O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Ichki bo‘yinturuq venasi (v. jugularis interna)



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/76
Sana25.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#581173
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
Bog'liq
Bosh va bo\'yin topografik anatomiyasi (B.Salohiddinov, T.Muhammadov, 2003)

Ichki bo‘yinturuq venasi (v. jugularis interna). 
U um umiy 
uyqu arteriyasi tashqarisidan bir oz oldinda joylashgan. Bu vena 
S-sim on venoz sinusining davomi bo ‘lib, b o ‘yinturuq teshigi 
orqali kalla b o ‘shlig‘ini tark etib, biroz kengaygan joy hosil 
qiladi. Uning ikkinchi bor kengayishi o ‘mrov osti venasi bilan 
qo'shilgan joyga to ‘g‘ri keladi. Vena tomiri bo ‘yin fassiyalari bilan 
birlashib ketganligi uchun, shikastlanib butunligi buzilganda 
o ‘z -o ‘zidan qisqarib yopilmaydi, bu o ‘z navbatida tom iiga havo 
so ‘rilishi, ya’ni havo emboliyasini keltirib chiqaradi.
Ichki bo'yinturuq venaning tashqarisida shu nomdagi limfa 
yo‘li yotadi.U nda unga tegishli b o ‘lgan ko‘plab limfa tugunlari 
joylashgan.
Adashgan nerv (n. vagus). 
U kalla bo‘shlig‘idan bo'yinturuq 
venasi bilan biiga shu nomli teshik orqali tashqariga chiqadi. Te- 
shikdan chiqish joyida yuqori, I — II bo‘yin umurtqalari to‘g‘ri- 
sida esa pastki nerv chigalini hosil qilishda ishtirok etadi. Adashgan 
nerv bo‘yin sohasida umumiy uyqu arteriyasi va bo‘yinturuq venasi 
orasida, ulardan biroz orqaroqda joylashgan. Adashgan nervdan 
ichki a'zolaiga juda ko‘p shoxlar ajralib chiqadi. Nervning eng 
katta shoxlari hiqildoq hamda orqaga qaytuvchi nervlar hisoblanadi. 
Hiqildoq nervi duksimon (urchuqsimon) nerv tugunidan bosh- 
lanib, hiqildoqqa boradi. Orqaga qaytuvchi nerv esa o ‘mrov osti 
arteriyasini pastdan va orqadan aylanib o ‘tib sulcus tracheo- 
oesophageus orqali hiqildoq tom on o ‘tadi va o'zidan traxeyaga, 
qizilo‘ngachga shoxlar beradi. Uning oxirgi shoxlari hiqildoq 
mushaklari va shilliq pardasini tovush boylam laridan pastki 
qismlaigacha innervatsiya qiladi.
Bo'yin nerv-tomir tutami ortida, umurtqalaming ko‘ndalang 
o‘simtalari bo‘ylab, umurtqa oldi fassiyasiga o‘ralgan holda simpa- 
tik nerv stvoli (truncus sumpathicus cervicalis) joylashgan. Nerv 
stvolining uchta tuguni bor (yuqori, o ‘rta va pastki). Pastki nerv
www.ziyouz.com kutubxonasi


tuguni birinchi ko‘krak nervi tuguni bilan qo‘shilib ketgan. Ushbu 
nerv stvolidan ichki a ’zolarga ko‘plab nerv tarmoqlari ketgan. 
Bundan tashqari, adashgan nervga, diafragma va til-halqum ne- 
rviga bog'lanuvchi shoxlari ham ajraladi. Har bir nerv tugunidan 
alohida shoxlar ajralib, ular ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi va yurak- 
nerv chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
Uyqu uchburchagi — ikki qorinli mushakning orqa qorincha- 
si, ko‘krak-til osti va to ‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklar 
orasida hosil bo‘ladi. Shu soha terisi ostida bo‘yinning yuza va xususiy 
fassiyalari yotadi. Bo‘yinning uchinchi fassiyasi uchburchak soha- 
siga kelib yo‘qoladi. T o‘rtinchi fassiyasi esa nerv-tomir tutamini 
o ‘rab turadi (26-rasm).
Umumiy uyqu arteriyasi V bo‘yin umurtqasi to‘g‘risida ikkiga: 
tashqi va ichki uyqu arteriyalariga ajraladi. Ichki uyqu arteriyasi 
(a. carotis intem a) tashqi uyqu arteriyasi orqasida yotib, bo‘yin 
sohasiga hech qanday tarm oq bermaydi. U yuqoriga ko‘tarilib, 
kalla asosiga tom on yo‘nalib, uyqu kanali (canalis caroticus) 
orqali kalla bo‘shlig‘iga kiradi va bosh miyani qon bilan ta'minlaydi.
Tashqi uyqu arteriyasi (a. carotis extem a) o ‘zidan mayda 
tarfnoqlar ajratib, jag‘ orti bo‘shlig‘i sohasiga borib quyidagi 
shoxlami beradi:
1. Yuqori qalqonsimon arteriya (a. thyreoidea superior). U pastga 
va ichkariga borib qalqonsimon bez yuqori qismini qon bilan 
ta'm inlaydi.
2. Til arteriyasi (a. lingualis). U ikki qorinli va til osti - til 
mushaklari ostidan o ‘tib tilga boradi va uni qon bilan ta ’minlay- 
di.
3. Yuz arteriyasi (a. facialis). U jag‘ osti sohasidan o ‘tib, yuz 
sohasiga tarqaladi.
4. Ensa arteriyasi (a. occipitalis). U ensasohasini qon bilan 
ta'minlaydi.
5. Bir nechta mayda shoxlar: a. pharyngea ascendens, a. 
auricularis posterior, a. stem ocloeidom astoidea tarqalib, o ‘ziga 
tegishli sohalami qon bilan ta'm inlaydi.
Bu arteriyalami tashqaridan ichki bo ‘yinturuq venasi, shu 
sohada unga quyiladigan yuz venasi, yuqori qalqonsimon va til 
venalari yopib turadi. Bu venalarning o ‘zaro anastomozlari ko‘p 
bo‘lib, operatsiyalar vaqtida umumiy uyqu arteriyasining bo‘li- 
nish joyiga kirib borishga qiyinchilik tug'diradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 1 3 12

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish