Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

tarqatihrdi.
1890-yil boshida gazeta Toshkentda 125, 
viloyat bo'yicha esa 149 obunachiga ega edi. U ning o ‘quvchilari orasida 
turli toifadagi amaldorlar, ziyolilar, vrachlar, o ‘qituvchilar, olimlar, topog- 
raflar, tarixchilar, muhandislar, agronomiar bor edi. M as’ui ma’muriy 
shaxslar, g‘aznachilar, davlat muassasalari, viloyatlardagi pochta-telegraf 
idoralari gazetaning majburiy obunachilari hisoblanardi.
«Ведомости» kompozitsiya jihatidan rasmiy va norasm iy bo‘limlardan 
iborat edi. M ateriallar «Ichki axborot», «Xabarlar va maqolalar», «Xorijiy 
xabariar», «Mahailiy xronika», «Feleton», «Bibliografík maqolalar», «ОЧка 
bo'ylab», «Sankt-Peterburg» va boshqa ruknlar ostida berib borilardi. 
O 'sha davrdagi ko‘plab mashhur olimlar, taniqli madaniyat va jam oat 
arbob/arini hamkorlikka jalb qiia olganligí, chet el yozuvchilari, shoúiari 
ham da rus m um toz adabiyoti vakillarining asarlarini e ’lon qilib turganligi 
gazeta tahririyati faoliyatining diqqatga sazovor jih atin i tashkil qiladi. U nda 
mahailiy olimlar va ma'rifatparvarlardan Sattorxon AbduIg'aíTorov, Zo- 
kiijon Furqat va boshqalar o ‘z asarían bilan qatnashardilar. Akademik 
V.V. Bartold, tadqiqotchi olimlardan N.V. Seversev, A.P. Fedchenko, 
V.F. Oshanin, L.S. Berg, J.A . Mushketov gazetaning mualliflarí edi.
General gubematorlik hokimiyatining organi oMaroq gazeta pax- 
tachilik masaJasini oldingi marraga olib chiqarkan, o ‘z maqolalarida rus 
sanoati va savdo-sotiq uchun bu sohaning m uhim ligini oshkora ko‘rsatib 
berardi. Shu boisdan gazeta g‘o ‘zaga ishlov berishning yangicha vositalari 
hamda usullaríni targ‘ib qilardi, paxta eJdladigan yerlarni kengaytirish va 
yangi maydonlarni o'zlashtirishni, g‘o ‘zaning eng yaxshi navlaridan, 
masalan, hind va ameríka navlaridan foydalanishni yoqlab maqolalar 
berardi. Uning sahifalarida o ‘lkadagí ishlab chiqarísh kuchlari, ahofining 
tarkibi, soni va m ashg'ulot turlari haqida m untazam materiallar e ’lon qilib 
turilardi, sondan-songa savdo-sotiq sohasi sharhlab borilardi. Shu boisdan 
«Туркистанские ведомости» gazetasi o ‘lka tarixini va unda yashovchi 
xalqlar o ‘tmishini o ‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
0 ‘z
xarakteri va yo'nalishiga ko‘ra gazeta rasmiy siyosat jarchisi 
bo‘lganligiga qaramasdan, o ‘lkadagi mayjud ko'pgina muammolar, qa- 
rama-qarshiliklami ham beixtiyor aks ettirardi. Bu ko‘proq iqtisodiyot, 
maishiy turmush va ijtimoiy hayot sohalaríga taalluqli bo‘(ardi. Ikkinchi 
tom ondan, gazeta muhokama qilinishi o ‘zi uchun noqulay mavzular, 
masalalar to ‘g‘risida atayin lom -m im demasdi. M asalan, ushbu nashr
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sirdaryo, S am arqand, Faig'ona viloyatlari dehqonlarining qurolli ko‘ta- 
rilishlari kabi faktlarni e ’tiborsiz qoldirdi. Bu yeida 1887-yiIdan 1897- 
yilgacha d e hqonlam ing 668 ta chiqishi qayd etilgan bo‘lsa-da, «Typ- 
кистанские ведомости» bu davrda o ‘z sahifalarini aso san tarbiya, 
adabiyot va dinga d o ir materiallar bilan to'ldirib turardi.
Gazetada m adaniy hayot ham Toshkentda o ‘tkaziladigan ko'rgazmalar, 
adabiyot, m adaiiiyat arboblari bilan uchrashuvlar, teatrlarda namoyish 
etilayotgan spektakllar haqidagi xabarlar orqali ko‘rsatiIardi. Turkistonda 
kitob nashri, savdosi va tarqatilishining ahvoliga alohida e’tibor berilardi. 
Mintaqada qancha bosmaxona mavjudligi, qanday mazmunda va qancha 
miqdorda kitoblar nashr etilayotganligi masalalari gazetaning diqqat 
markazida edi. Jum ladan, nashr mahailiy kitob do'konlarini xorijiy kitoblar 
bosib ketayotganligi to ‘g‘risida qayta-qayta yozdi.
Ilmiy tadqiqotchilik, ma’rifatchilik mazmunidagi materiallar «Typ- 
кистанские ведомости» gazetasining o ‘qimishli bo‘lishini ta ’minlardi. 
Yuksak bilimli xodim lari, mualliflari tufayli gazeta jiddiy ilmiy maqolalar, 
muammoli m ateriallar, ocherklami e ’lon qilib turardi. Masalan, 1882-yili 
gazetaning b ir nech a sonida Sattorxon Abdug'afforovning Q o'qon xoni 
tarixi to ‘g‘risidagi maqolalari e ’lon qilindi.
«Turkiston viloyatining gazeti»-mahalliy tildagi ilk bosma gazeta. 
1870-yilda o ‘lka m a ’muriyati farmoyishiga binoan «Туркистанские 
ведомости» nashriga ilova sifatida chiqa boshladi. 1871-yildan «Ilovalar» 
kichik bichim da oyiga to ‘it m arta-o‘zbek va rus tillarida ikki martadan 
chop etiladigan b o ‘ldi. U lar «Туркестанские ведомости» mablag‘iga va 
shu gazeta m uharririning boshqaruvida nashr etilardi. 0 ‘zbek tilidagisi shu 
vaqtda birdan-bir m illiy imlo bo'lgan arab yozuvida chiqardi. 1872-1873- 
yillarda. gazeta 
Peterburg bosmaxonasida bosilib turdi. 
1883-yildan 
e ’tiboran ilovalar m ustaqil gazetaga aylanib, «Turkiston viloyatining gazeti» 
nomi ostida o 'zb ek tilida chiqa boshladi. Shu yili gazetaning bir qismi rus 
tilida «Туркестанская туземная газета» q o ‘shimcha sarlavhasi bilan 
chiqadigan bo'ldi.
U m um an olganda, «Turkiston viloyatining gazeti» 1870-yildan 1917 
yilgacha 5 0 0 -6 0 0 nusxa adadda chiqib turdi. Sh. Ibrohimov (1872—1883- 
yil yanvar), X. C hanishev (1883), N. P. Ostroumov (1883-yil oxiri -
1917-yil) uning m uharrirlari bo‘lishdi. M ahailiy madaniyat arboblaridan 
Zokirjon F u rq at, Sattorxon Abdug'afTorov, Shohim ardon Ibrohimov uning 
birinchi asosiy xodim lari bo‘ldilar.
G azetaning bosh vazifasi mahailiy aholi o ‘rtasida turli rasmiy hujjat- 
larni, harbiy-gubernatorlik hokimiyatiniíig buyruqlari va farmonlarini taig‘i- 
bot qilishdan iborat edi. 0 ‘lkaning tarixi, ethografiyasi haqida maqolalar, 
turli ixtiro va kashfiyotlar, madaniyat, adabiy hayot yangiliklari to ‘g ‘risida 
axborotlar berib borish uning ikkinchi muhim vazifasi hisoblanardi.
Gazeta um um iy yo‘l-yo‘riqlari jihatidan «Туркестанские ведомос- 
TH»ga 
o ‘xsliab ketaidi. Siyosat, davlat masalalarida 
ham
ular bir xil fikrda 
edilar. Biroq Rossiyada ijtimoiy-siyosiy vaziyat o'zgara boigani va 1905—
1907-yillarda ham da Birinchi jahon urushi davrida uning ichki siyosiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘hronlari chuqurlashgani sari «Туркестанские 
BeflOMOcm*ga 
qaraganda 
ko‘p jihatdaa o ‘z siyosiy mo‘ljallarini o ‘zgartirib, tadrijiy rivojlanish yo‘liga 
tushdi. «Туркестанские ведомости* rasmiy nashr bo'lib, xizmatchilar, 
rusiyzabon aholining zodagon-ma’lumotli doiralariga m o‘ljallangani holda, 
«Turkiston viloyatining gazeti* mahalliy ziyolilar, ayniqsa, adabiyot ahli 
e’tiborini ko'proq jalb qiiardi. G azeta faoliyatida Muqimiy, Kamiy, 
M ahm udxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Tavallo, M lrm uhsin, Mirzo 
Toshkandiy va boshqa ilg'or ziyolilar faol ishtirok etishardi.
«Turkiston viloyatining gazeti* turli kitoblar, risola, to 'p lam lam i chop 
etishni ham amaliyotga kiritdi. Bunday shaklda gazeta sahifalarida oldin 
e ’lon qilingan maqolalar, ocherk, korrespondensiya va ilm iy-om m abop 
asarlar e ’lon qilinardi. «Paxtachilik haqida* (1887), «Pilla qurtini boqish 
to ‘g‘risida qisqacha yo‘l-yo‘riqlar> (1889), «Misming qisqacha tarixi* 
(1889), «Fizik geometriya to ‘g‘risida hikoyalar* (1890) va boshqalar shular 
jumlasidandir. Bu risolalar gazeta obunachilariga bepul yuborilib, gazet- 
xonlar bilimini kengaytirishiga xizmat qildi. Umuman, ushbu ikkala gazeta 
Turkistonda davriy matbuotning ilk namunalari o'laroq xalqda bosma 
so‘zga qiziqish uyg‘otdi, o'zbek va rus tillarida boshqa gazeta hamda 
jurnallar vujudga kelishi va tashkil etilishini rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib 
xizmat qildi.
«Taraqqiy* gazeUsining yoknalishi va ko(targan muammolari. Tur­
kistonda XX asr boshidagi m a’rifatparvarlik harakati bevosita jadidlar 
ta ’sirida, jumladan, ulaming yangi maktab uchun kurashi shaklida rivojlandi. 
Ilg‘or mayllami rivojlantirish va ta ’lim berishning eski, qotib qolgan 
usullariga qarshi turish bu harakatni rag'batlantiruvchi asosiy jihatlardan 
bo‘ldi. Maktablarda dars berishning yangicha usullarini, ulam ing o ‘quv 
rejalariga tabiiy-ilmiy mazmundagi yangi flkrlami (geografiya, tarix, 
matematika) kiritish targ‘ib qilindi, yangi darsliklar, qo'llanm alar, biblio- 
grafik ma’lumotnoma adabiyotlarinl tayyorlash ishlari olib borildi.
Shunday bir sharoitda o ‘lkada yorqin ifodalangan ijtimoiy-vatan- 
parvariik yo'nalishidagi «Taraqqiy* gazetasi paydo bo‘ldi. Birinchi soni 
1906-yilda Toshkentda chiqqan bu gazeta atigi uch oy m obaynida nashr 
etib turildi. Uning 20-soniyoq politsiya tomonidan tortib oUnib, musodara 
qilindi.
Juda qisqa muddat faoliyat ko'rsatganligiga qaramasdan, «Taraqqiy* 
gazetasi jadidchilikning dasturi va maqsadlarini ommalashtirishda katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Gazeta gubematorlik matbuoti og‘iz ochm ay kela- 
yotgan dolzarb masala va mavzularni birinchi marraga olib chiqdi. Bu esa 
rasmiy matbuot (masalan, «Turkiston viloyatining gazeti*) noroziligiga sabab 
bo‘lib, ikki orada munozara keltirib chiqardi. «Taraqqiy* gazetasi pod- 
shoning 1905 yilgi manifestini, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi imperiya- 
chilik siyosatini fosh qildi, uning rus-yapon urushidagi harbiylashish 
maqsadlarini ochib tashladi. Turkiston milliy vatanparvarlik kuchlarini 
mavjud hokimiyatga qarshi harakatlarida birlashishlari uchun kurashdi1.
www.ziyouz.com kutubxonasi


G azeta aniq-ravshan faktlar, boshqa nashiiam ing materialiariga 
ishoralar bilan mahailiy gazetxonga rasmiy hokimiyat ja r solayotgan 
shiorlar, dasturlar va ulam ing amaldagi harakatlari o'rtasidagi farqn: 
k o ‘rsatib berardi. Uning m aqolalari asosan ommada ijtimoiy siyosiy ongni 
shakllantirishga, mavjud ÿtim oiy-siyosiy imtiyozli boy-badavlat toifalar 
hapida aholining ularga qaram , huquqsiz, zulm va qashshoqlikda kun 
k o iib kelayotgan qatlamlari borligini tushungan holda yo'naltirilgan edi.
Shu m a’noda, masalan, «D unyo boylari va m ehnatdan boshqani 
bilm aydiganlar xususida» sarlavhali maqola e ’tiborga molikdir. Unda 
zam ondoshlar uchun yangiclia ohang-bunday adolatsizlikka barliam berish 
m um kinligiga, lekin buning u chun xalq manfaatlariga zid siyosatga qarshi 
kurashda birlashish lozimligiga ishonch ohangi yangradi. G azeta ilk 
sonidayoq toshkentlik tem iry o ic h ila m i ular ma’muriyatining adolatsiz 
xatti-harakatlaridan himoya qilib chiqdi. Uning sahifalarida o 'sh a davr 
ijtim oiy hayotining xarakterli hodisalaridan bo'lgan Rossiya yutuqlarini 
o ‘zlashtirishga, uning ziyolilari va xalqi bilan yaqinlashishga, rus tili va 
adabiyotini o'zlashtirishga e ’tib o r qaratish bilan bir vaqtda chortzm 
siyosatini tanqid qilish ham o ‘z aksini topdi.
G azetada liberallar va murosachilaming 1905-yil manifestiga nisbatan 
ijobiy munosabatlar bildirilgan, xalq podshoga bo'ysunishi, osoyishtalik 
saqlashi, ish tashlashlarda ishtirok etmasligi kerak, deb hisoblaydigan 
m aqolalari ham berilardi. U m um an olib qaraganda, «Taraqqiy» gazetasining 
faoliyati milliy-ozodlik, xalqqa o 'z davlatini o ‘zi boshqarish huquqi berilishi 
uchun kurashuvchi matbuot nam unasi boidi. Uning boshqa bir muhim 
shiori-turm ushni o ‘zgaitirish, o ‘z um rini yashab bo‘Igan urf-odatlar, jamiyat 
taraqqiyotiga to ‘siq boiuvchi bid’atlardan qutulishdan iborat edi.
G azeta maorifni rivojlantirisluii, yangi kasbiarga o ‘rgatishni yoqlarkan, 
o ‘quvcliilam i bunday sa’y-liarakatlam i qo‘Uab-quwatlashga chorladi. Uning 
m ateriallari oddiy gazetxonlarga, mehnatkashlaming keng qatlamlariga 
m o'ljallangan bo'lardi. Ularda ju d a jo ‘n misollar asosida Turkiston va boshqa 
m am lakatlarda xalqlar o 'z huquqlari uchun qanday kurash olib borishlari 
ko‘rsatib berilardi. «Endi bizlar do'st kim, dushman kim ekaniga xo‘b 
tushundlk. Boylar, to'ralar xotiri u chun gazetachilarimiz har qancha so‘karga 
ko shish qilsalar ham, biz alaming so'zlariga quloq solmasmiz*.
G azetaning birinchi sonida podsho hukumaii O'zbekistonda mahaliiy 
tillarda gazeta va jum allar nashr etishiga butun choi.'lar bilan qarshi turishi 
haqidagi m aqola e ’lon qilindi. «M usulm onlar ichina haqliq tarqalmasun* 
deb gazeta va jum allar nashr etqiakka hech ruxsai berilmas erdi. Ammo 
m issionerlarga musulmonlar zarariga qoralig4 tarqatmak uchun ijozat erdi. 
Bu kabi xo‘rlik va zulmlarni chekurga rozi boim asak, gavdamizdan 
boshim izni, tanam izdan jonim izni ayrub, bolalariniizni etim qilurlar edi»1, 
deb yozilgandi unda. Bulaming barchasi o'lka ma'muriyatining noroziligini 
uyg'otardi. Shu sababli gazetaning dastlabki uch soni musodara qilindi, 
m u h arrir Ism oil Gabidov esa sud javobgarligiga tonildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Taraqqiy» gazetasining Turkiston matbuoti tarixidagi ahamiyati, 
birinchi navbatda, uning ilg‘o r g‘oya!arni, o ‘Lkadagi m adaniy-m a’rifiy 
harakatni dadil qo'llab-quwatlaganligi bilan belgilanadi. Qisqa muddat 
nashr etilganligiga qaramasdan, gazeta katta obro‘ qozonib, gazetxonlar 
keng doirasining e ’tiborini tortishga muvafîaq bo‘ldi. M ahalliy tilda chiqib 
turganligi ham uning ommalashuviga yordam berdi. Ilgari tub yerli xalq 
asosan adabiy-diniy adabiyotlar, ilohiyotshunoslar va m a’rifatchilaming 
og'zaki so‘zlari asosida tarbiyalanib kelgan bo‘lsa, «Taraqqiy* gazetasi 
dunyoviy hayot bilimlarini axborotning yangi m anbai bo‘lgan vaqtli 
matbuotdan o'zlashtirishga yo‘l ochib berdi.
Hoziijavob, dolzarb siyosiy axborot, korrespondensiyalar gazetxon- 
larda jonli bosma so‘zga ehtiyoj va qiziqish uyg‘otib, jum alistikada real 
hayot voqealari to 'g 'ri aks etishining ahamiyatini his qilishga yordamlashdi. 
G azeta sahifalarida o ‘zbek matbuotining ko‘zga yorqin tashlanib turgan 
siyosiy, publitsistik mazmundagi axborot-tahliliy janrlari rivoj topdi. 
Bulaming barchasi mahalliy aholi uchun yangilik edi1. G azetaning china- 
kamiga milliy xarakteri, vatanparvarligi, mahalliy xalqlar manfaatlarini 
himoya qilishdagi dadilligi, siyosatning keskin m asalalarini yoritganligi 
uning birinchi soni chiqqan kunni (27-iyun) mustaqil O'zbekistonda 
jum alistlar, barcha ommaviy axborot vositalari xodim larining kasb bayrami 
qilib belgilanishiga asos bo‘Idi.
«Taraqqiy» gazetasining mualliflaridan olimlar M ahm udxo‘ja Beh- 
budiy, V. P. Nalivkin, M unaw ar Qori Abdurashidxonov, shoira Nozim a- 
xonim, yozuvchilar va tarjim onlar Abdusafiho, Ismoil Aliyev, Shokir Mux- 
to r va boshqalami sanab o'tish mumkin.
Mahraudxo‘ja Behbudiy (1875—1919) publitsistik ijodining o ‘ziga xos 
xususiyatlari. 1899— 1900-yillarda haj safariga chiqqan Behbudiy sakkiz oy 
mobaynida kezib, arab mamlakatlarini o ‘rgandi. U vataniga ko’plab 
kitoblar va jurnallar bilan qaytgach, Ismoil g'aspirali nashr etavotgan 
«Taijimon» gazetasining doimiy o'quvchisiga aylandi. Shu safaridan -keyin 
Behbudiy o ‘sha paytda mahalliy tilda yagona b o ig a n «Turkiston 
viloyatining gazeti» bilan faol hamkorlik qilishga kirishdi. «Samarqanddan 
maktublar* rukni ostida doimiy ravishda uning xabarlari bosilib turardi. 
1903-yil 
14-fevralda e ’ion 
qilingan 
korrespondensiyasida 
Behbudiy 
Samarqandda sudlov ishlarida amalga oshirilgan b a’zi o ‘zgarishlar haqida 
hikoya qildi. Bu uning odam larni huquq bobida xabardor va ma'rifatli 
qilishga qaratilgan dastlabki maqolalaridan biri edi.
Behbudiyning jadid maktablarida jug‘rofiyadan dars berilishiga va 
inson hayotida uning aham iyatini ko‘rsatishga bag‘ishlangan «Jug‘rofiya 
ilmi» sarlavhali maqolasi katta aks-sado uyg‘otdi. «3 m ing sanadan beri 
yildan-yilga rivoj topib bir tiecha asrdan beri nihoyat m artabada taraqqiy 
qilib, n a f bo‘lib. hatto hoziigi sanaga bolalar maktabiga ham ushbu ilmni 
muqaddimasidan boshlab dars béradurlar. Dunyoda turguvchi odam ni al-

Jalilov A., O‘zganboyev X. 0 ‘2ganboycv X. 0 ‘zbek m a’rifatparvarlik adabiyo- 
tining taraqqiyotida baqtli matbuotning roli. T.: «Fan», 1993.
www.ziyouz.com kutubxonasi


fununlariga o ‘qiladurg‘on m o‘tabar va keraklik iim va fanlardan biri ushbu 
jug‘rofiya ilm idur», deb yozdi u l.
1908-yil Behbudiy publitsistik faoliyatining qizg‘in davrlaridan bo‘tdi. 
Jadidlar bilan a n ’anaviy isiomchilar o'rtasidagi bo'linish chuqurlashayotgan 
bu paytda «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida uning «Bayoni 
m a’zdrat* (1908, 1-son), «Muhorabo musulmonlarga yoqarmu?» (15-son), 
«Bayoni hol» (19-son), «Bir afsuslik xabar» (30-son), «Majlisi imtihon» 
(33-son), «M utolaaxona» (48-son), «Qabristoni muslimin» (51-son), 
«Qonun* (63-65-sonlar), «Tarix va jug'rofiya» (90-son), «Tavzeh» (94- 
son) kabi yigirmaga yaqin maqolasi chop etildi.
«Tarix va jug'rofiya» asari ilmiy dalillar bilan asoslangan publitsistik 
maqola bo‘Iib, unda, jumladan, shunday deyilgan edi: «Zamonki ilm va 
maorif b o id i. Ilmsiz millat ilmsiz qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatni 
foydasi yo‘q, ilmsiz dunyoni hayoti yo‘q, agar bo‘lsa-da, sabotsiz, bu 
ilmlardan yolg‘uz sarf va nahv, m antiq, qalam va fiqh emas, balki alar ustiga 
hikmat, siyosat, tarix, qadima va jadida ilm va ahvoli zamoni hozira va 
alsanai m uhovara (mulohaza) ham prukgrom ta ’lim va tadrisimizga kerak*2.
Behbudiyning ko‘pgina m aqolalari milliy aynanlik, birdamlik ma- 
salasiga bag‘ishlangan, garchi ulanda bunday istiloh bevositajshlatilm agan 
boMsa ham . «M illatlar qanday taraqqiy etar» maqolasida u"«Butun islohi 
m aktab, m adrasa, ya’ni, islohi millatga ko‘shish qilinmasa, bir asr so‘ngra 
diyonat barbod bo‘lur va aning javobi m as’uliyati bugungilarga qolur», 
deya ta ’kidlarkan, «avomlik naqadar ko'paygan, biz musulmonmiz», deb 
qayg'ulanib yozib: «Musulmonlarga ilm iozim, amal lozim, o'qim oq 
kerak,-deya ta ’kidlagan. «Ehtiyoji millat» maqolasida ham ushbu masalalar 
ko‘tarilgan edi. «Boshqa millatlarga qaralsa, ko‘rilurki, muntazam mak- 
tablari bor, bor ul maktabda diniy ilm. U stunda dunyoviy ilm va fanlar 
ham o ‘qilur, chunki dunyoga turm ak uchun dunyoviy ilm va fan lozim- 
dur». Aks holda, Behbudiy fikricha, zam ona ilmi va fanidan bebahra millat 
boshqa millatlarga poymoi bo‘lur»3.
Behbudiyning gazeta, jurnaldagi har bir chiqishi uning atrof hayotida 
yuz berayotgan voqealarga publitsist sifatida bergan aks-sadosi sifatida 
yangrar edi. U ning olim va publitsist inson tabiatida shaxsiylik bilan 
ijtimoiylik uyg‘unlashib, tiynaîining nafsoniyat, g‘urur, qadr-qim m at, 
xushfe’llik singari o ‘ziga xos xususiyatlari esa fuqaroük, vatanparvarlik, 
umumiy takom ilga va milliy farovonlikka erishish bobidagi intilishlar bilan 
cham barchas b o g ian ib ketgan edi. Shu boisdan Behbudiy jadidlam ing 
tarafdorlariga qarshi har qanday xurujlarga nihoyatda jiddiy munosabat 
bildirardi. Binobarin, bunday hujum larning sabablarini turli mavqelardan: 
ilmiy, siyosiy-diniy hamda insoniylik, davlat va jamoatchilik nuqtayi 
nazarlaridan ochib berardi.
1 «Turkiston viloyatining gazeti», 1905, ll-fevral.
2 O 'sha manba, 1908, ll-iyun.
3 «Samarqand». 1913. 12-iyul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu murakkab masa La lamí u o'zigagina xos alohida usulga, fakt yoki 
voqeaga, uning o ‘tmishi, bugungi ahvoli, kelajagini tasvirlash orqali ko'rib 
chiqish nuqtai nazaridan yondashishga tayanib hal etardi. Boshqacha 
aytganda, muayyan fakt, hodisani níma kehiríb chiqaiganligúii va u qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlashga harakat qilardi. Bo‘lib 
o'tayotgan voqea-hod isa larga bunday ilmiy-tanqidiy, o'tmishga nazar tashlab 
yondashuv tufayli Behbudiy xolislikni, o 'z qarashlarí to ‘g“riligiga ishonchni 
hamda ijodiy faollik va nekbinlikrú saqlab qoílshga erishardi.
1913—1914-yillarda Behbudiy tashkil qilgan «Samarqand» gazetasi va 
«Oyina» jum ali jam iyatda yangi g'oyalar, qarashlam i yoyishga katta 
yordam berdi. 1913-yil 10-apreldan 1914-yil avgustgacha nashr etjlgan 
«Samarqand» gazetasining hammasi bo‘!ib 45 ta soni chiqdi, 26 va 27- 
soniarí esa «Yangi Samarqand» nomi ostida ch o p etildi. Gazeta o ‘zbek va 
fors tillarida chíqardi. «Mlindan maqsad shul ediki,-deb yozgan edi 
Behbudiy,-Bahri H azardan boshlab janubda Afg'oniston dashti, Amu nahri 
o ‘rtasidagi vase’ arasiga sonin turk va tojik birodorlarimizga bu qadar toqat 
va qoyi’ zamoniyada va Russiya kulturi, ilmi, hunari va sanoatiga oshino 
bo‘lishlariga ojizona tashviq etmoqdan iborat edi»1.
Ko‘rib turganimizdek, o ‘zi muharrirlik qilgan nashrlarni bir necha 
tilda, ko'pincha o ‘zbek, fors-tojik va rus tíllarída chiqarish Behbudiy 
faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlaridan bo'lgan. U Turkiston va yaqin 
atrofdagi mamlakatlarda yuz berayotgan voqealarni yoritishga harakat 
qilardi. Publitsistning «Millat ehtiyojlari», «Millatga murojaat» singan 
ko'pgina maqolalari milliy masalaga bag'ishlangan.
«Oyina» jurnali 1913-yil 20-avgustdan 1915-yil iyungacha nashr etilib, 
shu 20 oy davomida 52 ta soni bosmadan chiqdi. Birínchi sonida uning 
maqsadi bayon etildi. Juma] har liaftada 24 sahifa atrofida chiqib turdi. 
47-sonidan boshlab rasmlar ham berila boshladi. Jum alning sarlavhasi 
ostida uning to ‘rt tilda: o ‘zbek, fors-tojik, arab va rus tillarida chiqishi 
ko‘rsatilgan edi. Bu nashrda Fitrat, Siddiqiy, Hoji M o'yin, Saidrizo 
Alizoda, Sadriddin Ayniy, Tavallo, Hakim Buxoriy, Saidahmad Vasliy va 
boshqa m ashhur mualliflar hamkorlik qilishdi. Behbudiy unda ko‘pIab 
publitsistik, m a’rifiy va ilmiy-ommabop m aqolalarini e ’lon qildi2.
O'zbek xalqining buyuk o 'g lo n i, publitsisti, vatanparvari, jaholat va 
mutaassibliknmg ashaddiy dushmani, m am lakatni milliy va madaniy qayta 
tiklash 
uchun 
kurashchi 
Behbudiyning 
ijodi 
va 
faoliyati 
uning 
zamondoshlari va avlodlarini hamisha toMqinlantirib kelgan. U am ir va 
bolsheviklar hokimivati bilan tengsiz kurashga kirishib, nopok usullar 
qurboni bo'ldi. Turkiston milliy harakatining yo'lboshchilaridan birtni 
qatag‘on qilish bilan zo'ravonlik tizimi xalqning vatanparvarlik tuyg'usini, 
ozodlikka boMgan chanqoqligini yanada oshirib yubordi. Bir necha yil 
o ‘tib, uning b ir qator safdoshlari va davom chilari (Fitrat, C ho‘lpon, 
Abdulla Q odiriy, Tavallo va boshqalar) aziz boshlaridan judo etilgan
1 «Samarqand». 16-avgust.
2
«Oynaa* (1914-1915). T.: 2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘lsalar-da, xalqning taraqqiyotga va milliy ozodlikka intilishini endi hech 
narsa to'xtata olm as edi.
M u n a w a r Q ori Abdurashidxonov — XX a sr ibtidosidagi milliy ju r- 
nplM ika vakili. T oshkentda diniy ilm ahlidan, qorilar, Q ur’oni karim va 
hadisi sharif tafsirchilaridan bo'lgan ziyoli oilada dunyoga kelgan 
M unaw ar Q ori Abdurashidxonov (1871—1931) dastlabki bilimni o ‘z ota- 
onasi-m udarris Abdurashidxon va Hosiyat otinoyidan oldi. BoshJang'ich 
maktabda m ashhur U sm on domlada, so'ngra Yunusxon madrasasida ta ’lim 
oldi. Talisilini davom ettirish maqsadida 1898-yilda Buxoroga ketadi. U 
yerdan qaytgach, D arxon masjidida imomlik qila boshlaydi.
M u n aw ar Q ori ko‘p o ‘qir, turli gazeta jurnallar mushtariysi o'laroq 
adabiyot, san’atdagi yo‘nalishlardan, o 'z davri voqealaridan yaxshi 
xabardor edi. Shaxs sifatida u ijtimoiy hayotda keskin farqlar kuchayib 
borayotgan bir davrda shakllandi. Bu Turkiston general gubernatorligining 
markazi bo'lgan T oshkent hayotiga jiddiy qarovchi yosh yigitga o ‘ylash 
uchun, o ‘z xalqining mavjud ijtimoiy ahvolini qabul qila olmaslik, 
norozilik tuyg‘ulari junbushga kelishi uchun ko‘plab asos berar edi. 
Birinchidan, T oshkentning ikki qismga-rus va mahalliy xalq yashaydigan 
qismlarga bo‘linganligi, ulardagi binolar, hayotiy sharoitlar, ishlar va 
yoshlarga ta ’lim berishdagi farqlar taqqoslovchi har qanday inson ko‘ziga 
yaqqol tashlanib turardi. Bundan tashqari, 1898-yil oktabrda general- 
gubem ator chiqargan farmonga binoan Sirdaryo okrugi (unga Toshkent 
ham kirardi) Sam arqand va Farg‘ona okruglarining aholisi shu paytdan 
e ’tiboran o ‘z ariza, arznom a va boshqa turli hujjatlarini faqat rus tilida 
yozishlari lozim edi.
Ikkinchidan, 
hozirgi 
mutaxassislarning 
ta ’kidlashlaricha, 
oddiy 
xalqning xo‘rlangan ahvoli M unaw ar Qoridek vatanparvar hamda adolat 
uchun kurashchini beparvo qoldirishi mumkin emasdi. Vatanparvarlaming 
kamsitilishini, huquqlari "poymol etilayotganini ko‘rib turgan M unaw ar 
Qori 1901—1904-yilIarda Behbudiy tashabbusini birinchiiardan bo‘Iib 
qoMlab-quwatlagan holda do'sti R. Kishod bilan birgalikda awaliga o ‘z 
hovlisida, so‘ngra Toshkentning eski shahar qismida va boshqa tumanlarida 
bir qator usuli savtiya maktablarini ochdi. I9Il-yi!ga kelib faoliyat 
ko‘rsatayotgan 24 ta jadidlar maktabida ikki mingga yaqin bola ta’lim 
olardi. M unaw ar Qori «Namuna* maktabi (bu yerda Oybek, M annon 
U yg'ur va boshqa yirik adabiyot va san’at arboblari o'qishgan), «Jamiyati 
hayriya», 
«M usulm on xalq dorilfununi», «Shuroi islomiya* siyosiy 
tashkiloti samarali ilg‘o r faoliyat olib borishlari hamda «Ittifoqi taraqqiy* 
firqasiga rahbarlik qilish borasida ko‘p sa'y-harakat ko^-satdi1.
1906-yil 6-sentabrdan M unaw ar Qori muharrirligi va noshirügida 
«Xurehid» gazetasi chiqa boshladi. Uning nom i ostidagi izohda aytil- 
ganidek, bu kundalik «ilmiy, siyosiy adabiy gazeta* edi. U hech qanday 
firqaga qo'shilm asligini va millat, xalq manfaati yo'lida hayotni haqqoniy

Do'stqorayev B. Turkiston jadidlariniiig yirik siymosi. «Jahon adabiyoti*, 1998. 
№ 3, 147-bct.
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoritishni o ‘z vazifasi deb bilishini e ’lon qildi. Hammasi bo'lib 10 ta soni 
chiqib, oxirgi soni 1906-yiI 16-noyabrda chop etilgan ushbu gazeta 
o ‘zining xalqqa m a’rifat berish, 
adolatni 
himoya qilish va c h o r 
hukumatining mahalliy xaiqqa tazyiq o ‘tkazish siyosatini fosh etishdan 
iborat dasturini yashirib o'tirmadi.
«Taraqqiy* gazetasi yopilishi bilanoq paydo bo'lgan «Xurshid» uning 
vatanparvarlik yo‘lini davom ettirdi, milliy dunyoviy ziyoli ahli, xalq 
fikrining jarchisiga aylanib, jadidlar m adaniy, m a’rifiy faoliyatini keng 
> targ'ib qildi. Gazeta adabiyot, madaniyat va milliy an’analarga katta e ’tib o r 
berdi. Uning m uham ri yoshlami tarbiyalash masalalariga, ayniqsa, e ’tiborli 
edi. Iqtisodiyot mavzuida ko‘plab m ateriallar c ’ion qilinardi.
1917-yilning martidan e’tiboran M unaw ar Qori «Najot* gazetasiga, iyul 
oyidan esa o ‘sha vaqtgacha Ahmad Zakiy Validiy rahbariigida bo‘Iib kelgan 
«Kengash» jumaliga muharrirlik qila boshladi. Ushbu nashrlarda u o'zining 
mahalliy aholi savodxonligini oshirishga, unda madaniy-ma'rifiy faoliyatga 
qiziqishni qo‘zg‘atishga yo'naltirilgan ko‘plab maqolalarini chop ettirdi.
Oq podsho 1916-yil 25-iyunda chiqargan tub yerli aholi erkaklarini 
front ichidagi ishlarga safarbar qilish to ‘g ‘risidagi farmoni Turkistonda 
keng xalq ommasi g‘alayonlariga sabab b o ‘ldi. Ular chorizm tom onidan 
shafqatsiz bostirildi. O'shanda M u n a w a r Qori xalq manfaatlarining 
himoyachilaridan bin sifatida chiqib, Peterburgga norozilik nomasi bilan 
hay’at yuborishni taklif qildi. «Najot» gazetasida e ’lon qilgan «M aqbul 
qurbonlar»1 
maqolasida u 
hokimiyat 
va erkinükni kimdir Ln’o m
qilmasligini, ulam i qozonish lozimligini t a ’kid lad i.
Yozuvchi, pedagog, ma’rifatchi, jum alist, muharrir bo‘lgan M u n a w a r 
Qori Abdurashidxonov qisqa, lekin serm azm un um r kechirdi. Butun kuchi 
va bilimini o*z xalqi xizmatiga bag'ishlab, milliy o ‘z-o'zini anglash 
to ‘yg‘usini uyg'otishga ulkan ta ’sir ko‘rsatdi, 0 ‘zbekiston m adaniyati, 
maorifi va jumalistikasini rivojlantirishga bebaho hissa qo'shdi. Endilikda 
uning nomi haqli ravishda o 'z V atani mustaqilligi uchun shonli 
kurashchilaming oldingi saflarida turadj.
Abdurauf Fltrat-buyuk olim va publitsist. Abdurauf Fitrat (1884—1938) 
o'zbek xalqi madaniyati tarixiga yirik olim , iste’dodli jamoat arbobi, 
dramaturg, adabiyotchi, tarixchi, shoir, publitsist va jumalist sifatida kirdi. 
Vatanparvarlik, atrof hayotdagi ham da o ‘tmish tarix voqea-hodisalaridagi 
ilg‘or, insoniy, ma’naviy sog'lom jihatlam i chuqur va keng qamrovli his 
qilish uning adabiy merosiui farqlab turuvchi xususiyatlardir. Ijodkor shaxs 
sifatida Fitrat asosan Sharq mumtoz adabiyoti negizida shakllandi, u arab, 
fors va turkiy tiUami mukammal bilar edi. Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning 
tili uning uchun ajoyib namuna, bare ha asartari, butun hayoti, faoliyati esa 
ilhom manbayi, mahorat, yashash ham da kurash maktabi b o lib xizmat qildi.
Fitrat Buxorodagi Mirarab m adrasasida tahsil ko‘rdi. 1909-yilda u 
yetti nafar o ‘spirin tengdoshlari qatori «Tarbiyai atfol* xayriya jam iyati 
tom onidan Turkiyaga o'qishga yuborildi. Uning Buxoroda islohotlar za-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rurligi to ‘g‘risidagi masalani keskin qo'ygan dastlabki asarían ham o'sha 
yerda dunyo yuzini ko'rdi. Bular «Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir 
mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan 
munozara&i», «Bayyonoti sayyohi hindi» (H ind sayyohi qissasi) asarían, 
«Sayxa» nomli shc’rlar to 'p lam i va boshqalar edi.
Sadriddin Ayniyning guvohlik berishicha, chor hukumati Fitratning 
asarían paydo bo'Ia boshlagan birinchi kunlardanoq ulaming tarqatilishini 
taqiqladi. Tadqiqotchi H. Boltaboev fikricha, «Chor Russiyasi nafaqat Fitrat 
asarlarini, balki uni o'qigan kishilami ham qattiq ta ’kib ostiga ola boshlagan. 
Chunki Fitrat va uning hammaslaklari ilgari surgan jadidchilar g'oyalari 
hatto bolsheviklaming g‘oyalaridan ham zararliroq hisoblangan edi»1.
Fitratning jum alistik chiqishlarigina emas, balki taiixiy, ülologik, 
pedagogik ilmiy maqolalari ham publitsistik ruhi bilan ajralib turadi. Uning 
1915-yilda Buxoroda nashr etilgan «Oila» kitobí bunga misol bo'la oladi. 
Nashrning ikkinchi qismida yozuvchi Buxorodagi ijtimoiy qatlamlarga 
shunday ta ’rif beradi: «Buxoro aholisi turii toifa va guruhlardan iborat. 
Ba’zilari mulla, ba’zilari sipohi, bir gunihi tijoratchi, bir toifa kosiblar va 
to ‘d a dehqonlardan iborat. Bu toifa orasida multalaming fikriy tarbiyalari 
yaxshidek ko‘rinadi. Vaholanki, ulaming har biri yigirm a-o'ttiz yil umdarini 
madrasalarda tahsil bilan o ‘tkazdilar, lekin o'qiganlarini sizlarga tushuntirib 
bera olmaydilar. M abodo, biror narsani tushuntirmoqclii bo‘lsalar Irnm 
arabcha so‘zlardan nutqlarini shunday to'ldirib tashlaydilarki, omma bu 
nutqini tushunmaydi, ulam ing so'zlaiini rad etsangiz, darrov tahqir va 
haqoratga o ’tadilar, joni johillik va kofirlikda aybiaydilar»2.
M uallif Yevropa m am lakatlari bilan o ‘z yurtidagi ta ’lim darajasini 
taqqoslar ekan, Yevropada odam lar bilimi ham da qabiliyatlarini rivoj- 
lantirib borish tufayli lavozimlar va xizmat mavqelariga ega boiishlarini 
ta ’kidlaydi. Shu boisdan ham ular faol va ju r’atlidirlar. Buxoroda esa 
m ansabdorlar, sipohlar hech narsa bilishmaydi va masalaning bu tomoniga 
e ’tibor berishmavdi, deb yozadi Fitrat.
«Bu jam oa qaysi mansabga ko‘tariIsalar va qaysi mansabdan tushsalar, 
ilmu iqtidorlarining bunga dahli yo‘q, balki ham m asini tasodifdan, 
om addan va taqdirdan deb biladilar. Binobarin, ulam ing aksari bir-ikki 
duoxonu jodugarlar bilan hamkorlik qilib, ularga sig‘inib yuradilar. 
U lardan eng kattalari va qazo-qazolari ham mansab umidida bir dasta 
chirkin pashsha bosgan qog‘ozni ezib ichadilar. Qaysilarining uylariga 
kirsangiz, ustun va ayvonlarida duolar osilganini ko'rasiz»3.
1917—1918-yiïlarda Fitrat Samarqqandda cl^iqayotgan «Hurriyat» 
gazetasiga muharrir bo‘lib, unda o ‘zining ham ko‘plab maqolalari, she’r- 
larini e ’ion qildi. 1917-yil aprelda Amir Olimxon askarlari Registon 
m aydonida tinch namoyishchilarga qarata 
d*i
ochdi, o'n lab kishilar qa- 
m oqqa olindi. Fitrat va boshqa jadidlai^a Buxoroni tark etishga to ‘g‘ri
1 Boltaboyev H. A bdurauf Fitrat hayoti va ÿodi. T.: 1992, 8-bet.
2 0 ‘sha manba. 59-bet.
3 Fitrat A. Oila. T., 2000. 57—58-bctlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


keldi. Fitratning «Samarqand» gazetasidagi dastlabki chiqishi Buxoroda yuz 
bergan ana shu fojeaga bag‘ishJandi.
Voqeani tahlil qilar ekan, u shunday yozdi: «K o‘rdim , kezdim, 
eshitdim, o'qidim . Mamlakatlar orasida Turkistonim iz kabi baxtsiz bir 
mamlakat yo'qdir. Butun yolg‘izgina otlam i tarixda q o ‘yib ketgan el- 
uluslaming ezilib ketdiklariga birinchi sabab shul ayriliq, shul ittihod- 
sizlikdir. Biz turkistonliklardagi bu ittihodsizlikdan ko‘proq foyda ko'igan, 
kattaroq osilg'on eski Rusiya hukum ati edi»1. «Turkiston viloyatining 
gazeti», «Buxoroi sharif», «Sadoi Turkiston», «Ishtirokiyun» gazetalarida 
Fitratning o'sha zamondagi o 'ta dolzarb masalalar ko'tarilgan ko‘plab 
asarían e ’lon qilindi.
1923—1924-yillarda Fitrat Moskva, Petrogradda yashab, bu yerdagi 
oliy o'quv yurtlarida arab, fois, turkiy tillardan dars berdi va yangi 
asarlarini e ’lon qildi. Leningrad universiteti sharq fakuitetining ilmiy 
kengashi unga professor unvonini berdi.
Vataniga qaytgach, ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul b o ‘ldi, tarix, 
adabiyot, til, musiqa, san’at sohasida ko‘plab darsliklar, ilmiy asarlar 
tayyorlab, nashr citirdi, talay gazetalar, jum allar bilan ham korlik qildi. U 
bir qator asarlar, ilmiy tadqiqotlar yaratdi. «Sarf. 1-kitob. 0 ‘zbek tili 
qoidalari to ‘g‘risida bir tajriba», «Sarfi zaboni tochiki», «M uxtasar islom 
tarixi», « 0 ‘zbekcha til saboqligi», «M uqadimot al-adab», «Bedil», «Aruz», 
« 0 ‘zbek adabiyoti namunalarí», «XVI asrdan so'ngra o ‘zbek adabiyotiga 
bir qarash» va boshqalar shular jum lasidandir.
Biroq 
Fitratning 
ilmiy-pedagogik 
faoliyatida 
yorqin 
ifodalangan 
vatanparvarlikni mavjud tuzum «miïlatchilik va aksilinqilobchilik» sifatida 
baholadi. Oqibatda, u 1938-yilda o ‘zbek xalqining boshqa ko‘plab iste’dodli 
vakillari qatori otib tashlandi. Bugungi O'zbekistonda Abdurauf Fitratning 
asarlari, g'oyalari yangi umr kasb etib, o'tmishni yaxshiroq bilishga yordam 
beribgina qolmasdan, muallif va uning maslakdoshlari himoya qilgan ezguliklar 
yoiida sobit va sodiq bo'lishga ham bizni o'igatmoqda.
Shunday qilib, Turkistonning XIX asr oxiri—XX asr boshlaridagi ilg‘or 
mutafakkirlari jurnalistik va publitsistik faoliyatining tahlili ularning deyarli 
barchasi, bir tomondan, chorizm ning Turkistondagi mustamlakachilik 
hukmronligiga, ikkinchi tom ondan, o ‘z xalqi hayotidagi um rini yashab 
b o lg an hamma narsaga qarshi kurashganliklarini ko‘rsatib turibdi. U lar­
ning shon-shuhratga cho‘lg‘angan ijodiy faoliyati taraqqiyot, m a'rifat, fan 
rivoji hamda davlat mustaqilligi, jonajon Vatanning porloq kelajagi y o iid a 
milliy qadriyatlar bilan jahon tam adduni yutuqlarini tarkiban uyg*un- 
lashtirish g'oyalari ila sug‘orilgan.
Mahalliy gazeta va jum allar. Rossiyadagi 1917-yil fevral inqilobidan 
va oktabrda bolsheviklar hokimtyatga kelgaularidan keyin Turkistonning 
gazeta-jurnal olamida katta o ‘zgarishlar yuz berdi. 0 ‘zbek tilidagi gazetalar 
soni ko‘paya borib, 1917-yil bahoridan «Najot», «ShoToi islom», «Turón» 
(Toshkent) «Farg‘ona sahifasi» (N am angan), «Hurriyat» (Sam arqand), «El
1
«Hurriyat*, 1917, 28-iyul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


bayrog‘i* (Q o 'q o n ) va boshqa gazetalar chiqa boshiadi. M ahalliy tildagi 
davriy nashrlar m adaniy-m a’rifiy mazm uni, vatanparvarlik ruhi, milliy va 
siyosiy erkinliklarga crishish yo‘lidagi intilishlar g‘oyasi büan to ‘ldi.
1917-yil 27-noyabrda Q o‘qonda musulmon kengashlarining IV fav- 
qulodda qurultoyida Turkiston Federatsiyasi e ’ion qilinishi milliy- 
dem okratik harakatning eng yuksak c h o ‘qqisi b oldi. Federatsiya atigi uch 
oygina h ay o t ko‘rganligiga qaram asdan, turkistonliklaming davlat musta- 
qilligi, istiqlolga erishishga boMgan sa’y-harakatlarining yorqin ifodasi 
bo‘ldi. Q urultoyda, shuningdek, Turkiston Federatsiyasining parlamenti 
xalq kengashi saylanib, unga 56 kishi, sliu jumladan, mahalliy xalqlaming 
36 vakili, yevropaliklam ing 18 vakili-ruslar, ukrainlar, yahudiylar, arm anlar
va boshqalar kirgan edi. 
......................w * *
Turkistondagi bu ilk mustaqil federativ davlatnmg boshlig t Mustato 
C ho‘qay o lzining haqiqiy vatanparvarligini, demokratiya g'oyalariga 
sodiqligini va davtatining biritichi galdagi vazifalarini belgilashda siyosiy 
rahnam olik iste’dodini nam oyon qildi. Butun milliy matbuot e ’ion qilingan 
bu m ustaqillikni olqishlab qabu! qildi. Masalan, «Ulug‘ Turkiston* gazetasi 
1917-yil oxirida «Yashasin milliy istiqlol!* shiori ostida chiqdi. Uning 
barcha m ateriallari e ’ion qilingan Turkiston Federatsiyasini q o ilab - 
quw atlashga bag‘ishlandi. Behbudiy, Fitrat .va boshqa ko'plab shoirlar, 
adiblar T urkiston Federatsiyasini m a’qullashdi. Biroq 1917-yil 31-oktabrda 
T oshkentda hokim iyatni bosib olgan bolsheviklar Qo‘qon va unmg 
atrofidagi hududlarni kultepalarga aylantirishdi. 
1918-yil 
18-fevralda 
Q o'qon m uxtoriyati shaklidagi mustaqil Turkiston Federasiyasi tor-m or 
qilindi, q onga botirildi. 
.
1917-yildan 1918-yilgacha «Hurriyat* gazetasining 86 som chiqdi. 
1917-yil 28-iyuldan unga Fitrat muharrirlik qildi. Behbudiy va Fitratning 
ushbu gazeta sahifalarida .e ’ion qilingan siyosiy ehtirosli, samimiy 
m aqolalari uning mazm uni va yo‘nalishini a ’io darajada ifodalab berardi. 
Behbudiy o ‘zining qozoqlarga qarata «Ochiq xati*da shunday yozdi: «Chi- 
roqlarim! Boshqa xalqlar, masalan: serblar, italyanlar, armanlar, slavyanlar, 
polyaklar va boshqalar, hatto dupyoning u bir uchidagi qarindoshlari ila 
birlashur ekanlar, boshqa katta va quw atlik avlodlarga tobe bo‘lib yutilib, 
hatto tilin i y o ‘qotgan o ‘z jinsdoshlarini ajratib olib, birlashmoqqa kuch- 
larini sarf e tar ekanlar, biz o ‘z ichimizdagi qarindoshlarimizdan ayrilsak,
uyatdir, axm oqlikdur, turk tomiriga boita urmoqlikdur*1. 
.
1914—1917-yillarda nashr etilgan «Sadoi Turkiston* gazetasi jalarining 1906— 1917-yillar mobaynida chiqib turgan va xalqni m a’rifatH 
qilishga, g ‘aflat uyqusidan uyg‘otishga harakat qilgan gazetalari eng yaxshi 
an ’analarining davomchisi bo'ldi. U, shuningdek, «Jaholat zulmatida qolib 
kelayotgan kishilarni milliy vaqtli matbuot va adabiyot bilan tanishtirishni» 
ham da adiblar va shoirlarga ularning jamiyatdagi vazifasi va fuqarohk 
burchi haqida so ‘zlashni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Shunga muvofiq 
gazeta o ‘z o ‘quvchilarini m untazam ravishda mashhur yozuvchilarning
1 «Hurriyat*, 1918, 26-yanvar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


asarían bilan ham tanishtirib, N ozim axonim , H am za, So‘fizoda, Siddiqiy, 
M irmuhsin, I. Davron, Tavailo, C h o 'lp o n , Fitrat va boshqalar ijodi haqida 
hikoya qilib bordi. Ushbu gaze ta sahifalarida adabiy tanqid ancha to ‘liq 
aks etdi. «Tanqid» ruknida bu adabiy jan m in g aliamiyati tushuntirib 
berilardi.
Turkistonda nashr etilayotgan ju rn allar gazetalardan nafaqat hajm , 
m ateriallar xarakteri, nashr narxining an ch a qimmatligi bilan, balki shu 
bilan birga o ‘z maqsad hamda vazifalari bilan qam farq qilardi. «Сред­
неазиатский вестник» bu erdagi ilk ju m a l edi. Muharriri va noshiri
E.G . Smimov bo'lgan bu nashming m aqsadi rus tilini keng yoyishdan va 
«mahalliy aholi orasida ruslashtirish siyosatini» targ‘ib qilishdan iborat 
ekanligini ta ’kidlaydi professor N. Abduazizova. Jum al bir yil davom ida 
(1896—1897) nashr etib turildi.
«Средная Азия» nomli boshqa bir ilmiy m a’rifiy va adabiy-badiiy 
jum alga (1910—1911) A. L. Kirsner m uharrirlik qilgan. «Oyina» (1913— 
1915), «Al-isloh» (1910-1917), «Al-Izoh» (1917-1918), «Kengash» (1917) 
va boshqalar mahalliy tillarda chiqqan eng m ashhur ijtimoiy-siyosiy, 
adabiy-ilmiy jum allar edi. Ular orasida M ahm udxo'ja Behbudiyning 
«Oyina» jurnali dastlabki yirik milliy nashr bo'ldi. «Jumallar orasida eng 
birinchisi va eng yaxshisi», degan edi u haqida Abdulla Avloniy.
XX 
asm ing ikkinchi o‘n yilligi oTtalariga (1914—1918) kelib milliy 
jurnallardan iborat davriy matbuot o ‘z qiyofasiga ega bo'ldi, mavzu, 
mazmun va yo'nalish jihatidan shakllanib ulgurdi. Behbudiy tajribasining 
vorislari bo'lgan Hamza, Fitrat, C h o ip o n va boshqalar oylik va kundalik 
nashrlami chiqarib, ularga boshchilik qila boshladilar.
Qoraqalpog‘iston matbuoti tarixi. 0 ‘zbekiston tarkibida o ‘z respub- 
likasiga ega qoraqalpoq xalqining 1917-yilgacha milliy tilida gazetasi 
bo‘lishi u yoqda tursin, uning asosiy qismi gazetaning nima ekanligi 
to ‘g‘risida tasawurga ham ega emasdi. Shubhasiz, odamlar hayotda yuz 
berayotgan har xil yangiliklami, boshqa yurtlardagilar qanday yashayot- 
ganligini bilishga qiziqishardi. Oktabr to 'n tarish id an oldin bunday xabar- 
larning darakchilari asosan bozor ahli, savdogarlar, sayyohlar bo‘lgan. 
Awallari haftasiga ikki marta bo'lib turadigan uzun va qisqa bozorlarga 
ba’zi odam lar uzoq ovullardan u-bu narsani xarid qiladigan islii bo'lm asa 
ham «Olamda nim a gap-so‘z?», «Zam onning yo'nalishi qay tom onga,, 
borayapti?», «Ertangi kunimiz qanday b o 'la r ekan?» kabi savollarga javobí) 
olish uchun kelishgan. U yerda faqat uzunquloq gaplarni emas, balki ja r- 
chilarning xabarlarini, voizlarning nutqlarini tinglab, eshitganlarini ovul- 
doshlariga yetkazishgan.
Qishloq-ovulga uzoqdan kelgan m ehmonga mezbonlar beradigan ilk 
savollar «Sliaharda nima yangiliklar?», «Qanday xabar olib kelding?» qabilida 
bo‘lgan. Shu tariqa xabarlar kishilaming biridan ikkinchisiga o ‘tib, chekka 
joylargacha yetib borgan, ayniqsa, qiziqarli xabarlar juda tez tarqalgan.
O'sha paytlarda qoraqalpoq xalqining ko'pchilik qismi kam bag'al 
yashasa ham, zehnli, bilimga chanqoq edi. 0 ‘z davrida intilganlar, ya’ni, 
harakat qilganlar imkoniyatiga yarasha bilim olishga muvaffaq bo'lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Odam lar o ‘z uylarida turli diniy adabiyotlar va qissa kitoblarini saqlaganlar. 
Qissaxonlar, savodii odam lar kitoblarini turli davralarda o'zlari o'qib 
berishlari bilan birga, b a ’zi savodi chiqqan yoslilarga mutolaa uchun 
vaqtincha bcrib ham turishgan.
Madrasalar qoshida mo'jazgina kutubxonalar bo‘lib, ularda diniy kitoblar 
bilan birga Navoiy, Nizom iy, Fuzuliy g'azallari, So‘fi Olloyor, X oja Ahmad 
Yassaviy, Bedil, Rabg‘o ‘ziy va boshqa dunyoviy va diniy ta’limot namoyon- 
dalarining kitobSari saqiangan va talabalarga o'qishga berilgan.
0 ‘zbckiston va Q oraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi 
U. Rahmetullaev o ‘tgan asm ing 20-yillarida Qoraqum eshon madrasasi 
yonida katta kutubxona b o ‘lib, undagi kitoblardan o ‘quvchilar foydalangani 
haqida yozadi. Kutubxonaga h ar yili Qozon, Kobul, Toshkent shaharlaridan 
karvon bilan 1—2 tuya yangi nashr etilgan kitoblar keltirib turilgan. 
Filologiya fanlari doktori Q.Ayimbetov «Xalo‘q danalo‘g ‘o ‘* kitobida Chim- 
boy qal’asidagi ziyolilardan Qazi Mao‘lik Bekmuhammad o ‘g‘li Qazalo‘, 
Orenburg shaharlariga karvon yurgizib, savdo mollari bilan biiga kitoblar 
ham oldirib, xalqqa tarqatgani haqida hikoya qiladi. M umtoz shoir 
A. Dabilov qissaxonlik hunarini egallashda Qazi M ao‘lik sababchi boMganini, 
undan «Oshiq G ‘arib* dostonini sotib olganini eslaydi.
Kitob ko‘chirish, ya’ni, xattotlik qoraqalpoqlar orasida keng tarqalgan 
hunar bo‘lgan. Husnixati chiroyli, harflami aniq yoza oladigan xattotlar qissa 
kitoblarini, ayrim shoirlaming she’rlarini ko‘chirib, xalqqa tarqatganlar.
Qoraqalpog'iston hududida topilayotgan kitoblar orasida bosma 
kitoblar ko‘p uchraydi. U lam ing aksariyati ikki xil — Qozon bosma va 
Kobuliy bosmaga taalluqli. M atbuot tarixini o ‘rganuvchi mutaxassislar
1917-yilgacha Q oraqalpog'iston hududida arab alifbosida bosma bo‘lma- 
ganini tasdiqlaydilar. Lekin, vaqtida oqpodsho, ya’ni chor Rossiyasi 
hokimligining markazi boMgan Petro-AIeksandrovskda (hozirgi To'rtkul 
shahrida) rus harfli m atbaa uskunasi yordamida davlatning turli rasmiy 
hujjatlari chop etilganligiga oid aniq dalillar mavjud.
Ba’zi ma’lum otlarga qaraganda, hozirgi Qoraqalpog‘iston hududida 
1919-yilda rus tilida «Amudarinskaya jizn* gazetasi va ayrim varaqalar 
chop etilgan. Q oraqalpoq olimlarining aksariyati birinchi milliy gazeta
1924-yiIi noyabr oyidan «Erkin qaraqalpaq» nomi ostida nashr etilganligini 
tasdiqlashadi. Ayrim m anbalarda undan oldin «Kambag‘allar tovushi* 
nomli gazeta chiqarilgani haqida ham notoMiq m a’lum otlar bor.
Lekin mavjud m anbalar, m a’lumotlar o'rganilib, tahlil qilib ko‘ril- 
ganida, ilk milliy gazeta-«Birinshi ado'm» 1924-yilning oxirgi oylarida 
dastlab 50 nusxada chop etilganligiga oid faktlarga duch kelamiz. «Birinshi 
ad o ‘m*dan keyin qoraqalpoqlarning yetakchi gazetasi 1928-yildan boshlab 
«Erkin qaraqalpaq», «M iynetkesh qaraqalpaq* (1928—1932), «Qo'zo‘1 
Qaraqalpaqstan* (1932—1957), «Совет Коракалпагистано* (1957-1992) 
va mustaqillikdan so‘ng «Erkin Qaraqalpaqstan* nomlari ostida chop etilib 
kelinmoqda.
Ayni kunda nashr etilayotgan «Вести Каракалпакистана* gazetasi 
«Амударинская жизнь» gazetasining bevosita davomchisidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1928— 1932-yillarda To‘rtko‘lda faoliyat ko'rsatadigan xo‘jalik hiso- 
bidagi bosmaxonada qator ruscha va qoraqalpoqcha (lotin alifbosida) 
kitoblar va gazetalar nashr ctilgan.
1931-yil 13-fevraldan hozirgi «Qaraqalpaqstan jaslaro“», 1932-yilning 
20-yanvaridan «Jetkinshek* gazetalari nashr etilm oqda.
Dastlabki jurnalistlardan Qasim Ao‘ezov, N au riz Japaqov, Orazali 
Qosekeev, Izbasar Fazilov, Maxsudulla Yakubov, Xojan Abdiholiqov, 
Tam endar Safiev, Ismoil Sultanov, Q urbanbay Aralbayev va boshqalar 
Qoraqalpog*istonda matbuot sohasining birinchi qaldirg'ochlari hisobla- 
nadi.

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish