Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

amalga oshirishga
harakat qildi2. O 'z she’riy ham da faJsafiy- 
nasihat mazmunidagi suhbat-m ushohadalarida u fuqarolik ju r’ati va 
publitsistik ehtirosi bilan qozoq jam iyatining féodal patriarxal asoslarini 
ochib tashladi, xalqni ma’rifatga, yangi ilg‘or hayot tarziga d a’vat etdi.
Abay xalqning siyosiy. iqtisodiy va madaniy qoloqligi ko‘chm anchi 
hayot tarzi bilan, qoloq ishlab chiqarish usuli bilan b o g liq ekanligini 
yaxshi tushunar edi. U o ‘z xalqini vahshiyona urf-odatlardan, jaholatdan
1 Алтынсарин И. Избранные произведения. Алма-Ата: АН К азС С Р, 1957,
с-34.
2 Абай. Стихотворения и поэмы. М-Л.: 1966. с-8.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qutqarish uchun ko‘p ishlar qildi. Abay ijodidagi sobitqadamiik shundan 
iborat ediki, u o ‘z nazmiy so‘zi vositasida «mavjud tuzum ni o'zgartirish 
zarurligini vatandoshlari ongiga yetkazishga*1 intilardi Shoiming ko‘pgina 
she’rlarida xalqiga « 0 ‘jarlik qilm a, ey mening qaysar xalqim, mening 
so'zJarim ning to ‘g‘ri m azm unini uqib olgini Ey qozoqlarim! Kambag'al 
xalqim mening. Sening ko'rinishing yomon emas, soning ham ko'p. Ayt- 
chl, nega buncha yuzlaring aldam chi?*2.
O lz xalqiga bo'igan ishonch m a ’rifat, bilim va ilmu madaniyat 
jihatidan ancha ustun xalqlar bilan yaqinlashish kuchiga ishonch Abay 
ijodining negizini tashkil qiladi. Uning she’riy va publitsistik merosi 
vatandoshlari boshidan kechirayotgan qiyinchiliklami nozik tushunish, 
bilim , m a’rifat orqali hayotni qayta qurishning yaxshi yo‘llarini izlash 
tom irlaridir. Zam ondoshlarining o g 'ir hayotiga va ular tortayotgan iqti- 
sodiy qiyinchiliklarga sherik b o ‘lish, shubhasiz, Abay singari buyuk shaxslar 
ijodida barq urib turadi.
A srlar marrasida yashab o ‘tgan shoir Sultonmahmud T o ‘rayg‘irovning 
sh e’riy ijodida ham yuitdoshlari hayotiga nisbatan yangicha fikrlar va 
qarashlar bayon etilgan. U ning ijodiy taijimayi holi «Ayqap» jum ali bilan 
uzviy bog‘langan. Boshqa m a ’rifatpaivarlar qatori u ham m a’rifat 
qozoqlam i «og'ir uyqu*dan uyg‘o ta oüshiga ishongan. Ijodkor xo‘jalikning 
m uayyan tuzilishini, insonning tabiat ustidan hukmdorligini ham xalqning 
m a’rifatlilik darajasi bilan bog‘Iaydi.
Ijodining ilk davrida shoir «Intiqom payti qachon kelajak», «Boylik» 
va hokazo nazmiy asarlar yaratib, ularda atrof dunyoni falsafiy tafakkur 
qilish bilan biiga kambag‘alning jamiyatdagi ahvolini tushuntirishga ham 
harakat qiladi. «Bechora kam bag‘al boyga ishlovchi xo‘kiz bo‘lish uchun 
dunyoga kelganmi? Koriga yarashi uchun xo‘jayin ho‘kizlarini boqishi 
kerak emasmi axir? Shundoq ham kambag‘allami o ‘lmasdan beriroq 
ahvolda saqlaydilar. Ulam ing hayoti muhtojlikka to ia . Agar ho‘kiz ishlab 
holdan toygan bo‘lsa, o 'z holiga kelishi uchun uni o'tloqqa qo4yib 
yuboradilar, kambag‘al to ‘g‘risida kim jo n kuydiradi?»3.
Zam onaviy nazariyalar nuqtai nazaridan aytish mumkinki, S. 
T o ‘rayg‘irov qozoqlarning og‘ir va adolatsiz moddiy hayotîni she’riy ijodda 
aks ettirgan dastlabki grajdan shoirlardan edi. 0 ‘z asarlarida u aholining 
m oddiy hayotiga urg‘u berib, oddiy va ayni bir paytda m uhim masalalarga 
e ’tibom i qaratdi. Ishlasa ham hech vaqoga ega boim aydiganlar nigohi 
bilan vaziyatga boqdi, mazlum siitf tom onini olib, qozoq ovulidagi ijtimoiy 
m unosabatlarni birinchi bo'lib keng va chuqur tanqid ostiga oldi.
O iim , jam oat arbobi Alixan Bukeyxonov birinchilardan bo'lib qozoq 
publitsistikasida statistik m a’lum otlarni tahlil qilish usul va uslublarini 
qo'lladi. Oksford universiteti qoshidagi 0 ‘rta Osiyoni o ‘rganish jamiyati
1 О ^Ь а тап Ь а, 30-Ьс1.
2
Торайгыров С. М. Стихи и поэм ы . Алма-Ата: 1989, 32-36-с.
3 Букейхан А , Ба>пурсын А , Дулатон М. Рыскулов Т. Оксфорд, Англия.
Репринт, серия №5.
www.ziyouz.com kutubxonasi


olimlari qaydlarining to ‘plami guvohlik beradiki, A. Bukeyxonov tarixchi, 
iqtisodchi, folklorchi bo'lgan. U qozoq eposi va folklorini ilmiy nuqtayi 
nazardan tahiil qildi, dastlabki olim bo'lish bilan bir qatorda o ‘z xalqining 
hayoti, turmushi, an’analari, m adaniyatini tadqiq etish, xalq og‘zaki ijodi 
namunalarini yig‘ish va o'rganish bilan ham shug‘ullandi.

A.Bukeyxonov faol publitsist edi. Birgina «Qozoq* gazetasi sahi-
falarida uning 250 dan ziyod m aqola, taqriz va ilmiy tadqiqotlari e ’lon 
qilingan. Olimning o ‘n yilga yaqin um ri va faoliyati ikkita ekspeditsiya 
tarkibida amalga oshirilgan ishlar bilan bog'liq bo‘ldi. U lardan biri F. 
Shcherbin rahbarligida Semipalatinsk viloyatining Qarqara, Pavlodar, Ust- 
Kamenogorsk, Semipalatinsk uezdlarida va Akmola viloyatining Omsk 
uezdida ish olib boidi.
C ho‘l olkasining iqtisodiy-xo‘jalik tuzilishini, xalqning madaniyati, 
turmushi, an ’analari va urf-odatlarini har tom onlam a tadqiq etishi uning 
publitsistikasiga faktik negiz bo‘lib xizmat qildi, xo‘jaliklarni ro ‘yxatga olish 
esa o ‘rganilgan materiallami yig'ish, qayta ishlash, tartibga solish hamda 
nashrga tayyorlash jarayonida m uhim maktab vazifasini o ‘tadi.
Sibir tem ir yo‘Ii bo‘yidagi Chelyabinskdan Toshkentgacha bo‘lgan 
hududlarni statistik iqtisodiy jihatdan o ‘rgangan boshqa ekspeditsiya 
tarkibida esa A. Bukeyxanov qozoq xo’jaliklarini ro‘yxatga oldi. Qo'ychilik 
to ‘g*risidagi batafsil monografiyasidan tashqari u G 4arbiy Qozog'istondagi 
yirik qoramolchilik va yilqichilik haqida ocherklar yozdi. Tadqiqotchi 
olimning asari Tomskda «Sibir tem ir yo'li hududlarini iqtisodiy o ‘rganishga 
doir materiatlar»1 degan umumiy nom ostida nashr etildi.
A.Bukeyxonovning «Sug‘oriladigan qirg‘iz yerlarining begonalash- 
tirilishi», «Cho‘l o ‘lka qa’ridagi rus qarorgohlari* va boshqa yirik asarlari 
Sankt-Peterburgda 1906-yildan nashr etib kelinayotgan «Сибирские 
вопросы» jum alida e ’lon qilindi. Biroq olim umrining kattagina qismi 
qozoq xalqining o'troq hayotiga o ‘tishi masalasida m a’lum (sovet maf- 
kurachilari tom onidan «burjuacha milliy» deb nomlangan) nuqtayi nazarda 
turgan «Qozoq» gazetasidagi ish bilan band bo'ldi.
Publitsist murakkab m uam m oni tahiil etarkan, eng m uhim i, uni hal 
qilish yo'lini ham taklif qiladi. Dehqonchilikka o ‘tish oson em as, bunda 
xalqning tabiiy o'ziga xosliklarini va ruhiy tayyorgarligini hisobga olish 
lozim-gazeta g'oyalarini qo‘llab-quw atlovchi qozoq jam oat arboblari shu 
nuqtayi nazarda edilar.
A. 
Bukeyxanov aholini ko'chirib keltirib, mustamlaka qilish muam- 
mosini har tomonlama o'rganib chiqqach. «Сибирские вопросы» 
jurnalida bir necha yirik maqolalar e'lo n qildi. Publitsist q o ‘rg‘onlar, 
ekinzorlar, o ‘tloqlar bilan birga qirg‘izlarning eng yaxshi quduqlari tortib 
olinayotgan, oqibatda esa, suv manbayisiz qolayotgan c h o ‘lni butun 
qiymatidan mahi-um qilayotgan am aldorlar xatti-harakatlarining haqiqiy 
mohiyatini ochib, har bir uezdning batafsil tavsiflni beradi.
1 Сеитон Э. Алихан Буксйхан — основоположник казахского краеведения.
II ж. Ай. -1995, № 4, с-31-35.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XX 
asr 
Maxtor Umarxonovicb 
Avezov ijodi bilan nishonlandi. Qozoq 
adabiyoti bu mumtoz vakilining 20-yillardag¡ aksariyat asarían qozoq xalqining 
patriarxal féodal o'tmishini fosh qilishga bag'ishlangan. Yozuvchining 
asarlarida aks etgan voqelik, obrazlilik, estetik ta ’sir vazifalari bilan bir qatorda 
xalqning xo'jalik munosabatlari, turmushi va axloqining real manzarasidan 
guvohlik bera oladi. Buning ustiga M-Avezov ijodiy yo'lining boshlanishi yirik 
tarixiy o ‘zgarishlar, ijtimoiy siljishlar, (ub iqtisodiy qayta qurishlar, bir 
tuzum dan ikkinchi tuzumga o ‘tish davriga to‘g‘ri keldi.
Yozuvchi ko'plab voqealarga bevosita guvoh bo'ladi. Bu esa uning 
asarlaridagi badiiy olamni shakllantirishga ta ’sir ko'rsatadi, biroq ijodkor 
bir q a to r ilk asarlariga fuqarolik ohangini, publitsistik ruh, siyosiy baholash 
m azm unini bogiadiki, shu bois taqiblarga duchor bo'lganligi m a’lum. 
U ning «Himoyasizlar taqdiri», «Yetim*, «Barimta», «Kim aybdor?* va 
boshqa hikoyalari inqilobdan ilgarigi qozoq ovulining ijtimoiy-iqtisodiy 
m unosabatlari mohiyatiga chuqur kirib borilganligini xarakteriaydi.
M . Avezov qayd qilgan ko'plab ma’lumotlar yerga egalik, nikoh va 
hokazo sohalardagi oddiy qozoq huquqi, dafn marosimlari, to'y. 
urf- 
odatlari, qozoq taqvimiga oid bilim lar, kosmogonik tushunchalar bilan 
bog'liq. Arxiv va e ’ion qilingan m a ’lumotlami to ‘g‘ridan-to‘g‘ri voqealar 
joyidagi shaxsiy kuzatuv m ateriallari bilan uyg'unlashtirish, bevosita 
o ‘tm ish guvohlari yoki ulam ing avlodlaridan olingan so‘rov m a’lumotlari 
M. Avezovga tarixiy faktlami taqqoslash, hujjatlilikni badiiy va publitsistik 
nasr asosiga q o ‘yish imkonini berdi.
Yozuvchining ilk ijodida ko‘rsatib berilgan xalqning murakkab va 
rang-barang hayoti o‘ta nobarqaror, jo ‘n ekstensiv chorvachilik xo‘jaligi 
manzarasida davom etadi. Shu munosabat bilan muallifning ko‘chm anchi 
chorvador xo'jaügi iqtisodiyoti bilan bog'Uq ko‘p!ab qiziqarli kuzatishlari, 
maishiy detallar tavsifi uchraydi. M asalan, joydan-joyga ko‘chish lavhalari, 
m uom ala va m ehnat ko‘nikm alari jarayonida axloq, turm ush, odam lar 
hulqining aniq detallará shunday kuzatishlar jumlasidandir.
«D ovonda uzilgan o ‘q*, «O g'ir yil* qissalari va boshqa ilk asarlarida 
kapitalizm ning rivojlanishi, patriarxal-feodal munosabatlaming o ‘ziga xos 
yashovchanlik sharoitida milliy tadbirkorlikning shakllanish jarayoni o ‘z 
aksni topdi. Binobarin, m uallif Yettisuvning yirik savdo markazi bo'lgan 
Q arqara yarmarkasini shunday tavsiflab beradi: «Muhim ahamiyatga ega 
joy. D unyoning turli tom onlaridan keladigan to‘qqizta yo‘1 bir tugunda 
birlashadigan bu yerga Volgadan tortib Irtish daryosígacha bo'lgan rus 
shaharlarining savdogarlari, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkentdan va 
hatto Tatariston hamdà g'uljadan tujjorlar kelishadi. Nimalarnidir olib 
kelishib, nim alarnidir olib ketishadi. Mana uch oydirki, Qarqarada katta 
savdo-sotiq avjida va yana uch oy ana shunday davom etadi. 0 ‘lkaning 
vodiysi chet-chetlarigacha to ‘lib-toshib ketgandek, lekin tovarlar tog‘lardan 
oqib tushayotgan bahorgi dolg‘ali oqimlar yanglig4 bu yerga kechayu 
kunduz oqib kelmoqda*1.
1 Ауэзов М. О. Собрание соч. т. 1, Алма-Ата: «Жазушы», с-216.
306
www.ziyouz.com kutubxonasi


M.Avezovning badiiy va publitsistik merosi Qozog‘iston publitsis- 
tikasida rivoj topgan kuzatuvchanlik va uning voqea detallarini berishda 
ifodalanishi; so‘rov usutida to'plangan faktlarga asoslangan tahlillar; hozirgi 
davr jarayonlarini teran tafakkur qilish singari original usullar m anbayi 
bo‘lib xizmat qildi.
1917-yildan keyingi matbuot o'ynagan rol tadqiqotchilari «sosializm 
qurilishi»ning istisnosiz barcha jabhalarida hukm surgan o ‘ta yuksak 
ko‘tarinkilikni qayd qiladilar. Bu davr m atbuoti o ‘quvchilar e ’tiborini bosh 
sarlavhalar bilan toitishga intiluvchi shiom om a matbuot nam unasidir. 
Masaian, Vemiyda (sobiq Olmaota) chiqadigan «Заря свободы» gazetasi 
Yettisuv dehqonlarini «kim ekin ekm asa, o ‘ziga va butun xalqqa dush- 
mandir», degan bolsheviklarcha shior ostida ko'klamgi ekish kam pa- 
niyasiga taklif qiladi1.
1918-yilning birinchi yarmida qozoq tilida gazetalaming yangicha turi 
tashkil etila boshladi. To‘rg‘ay o'Ikasida «Qazaq muni» («Qozoq o ‘ylari»), 
Aqmolada «Tirishilik» («Tirikchilik») gazetalari chiqa boshladi. M a’Iumki, 
ularda A. Jangildin va S. Seyfullin singari taniqli arboblar m aqolalarini 
e ’lon qilib bordilar.
20—30-yillarda «kollektîvlashtirish» foydasiga taig'ibot ishlari nihoyat- 
da keng k o ia m kasb etdi. «Советская степ» (hozirgi «Казахстанская 
правда») «Kolxoz qurilishi frontlarida» rukilini ochib, unda «Quloq va 
boyga hujum ni kuchaytiramiz!», «Boylar va jinoyatchilarni quvib solaylik!», 
«Quloq va boylarning yaxshilab adabini berayük!», «Quioq va boylar ustiga 
hujumga!», «Quloqlar*va o'ng og‘m achilarga qarshi kurashni b ir daqiqa 
ham bo'shashtirmaylik!» va hokazo chaqiriq sarlavhalar ostida materialfar 
e’ion qilib turdi2. Chala savod aholiga qaratilgan bunday om m aviy d a ’vat 
ko‘plab mavjud muammoiami tezda va unclia ham o ‘ylab o ‘tirm asdan hal 
qilib yuborish maqsadini ko'zlardi.
20—30-yillar matbuotida qishloq xo'jaligi mavzuyi ustun edi, biroq 
asta-sekin o'ikaning sanoat bilan bog‘liq kelajagini m uhokam a qilishga 
o'tila boshlanganligi kuzatildi. «Sovetskaya step» gazetasi 1926-yilda e ’ion 
qilgan «QozogMstonni tadqiq eiish» maqolasi mohiyat e ’tibori bilan 
respublikaning boy konlarini o ‘zlashtirish, qayta ishlovchi yirik korxonaiar 
qurish jarayonini yoritishning boshlanishi bo‘ldi3. 1937-yildayoq m am - 
lakatda 120 ta yangi korxona, shu jum ladan Qarag‘andadagi yangi ko‘mir 
koni, Ridder polimetall kombinati, C him kent qo‘rg‘oshin zavodi, O qto‘ba 
kimyo kombinati va boshqa korxonaiar ishlab turganligi shundan dalo- 
latdir. «Казахская правда» gazetasi muxbirining og‘ir sanoat xalq ko- 
missari o ‘rinbosari A Serebryakov bilan suhbatini e ’ion qilar ekan, unda 
ulkan mamlakatning sanoat sohasidagi «kelajagi porloq» ekanligini ta'k id - 
lagan edi4.
1 Имашеп С. Избранные труды. Алма-Ата: «Казахстан», 1985. с-54.
2 Это нашей истории строки. Астана: Елорда: 1999, с-24.
3 «Советская степь», 1926, 14-июнь.
4 «Казахская правда». 1937, 11-фепраль.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu davrda vaqtli m illiy matbuot qozoq yozuvini birxillashtirish 
nuqtayi nazaridan o ‘tkazilgan tajribalar laboratoriyasiga aylandi. Bu sohada 
dastlab arab imlosidan lotin alifbosiga, keyin esa midan kirill imlosiga 
o'tilganligi rus yozuviga yaqinlashuv singari tarixan o 'z in i oqlagan ijobiy 
jih atlar bilan birga milliy jurnalistikaning o ‘ziga xosligi va betakrorligi 
singari bir qator a n ’analam ing boy berilishiga olib keldi.
Taraqqiy etib borayotgan axborot jarayonida shunga muvofiq ravishda 
m atbuot organlarida tashviqot—targ‘ibot ishlarini professional ravishda olib 
borishga qodir jum ahst kadrlarga ehtiyoj tug'ildi. Davriy m atbuot uchun 
xodim lam i tayyorlashga kirishgan dastlabki o ‘quv yurtlaridan biri Qozoq 
jum alistika instituti-Q JI b o ‘lib, u butun qozoq jum alizm i maktabining 
rivojlanishi uchun asos xizm atini o 'ta d i1.
Ikkinchi jahon urushi boshlanganligi va ham m a narsa harbiy 
ehtiyojlarga safarbar qilinganligi munosabati bilan ko‘pgina gazeta va 
jurnallarning nashr etilishi to ‘xtatildi. «Казахская правда», «Sotsialistik 
Qozog'iston» singari respublika gazetalari, «Прииртош ская правда», 
«Экспенди», «Sovettik Q arag'anda», «Болшевик Алтая» kabi viloyat 
gayptabrigina chiqib turdi. Bu gazetalaming jum alistlar jam oalari xalq 
xo‘ja!igining favqulodda sharoitdagi muammolarini yoritib borishni o ‘z 
zimmalariga oldilar.
Urushdan keyin Q ozog'iston jumaüstikasi, ayniqsa, qozoq tilidagi 
nashrlarning qayta oyoqqa turishi uzoq davom etdi. Tahririyatlar qaytadan 
tashkil etilib, kadrlar tayyorlandi, lekin endi ko‘p jihatdan prinsipial 
ravishda boshqa m atbuot shakllanayotgan edi.
Qayta qurish davrigacha b o ‘lgan yillarga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
jarayonlar matbuotda faqat hukm ron paitiya mafkuraviy yo'liga mos 
kelish-kelmasligi nuqtayi nazaridan yoritilgan davr sifatida qaralishi lozim. 
M arkaziy apparatning vazifasi «turli iqtisodiy strukturalar ishini markaz- 
lashtirish»gina boMmasdan, m am lakat mintaqalari iqtisodiyotini rivojla- 
nishning yuqoridan belgilangan maromida ushlab turishdan ham iborat edi. 
Binobarin, ma’lumki, Q ozog'istonga xomashyo yetkazib beruvchi mintaqa 
sifatidagina qaralib, tugal ishlab chiqarish jarayonlari haqidagi gaplar esa 
faqat rejalardagina ovoza qitinardi.
Qozog‘istonning 60—70-yillar boshidagi matbuoti uchun aksariyat 
dolzarb mavzulami ochib berishda andozabozlik, xarakterlami, korxonalar, 
sex, brigadalar jam oalarining hayotini ko‘rsatishda biryoqlamalik, «asr 
qurilishlari»ni yoritishda haddan tashqari bo'rttirishlar-tasvirlanayotgan 
obyekt ahamiyati, k o ia m i va qiymatini o ‘ta kuchaytirib ko‘rsatish; 
iqtisodiyotning qaysi sohasi haqida gap borayotganligidan qat’i nazar, 
m ateriallarni bir-biriga ju d a o ‘xshash qilib qo‘yadigan bir qolipdagi til 
imkoniyatlaridan foydalanish kabi xususiyatlar xos bo‘lib qolaverdi. Masa- 
lan, ijodiy jum alistik niyat ko‘plncha mehnatda eng yaxshi ko'rsatkichlarga 
erishish uchun olib borilayotgan sotsialistik musobaqani to'liq yoritish
1 Козыибасв C.K. М астодонт отечественной журналистики. Алматы: 
КаэГУ. 2000, с-13-15.
www.ziyouz.com kutubxonasi


nuqtayi nazaridan baholanardi. Jamoaning serqirra hayoti qachondir qabul 
qilingan majburiyatlami bajarish yoki shu m arraga erishish uchun 
«kurashwian iborat qilib ko'rsatiiardi. «Iqtisodîyot» bo'lim ida bir xil 
materiallaming e ’ion qilib turilishi davriy m atbuotni kam axborot tasliiy- 
digan va o ‘quvchilaming rang-barang talablarini qondirish nuqtayi 
nazaridan jozibasiz bir ahvolga keltirib qo'ygan edi.
Shunday bo'lsa-da, Qozog'iston jurnalistikasining qayta qurish va 
oshkoralik e’ion qilingandan keyingi rivojlanishi m atbuotning ko‘pgina 
ijodiy jihatlari va prinsiplari o ‘z dolzarbligini saqlab qolganligini va 
respublikada maqbul mustaqil matbuotning keng tarm og‘i vujudga kelishiga 
asos bo‘lib xizmat qilganligini ko'rsatdi.

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish