www.ziyouz.com
кутубхонаси
14
Kimki tole’i past kelib adashgan bo‘lsa, uni faqat shariat qoidalarini tuzuvchilar qutqara oladi. Kimda
kofirlik zulmati to‘plangan bo‘lsa, (bu qonun-qoidalar yozilishidagi) har bir «alif»
11
Islomni sham’dek
yoritib turadi.
Sening olijanobliging barcha dinlarga nisbatan bo‘lib, «Lom» va «t»
12
dan har bir dinga zarar bordir.
«Lot»dan dinga doim turli balolar yuz berar edi. Sen uning oyog‘ini sindirib, «Lo»
15
si qoldi, xolos.
.
Kofir xalqining «Manot» degan buti bo‘lib, sen uni bo‘ynidan sindirganingdan so‘ng u «mot» bo‘ldi
- yengildi. Sen kufr boshini kesish bilan o‘z qaxringni ko‘rsatding. Boshi shukuhdan ajralganidan keyin,
gavdasi boshsiz qoldi.
Xasta Navoiyni nazaringdan chetda tutmagaysen. Unda kufr va xudbinlik bo‘lsa, buning chorasini
o‘zing qilgaysen. Bunday inoyating bilan uni Islom jamoasiga kiritgaysen.
X
TO‘RTINChI NA’T
Muxammad s.a.v.ning payg‘ambarlik osmonining yuksakligi va butun Olamni Osmondek o‘z,
ichiga qamrab olishdagi kuch-qudrati va uning sahobalari haqidakim, ularning har biriga Osmonda
bir yorug‘ yulduz sadoqatda bo‘lgan hamda «mening sahobalarim bamisoli yulduzlardir» deyilgani
shu mazmunda aytilgan
Ey nafasing mo‘jizalaringga dastmova bo‘lgan, muqaddas ruhlar har gapingga sirdosh bo‘lgan!
Gaplashgan chog‘ingda fasohat bilan so‘zlaysan. She’riy nutqing esa hayron qolarli darajada tartibli.
Ma’noli va qoidali gapirishingda senga fasixlik xos bo‘lib, bunga «Menda fasohat!» - degan da’vo senga
yarashadi. Sog‘lom hukm chiqarishda so‘zlaring to‘g‘ri, fasohat yerida so‘zlaring chiroyli.
Gapirganingda sendagi mo‘jiza ayniqsa yaxshi ko‘zga tashlanadi. Bunday paytda har qanday fasohat
egalari o‘zlarini ojiz sezadilar. Sening asling javohirlarga boy dengiz bo‘lib, so‘zlashganda bu
dengizning kafi gavharlar sochadi. Bu kaf ham emas, besh shoxdan iborat baxr bo‘lib, yetti osmonni
yetti pufakchani yutgandek yutib yubora oladi.
Beshvaqt namozga navbat kelganda, Islom panjasi yanada kuchayib ketdi. Kufrning qo‘lu panjalari
esa dardga uchrab, bu dardning sababchisi o‘sha - Islom panjasi edi, - deyish mumkin. Muhtojlikda qolib,
u barmoqlar dard chekar ekan, lekin haqiqatda esa bu Islom uchun qo‘lga kiritilgan besh xazina bo‘ldi.
Islom panjasi tobora mustahkam tortib borar ekan, kufrning yetti qo‘rg‘onidan beshdan bir soliq olar
edi.
Buni oddiy qo‘l dema, u bamisoli bir tig‘ bo‘lib, bitta barmog‘i bunga ishora bo‘lganda Oyni ikkiga
bo‘lgan qo‘l edi
13
.
Ajab emas, uning mo‘jiza ko‘rsatuvchi qo‘llari bir ishora bilan oyni ikkiga bo‘lgani. Payg‘ambar
minib yurgan tuya yerbo‘ylab qadam tashlab borar ekan, uning har bir izi o‘sha «Oyning ikkiga
bo‘lingani»ni yeslatar edi.
11
«Алиф» тўғрилик, ҳалоллик белгиси.
12
«Лoм» билан «т» қўшилгани «лат».
15
«Лo» - йўқ дeмaкдир
13
Бундa Пaйғaмбaримиз билaн Aбу Жaҳл ўртaлaридa бўлиб ўтгaн мaшҳур мoжaрoгa ишoрa қилинмoқдa.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
a
Do'stlaringiz bilan baham: |