Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
89
ichayotgan idishini tortib olib, tagida qolgan bir qultumini ichib yuborardi. Tagida qolgan may 
quyqasidan bir yutum tegmay qolsa, o‘sha zahoti musibat yuz berardi.
U ko‘p tavba qilar, lekin tavbasini sindirar, ko‘nglini tavba qilishdan tindirgan ham bo‘lardi.
Tavba qilishda bunday nuqsonlarga yoi qo‘yishi oshkor bo‘lgach esa, endi tavba qilganidan 
pushaymon bo‘lardi.
Bir kuni ertalab (kecha) ichganidan beqaror bo‘lib turgan edi, mehribonlik eshigidan kushoyish yuz 
berdi. Hotif (g‘oyibdan) ovoz qilib: «Ey maxmadona, endi tavba qil, buning vaqti keldi! Sen 
so‘raganingda bizga (yuqoridan) rizolik bo‘lmagan edi. Rozilik bo‘lmaganidan so‘ng qazo hukmi ham 
bo‘lmaydi. Biz tomonimizdan (yana) talab qo‘yilgan edi. Endi yaqinroq kelki, xursandchilik pallasi yuz 
berdi».
Rind ichiga shavq nuri tushib, tanasiga ko‘zyoshlari shavq girdobidek ta’sir ko‘rsatdi. Shundan keyin 
uning ulushi xuzur va safo bo‘lib, tavba esa uning ko‘ngliga nur hamda xursandchilik sola boshladi.
Yillar davomida nimalarni tilab, yolborgan bo‘lsa, bir damda barchasiga musharraf bo‘ldi.
Tavbaga qarab o‘zi yuz o‘girgan edi, tavbasi shisha kabi shikast topdi.
Shu ravishda Haq uni tavbaga maxram etib, Iskandar devoridek maxkam ham qildi.
Tavba o‘zingdan yuzaga kelgan bo‘lsa, ancha sust bo‘lib, Allohdan kelgan tavba esa shunday 
mustaxkam bo‘lgusidir.
Gunohlar Navoiyni ham ko‘p qayg‘uga solib, tashvishlantirdi. Ey Xudo, o‘zing tavba qildirib, 
qabulini ham o‘zing amalga oshirgaysen!
Ey soqiy, qadahni keltir-da, tez bizga tut! Ahdning boshini va tavbaning oyog‘ini sindir! Uzr aytsam, 
yiqitib, tomog‘imga quy, lekin quyganda ham ko‘kragimning ustiga chiqib turib quy!
 
 
LII
O‘N OLTINChI MAQOLAT
 
 
Xunasasifat oliftalarning dunyo zeb-ziynati, deb xiylakorlik ko‘rsatishlari va jonfido 
muhabbat egalarining dindan quvvat olib, boshni tik tutib yurishlari; g‘azavot maydonining kengligi 
vasfidakim, mard bilan nomardning shu yerda bir-biridan farqi ko‘rinadi; shahidlik qoni 
ta’rifidakim, bu gunoh tutunidan yuzi qora bo‘lganlarning yuzini qizil qiladi 
U shundayki, o‘zini juda botir ko‘rsatib,’otini shijoat maydonida ilgari suradi, hatto Rustamni ham 
nazariga ilmaydi.
U o‘zini shunday katta tutadiki, go‘yo uning boshidan osmongacha bo‘lgan masofa to‘rt enlikday. 
Oti yo‘rg‘alab borarkan, uning gavdasi tog‘day bo‘lib ko‘rinadi; uni minib yo‘l bosayotgan egasi 
qoplonga o‘xshaydi. Kibr uning xalq bilan muomalasini yuzaki qilib qo‘ygan, u zulm cho‘qqisida xuddi 
qoplondek o‘ltiradi. Qoplon singari it go‘shti bilan ovqatlanadi; uning takabburligidan kibr shamoli 
esadi.
U achchig‘i chiqib, qoshini chimirganidan pastkash osmon toqini sindirguday bo‘ladi. Kibrdan 
qoshining hamma tomonidan chimirilgan, kallasidan esa boshqacha bir shaytonlik joy olgan. Uning ikki 
qulog‘ida zirak osilib turganday, har bir qoshining uchidagi chimirilishdan uning manmanligi ko‘rinib 
turadi.
Bular hammasi uni hurmat qilishga majbur etadi, lekin - bu hurmat emas, bid’at va haromdir. Halqasi 
ko‘cha iti bo‘ynidagi tasmani qochiradi; uni xalqa dema, la’nat tavqi de. Zulmda uning Zaxxokka 
o‘xshashligi bilinib turadi; yelkasida esa ikki ilon xalqa bo‘lib yotibdi. U o‘zining shariatga xilofligini 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish