HIQILDOQNING YOSHGA BOG‘LIQ
HOLDAGI 0 ‘ZGARISHLARI
1. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda hiqildoqning uzunligi 1,5 sm,
aylanasining kengligi 1,6 sm bo‘lib, u kattalardagiga nisbatan biroz
yuqoriroqda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Bolalarda tomoqni
ko'zdan kechiiganimizda kichik tilcha juda yaxshi ko‘rinib turadi.
Ularda hiqildoq voronkasimon keng, asosi yuqoriga qaragan holda
bo‘ladi.
2. Yosh bolalarda hiqildoq tog‘aylari juda yupqa, elastik bo‘lib,
oson torayib, kengayishi mumkin. Qalqonsimon tog‘ay chekka
plastinkalari o'zaro ponasimon tog‘ay orqali birikkan bo‘lib, keyingi
tog‘ay kattalarda bo‘lmaydi.
3. Bolalarda hiqildoqning kirish qismi ovalsimon
shaklda va
kattalamikidan qisqaroqdir. U ning o ‘rta qismi yuqori va pastki
qism laridan yetarli rivojlanmagan burm achalar bilan ajralib
turadi. Hiqildoqning pastki qismi kattalam ikidan farq qilmaydi.
Bola ulg‘aya borishi bilan hiqildoqning joylashuvi ham o'zgarib
boradi. Bola maktab yoshiga yetgach, hiqildoq bir umurtqa keng-
ligida pastga tushadi. Uning uzunligi va kengligi ham orta boradi,
voronkasimon shakli ham o'zgarib, silindrsimon shaklni oladi.
4. Qalqonsimon - til osti membranasi juda kuchsiz rivojlangan.
U juda yupqa bo‘lib, qalqonsimon tog‘ayning yuqori qirrasiga
yaqin
joylashgan. Bolalarda tovush boylamlari juda yaxshi rivojlangan bo‘lib,
deyarli tovush yorig‘i uzunligiga teng.
5. Bolalarda hiqildoq mushaklari yaxshi rivojlanmagan. Bola ulg‘aya
borgan sari soxta va chin tovush boylamlari yo‘g‘onlashib borib,
ular qalinligida mushak tolalari paydo bo‘la boradi. Cho‘michsi-
mon-kichik tilcha va qalqonsimon-kichik tilcha mushaklari paydo
bo‘ladi.Maktab yoshiga yetganda barcha mushaklar shakllanib bo'ladi.
6. Hiqildoqqa kirish qismi asta-sekin chuqurlashib, tovush yorig'i
5 — 6 yoshga yetganda (go'daklik davri oxirida) 9 — 10 mm, 7
yoshda 12,5 mm, 13 yoshda 14 mm ga yetib, uning kengligi ham shu
tariqa ortib boradi (5mm, 6mm, 8mm, lOmm).
102
www.ziyouz.com kutubxonasi
Traxeya hiqildoqning davomi hisoblanib, tog‘ayli 6 — 8 yarim
halqalardan iborat.
Tog‘ayli halqalar orqa qismida bir-biriga ulanmaganligi sa-
babli yarim halqalar hisoblanadi. Shu joy silliq m ushak va
biriktiruvchi t'o‘qima bilan to ‘lgan.
Traxeya orqa tom oni bilan qizilo‘ngachga yopishib turadi,
amm o yengil ajraladi. Traxeyaning bo‘yin (yuqori)
qismi VI
bo‘yin va II — III ko‘krak umurtqalari ro‘parasida bo‘lib, oldindan
uni qalqonsimon bez bo‘yinchasi yopib turadi. Biroz pastroqda
vena qon tomiri chigali yotsa, yon tom onidan yuqorida qalqon-
simon bez bo‘laklari, pastida umumiy uyqu arteriyasi yotadi.
Traxeyaning bo‘yin qismi pastki qalqonsimon arteriya shoxlari
orqali qon bilan ta'm inlanadi. Limfa suyuqlig‘i aw al traxeya oldi
limfa tugunlariga quyilib, keyin bo‘yin chuqur limfa tugunlariga
o ‘tadi.
Traxeyaning b o ‘yin sohasi adashgan nervdan chiqadigan
orqaga qaytuvchi nerv va simpatik nerv tolalari orqali inner-
vatsiyalanadi.
TRAXEYANING YOSHGA BOG‘LIQ
HOLDAGI 0 ‘ZGARISHLARI
1. Bolalarda traxeya (kekirdak) kattalamikiga nisbatan biroz
yuqoriroqda joylashgan, ya’ni uning b o ‘yin
qismi chegarasi III
— IV bo‘yin umurtqalarining ro‘parasiga to ‘g‘ri kelsa, pastki
chegarasi 1 ko'krak umurtqasi oldida yotadi va uzunligi 35 mm ni
tashkil etadi. Traxeya bo‘yin qismiga 8 — 11 tog‘ayli yarim halqalar
to‘g‘ri kelib, ular nozik, yupqa va yumshoq tuzilishga ega.
2. Bolalarda ham traxeya voronkasimon tuzilishga ega b o iib ,
uning yuqori qismining diametri 10 mm, o ‘rta qismining diametri
8 mm ga to ‘g‘ri keladi. Traxeya vertikal holda joylashgan b o iib ,
uning 2 — 4 yarim halqalar to ‘g‘risida yoki o ‘nga yoki chapga
surilgan, hatto S-simon shaklda b o iish i kuzatilgan.
Traxeyaning oldingi yuzasida ayrisimonbezjoylashgan. Chaqa-
loqlarda uning kattaligi qalqonsimon bez kattaligiga teng keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Traxeya bo‘yin qismining ikki yonida qalqonsimon bez bo‘lak-
lari joylashgan. Uning pastki qismi yelka —
bosh venasi hamda
aorta yoyi bilan yopilgan. Bola ulg‘aya boigan sari traxeya uzunasiga
va ko‘ndalangiga kattalashib boradi: 1 yoshda uning diametri 10
mm, 3 yoshda 12 mm, 7 yoshda 14 mm va
16—17 yoshda esa
kattalamikiga tenglashadi (17 mm).
Yoshga bogiiq holda traxeyaning joylashuvi ham o ‘zgarib
boradi: bola 11 — 12 oyligida uning yuqori chegarasi IV bo‘yin
umurtqalari ro‘parasiga to ‘g‘ri kelsa, 3 yoshligida V — VI bo‘yin
umurtqalari qarshisiga, 7 yoshda VI — VII bo‘yin
umurtqalari
oldida yotadi.
QALQONSIMON BEZ - GLANDULA THYREOIDEA
Bu bez katta ichki sekretsiya bezlaridan hisoblanib, ikkita yon
bo'lagi va ulam i bog‘lab turuvchi bo‘yin qismidan iborat. Yuza
(ustki) qismi bo‘yin to'rtinchi fassiyasining pariyetal qavati bi-
lan o ‘ralgan. Fassiyalar orasida yetarli tarzda yog‘
kletchatkasi
bo‘lib, u qon tomirlariga juda boy. Bez bo‘yinchasi bilan hiqildoq
tog‘aylari orasida fassiya ancha qalinlashib, alohida boylamlar hosil
qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: