Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
o‘zi bilan birga qaytanb olib kelgan edi. Uning yuzidan u - Ilohiy dargoh qanday yorug‘ bo‘lgan bo‘lsa, 
oyog‘idagi changlarni bu dunyo ham o‘ziga surma qildi.
U (Payg‘ambar) Arshga g‘uncha bo‘lib borgan bo‘lsa, Yerga toza guliston bo‘lib qaytdi; zarra bo‘lib 
borgan bo‘lsa, porlagan Quyosh bo‘lib qaytdi.
Uning Me’rojga chiqqani va qaytib kelgani bir onda yuz bergan bo‘lib, aql bunday tadbirdan 
hayronlikda! Qayda ajoyibotlar va mo‘jizalar ko‘p bo‘lsa, ularni idrok etishda aql ojiz bo‘ladi. U 
(Payg‘ambar)ning chiqishi va qaytishiga ketgan vaqt kichikning kichigi bo‘lib, bu fursat tahlilga 
arzimaydi.
Bu baxtli safar shunday tugab, qutlug‘ yo‘lboshchi ruxsat oldi. Olam podshohi taxtid o‘ltirib, Olam 
ishini intizomga solishda davom etdi. Shariat tili ko‘chirilgan daftarni o‘qib, tiriklik suvi esa kufr 
qoraligini yuvar edi.
 
 
XII
 
 
She’riyat mulkida o‘zining zabardast bilagi panjalari bilan naqd tilla va gavharlardan iborat 
besh xazinani qo‘lga kiritgan xazrati Shayx Nizomiy madhida va o‘sha gavharu tillalar umidida uning 
panjasiga panja urgan Amir Xisrav ta’rifida
U so‘z san’atkorlarining boshidagi toj, hatto bahosi xazinaga teng o‘sha tojning gavharidir. U fazilat 
konidagi gavharlarning qo‘riqchisi, kamolot daryosining qimmatbaho injusidir.
Uning ijodxonasi suvoqlaridan anbar hidi keladi. Xohaning to‘rt tomoniga esa sakkiz jannat 
yashiringan. Garchi uning uyi ko‘ngil kulbasidek ixcham bo‘lsa ham, unda ikki jahon jilvalanadi. Baland 
osmon uning masjidiga qandil, nur sochuvchi quyosh esa o‘sha qandildagi sham. Ka’ba uyidan doim 
unga bir eshik ochiq; namoz vaqtida unga bu eshik mehrob vazifasini o‘taydi.
Ganja - uning vatani, ko‘ngli boyliklar koni bo‘lib, fikri xazinasi, tili esa o‘sha boyliklarni 
ulashuvchidir. Uning fikr tarozusi «Xamsa»ni, «Xamsa» emas, balki «Besh xazina»ni o‘lcharkan, unga 
Osmon tarozusi pallasi, Yer kurrasi esa botmon tosh bo‘ldi. Aql xazinachisi yuz avlod umri davomida 
tarozuda tortsa ham bari bir, uning kichik bir qismini tortib ulguradi, xolos.
Uning so‘zlari latofat dasturxonida yoyig‘liq; tili esa ma’no durlarini ipga tizgani tizgan. U bebaho 
so‘z durlarini tartibga solgani uchun taqdir unga «Nizomiy» degan taxallusni munosib ko‘rdi. Unga 
nisbatan «Uning sirlari pok bo‘lsin!» deyishning xojati yo‘q, chunki poklik ruhining o‘zi uning fayzidan 
nishonadir. Besh harf bilan yoziladigan va chiqariladigan son hisobi bilan hisoblasang «ming bir» uning 
ismini bildiradi
19
. Shu hisob bilan uning gavharga teng nomi Xudoning ming bir ismiga hamohang 
bo‘ldi. Bunda alif harfi uning o‘z ismini bildirsa, qolgan harflar uning bir ming sifatini anglatadi.
U sochgan durlar yer yuzini qoplab, hatto osmon qutilari ham limmo-lim to‘ldi. U so‘zga shunday 
pardoz berdiki, boshqalarga bu sohada qiladigan ish qolmadi.
Undan keyin hind chavandozi ham hindiy xanjari bilan so‘zni saralab, xanjarining chaqmog‘idan 
uchqunlar sachratib, mingan oti ham o‘tday tez harakat qilib, qayoqqa o‘zini o‘tdek tez va qattiq urmasin, 
19
Aрaбчa ёзувдa Низoмий бeш хaрфдaн ибoрaт бўлиб, (нун) - 50, (изғи) - 900, (aлиф) - 1, (мим) - 40, (ё) - 10 ни билдирaди, 
жaми - 1001.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish