Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
96
Ey voh, kimki bu bazmga kelgan bo‘lsa, navbat bilan bu qadahni ichmay iloji yo‘q. Bu mazasi 
achchiq qadahdan kim ichgan bo‘lsa, mast xolda yo‘qlik ko‘chasiga yo‘l oladi. Mast bo‘lib, o‘zini bilmay 
yo‘l yuradi; ketganidan keyin undan hech qanday xabar kelmaydi. Bu maydan odamlar birin-birin yo‘q 
bo‘lishadi. Vaqt o‘tishi bilan bizga ham navbat kelib qoladi.
Ey vohki, umr jaholat bilan o‘tti. O‘lim vaqti yetganda xijolat bo‘lib qoldim. Yashab, umrimni nuqul 
uyquda o‘tkazdim. Endi uyg‘onib qarasam, shorn bo‘lib qolibdi. Ish qilish kerak bo‘lgan vaqtda 
qilmadim, ish qilib bo‘lmaydigan kunlar kelishini tushunmadim. Tiriklikda yiqqarf-terganim ketdi. Endi 
o‘zimni o‘ldirsam ham foydasi yo‘q. Ish qilish kunlarida yo‘ldan adashib, ish qo‘limdan ketgach, ogoh 
bo‘ldim. Vaqt kam qoldi, yo‘l uzun, may esa achchiq, juda ham, juda ham qattiq ahvolda qoldim. Agar 
menga Xudo o‘zi rahm qilmasa, mening ahvolimga voy, yuz marta voy!
Xudo o‘zi umrning kunlarini bo‘lib qo‘ygan; uning har bir fursati bir ishga mo‘ljallangan. O‘n 
yoshgacha odam oyog‘i boyloq, g‘aflatda bo‘ladi; yigirmagacha umr bilimsizlik, mastlik bilan o‘tadi. 
O‘ttiz bilan qirqning orasi xursandchilik davridir. Afsuski, menga bu ham harom bo‘ldi. Ellikka kirganda 
kishi taraqqiy topmasa, oltmishga yetganda uning ishi tanazzuldan iborat. Etmishgacha kishi oyoq ustida 
tura bilishi kerak; saksonda esa uning o‘ltirishi farzdir. To‘qsonga kirgandan keyin yiqilishi, yuzga 
to‘lgandan so‘ng jonni tark etishi kerak. Kishining maqsadi tabiiy yashash bo‘lsa, istak bildirib, hamma-
yoqqa borishi, ko‘rishi lozim.
Xudo o‘z rahmatiga olib, o‘lmasingdan kushoyish bersa, Navoiy, sen Nux umricha bo‘lsa ham tabiiy 
umrni ko‘zlama. Bunday umrdan yiroq bo‘lish yaxshi. Bu - umrmi? Undan o‘lim yaxshiroqdir...
Umr degani toat-ibodat, Tangri nimani buyurgan bo‘lsa, unga bo‘ysunishi uchun beriladi.
Toat va taqvo qancha yaxshi bo‘lsa, yigitlik damlari ham shunchalik dilkashdir.
Yigit kishi qancha aysh va erkalik qilsa yaxshi ko‘rinadi. Boq - u namoz o‘qiyotganda qanday 
(chiroyli) ko‘rinadi!
Agar yer yuzi unga qaddini xam qilib, unga bosh egsa, unga tan bersa, kimning yigitlikda boshi tik 
ekan, buni ko‘rib, unga qancha bosh egsa ozdir.
Qari odam-chi, bo‘shashib, boshini quyi solar ekan, uni qo‘l bilan tik qilish qiyin.
Boshni o‘zi beixtiyor yerga tushar ekan, sajda qilish uning ixtiyoridami?
Qarining qaddida bukilish yuz berar ekan, u ruku’ga ketishdan boshqa nima qila olishi mumkin?!
Bilki, toat uni yashartirishi mumkin. Notavon qari buni qilolmasa, nima’ qilsin?! Lekin bu 
muvaffaqiyatga bog‘liq bo‘lib, kimgadir haqiqatni aniqlash uchun bir bahonadir.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish