O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/76
Sana25.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#581173
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
Bosh va bo\'yin topografik anatomiyasi (B.Salohiddinov, T.Muhammadov, 2003)

1. 0 ‘rta boylam. 
Bo‘yinning o ‘rta chizig‘ida joylashgan bo‘lib, 
uzuksimon tog‘aydan bez bo‘ynigacha davom etadi.
2. Yon boylamlar. 
Ular bez bo'laklaridan boshlanib, qalqon- 
simon va uzuksimon tog‘aylaigacha davom etadi. Operatsiyalar 
vaqtida bu boylamlami e'tiborga olish lozim.
Bez bo'yinchasini pastga siljitish uchun uni mahkamlab turgan 
boylamni kesish zamr.
Bez oldida to ‘sh - til osti, to ‘sh - qalqonsimon, kurak - til 
osti mushaklari yotadi. Yon va orqa tom ondan umumiy uyqu 
arteriyasi va ichki bo‘yinturuq venalari o ‘tadi. Bezning o ‘zi traxeya, 
hiqildoq va chap tom ondan qizilo‘ngachni yopib turadi.
Qalqonsimon bez asosan qon bilan bir juft arteriyalar orqali 
ta'minlanadi. Yuqori qalqonsimon arteriya tash-qi uyqu arteriyasi- 
dan chiqib, bezning yuqori qismlarini qon bilan ta'minlaydi. Pastki 
qalqonsimon arteriya — o‘mrov osti arteriyasi shoxidan chiqqan 
qalqonsimon bo‘yin tomir stvolidan boshlanib, bezning orqa so- 
halarini qon bilan ta'minlaydi. Bez venalari venoz to‘r hosil qilib,
104
www.ziyouz.com kutubxonasi


qalqonsimon bez ustki va ostki venalariga qon berib, undan chap 
yelka — bosh vena stvoliga quyiladi. Limfa suyuqlig‘i bezning yuqori 
qism laridan b o ‘yinning asosiy to m irlari tu ta m ig a , pastki 
qismlaridan — traxeya oldi limfa tugunlariga quyiladi. Qalqonsimon 
bezning simpatik nerv tolalari, hiqildoqning yuqori nervi hamda 
orqaga qaytuvchi nervlar orqali innervatsiyalanadi.
QALQONSIMON BEZ OLDI 
BEZLARI - GLANDULAE PARATHYREOIDEUS
Bu bezlar tariq donidek kattalikdagi to ‘rt dona epitelial ta- 
nachalardan iborat bo‘lib, qalqonsimon bez oldida joylashgan va 
bo‘yin fassiyasining pariyetal qavatiga birikkan. Yuqori bir juft 
tanachalar uzuksimon tog‘aycha balandligida qizilo‘ngach ustida 
joylashgan. Pastki bir jufit tanachalar qalqonsimon bez pastki 
qirrasidan 1 — 1,5 sm yuqoriroqda traxeyaning yonida joylash- 
gan. Ayrim hollarda bu bezlar qalqonsimon bez xususiy kapsula- 
si ostida, hatto bez parenxemasi ichida joylashgan bo ‘lishi ham 
mumkin.
QALQONSIMON BEZ VA QALQONSIMON 
OLDI BEZLARINING YOSHGA BOG‘LIQ 
HOLDA O'ZGARISHLARI
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qalqonsimon bez hajmi 3 g ni 
tashkil qilib, keyinchalik u kattalasha borib, kattalarnikiga 
tenglashadi. Yosh bolalarda uning bez bo‘yinchasi yordamida 
birikkan chap va o ‘ng boMaklardan tashqari yuqori tom on 
yo‘nalgan piram idasim on qismi bo ‘lishi m umkin. Bolalarda 
qalqonsimon bezning yuqori chegarasi II bo‘yin umurtqasi, pastki 
chegarasi V II b o ‘yin um urtqasi qarshisiga t o ‘g ‘ri keladi. 
Qalqonsimon bez joylashishiga ko‘ra traxeya va hiqildoqlaming bir 
qismini yopib turadi. Bolalarda traxeostomiya operatsiyasini o ‘tka- 
zish lozim bo'lganda uni biroz pastroqdan amalga oshirish kerak.
Qalqonsimon bez bolalarda ham tashqarida alohida kapsula 
bilan o ‘ralgan. Uning tashqi qavati qon tomirlariga boy bo‘lsa, 
ichki qavati shoxlanib, bez ichiga kirib boradi va uni ko‘plab 
mayda bo‘laklaiga bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalarda ham qalqonsimon bez qon bilan ustki va pastki 
qalqonsimon arteriyalar orqali ta'm inlansa, shu nomli vena qon 
tomirlari bezdan qonni yig'ib ketadi. Qalqonsimon bez venalari 
ayrisimon bez venalari bilan aloqador bo‘lgani uchun pastki 
traxeostomiya qilishda u hisobga olinadi. Bola o ‘sib borishi bilan 
qalqonsimon bez ham o ‘sib, kattalashib biroz pastga tushadi.
Qalqonsimon bez oldi bezi 2 — 12 ta gacha, asosan 4 ta 
mayda tanachalardan iborat bo ‘lib, ko‘proq qalqonsimon bez 
orqa bo‘lagi oldida joylashgan. Ulaming uzunligi 3 mm, kengli- 
gi 1,5 — 2 mm bo‘lib, deyarli barcha hollarda kapsulaga o ‘ralgan 
(introkapsulyar) bo'ladi. Operatsiyalar vaqtida ulami ayrisimon 
bez yoki limfa tugunlari bilan almashtirib, xatolikka yo‘l qo‘yish 
mumkin. Bola o ‘sa borishi bilan bu bez ham kattalashib boradi.
HALQUM - PHARYNX
Halqum yuqoridan kalla asosiga taqalib turadi. Pastda VI bo‘yin 
umurtqasi to‘g‘risida qizilo‘ngachga o‘tadi. Uning yon va orqa de- 
vori uch juft mushaklar (m.m. constrictor pharyngis superior, 
medius et inferior) dan tashkil topgan. U oldinda yuqoridan 
pastga borib bum n yo‘llari, yumshoq tanglay, tom oq va hiqildoq 
bilan aloqa qiladi.
Halqumning uch qismi tafovut qilinadi:
LBurun - halqum , u gumbazdan qattiq tanglaygacha davom 
etib, yon devoriga Yevstaxiy nayi ochiladi.
2 .0 g ‘iz qismi til osti suyagigacha davom etadi.
3.H iqildoq qism i (hypopharynx) halqum ning q izilo‘n- 
gachgacha bo‘lgan qismidir.
Halqumning hiqildoqqa kirish qismida, cho‘michsimon-tilcha 
burmasi va halqum yon devori orasida noksimon chuqurcha mavjud. 
Bu chuqurcha tubida shilliq qavat burmalari orasidan yuqori hiqil- 
doq nervining tarmoqlari o ‘tadi.
H alqum ni qon bilan a.a pharyngea ascendens, palatina 
ascendens et descendens hamda a.a. thyreoidea superior et inferior 
kabi qon tomirlari ta ’minlaydi. Bu sohadagi limfa suyuqlig‘i 
bo‘yinning chuqur limfa tugunlariga yig‘iladi.
Halqum adashgan nerv, til-halqum nervi va simpatik nerv 
tarmoqlari orqali innervatsiyalanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


H alqum devoriga lim foid to 'q im a to 'p lam i — Pirogov — 
Valdeyr halqasi yopishib turadi. U shbu halqani quyidagi bezlar 
tashkil qiladi:

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish