XI BESHINChI NA’T
Me’roj kechasi ta’rifida; olijanoblikdirkim, «Ul zoti pok» sadoqatli bo‘lib, o‘z bandasi
(Muhammad s.a.v.)ni bir kechada Haram
14
masjididan Aqso
15
masjidiga olib bordi va buning isbotiga
ikki sodiq guvoh bordir
Kechalarning birida koinotni qorong‘ilik bosib, quyosh obi hayot bulog‘idek yashiringan edi. Garchi
u buloq ko‘zga ko‘rinmasa ham, Xizr ko‘k uzra undan qatralar sochardi. Tun changlarini anbarga
aylantirgan, ularni jannat shabadalari Yer uzra tarqatar edi. Yer yumaloq shakldagi xushbo‘y idishga
aylanib, tun qorong‘iligidan unda anbar tayyorlanayotgandek edi. Yer idishi ostida Quyosh o‘t
yoqayotgan, idishni esa Osmon o‘z yetagi bilan yopib turgandek ko‘zga tashlanardi. Orom va tinchlik
yomg‘iri yog‘ib, yuz berayotgan hodisalar to‘zonini pasaytirishga intilardi.
14
Кaъбa.
15
Қуддуси Шaрифдaги қaдимги мaшҳур мaсжид нoми.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
Shu kecha do‘stlik gulistonining sarvi do‘stlik xonasining sham’ini yanada ravshanroq qildi.
Uchrashuv xayoli bilan ko‘ngli xursand bo‘lib, dengizdek jo‘sh urib hayqirdi. Shu payt oliy maqomli
sayyoh yetishib, qo‘lida esa qushdek uchadigan otning jilovini ushlab turardi. Bu ot ko‘kda sayr
yetishdan orom olib, unga Yerdan osmongacha chiqish bir qadam bo‘ldi. Allohning pok xabarchisi unga
salom qilib, Alloh nomidan unga ma’lumot berib dedi: «Ey shavqli sirlarning xazinasi! Alloh seni
ko‘rishga o‘z shavqu istagini bildirmoqda. Chunki payg‘ambar jonon xabarini topgan ekan, uning jonon
xabarini topgani yangidan jon topganidir».
Xabarchi unga yordam berib, otga mindirib, otni o‘zi kelgan tomonga qaytarib olib ketdi.
Shu ravishda bu olijanob, ochiq yuzli otliq sayr qilar, tole’i baland oti qushdek uchar edi. Bu tez
chopishga o‘rgangan ot chang ko‘tarib, aql ko‘zini ko‘rmaydigan holatga solardi.
turardi. Bu ot ko‘tarilib ko‘k osmonga yetganda, Oy o‘tish uchun unga tuynuk vazifasini o‘tadi.
Qalam yegasi Atorud bunda hurmat qozongan, buqalamunlig‘ - ikkiyuzlamachilikka yo‘l qo‘ymayotgan
edi. Zuhra
16
xursandchilik barbatini
17
sozlab, u (Payg‘ambar)ni zamzama bilan qo‘llay boshladi.
Quyosh o‘z soyasi bilan uning jamolini to‘sib turar, hilol esa shu’la ostida berkingandek edi. Mehrida
Bahrom (Mirrix) birso‘z bo‘lib, sharaf tig‘i yuziga ko‘zgu kabi edi. Unga yaqin yurishdan Mushtariy
yanada martabasi ortib, yo‘lidagi bir zina unga minbar bo‘ldi. Zuhal sham’i qorong‘ilikni yoritib,
(Payg‘ambar)ning zangi (negr)dek qora otini oq qilib ko‘rsatdi. Unga Hamal ham, Savr ham jonlarini
berayotgandek, tog‘rirog‘i, ikkisi ham jonini qurbon etishga tayyor edilar.
Ham oldida Javzo kamarini tortib bog‘lagan, ham Saraton o‘zini tik tutib, jilva qilar edi. Sher (Asad)
yo‘lidan bir go‘shani egallab, Sunbula uning otiga yo‘l ozig‘i bo‘ldi. Palla yo‘li gardini qimmatbaho
iksirday o‘lchar, Aqrab orasida ichkizish, davolash, (nina) sanchish, og‘ritish ishlari olib borishmoqda.
Qavs esa chillaga o‘tirib, duo qilish payida. Jady (tog‘ echkisi) unga yetishi uchun (ozig‘ bo‘ladigan)
birinchi sutini keltiradi. Dalvga Yusuf kabi nazar solmay, Hutda Yunus kabi to‘xtab o‘ltirmadi.. U yeldek
hamma burjlarni kesib o‘tdi va Osmonning Arsh qismiga ko‘tarila boshladi. Unga poyandoz Arsh hamda
Lavxu Qalam bo‘lib, uning oti naq o‘shalarga qadam bosishi kerak edi.
U endi Rafrafga minib, hamrohi va yo‘lovchi bilan xayrlashdi. Endi borayotgan yo‘lida hech qanday
makon qolmadi. U yo‘qlik (lomakon)’dashtini o‘ziga makon etdi. Bunda u olti jihat
18
bandidan
tashqariga chiqib, to‘rt gavhar
22
ni tark etish unga toj kiyishdek bo‘ldi. Yo‘qlik oyog‘i bilan qadam bosar
ekan, aslida yo‘l ham yo‘q edi, qadamning o‘zi ham.
O‘zligidan na naqsh qolgan edi, na bir ko‘rinish, hatto bu aytilgan narsalardan biron asar ham. Shu
yo‘l bilan u o‘zini o‘zidan xalos qilib, shu ravishda o‘zini izzat pardasiga xos, loyiq deb topdi.
U yerga yetib qarasa, ro‘parasida hech narsa yo‘q edi. Qancha qaramasin, boqiylik ko‘zgusini ko‘rar
edi. Ko‘zguga boqqanda unda suratga o‘xshash bir narsalar ko‘rinar edi, xolos. Nima o‘tkinchi (fano)
bo‘lsa, tashqarida qolgan edi.
Uning yulduzi shuncha baland ko‘tarilganda, marhamat dengizida mavj paydo bo‘ldi. U Alloh tilidan
ummatlacining hammasini istay boshladi va, Allohdan barcha murod-maqsadiga erishdi.
Allohga tuproqdan bo‘lgan tana hamrohlik qildi. Agar: «Shunday bo‘ldi!» - deyilsa, shunday, bunga
ajablanmasa ham bo‘ladi. Chindan ham uning tani boshidan-oxiriga qadar jon edi. Lekin uning joni
Jononga yetishgan edi. U ikki dunyo rahmatini qo‘lga kiritgan bo‘lib, nimaga erishgan bo‘lsa, hammasini
16
Зуҳрa - Венерa сaйёрaси, сaнъaт ишлaрининг ҳoмийси.
17
Бaрбaт - тaнбургa ўxшaш чoлғу aсбoби нoми.
18
Олти жиҳат - олти томон (Шарқ, Ғарб, Шимол, Жануб ҳамда қуйи ва юқори)
22
Тўрт гавҳар - тўрт унсур.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
a
Do'stlaringiz bilan baham: |