Adashgan nerv uyqu uchburchagi
yuqori qismida ichki uyqu
arteriyasi va ichki bo'yinturuq venasi oralig‘ida yotadi. Pastda esa umu-
miy uyqu arteriyasi boiinish joyidagi yog‘ kletkachali tutqichda
joylashgan. Uchburchak sohasidan yuqori hiqildoq nervi, depressor
nerv va yuqori yurak nervlari o ‘tadi.
UYQU UCHBURCHAGINING YOSHGA BOG‘LIQ
HOLDAGI 0 ‘ZGARISHLARI
Uyqu uchburchagining asosiy qismi teri osti mushagi bilan
yopilgan
b o iib , uning ostida bo'yinning ikkinchi fassiyasi joy-
lashgan. Uning yuzasida oldi va tashqi bo ‘yinturuq venalarining
boshlanish qismi va bo‘yin nerv chigali shoxlari yotadi. Shu
fassiya kesib ochilsa, ichki bo ‘yinturuq venasi va umumiy uyqu
arteriyasini ko‘rish mumkin.
Shu joy tom irlar tutamining oldingi — tashqi yuzasida o ‘ziga
xos nerv halqasi yotadi. Ushbu halqa II — III bo ‘yin nervlari
shoxlari til osti nervining pastga tushuvchi shoxi bilan o ‘zaro
anastomozlaridan iboratdir.
Bolalarda ichki bo‘yinturuq venasi yuzaroq joylashgan bo‘lib,
uyqu arteriyasini topishga to'sqinlik qilib turadi.
Uning diametri
5 — 10 mm bo‘Iib, u bosh miyadan va kalla bo ‘shlig‘idan qon
olib chiquvchi asosiy vena tomiri hisoblanadi. Uyqu uchburchagi
sohasida ichki bo'yinturuq venasiga umumiy yuz venasi kelib
quyiladi, shu sohada limfa tugunlari joylashgan.
Ichki bo'yinturuq venasidan ichkari hamda chuqurroqdan
umumiy uyqu arteriyasi o'tadi.
Uni topish uchun umumiy yuz
venasini kesib bog‘lab, ichki bo‘yinturuq venani chetga surish
kerak.
Qalqonsimon tog‘ay yuqori qirrasida umumiy uyqu arteriya-
si ikkiga (bifurkatsiya) — tashqi va ichki uyqu arteriyalariga ajra-
ladi. Shu joyda bir oz ko‘tarilgan bo‘lib, u ;karotoid (uyqu) si-
nusi deb ataladi. Bu sohadagi retseptorlar m uhim ahamiyatga
ega, ular nafas va qon aylanishini gumoral boshqarishda ishtirok
etadi.
Tashqi va ichki uyqu arteriyalar joylashuvi doimiy emas,
ular yoshga qarab o ‘zgarib boradi. Ko‘pincha tashqi uyqu arteri-
yasi
oldinroqda b o isa , ichki uyqu arteriyasi orqaroqda va chet-
roqda (lateral) — tashqariroqda joylashadi. Arteriya va venalar
orasida umumiy qin ichida adashgan nerv tolalari yotadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tom irlar qini ichki tomonida
bo'yinning beshinchi fassiyasi ostida
simpatik nerv tizimining
bo‘yin qismi joylashgan. U ning ikkita (yuqori va pastki) tuguni
mavjud. Yuqori simpatik tuguni II — III, ayrim holda IV b o ‘yin
umurtqalari ko‘ndalang o ‘simtalari to ‘g‘risida joylashgan. Pastki
sim patik nerv tuguni esa VII b o ‘yin umurtqasi ko‘ndalang
o'simtasi to ‘g‘risida joylashgan. Agar ichki bo‘yinturuq venasi va
umumiy uyqu arteriyasi yon tom ondan siljitilsa,
shu nerv tu-
gunlarini oson topish mumkin.
Bo‘yin sim patik nerv tugunlari b o ‘yin nerv chigali va
adashgan nerv tarmoqlari bilan keng anastom ozlar hosil qiladi
va yurak hamda ko‘krak qafasining boshqa a'zolarini, bosh va bo‘yin
sohasi a ’zolarini innervatsiya qilishda ishtirok etadi. Bu
anastom ozlami bilish vagosimpatik novokainli blokada qilishda
muhim ahamiyatga ega. Og‘riqsizlantiruvchi modda (novokain)
ni bo'yinning IV va V fassiyalari orasiga yuborish yaxshi samara
beradi.
BO‘YIN YON SOHASI - REGIO COLLI LATERALIS
Bu soha oldindan to‘sh - o‘mrov - so‘rg‘ichsimon mushagi,
orqadan trapetsiyasimon mushak, pastdan esa o ‘mrov suyagi bilan
chegaralangan. Bu sohada umurtqalaming ko‘ndalang o‘simtalari va
pulsatsiya berib turuvchi o ‘mrov osti arteriyasini
paypaslab topish
mumkin. Bo‘yin yon sohasining terisi yupqa va harakatchan bo‘ladi.
Bu sohani yuza fassiya keng qamrab olib, uning tarkibida m.plarusma
tolalari mavjud bo‘ladi. Fassiya osti yog‘ kletchatkasida n. n.
supraclaviculares bo‘lib, ular shu soha terisini innervatsiya qiladi.
Tashqi bo‘yinturuq venasi to ‘sh - o ‘mrov - so‘rg‘ichsimon
mushakning o‘rta uchdan bir qismida yuqoridan pastga va tashqariga
qiyshiq kesib o ‘tib, bo‘yin yon sohasiga chiqadi. Shu joyda m u-
shakning orqa cheti b o ‘ylab davom etib, fassiya ostidan o ‘mrov
osti venasiga qo'shiladi.
Bo‘yin xususiy fassiyasi shu sohani chegaralab turgan
mushaklardan boshlanib, o‘mrovning oldingi yuzasi tomon o ‘tadi.
Bo'yinning uchinchi fassiyasini o ‘rab
turgan mushaklar bilan
birga bo‘yin yon burchagining pastki — ichki qism-larigagina
tarqalgan bo‘ladi (27-rasm).
M. omohyoideus yordamida kurak - o‘mrov uchburchagi hosil
bo‘ladi. Fassiyalar ostida orqadan umurtqa oldi fassiyasini qoplab
www.ziyouz.com kutubxonasi
27-rasm. Bolalarda bo'yinning yon uchburchagi:
Do'stlaringiz bilan baham: