Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

X V III bob.
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASRNING 
BIRINCHI YARM1DA Q OZOG‘ISTON JURNALISTIKASI
Qozog‘istonda davriy matbuotning paydo b o ‘lishi va rivojlanishi XIX 
asr 70-yjllarining oxiri-80-yillarining boshiga t o ‘g‘ri keladi. Bu o ik a
Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin qozoq jam iyatining ijtimoiy va siyosiy 
hayotida tub o ‘zgarishlar yuz berayotgan davr edi. 0 ‘sha paytgacha 
Qozog‘iston patriarxal-feodal tartiblar va k o 'ch m an ch i xo'jalik yuritish 
usuli qaror topgan ovullardan iborat bo‘lib kelgandi. Kapitalistik taraqqiyot 
yo‘liga qadam q o ‘ygan Rossiya esa bundan keyingi xo'jalik va savdo-sotiq 
munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini faollik bilan izlayotgan edi.
Xo'jalik bobida va madaniy jihatdan an ch a ravnaq topgan Rossiya 
xomashyo zaxiralariga boy katta hududlami o ‘z ta ’sir doirasiga tortish va 
Qozog‘istonni o*z kapitalistik rivojlanishining xom ashyo yetkazib 
beradigan qo‘shimchasiga aylantira borish bilan bir paytdá bu qoloq 
diyorga madaniy darajasini ancha yuksaltirish, q o zo q xalqining demokratik 
madaniyatini o*stirish imkoniyatini berdi. Ayni shu davrda dastlabki qozoq 
bosma kitoblari, gazetalari paydo bo‘ldi.
Cho‘qon Valixonov, Abay Qo'nonboyev, Ibray Oltinsarin kabi buyuk 
qozoq ma’rifatparvar olimlari, Alixon Bukeyxonov, Ahmed Boytursunov, 
Muhamedjon Seralin va boshqalar singari birinchi professional publitsistlar 
hamda gazeta va jurnallaming muharrirlari faol ijtimoiy, ilmiy, adabiy- 
publitsistik ijodga kirib kelishdi. Qozoq va rus tillarida chiqa boshlagan 
dastlabki nashrlarda o ‘sha davrdagi hukm ron tabaqalar faoliyati shakl- 
lantirgan ijtimoiy fikr o ‘z aksini topardi.
Bu 
ochiqdan-ochiq 
mustamlakachilik 
siyosati 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasi jihatidan yangi «xoljalik*lardan bir necha pog‘ona 
pastda bo'lgan xalqni ezish va talashdan iborat edi. Rus tilidagi gazetalarga 
chor senzurasi tom onidan kuchli ta ’sir o ‘tkazib turilardi. Ilk davriy 
gazetalardan boMgan «Туркестанские ведомости» (1870) chor hukumati 
siyosatiga amal qilardi va u qat’iy jilovlab qo'yilgan edi. M a’muriyat 
matbuotdan odamlarga o*zi lozim topgan xabarlarni yetkazishda va 
hokimiyat nazdida qanday siyosatni q o llab -q u w atlash lari zarurligini 
tushuntirishda foydalanardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Gazetaiarda e ’lon qilinayotgan maqolalaming aksariyatini ko'ch- 
manchi chorvadorlar bilan yangi ko'chlb kelganlar o ‘rtasidagi savdo-sotiq 
munosabatlarining tahlili tashkil qilardi. Biriiiclii muxbirlar dashtda ishlab 
turgan yarm arkalam i m uqoyasa qilib, aholiiiing turli guruhlari o'rtasidagi 
ayirboshlashni ta q q o slar ekanlar, chorva mollari, te n , o ‘tin va boshqa 
tovarlar bilan savdo qilish hisobiga aylanma mablag'Iami ko'paytirish 
muammosini ko‘tarardilar.
G azetalar m aqolalarida Rossiyadan dehqonlam i ko‘chirib keltirish, 
qozoqlaming o 'tro q x o ‘jalik yuritishga o'tishi, dashtda savdo munosabat- 
larini rivojlantirish ■haqidagina xabar berib qolmasdan, puldan foydalanish 
evaziga ayirboshlashning yangi shakllari paydo bo‘layotganligi, tem ir 
yo'llar quriiishi boshlanayotganligi, hunarm andchilik ishlab chiqarishining 
yangi tarm oqlari vujudga kelayotganligi to ‘g‘risida ham ko‘p yozishardi. 
Geograf, etn o g raf va boshqa soha olimlarining notanish joylarga qizi- 
qishlari oshib borishi ko‘p jihatdan m atbuotning mazmunidagi sifat 
o ‘zgarishini taqozo qildi.
Jamiyatda yuz berayotgan yangiliklar tavsifiy maqolalami tobora siqib 
chiqara boshladi. U lam in g o ‘mini voqea-hodisalam i tahlil qilishga, fakt- 
larni sharhlashga, yangiliklam i qiziqarli tarzda taqdim etishga qaratiJgan 
jumalistika egallay bordi.
1870-yildan e ’tib o ran Toshkentda nashr etila boslilagan (birinclii soni 
qozoq tilida ch iq q an ) «Turkiston viloyati gazeti» va 1888— 1902-yiliarda 
Omskda chiqib tu rg an «Dala viloyati gazeti» dastlabki qozoq gazetalari 
hisoblanadi. T u rkiston o ‘lkasi m a’muriyati tom onidan nashr etiladigan bu 
ikkala gazetada m ahalliy hokimiyatning buyruq va farmonlari qozoq tilida 
chop etilardi. B u n d an tashqari, ularda tub yerli aholining hayoti, ishlab 
chiqarish faoliyati va turm ush tarzi to'g'risida ko'plab qimmatli xabarlar 
berib borilardi.
Milliy ongning o ‘sishi, o ‘ziga xos dasht madaniyati, xalq ijodkorligi 
yuksalishidan 
ib o rat 
m uhim tarixiy bosqichdan keyingina haqiqiy 
ma’nodagi milliy m atb u o t vujudga keldi va rivojlandi. 0 ‘sha yillarda rus, 
tatar, boshqird nashrlari foyda ko‘rish maqsadida qozoqlaming ilk adabiy 
asarlarini ko‘plab adadlarda chiqara boshladilar. Bu jarayonlar ijtimoiy 
fikrni uyg‘otib, yozm a adabiyot rivojlanishini jadallashtirdi. E.l. Ivan- 
chikova va S.S. Akashevaning «Qozog‘istonning inqilobdan ilgarigi davriy 
matbuoti» («До револю тиионная периодическая печать Казахстана») 
nomii bibliografik ko'rsatkichida 1917-yilga qadar Qozogliston hududida, 
shu jum ladan, O renburg, Omsk, Toshkentda chiqib turgan yuzdan ziyod 
gazeta, jum al nom lari keltirilgan.
Orenburgda nashr etilgan «Qozoq» gazetasi (1905—1913) birinchi 
umummilliy gazeta o'laroq butun xalq e’tirofini qozonib, ovuldan-ovulga 
qo‘lma-qo‘l o!ib o ‘qilardi. Ahmed Boytursunov deyarii gazetaning butun 
faoliyati davomida uning doimiy muharriri bo‘lib turdi. Anciv hujjatlarida Urol 
viloyati haibiy gubem atorining xati saqlangan bo‘lib, unda gazeta dasturi 
batafsil bayon qilinadi: «1905-yil 9-dekabrdagi sirkular farmoyishga binoan, 
qirg‘iz Mustafo 0 ‘rozovich Ahmedovga qirg‘iz Ahmed Boytursunovning to ‘liq
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’nodagi muhanirligida qirg'iz tilida quyidagi dastur asosida «qozoq» 
(«qiig‘iz») kundalik gazetasini nashr etish topshiriisin:
• K o'rsatm alar 
va hukumat farmoyishlari;
• davlat dumasi va davlat kengashi;
• tashqi va ichki xabarlar;
• qirg'izlar tarixi va etnografiya;
• iqtisodiyot, savdo-sotiq, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va hokazo».
«Ayqap* jurnali bilan «Qozoq» gazetasi o'rtasida ko'chm anchi qozoq
xalqining o ‘troq hayotga o'tishi to'g'risida davom etgan bahs-m unozara 
qozoq jumalistikasining yorqin saliifalaridan biri b o id i. Bu m unozarada 
matbuot vositasida ochiq professional mubohasa yuritish unsurlari vujudga 
keldi va rivojlandi. «Qozoq» gazetasi yem i taqsimlashning ko'chm anchilik 
shakli orqali xo‘jalik yuritishning yangicha yo'siniga asta-sekinlik bilan 
o'tishni taklif qildi. Mafkuraviy va biryoqlama yondashuv ta ’siri ostida 
bo‘lgan gazetaning uzoq davr mobaynidagi mavqeyi «burjuacha miiliy 
qarashlar»ning targ‘ibotchisi sifatida ta ’riflanardi, chunki uning sahifalarida 
ko'chm anchilikni qo'llab-quw atlovchi maqolalar e ’ion qilib turilardi.
Demokratik nashr hisoblangan «Ayqap» jurnalining h ar bir sonida esa 
yer, jam iyat hayotida uning roli va ahamiyati, yerdan oqilona foydalanish 
va uni xalqqa xatlab berish, o ‘tro q turm ush tarziga o ‘tish yo‘llari haqida 
maqolalar berib borilardi. Bunda ko'chm anchi ekstensiv xo‘ja!ik sharoitida 
yerdan foydalanish xarakterini aks ettiruvchi «Yer-ona, chorva esa uning 
farzandi» degan fikr ifodalangan edi.
«Ayqap» jurnalining noshiri va muharriri M uham edjon Seralin 
qozoqlar o ‘troq hayotining dastlabki tajribasini yoritîshga katta hissa 
qo‘shdi. Bu jumalning asosiy o ‘zagini M.Seralin, B.Qoratoyev, J.Seydalin 
tashkil qilardi. Qozoq publitsistikasi qaldirg‘ochlarining ijodi o'ikaning 
ijtimoiy-siyosiy hayotida ikki m asala-yer va oq podshoga qarshi kayfîyat 
kucliayganügi masalasi keskin turgan bir paytga to ‘g ‘ri keldi.
Bu davrda qozoq jamiyatining taqdiri yer masalasining hal etilishi 
bilan bog'liqlikda ko'rilardi. 0 ‘z nuqtayi nazarlarini «Ayqap* jum alida aks 
ettirgan «dehqon demokratlar* dasturi XIX asming ikkinchi yarmidagi 
qozoq m a’rifatparvar demokratlari iqtisodiy dasturining asosini tashkil etdi. 
Ular jam oa yerlarini baravar taqsîm lash, o ‘troq hayotga o ‘tish, soliqlarni 
kamaytirish va hokazo m uhim masalalarnl birinchi bo‘lib ko‘tarib 
chiqdilar. Bu dasturda ma’rifatchilik yo'oalishi katta o ‘rin egalladi.
0 ‘sha davr matbuoti badiiy adabiyot sezilarli ravishda tadrijiy 
rivojlanayotgan asnoda faoliyat ko'rsatayotgan edi. Shu m unosabat bilan 
ko‘pgina ijtimoiy va madaniy jarayonlar bir-biriga ta ’sir ko'rsatib turardi. 
Badiiy adabiyotga xos jarayonlar voqelikni aks ettirishning hujjatli shakl- 
larida ancha hoziijavob, ancha aniq-ravshan namoyon bo'ldi. Yozuvchilar, 
shoirlar, jamoat arboblari o ‘z xalqi kelajagini eng aw alo , m a’rifatda, 
turm ush madaniyatini, ilg'or urug‘-aymoqchilik va oilaviy munosabatlami 
joriy etishda ko'rdilar. M a’rifatparvarlikni, demokratik g'oyalam i ilgari 
surish manzarasida fosh qiluvchilik mayllari ham avj olib, davriy mat- 
buotda muntazam, izchil va ijtimoiy xarakter kasb eta bordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


’ Binobarin, XIX va XX asr chegarasidagi Stolipin islohotlarining tub 
burilish paytida «Qozoq* um um m illiy gazetasi va «Ayqap» milliy-demo- 
kratik ju m ali timsolida qozoq jam iyatining orzu-umidlarini ifodalovclii 
m atbuot vujudga keidi. Bu nashrlam ing sahifalarida jam iyatda iqîisodiy 
jih atd an o ‘zgarishlar yasashning ko‘p qirrali va hal etilishi qiyin bo‘lgan 
masalalarí o ‘z aksini topa bordi.
Shunday qilib, qozoq c h o ila rid a matbuot turli subektlar o ‘rtasida 
iqtisodiy axborotni ayirboshlash, ishlab chiqarish, savdo-sotiq munosabat- 
lari q aro r topayotgan bir paytda rivojlana bordi. Qozoq va rus tilidagi 
gazetalar ayni bir paytda nashr etilardi, chunki Qozog‘iston Rossiyaga 
qo'shib olingach, aholini ko‘chirib keltirish siyosati faol o'tkazila 
boshlanganligi munosabati bilan rusiyzabon aholi soni orta bordi.
G azetalar mazmun ham da o ‘quvchilar ommasiga tarqalish va ta ’sir 
ko‘rsatish jihatidan baravar emasdi. Qozoq ma’rifatparvarlari va yozuv- 
chilarining yuqori tabaqasi adabiy-badiiy ijod namunalari bilan davriy 
m atbuotda chiqib turardi. M uayyan ijtimoiy guruh nom idan o ‘z kuza- 
tishlari, o ‘y-fikrlari, munozarali nuqtayi nazarlarini ifodalash imkoniyat- 
larini berishi bilan publitsistika u la m i o ‘ziga jalb qilardi.
Birinchi qozoq olimi, sayyohi va publitsisti Cho‘qon Valixonov 
dunyoqarashi uning hayoti va faoliyatiga zamin boigan o b ’ektiv shart- 
sharoitlar negizida, asosan rus tafakkuri ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, bu 
tafakkur a n ’ànalarini u qozoq tadqiqotchilik va davriy adabiyotiga ham 
olib kirdi. Rus demokratlarining asarían bilan tanishish unga nafaqat 
Q ozog'iston va Markaziy Osiyodagi boshqa féodal davlatlaming xo'jalik 
sohasidagi rivojlanishining ahvoli va istiqbollarini chuqur o'rganish va 
tahlil qilish, balki o‘ziga xos shaklda bo‘lsa ham, shaxsiy qarashlarini 
ifodalash imkonini berdiki, ular olim ning ilmiy va publitsistik asarlarida 
aks ettirilgandi.
Qashg'aristonga sayohat qilgan Ch.Valixonov «Oltishar yoki Xitoyning 
N a n -li (kichik Buxoriya) provinsiyasidagi oltita sharqiy shaharning 1858— 
1859-yillardagi ahvoli haqida» batafsil hisobot yozdi. Bu Sharqiy Tur- 
kistonning jug'rofiyasi, tarixi, aholisi, hukumat tizimi, sanoati va savdo- 
sotig‘i haqida m a’lumotlar beruvchi qim m atli tarixiy-iqtisodiy tadqiqotdir. 
Ingliz iqtisodchisi Jon Styuart M illning «Sibir vedomstvosidagi qirg‘izlarda 
sud islohotlariga doir qaydlar* n om li m ashhur kitobning ayrim joylaridan 
iqtibos keltirganligi muallifining iqtisodiy salohiyatidan dalolat beradi.
XIX 
asrning 60-yillaridagi islohotlar davrida Ch.Valixonov bu o'z- 
garishlar xalqning moddiy va m adaniy ahvoli yaxshilanishiga xizmat qila- 
digan bo‘lishiga erisha bordi. U boshqa asarlarida, masalan, «Qirg‘izlarning 
ko'plab yurishlari haqida»gi asarida hamda «Chorvachilik-xalq boyligi* 
asarining xomaki qo'lyozmasida o ‘sha davming bosh mavzui boigan 
qozoqlarning qishloq xo‘jaligini yuritish yo'sinlari masalasiga murojaat qilib, 
chorvachilik-ko‘chmanchi xalq m ehnat faoliyatining asosi, uning turmush 
farovonligining birdan-bir manbayi ekanligini ko'rsatib berdi.
Ch.Valixonovnuig aksar asarlari tavsifiy mazmunda bo'lishiga qara- 
masdan, ularda olimning fuqaroük nuqtayi nazari aniq-ravshan ifoda
www.ziyouz.com kutubxonasi


etilgan. Yer masalasini hal qüishda mahalliy hokimiyatiaming adolatsiziigi 
va nochorligini fosh qilar ekan, u yerdan jam oa b o iib foydalanishni taklif 
qiladi. (O 'sha davrda bu iIg‘o r usul bo'lib, barcha m uam m olam i adolat 
asosida va tub yerli aboli uchun eng foydali tarzda hal etish maqsadiga 
xizmat qilardi).
Qozoq hayotini yoritishda bir qator mislsiz unsurlam i jo riy etgan 
m a’rifatchi Ibray Oltinsarinning ismi ham milliy publitsistika tarixida 
munosib o ‘rin egalladi. Muallif xo‘jalikning yangi shakllarini m isollar aso­
sida ko‘rsatishga harakat qildi. «Qipshak Seyitqul* ochçrkida u qashshoq- 
lashib qolgan o ‘ttizta oilaning qipchoq urug'idan bo'lgan kam bag‘al 
Seyitqul boshchiligida tirikcliilik vositalarini izlayotganliklari to ‘g‘risida 
hikoya qiladi.
K o'chm anchi qozoqlar o ‘sha paytda faqat chorvachilikiii, savdo-sotiq 
va uy hunarmandchiligining o ‘ta oddiy turlarinigina biüshar edi. Shunday 
bir sharoitda qo‘shnilardan ko'chm anchilar orasida o ‘sha davrgacha deyarli 
u rf bo'lm agan butunlay yangi hunar turini o ‘rgangan Seyitqul ularga 
yordamga keladi. Bu esa g‘allakor dehqonchilik hunari edi. «Seyitqul har 
tom onlam a o'ylab ko‘rib,-deb yozadi l. 01tinsarii,-eng a w a lo qulay 
qo‘nimgoh topishga qaror qildi. K o’p joylarni aylanib k o'rib, nihoyat, 
T o ‘rg‘ay cho'lida, Qabirg'a daryosi vodiysida manzil qilishni ko'ngjiga 
tugdi*1.
Kambag‘allar asrlar bo‘yi odam q o ‘li yetmagan yerga ishlov berishga, 
turkistonliklarga o'xshab emi sug'orish uchun anhorlar qazishga kiri- 
shadilar. Bug‘doy hosili shu darajada bitib beradiki, o ‘sha manzilgoh 
aholisinigina ta ’minlab qolmasdan, balki ortiqchasini chorva moliga 
ayirbosh qilish imkoni tug‘iladi. N atijada, g‘allakor!ar boyib ketishadi.
Shunday qilib, I. Oltinsarin iqtisodiy jarayonni-xo‘jaîik yuritishning 
boshqa shakliga o ‘tishni ochib berishda birinchi boMib ocherk unsurlarini 
va aynan lavha xususiyatlarinj kiritdi, hujjatli material va ishonchli faktlar 
asosida qozoq jurnalistikasida badiiy publitsistik jaurlar rivojlanishiga ibtido 
b o ig a n asar yaratdi.
M a’rifatparvar shoir Abay Q o ‘nonboyev o ‘z she’riy va publitsistik 
ijodida otashin so‘zi hamda amaliy faoliyati bilan zamondoshlariga yordam 
berishga intildi. To'biqti volosti boshqaruvchisi oMaroq u xalqni m a’rifatli 
qiiishga, 
uning 
xo‘jalik-maishiy 
sharoitini 
yaxshilashga 
qaratiigan 
tadbirlarni 

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish