tezligi 300000
kmg. sek. ekanligini hisobga olsak, nim a uchun ekranda bir
nuqtani emas, balki butun kadmi ko‘rayotganimiz tushunarli bo'ladi - nur
ekranning yorug'lik qaytaruvchi qoplamasi ustida ju d a katta tezlik*bilan
harakat qiladi. Yorug* nuqtalar bir-biriga q o ‘shilib, ko‘rinuvchi tasvirni
butunicha beradi.
B.
Rozing trubkasida katod nun — elektronlarning yo‘naltirilgan
oqimi asosiy xizmatni bajarar edi. Mazkur nur b o ‘lg‘usi tasviming go‘yo
elektron ifodasini o'zida aks ettiradi. Tasvirni fotoeflfekt yordamida suratga
olish yorug'lik signaliarini original talab qilgan jadallik va m e’yorda elektr
signallariga aylantirish imkonini beradi. 0 ‘zgartirilgan va shu yo'sinda
aw aldan programmalashtirilgan elektronlar oqim i (y a’ni, elektron nur)
masofaga uzatilar va katod trubkasida yana yorug‘lik energiyasiga
aylantirilar (ya’ni, chetki devorda aks etar) edi.
Bizning davrgacha deyarli o ‘zgarishsiz etib kelgan Rozing usuli
elektron televidenie zamonaviy tizimining asosini tashkil etadi. Shu tariqa
Rozing 1911-yil 9-m ayda tarixda birinchi marta tasvirni masofaga uzatdi.
Katod trubkasimng yon tomonida panjara tasviri-ikkita gorizontal va ikkita
vertikal chiziq paydo bo'ldi. Texnik vositalar va m ablag4 yetishmasligi ishni
ildamlashtirishga imkon bermadi. Shunday bo‘lsa-da, Rozing o ‘z kashfiyoti
uchun «18076 raqamli imtiyoz»ni oldi.
Amerikada m untazam radioeshittirishlar 1920-yildan, prezidentlik
saylovlari haqida «Key-Di-Key-Ey» radiostansiyasining efiiga reportaj
uzatishi bilan boshlandi.
1922-yilning noyabrida ingliz radiosining m untazam eshittirishlari
yo'lga qo‘yildi. Uni ingliz radioeshittirish kompaniyasi olib bordi. Mazkur
kompaniya 1927-yili Bi-Bi-Si deb o'zgartirildi va shu m ashhur nom bilan
m ana 70-yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
1922-yilda Rossiyada bolsheviklaming bosh gazetasi—«ripa&aa»da
«Ovozli kinematograf va rus ixtirochisi* nomli m aqola bosilib, unda rus
muhandisi V. I. Kovalenkoning simlar hamda radio orqali tasvirni uzata
oladigan asbob yaratganligi qayd etib o'tilgan edi. «Davlat tajribaviy
elektrotexnika institutininng radio bo'limida tasvirni masofaga uzatish
bo‘yicha ish olib borilayapti», deb xabar berdi 1925-yilning 9-yanvarida
«Известия» gazetasi. Radio jamiyati ham SSSRda birinchi «radiokinema-
tograf»ni ochishni moljallayotganidan xabardor qildi. Yekaterinburgning
«Уралские рабочий», Tiflisning «Заря востока», Toshkentning «Правда
востока» gazetalari ham televidenie xususida m aqolalar berdilar. «Рабочая
газета» 1925-yi! ¡6-dekabrda rus fiziklarmmg 5-qurultoyida L. S. Termen
«Uzoq masofada ko‘rish» mavzusida nutq so‘z!adi va ekranda harakat-
lanayotgan jonli q o ‘l tasvirini namoyish etdi»1, degan m a’lumotni keltirdi.
1 Юрожкий АЯ. Телспиаение - поиски и решения. 2-каш ри, М.: «Искусспю»,
1983,с-24 - 25.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rozing ham o ‘z izlanishlarini davom ettirarkan, 1922-yili takom il-
lashtirilgan ixtitosi-«radioteleskop» uchun davlat patcntini okli. 1926-yil-
da esa «Elektroskopiya (masofada ko'rish). Yaqin oradagi vazifalar va
yutuqlar» no m li ishini hamda «Uzoqni ko‘rish borasidagi eng yangi
yutuqlar» nom li ilm iy maqolasini chop etdi. Bunda televizion uzatish-
qabul qilish yo'lining prinsipial texnik chizmalari o ‘z ifodasini topgan va
rivojftntirilgan edi. M uallif ommaviy axborot vositalarining, xususan, o'sha
davrda «erishib b o ‘lmaydigan ijtimoiy aloqa* deb atatgan televideniening
porloq kel^jagini ko'rsatib berdi. Albatta, erishib bo'lmaslik deganda,
Rozing m asofa uzoqtigini nazarda tutgan edi. Lekin keyinchalik, ko‘r-
satuvlar olib borish mumkin bo'lgan masofaning uzayib borishi natijasida,
«erishib b o ‘lmasIik*ni zamonaviy tam addun m e’yoiiari va moddiy boyiik
jihatidan tushunish jo iz bo'lib qoldi.
Ko‘p tad qiqotchilar Toshkentni elektron televideniening vatani
sifatida tilga olishadi. Lekin bu ham m a tadqiqotchilar orasida ta n olingan
yagotia fikr em as. Masalan, arm an olimlari «oq-qora va rangli televi-
deniening asoschisi O.A. Adamyandir»1, degan fikmi olg‘a suradilar.
Rtvojlangan m am lakatlarda boshqa nuqtayi nazarlar ham bor. Shu bilan
bir qatorda, nufuzli mutaxassislarning ilmiy ishlari, jum ladan, televizion
jumalistika sohasidagi yetakchi olim A.Ya. Yurovskiy tadqiqotlari ham
Toshkentni yagona b o 4lmasa-da, elektron televideniening vatanlaridan bin
deb hisoblashga asos beradi. X o'sh, bu qachon va qay tarzda sodir boigan
edi?
T oshkentdagi ilk televizion uzatuvchi va qabul qiluvchi moslama XX
asming 20-yillarida 0 ‘rta Osiyo Davlat universitetining fizika fakultetida
Ioyihalashtirilgan b o 'lib , uni ilmiy xodim Boris Grabovskiy amalga oshirdi.
Fuqarolar urushi paytida qizil armiya safida xizmatni o'tab bo'lgach,
Grabovskiy T oshkentga kelib qolib, Rozingning ishlari bilan qiziqadi va
Ivan Belyanskiy bilan hamkorlikda Rozing tasvirlagan apparatni yaratishga
harakat qiladi. Barcha qiyinchiliklarga, zarur materiallar tanqisligiga
qaram asdan, G rabovskiy bu murakkab texnik masalani yechishga muvaflaq
bo‘ladi. U yasagan televizion ekran guguit qutisiday kattalikda edi. Hovlida
tuigan bir odam o ‘z bosh kiyimini yechar va kiyar, buni esa xonada
qo‘yilgan teleekran oldida o'tirgan odam lar yaqqol ko‘rib o ‘tirar edilar.
Dunyodagi e n g birinchi elektron televidenie ko'rsatuvlaridan biri shu
tarzda nam oyish qilindi.
Albatta, bu ko‘rsatuv hali ovozsiz, xira bo‘lsa-da, Grabovskiy Rozing
tom onidan q o ‘yilgan bosh masulani, ya’ni teletasvir, telesignallarni
uzatishning elektron tizimini yaratish masalasini hal qila olgandi va bu
katta yutuq edi. O 'z tadqiqot ishlari davomida Grabovskiy Leningradga
(hozirgi Sankt-P eterburg) borib, B. Rozing bilan uchrashadi, u esa ham -
kasbining m eh n atin i ma'qullaydi va qo llab-quwatlaydi. Shunday qilib,
1928-yil 30-iyunda Grabovskiy va Belanskiylarga 5592-raqamli patent
beriladi, unga inuvofiq «1925-yil noyabrda havola etilgan elektroteles-
kopiya apparati» ro ‘yxatdan o'tadi.
1 Тонмасян A.K. И з истории теленнаення и фототелеграфа. Ереван, 1971.
314
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eiektron televidenie texnikasi ko‘pgina m urakkab moslama va
konstruksiyalardan tashkil topganligidan G rabovskiy ixtirosi keng tarqal-
madi, shu bois yakka ixtirochilar, ular qanchalik iqtidorli bo'lishmasin,
butun bir televidenie tizimini yaratishga qodir boMolmadilar. Bunday ishni
nafaqat zarur mutaxassislarga, balki, shuningdek, yetarii uskunalar, m ab-
lag'larga ega bo4lgan ilmiy markazlargina amalga oshirishlari mumkin edi.
Наг holda shu iste’dodli ixtirochilar tufayli m azkur sohadagi faoliyat
professional asosda yo'lga qo‘yildi. 1930-yiIda B utunittifoq elektrotexnika
instituti tizim ida yangi laboratoriya-televidenie iaboratoriyasi ochilib, u
Rozingning shogirdi professor P.V. Shmakov rahbarligi ostida ish boshladi.
Konstruktorlar oldiga Nipkov aylanasi bilan uzatuvchi va qabul qiluvchi
moslama yaratish masalasi qo'yikii va shu tarzda m exanik televideniening
tajribaviy nam unalari dunyoga keldi. Ularda b ir kadr 30 qatorga bo'lingan
holda, tasvir va ovoz esa alohida-alohida uzatilardi. Shu bois har bir
televizor ikkita-biri radio uchun, ikkinchisi q o ‘shim cha televizion moslama
uchun mo‘Jjallangan qabul qilgichlarga ega edi.
1931-yil 30-aprelda «Правда» gazetasi «Ertaga Sovet Ittifoqida
birinchi marotaba radio orqali tajribaviy televidenie (uzoqni ko‘rish)
ko'rsatuvi bo‘lib o ‘tadi. Butunittifoq elektronika institutining (Moskva)
RVEY-I qisqa to'lqinli uzatuvchisi orqali 56, 6 m etrli to'lqinda jonli inson
yuzi va fotosurat namoyish etiladi», degan xabar bilan chiqdi.
1931-yil 1-oktabrda Moskvada m untazam tajribaviy teleko'rsatuvlar
boshlandi, ulam i Smolensk, Leningrad, Kiev, Odessa, Xarkov, Nijniy
Novgorod, Tomsk radiokonstruktorlari qabul qiüshlari mumkin edi. M osk-
vaning o'zida texnik havaskorlar tom onidan o 'ttiz d a n ortiq televizorlar
yaratildi. Sanoatda ularni ishlab chiqarish hali yo‘lga q o ‘yilmagan bo‘lsa-
da, havaskorlarga shunday apparat yasash im konini beradigan detallar,
masalan, Nipkov aylanasi chiqarilgan edi.
Leningrad, Odessa radioeshittirish stansiyalari ham o ‘z joylarida
ko'rsatuvlar olib borishgan. «Правда» gazetasi 1932-yil 15-aprelda o ‘z
mushtariylariga Leningraddagi «Komintern» korxonasi 20 donadan iborat
ilk televizorlar turkum ini Ishlab chiqarishga kirishganligi haqida xabar
qildi. 1933-yildan 1936-yilgacha ekrani 3x4 sm bo'lgan «B-2* rusumdagi
mahalliy televizorlardan 30. 000 tasi iste’molga chiqarildi.
Bir vaqtning o'zida boshqa mamlakatlarda ham televidenie rivojlanib
bordi. Rozing ishini davom ettirayotgan shogirdlaridan biri S. I. Kitayev
1931-yili yangi, kuchliroq uzatuvchi trubka yaratdi. «Иконоскоп» nomini
olgan bu moslamaning yangiligi televizor ekranining kattalashtirilganida
edi. Shu yilning o'zida Rozingning boshqa shogirdi, AQSHda yashovchi
V.K.Zvorokin ham xuddi shunday apparatni yaratib, patentlashtirdi.
Shu bilan birga, televidenie kashfiyotchilari qatorida AQSHlik
F.Fam suort, angliyalik K. Svinton va L. Berdlar ham tilga olinadi.
1931-yilda Parijda birinchi marta tasvimi masofaga uzatish amalga
oshirildi. Bu voqea milliy konservatoriya va oliy elektrotexnika o ‘quv
yurtida bo'lib o ‘tdi. 1932-yili Fransiyada tajribaviy telestudiya ochildi.
1935-yili esa Eyfel minorasidan muntazam ko'rsatuvlar uzatîla boshlandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1933-yiIi P. V. Shm akov va P. V. Timofeyev yangi uzatuvchi trubka
yaratdilar. Sezuvchanligi jihatdan ikonoskopdan ustun turganligi bois u
«superikonoskop» n o m in i oldi.
1934-yil 15-noyabrda mexanik televideniening muntazam ko'rsatuv-
lari boshlandi. U la r efirga yarim kechadan keyin, halal beruvchi shovqinlar
kam bo'lgan paytda nam oyish etilardi. Bu davr televizorlari 6 x 9 sm
ekranli bo‘lib, b a rch a zarur detallari va uskunalari sobiq Sovet Ittifoqida
ishlab chiqarilgan.
1925-yildan Y aponiyaning «En-Eych-Key* axborot uzatuvchi korpo-
rasiyasi m untazam radioeshittirishlar olib borishga kirishdi. 30-yillarning
o'rtalarida u yerda tajribaviy teleko‘rsatuvlar yo‘lga qo'yildi. 1935-yili
Berlindagi im oratlam ing birida televizor o 'm atilib, xohlovchilar tele-
ko'rsatuvlarrii q o ‘rishlari mumkin bo'lgan. 1936-yilning yanvaridan boshlab
esa Berlin televideniesi muntazam ish boshladi. Shu yilning avgust oyida
Olimpiya o ‘yinlarining ochilish marosimi olib ko‘rsatildi. 1937-yil may
oyida Angliyada studiyadan tashqarida birinchi teleko'rsatuv bo’lib o ‘tdi.
1935-yili sobiq Sovet Ittifoqi televideniesi tarixida yangi bosqich
boshlandi-Leningradda Butunittifoq televidenie ilmiy-tadqiqot instituti
tashkil qilindi. U zatuvchi-qabul qiluvchi apparatlar texnikasining rivoj-
lanishi mexanik televidenieni elektron televideniega almashtirishga olib
keldi. 1936-yil o k tab r oyida Moskvaning Shabolovka mavzesidagi taniqli va
hozirgacha ishlab kelayotgan 150 metrli teieminoraning qurilishi boshlandi.
Shu yilning noyabrida esa Angliya radioeshittirish korporatsiyasi-Bi-Bi-Si
0
‘zining m untazam televizion ko‘rsatuvlarini boshladi.
1938-yil m art oyida Moskvada ommaviy foydalanish joylarida 100 ta
televizor o ‘rnatildi. Shu yili Leningraddagi Kozinskiy nomli zavodda 200
ta «TK-1* om m aviy televizori va 200 ta arzonlashtirilgan «TI-1» shaxsiy
televizorlari ishlab chiqarildi. 1939-yil 10-martda Shabolovkadagi telem i-
nora isliga tushirilgach, Moskvada elektron televideniening muntazam
ko‘rsatuvlari boshlandi.
Televizorlami ishlab chiqarish va texnik jihatdan takomillashtirish
davom etdi. 1940-yilda « I7 -T N -U va «17-TN-Z* rusumli televizorlar
ishlab chiqarila boshlandi. Ularda ekran kattaligi diagonal bo‘yicha 18 sm.
ga yetgandi. 0 ‘sha yiliyoq Amerikada prezidentlikka nomzod Franklin
Ruzveltning saylovoldi nutqlaridan iborat telereportaj olib berildi.
Ikkinchi- ja h o n urushi davrida deyarli barcha davlatlarda televidenie
rivojlanishi to 'x tab qoldi. 1946-yili AQSHda 6 ta telestansiya ish olib
bordi. Shu yili iyun oyida Angliyadagi Bi-Bi-Si korporatsiyasi o ‘z
faoliyatini qayta tikladi. 1945-yili Moskvada ko'rsatuvlar yana davom etdi.
1948-yilgacha to*rt davlat-Sovet Ittifoqi, AQSH, Angliya va Fransiyada
televidenie mavjud edi.
1949-yili Sovet Ittifoqida birinchi ko'chm a televizion stansiyaning
tashkil qilinishi televideniening texnik tarixida katta qadam bo’Idi. Shu
yilning o ‘zida ko‘rsatuvlar 625 satrda olib borila boshlandi, bu jiddiy yutuq
boMib, tasvir sifatini oshirishga imkon berdi. Shu yili Ittifoqda arzon KVN-
49 (qisqartma nom i ixtirochilari familiyalarining bosh harflaridan olingan:
Kenigson,
Varshavskiy,
Nikolaevskiy) rusumli televizorni ommaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
ravishda ishlab chiqarish yo’lga qo'yildi. 50-yillar Sovet Ittifoqining yirik
shaharlarida telemarkaz va uzatuvchi stansiyalar qurish davri bo'Idi. 1960-
yilga kelib 84 ta markaz ko'rsatuvlar olib borilar edi.
Bizni televideniening texnik rivojidan ko'ra uning om m aviy axborot
vositasi sifatida maydonga chiqishi ko'proq qiziqtirarkan, bu masalada eng
ishonchli ko'rsatkich-aholidagi televizorlar miqdoridir. 1950-yili ular soni
4. 000 ta edi. 1960-yilda sobiq Sovet Ittifoqida teletom oshabinlar soni tax-
minan bir millionga yetdi. Shundan xulosaga qilish m um kinki, bu davrga
kelib, televidenie sobiq Ittifoqda ommaviy axborot vositasiga ayiangan,
ya’ni jamiyatning ijtimoiy iiistituti mavqeyini egallagan edi.
1950-yili G FRda televidenie tashkil qilindi. 0 ‘sha vaqtdayoq hozirgi
yetakchi kompaniya-ARDga (bu nom «Ijtimoiy-huquqiy radiotelestan-
siyalar hamdo'stligi* degan m a ’noni bildiradi) asos solindi. 1950-yili
Fransiyadan Angliyaga havo mavjlari orqali birinchi teleko'rsatuv uzatildi.
1953-yilning boshida Yaponiyadagi En-Eych-Key radiotelevizion kompa-
niyasi muntazam ko'rsatuvlar olib bora boshladi. Shu yilning avgustida En-
Ti-Vi Yaponiya tijorat kompaniyasi (N ipon Televijn, ya’ni, Yapon tele-
vizion korporatsiyasi) birincha m arotaba efirga chiqdi.
] 954-yildan g’arbiy Yevropa mamlakatlarida ko'rsatuvlar ayirboshiash
yo'lga qo'yildi. 1959-yili AQSHdan g’arbiy Yevropa mamlakatlariga 8 ta
transatlantik kabel orqali birinchi teleko'rsatuv uzatildi. Agar oldingi
boblardan eslasangiz, telegraf, aksincha, g ’arbiy Yevropadan AQSHga olib
borilgan edi. Umuman, 50-yillarda Amerikada o'sish sur’ati nihoyatda
yuksakligi bilan ajralib turardi. 1954-yili bu erda 5 000 rangli televizor
mavjud bo'lsa, I960 yilga kelib, ularning soni 425 000 ga yetdi. 1960-yilda
turli mamlakatlarda 57, 3 million televizor mavjud edi, 1962-yilda ular
100 million donani tashkil qildi.
1951 -yilda g‘arb davlatlarida televidenie kinoni chetga surib qo'ydi.
50-yillar o'rtalarida AQSH kinokompaniyatari kinosanoatga qaraganda
televidenie uchun 10 barobar k o 'p filmlar suratga olishdi. 1954-yili tele
videnie uchun olingan Hollivud kinokompaniyalarining filmlari u yaratgan
umumiy mahsulotning 80 foizini tashkil etdi.
Rangli televidenie asoschilari A. M. Polumordvinov, A.O. Adamyan,
L. Berd, Yu.S. Volkov va boshqalardir. Sobiq Ittifoqda rangli televide-
niening muntazam ko'rsatuvlari 1967-yildan boshlandi. S un’iy yo'ldosh
orqali dastlabki ko'rsatuv esa 1965-yilda amalga oshirildi.
TeJevideuiedau farqli o'laroq uning salafi bo'lgan radio sobiq
Do'stlaringiz bilan baham: |