Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
23
 
XV
Bir necha so‘z shu mazmundakim, so‘zning ma’nosi uning jonidir, usiz so‘z qolipi jonsiz 
qolipdir va buni qanday qo‘lga kiritishni hech kim bilmavdi. Hatto uni qo‘lga kiritgan odamning 
o‘zi ham yo‘q, vaysaqilarning noinsofligiga tan bermoq, balki o‘z behudago‘yligiga iqror bo‘lib 
ulardan uzr so‘ramoq
Kimda ma’no gavhari bo‘lsa, o‘sha odam so‘z daryosining g‘avvosidir. Ma’no mash’ali kimning 
yuzini yoritgan bo‘lsa, fayz haramida jilva etish o‘shanga nasib bo‘ladi. Kim ma’no durining sadafidan 
o‘ziga jom qilgan bo‘lsa, so‘z mayini o‘sha odam to‘la simiradi.
Bu shu qadar ajoyib va mazali sharobki, ko‘ngulning eng qorong‘i joylarini chiroq bo‘lib yoritadi. 
Osmon xumi ham shu sharob bilan labigacha to‘latilgan; u xumning og‘zi esa quyosh g‘ishti bilan 
berkitilgan. Dunyodagi barcha odamlar bu dengizga g‘arq bo‘lgan; so‘z latofati ularni ko‘zdan 
yashirgan. Kimki undan bir qatra ichgan bo‘lsa, kayfidan xum singari qaynagan. Uning fayzi bilan olam 
qancha to‘lmasin, uning dengizidan kamaygan bo‘lsa bir qatra kamaygan xolos.
Men shu mayning kayfidan mast bo‘lsam ham, lekin o‘tkinch dunyoning odamlariga qo‘ldoshman. 
Mening dimog‘im nihoyatda qizib, chirog‘im ham o‘sha so‘z shu’lasidan yongan. Haqiqat jomi qo‘limga 
tekkan bo‘lsa-da, ko‘p vaqt sukut saqlashni afzal ko‘rdim.
Ammo bir vaqt qo‘limdan ixtiyor ketib, may ixtiyorimni olib olam sahniga sabodek borsam, obod 
va buzuq yerlarni quyoshdek axtarsam; yer.yuzidagi hamma narsani qo‘lga kiritishning hisobini - faqat 
bu dunyoda emas, eski toqqa yega bo‘lgan to‘qqiz qavat osmonda ham qilolmay, ulfat sifatida bir bazm 
qurib, bu mayni ichishga azm qilsam; she’riyatning buyuk taxtiga chiqib o‘tirsam, ming-minglab nazm 
ahllari oldimda turishsa; bazmda musiqiy asboblarni shohona qilib tayyorlasam, nimtarkni
30
chakkamga 
qo‘ysam; so‘z mayidan oldimda chuqur daryo paydo bo‘lsa-yu, qo‘limda qayiqsimon ajoyib jom bilan 
har lahzada shu jomni to‘ldirib olib, gulrang bodadan sipqarib tursam, turkiy ohangga qo‘limni o‘ynatib, 
«hay tulugim, hay tulum!» deb kuylasam; birov menga hamovozlik qilolmas ekan, loaqal qo‘shiq aytib, 
quvvatlab tursa; men ichgancha ichishga jur’at qila olmasa, loaqal bir-ikki qultum ichib tursa.
Lekin yuksak falak maqsadim bazmiga bunday tuhfalarni munosib ko‘rmadi. Bu xil mayni ichishni 
o‘ziga kasb qilgan kishi burun bo‘lmagan shekilli. Yoki bo‘lgan bo‘lsa ham, hammasi hayotdan ketgan, 
men kelishim bilan bazmni tark qilgan ko‘rinadi.
Bu kimsasizlik menga yetmaganday, yendi har tomondan odam nomiga isnod keltiradiganlar paydo 
bo‘lyapti. Ularda so‘z aytish qobiliyati bo‘lmasa ham, ular so‘z aytish payida; nag‘malari sozlanmagan 
bo‘lsa ham, kuy chalish ishtiyoqida. Ular she’rda tuyuq vaznini tushunmasalar ham, tuyuq u yoqda 
tursin, oddiy qo‘shiq vaznini bilmasalar ham, yozganlarining so‘zlari bemaza, tarkibi sust, mazmuni ham 
oddiy, sayoz, yozilish uslubi noto‘g‘ri bo‘lsa-da, ularnmg hammasida bama’nilik da’vosi. Durust 
odamlar ulardan qutulolmay garang.
Menga rang-barang nazm bog‘i nasib yetgach, Chin sanami menga qancha duch kelmasin, ta’bim 
pardozchisining doimiy ishi she’rlarimning husniga oro berish bo‘ldi. Sunbul sochlariga taroq urardim, 
nargis ko‘zlariga surma tortardim. Ko‘zlarimning qonli yoshlari bilan yuzini qizil qilardim, ko‘zim 
qorachig‘idan betiga xol qo‘yardim. U sho‘x sanam kiysin deb so‘zdan xilma-xil liboslar tikardim. 
Kelishgan ipak ko‘ylak kiydirib, unga yuzlab qimmatbaho durlar qadardim. Jonimni boshdan-oyoq unga 
bag‘ishlab, noz pardasida xiromon yurishini istardim.
30
Нимтaрк - бoш кийимининг нoми.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish