 
qiluvchilar va rad etuvchilarga bo‘linadilar. Rad etuvchilar uni bosib o‘tishga qadam qo‘yar ekanlar, 
muvofiqlik raxbaridan madad ololmagach, «Bo»si iboga chorlab nido qiladi
2
. «Yo» deyilar ekan, bu 
balodan boshqa narsa emas. Bundagi «Sin» nahang balig‘ining orqa umurtqa suyagi ustidagi parrasi 
arradek ekanini, har bir qirrasi yuz kemaga ofat ekanini anglatadi. «Sin» bilan «Mim» harflari oralig‘ida 
mashaqqatlar ko‘p bo‘lib, yo‘li mashaqqatdan iborat bo‘lsa, yeli issiq shamoldan iboratdir.
«Mim» ilon nafasidek o‘t sochib, yo‘l boshida og‘zini ochgan xolda yotadi. Bu jumladagi uch «alif» 
va uch «lom» g‘avg‘o ko‘tarib, olti tomondan qilich tortib kelmoqda. «He»lari esa qatl ishida mohir 
bo‘lib, har bin nayzaning uchidek qonxo‘r. «Re»lari to‘qnashishga rag‘bat bildirar ekanlar, bundan 
cheksiz zarar kelishi aniq. «He»si xalok etish uchun qarmoq vazifasini o‘tayotgandek, xavf-xatar 
markazida turib changak solmoqda.
Xalqni qo‘rqitish uchun «Nun» kamondek tortilgan, yanada to‘g‘rirog‘i, abadiy dehqonchilik uchun 
o‘rog‘i shay. «Yo»si dushmanlarga qarshi nido belgisi. Ya’ni bu, mening uchun oldimda hayotingni fido 
qil! - demakdir.
1
«Қуръoн»дaги биринчи - «Фoтиҳa» сурaсининг бoшлaнғич жумлaси. Мaзмуни: «Меҳрибoн вa рaҳмли Aллoҳ нoми 
билaн».
2
Бу вa буридaн кeйинги мисрaлaрдa «Қуръoн»нинг бoшлaнишидaги биринчи oят - «Бисмиллoҳ» сўзининг ёзилишигa 
тeгишли ҳaрфлaр изoҳи бeрилмoқдa.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish