www.ziyouz.com
кутубхонаси
85
xalta yasadi. Tig‘dek odamlarning qonini to‘kkanlarning martabasini ko‘tarib, shoh yoniga o‘tqazdi. O‘q
kabi to‘g‘rilar esa undan quyida, d’q o‘qdondan bir necha tosh uzoqqa ketgani kabi.
Qizig‘i shuki, uni yaxshi desang ham, yomon desang ham, agar birpas vaqtini topsa, ayovsiz xanjarini
ishga solib, yaxshiyu yomon bilan barobar jang qiladi. Kimni loyiq ko‘rib taxtga o‘tqazgan bo‘lsa,
oxirida baribir taxtaga yotqizib, xafa qiladi. Kimga bir taxta kigizni soyabon qilgan bo‘lsa, uni ham o‘sha
quruq taxtaning ustida uxlatadi. Kimgaki ichib baxra olsin, deb bir jom may tutmasin, oqibatda o‘sha
mayga zahar ezib qo‘shadi. O‘sha jomdan may ichmagan, oxirida zaharidan xurush qilmagan kishi
dunyoda yo‘q. Kimning obro‘-e’tiborini ko‘tarmasin, uning buyrug‘iga butun olamni mute’ qilmasin,
unga jabr qilib, uni pastlatadi ham, sekinasta tuproq bilan barobar qiladi ham.
Dunyoda shunday odamlar bor ediki, ular shohlar edilar; mamlakatda adolatning posbonlari edilar.
Bu,falak ularning birontasini o‘ldirmasdan, xoru zor qilmasdan qo‘ydimi? Boq, Faridun bilan Jamshid
qayoqqa ketdi? Yeraj, Hushang va Zaxxok-chi? Salm, Manuchexr va Navzar qani? Baxmanu Doroyu
Iskandar qani? Qani dunyoning xokimi Chingizxon? Qani jahon xoni Temur Ko‘ragon? Bu pastkash
charx ularning bittasiga ham vafo qilmay, kimni ko‘targan bo‘lsa, uni yana yerga urdi.
Shuning uchun u bergan davlat va iqbolga shod bo‘lma; uning muhabbatiga ham ishonma. Uning
hech bir xosili ham yo‘q, doimiyligi ham. Ularning hammasidan kech, lekin kechikma. U seni mag‘lub
etguncha, sen uni oldinroq o‘z faqirliging bilan xor qil, mag‘lub qil. Qo‘lingda bor narsani u olib
qo‘ymasdan, hammasidan voz kech, qo‘lingni tort. Qo‘lingda nimang bo‘lsa, parokanda qil, o‘z qo‘ling
bilan uni sharmanda et. Quyosh panjasidek qo‘lingni och, unda qancha kumush bo‘lsa, olamga soch. U
sening qo‘lingni quritishini bilib, bilganingdan keyin, o‘z qo‘lingni o‘zing qurit.
XLIX
Iskandarning yetti iqlim mamlakatlarini o‘z qo‘liga kiritgani va bo‘sh qo‘l bilan bu dunyodan
ketish otini ilgari surgani
Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib
olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv
uning hukmiga o‘tib, xo‘lu quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi. Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba
o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi.
Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul boiish bilan ular faxrlandilar.
U ham shoh edi, ham valiy, ham payg‘ambar. Uning tabiati esa donishmandlik bilan rostlangan edi.
Uning asl zotida Jamshidlik odatlari bor edi. Oddiy ko‘zgu unga jahonni ko‘rsatadigan jom bo‘lib xizmat
qilardi. Etti qavat osmon hukmronligi unga muyassar, yetti iqlim unga bo‘ysungan edii
Shunday yuksai martabali baxtiyor podshoh bu o‘tkinchi dunyodan kp’chim ko‘tarmoqchi bo‘lib
qolganda qiziq bir ojizlik va bechoralik xolatini boshidan kechirdi. Oldida qiziq bir ovoralik yuz berdi.
Unga na xakimlari yordam qila oldi; na xizmatkorlari, na qullari uning farmonini bajara oldi. Ular
barchasi bu yashil bog‘da qolib, u bir o‘zi qora tuprog‘ning ichiga yo‘l oldi. Bunday xalokat uning ichini
o‘rtagach, shunday so‘zlar bilan u ichini bo‘shatdi;
- Shu nafasda men pastga qarab borayapman; shohlik nog‘orasi safarga chorlamoqda. Kim o‘z or-
nomus shartini saqlamoqchi bo‘lsa, mening unga shunday vasiyatim bor: vaqtiki pok bo‘ston qushi men
tomon uchib kelib, poklik ayvoniga borishimni eslatgan chog‘da, oh tortib, olamni’ qorong‘i qilib,
tobutdan menga uxlash uchun joy xozirlab, yo‘limni qabr tomon boshlar ekansizlar, bir qo‘limni
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |