Jurnalistikasi


partiyasi markaziy nashri «II Popolo» gazetasi shulardan biri edi. Rimda



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)


partiyasi markaziy nashri «II Popolo» gazetasi shulardan biri edi. Rimda 
1944-yildan chop etila boshlagan bu gazeta ixlosmandlari G'arbdagi 
boshqa mamtakatlarda ham kam emasdi.
Yevropa mamlakatlaridagi ilg‘or tajriba biror hududdagina qolib 
ketmasdi. Modomíki gazetalari q o sh n i m am lakatlarga ham tarqalayotgan 
ekan, demak, unda yoritilayotgan mavzuiar voqelikka ayianib boraveradi. 
Moliya-iqtisodiy mavzulami yoritishga ixtisoslashgan *11 Globo» («Er 
shari») gazetasiga 1945-yilda Rimda asos solingan. Ushbu nashr ham 
butun yevropalik moliyachi mutaxassislar e ’tiborini jalb etib turardi.
«The Rome Daily American* gazetasi \946-yi\dan Rim da ingliz tilida 
chop etila boshladi. Uning faoliyati Italiyadagi amerikaliklar siyosatini 
yoritishga yo'naltirilgandi.
XX 
asming birinchi yarmida, xususan, Ikkinchi jah o n urushi davrida 
Italiyada ham juda murakkab vaziyat vujudga kelgan edi. Bu urush bilan 
bogMiq mushkulotlar matbuot taraqqiyotiga o ‘z ta ’sirini o ‘tkazmasdan 
qolmasdi.
1948-yilda m atbuot to'g'risida qonun qabul qilinishi Italiyada bosma 
so‘z ravnaqini yuksaltirishda muhim aham iyat kasb etdi. Shu yili 
demokratik nihdagi «II Paese» gazetasi chiqishi rimlik gazetxonlarni 
mamnun qildi.
«II Paese sera» gazetasi 1949-yildan chiqa boshlagan. Bu tungi gazeta 
haftada to'rt kuh rimliklar uchun, ikki marta N eapol, bir gal Florensiya va 
bir marta butun mamlakat aholisi uchun chop etilardi. Adadi — 85 ming, 
shanba kunlari 120 ming nusxaga yetardi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Italiya m atbuoti ham asta-sekinlik 
bilan yana o'zanini topa boshladi. M a’lum fursat tiklanish davridan so‘ng 
u taraqqiyot sari odim lab ketdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fransiya m atbuoti XX asrning birinchi yarmida jadal sur’atlar bilan 
rivojlandi. Yevropada ravnaq topayotgan m atbaachilik fransuz matbuotini 
yanada yuksaltirishga zamin yaratdi. Biroq Ikkinchi jahon urushi bu 
mamlakatni ham chetlab ojtmadi. Urush qanchalik tajovuz qilmasin, 
yurtda m atbuot taraqqiyoti uchun kurash besam ar ketmadi. Buni aynan 
o'sha yillarda tashkil etilgan qator gazeta-jurnallar faoliyati misolida ham 
ko'rish mumkin.
Fransiya m atbuotida yetakchi o ‘rinlardan birini egallab kelayotgan 
«Le Figaro» (Figaro, 1826-yilda asos solingan) kundalik gazetasi qatoriga
XX asrning birinchi yarmida o ‘nlab nashrlar qo‘shildi. Yo‘nalishlari 
turlicha b o lg a n gazeta-jurnallarda turfa dunyoqarashlar o ‘z aksini topardi. 
«Figaro» gazetasi fransuz siyosiy kuchlarning o*ng tomonini qo‘llab- 
quwatlashga yo'naltirilgan bo'lsa, 1903-yilda tashkil etilgan «Les Echos» 
(Eko) gazetasi fransuz tadbirkorlariga, sanoat va savdo doiralariga xizmat 
qilar edi. U nda asosan shu sohalarga oid reklamalar, birja ma’lumotlariga 
keng o ‘rin berilardi. Siyosiy mavzulami yoritishda gazeta ijodkorlari sanoat 
va savdo-sotiq borasida Fransiya bilan yaqindan aloqa qiladigan davlatlar 
faoliyatiga alohida to 'x talar edilar.
1904-yiIda tashkil etilgan «L’Humanité» (Yumanite) gazetasi 1920- 
yildan e’tiboran Fransiya komfirqasi markaziy qo'mitasining nashriga 
aylantirildi. Bu gazeta safiga 1933-yilda FK Pning dehqonlar gazetasi — 
«La Terre» (Terr), 1948-yilda «Yumanite»ning shanbalik soni — «Yuma- 
nite-dimansh», 1945-yilda «France nouvelle» (Frans nuvel) gazetalari q o ‘- 
shildi.
AQSH, Angliya davlatJarida boMgani kabi bu mamlakatdagi nashrlar 
tahririyatlarida ham , aw alo, ijodiy muhit yetarli darajada shakllantirilishiga 
alohida e’tibor qaratilgandi. Ya’ni, sanoqligina xodim ishlaydigan biroita 
tahririyat yo‘q edi. M odom iki, biror tahririyat ommaga axborot, m a’naviy 
ozuqa berish m as’uliyatini zimmasiga olgan ekan, unda ijodiy kuch yetarli 
darajada b o iish i zarurligini fransuz noshirlari e ’tibordan chetda qoldirmas 
edilar.
Hatto OAVni eng zarur axborotlar bilan ta ’minlab turish maqsadida
1944-yilda Parijda tashkil etilgan «Frans-Press» axborot agentligida ham 2 
ining xodim, jum ladan, 700 nafar muxbir faoliyat ko'rsatardi. G aze- 
talarning tahririyatlarida yana yuzlab ijodiy xodimlar faoliyat ko‘rsatishini 
hisobga olsak. m azkur gazetalar nechogMi serm azm un bo‘lishini tushunish 
qiyin emas.
1923-yilda Parijda ilg'or fikrli adiblar tom onidan tashkil etilgan 
«Yeurope» (Yerop) oylik jurnalida asosan fransuz adabiyoti va san'atiga oid 
asarlar, shuningdek, xalqaro maydonda yuz berayotgan qîziqarli, muhim 
voqea-hodisalar haqida maqolalar yoritilardi.
Xristian dinining Rim papasi mazhabidagi katoliklar fransuziar orasida 
ham kam emasdi. Ô ‘sha katoliklar bu davrda bir nechta nashrga asos 
solishdi. Shulardan biri 1925-yilda Parijda tashkil etilgan «La France 
catolique» (Frans katolik) gazetasi b o iib , unda e ’ion qilingan katoliklar 
hayotiga oid rang-barang materiallar, diniy-m a’rifiy mavzudagi maqolalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


goho bahs-munozaralarga sabab b o la rd i. 0 ‘sha davrdayoq gazeta 70 ming 
nusxa atrofida chop etilgani uning muxlislari qanchalik ko‘p boiganidan 
darak beradi. 1934-yilda Parijda tashkil etilgan «La France-m onde 
catolique» (Frans-mond katolik) jum ali, katoliklaming 1941-yilda chiqa 
boshlagan yana bir yangi nashri — «Témoignage Ç retien» (Temuanyaj 
kreten) gazetasi ham shu yo‘nalishdagi mavzularni yoritish orqali ko'plab 
muxlislariga ega bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi davom etayotganiga qaram asdan, Fransiyada bir 
nechta gazeta-jurnal tashkil etilgani e ’tiborga molikdir. «France d'abord* 
(«Frans d'abor») gazetasi 1941-yilda frontdagi qo‘shinlar va partizanlar 
Milliy kengashining nashri sifatida maydonga chiqdi. G azeta urush 
yillarida fransuz xalqini fashist bosqinchilariga qarshi kurashga chorladi. 
Unish poyoniga yetgunga qadar mahalliy xalq uni q o im a - q o i o'qib bordi.
1944-yilda esa Parijda «Telegramme de Brest» («Telegramm de 
brest»), «La tribune des nations* («Tribyun de nason»), «L’Oise liberee» 
(«Uaz libéré»), «Ouest-France» («Uest-frans») gazetalari chiqa boshladi. 
0 ‘sha yili Parijda tashkil etilgan «France-Soir» («Frans-suar») gazetasi bir 
milliondan ortiq nusxada chiqib turdi. Siyosat bobida ko‘proq hukumat 
tutgan yo‘lni qo‘llab-quwatlaydigan bu tungi gazeta sahifalarida asosan 
mamlakat polisiyasi faoliyatiga oid turli materiallar, h ar xil qiziqarli 
suratlar, maroqli hajviyalar, ko'ngilochar asarlarga keng o ‘rin berilardi. 
Tabiatan oqko'ngil fransuzlar orasida bunday mavzularga qiziqadiganlar 
ko‘pchilikni tashkil etishi bois mazkur gazetaning muxlislari tobora ortib 
bordi.
Fashizm ustidan g ‘alaba qozonilgan 1945-yilda mam lakatda yana bir 
qator yangi nashrlar paydo b o ‘ldi. «France nouvelle» (Frans Nuvel), 
«Force ouvrière» (Fors uvrier), «L’Unite paysanne» (Yunite peyzan) 
gazetalari, «Les Temps modernes» (Tan m odem ), «L’E cho de la presse et 
de la publicité» (Eko de lya press e de lya pyublisite), «L’Information 
radical-socialiste» (Enformatson radikal-sotsialist), «L’Usine nouvelle» 
(Yuzin nuvel) jum allari shular jumlasidandir. U lar qatoriga 1948-yilda 
q o ‘shilgan «Sud-Ouest» (Syud-U est), 1950-yilda asos solingan «France- 
observateur» (Frans-observater), «L’Information» (Enform atson) gazetalari 
ham ommalashib ketdi. Bu gazetalar sahifalalarida m amlakat ichki va 
tashqi siyosatiga, adabiyot va san’atga oid xilma-xil m ateriallar yoritilardi.
Ko'rinib turibdiki, ilg‘o r fikrli fransuz ziyolilari mam lakatning o ‘sha 
davrdagi og'ir iqtisodiy sharoitida ham matbuotni ravnaq toptirish yolida 
tinm ay izlanganlar hamda inuayyan maqsadlariga erishganlar ham. Bu esa, 
o ‘z navbatida, Fransiyaniiig barcha sohalarda beqiyos darajada rivojlanib 
ketishiga xizmat qildi. 
.
.
.
Yaponiya matbuoti uchun XX asming birinchi yarmi o'ziga xos 
yuksalish davri bo'ldi. Matbaachilik sohasidagi yangi-yangi yutuqlar nashr 
ishlarini yanada ravnaq toptirishga imkon yaratdi.
Mo'jizalarga boy bo’lgan bu kunchiqar m am lakat matbuoti haqida 
so’z yuritganda, aw alo, taraqqiyot bosqichida jahon ahlini hayratga solgan 
ayrim manzaralarga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir. Ba’zi muta-
www.ziyouz.com kutubxonasi


xassislar XX asrni «Yapon m o‘jizasi* asri bo‘lgan, deya ta ’riflashadi. Agar 
shu fikm i e ’tiro f etadigah bo‘lsak, o ‘sha mo'jizani Yaponiya matbuoti 
m isoiida ham ko‘rish mumkin. O 'tgan asrda mamlakatning yctakchi 
nashrlaridan b o lg a n «Asaxi simbun* gazetasining tam al toshi 1879-yilda 
Osaka shahrida qo*yilgan edi. 1888-yili tahririyat Tokioga ko‘chdi. XX asr 
boshlaridagi turfa voqealarni haqqoniylik va hoziijavoblik bilan yoritib 
borgan gazetaning nufuzi oshib, shunga monand adadi ham muttasil 
ko‘payib bordi. Katta adaddagi gazeta poytaxtdan tashqari Osaka, 1935- 
yildan Kitakyusyu va Nagoya, 1959-yildan Sapporo bosmaxonalarida ham 
chop etilardi.
«Asaxi simbun* gazetasi (saksoninchi yillarda) kuniga ikki m arta -
tonggi soni 7,5 million, tungi soni esa 4,8 million nusxada chop etilardi. 
Yuz sahifagacha hajmda chiqadigan ushbu gazetani o ‘ta m uhim axborot, 
dolzarb mavzudagi maqolalar bilan muntazam ravishda «to'ldirish* 
m ashaqqatini tahririyat ishiga um rini baxshida etgan kishilargina yaxshiroq 
tushunsalar kerak. Tahririyatda o ‘sha davrda kam emas - besh mingdan 
ortiq xodim faoliyat ko‘rsatishgan. Keyinchalik xodimlar soni yana bir 
necha m ing kishiga ortgani haqida m a ’lum otlar bor.
1874-yilda asos solingan «lom iuri simbun* gazetasi ham XX asrga 
kelib ju d a om m alashib ketdi. 1952-yildan Osaka, 1959-yildan Sapporo, 
1961-yildan Takaoke, 1964-yildan e ’tiboran Kitakyusyu shaharlaridagi 
bosm axonalarda bir vaqtning o ‘zida ertalab 8,9 million, kechquruo 
4,9 m illion nusxalarda chop etilishi hayratomuzdir. 0 ‘n mingdan ortiq 
xodim faoliyat ko'rsatadigan «lomiuri* gazeta kompaniyasida ishlar puxta 
reja asosida tashkil etilgan. G azetaning o ‘nlab muxbirlari Nyu-York, 
London, Parij, Moskva, San-Fransisko, Bonn, Jeneva, N yu-D eíi, Bang­
kok va boshqa shaharlarda faol harakat qilishadi.
Yaponiya yuksalishiga juda katta hissa q o ‘shgan «lomuri» gazetasiga 
e’tibor beraylik. «lomiuri* kompaniyasi o ‘zining aviasiyasiga, alohida 
samolyotlariga, xalqaro miqyosda hisob-kitob yuritish vakolatiga ega 
b o ig a n banklariga, o ‘ta muhim axborotlardan hoziijavoblik bilan xabardor 
qilib turishga xizmat qiluvchi qisqa to ‘lqinli radiostansiyasiga, Tokioda En- 
Ti-Vi, O sakada esa «lomiuri G e-R e-B i* deb nomlangan telekom pa- 
niyalariga ega edi. Markaziy tahririyat ayni vaqtda 9 ta haftalik va oylik 
jum allar ham ch o p etardi. 1955-yildan boshlab Tokioda hatto ingliz tilida 
«Deyli iomiuri* tonggi gazetasini chop eta boshladilar.
XX asm ing ikkinchi yarmida Yaponiya xalqi ham murakkab davmi 
boshidan kechirayotganligiga qaramay, mamlakatda qator yangi gazeta- 
jumallar tashkil etildi. 1928-yilda «Akaxata* (1946-yildan e ’tiboran «Sekki* 
nomi bilan) gazetasi chop etila boshladi. Shuningdek, o ‘sha davrda «Tokio 
asaxi simbun*, «Miyako simbun*, «Nixon simbun», «Tyuyu simbun*, «Tokio 
nitiniti simbun*. «Dziti simpo*, «Mayniti simbun*, «Yubin xoti simbun*, 
«Yamato simbun* kabi gazetalar faoliyatini yolga qo‘yishda yuqorida nomlari 
zikr etilgan m ashhur nashrlar tajribasi keng qollanildi.
1923-yiIda yuz beigan kuchli yer silkinishi oqibatida Tokioda ko’plab 
binolar vayronaga aylandi. Bu fojia poytaxtdagi* qator tahririyatlar fao-
www.ziyouz.com kutubxonasi


liyatiga ham jiddiy ta ’sir ko‘rsatdi. Bu yerda chiqadigan «N itiniti», «Xoti», 
«Miyako» gazetalari ma’lum m uddat faoliyatini to'xtatishga majbur 
boiishdi.
Yaponiya gazetalari ham , boshqa davlatlar kabi, m arkaziy va mahalliy 
nashrlarga bo'linadi. Shunisi e ’tiborga molikki, m ahalliy gazetalarga 
b o ig an qiziqish ancha yuqori. 1934-yilda mamlakatda 1219 nomdagi 
kundalik, 470 ta haftalik gazetalar chop etilardi. S392 nom dagi gazetalar 
esa oyda uch marta chiqardi. Vfazkur nashrfaming qariyb 30 foizi Tokio va 
Osaka shaharlari bosmaxonalarida chop etilardi. Bu davrdagi gazetalarning 
adadlari o ‘rtacha 4 mingdan 1,5 million nusxagacha bo'lgan. Qizig‘i 
shundaki, Ikkinchi jahon urushigacha biror gazetada adadi ko‘rsatilmas 
edi. Mutaxassislar fikricha, o ‘sha davrdagi MOO ta yapon gazetasining 
umumty adadi taxminan 19 million nusxa atrofida b o ig an .
Qadimiy shahar Osakada ham matbaachilik va shuning barobarida 
matbuot ancha rivojlangan edi. 0 ‘sha davrda shaharda 94 ta kundalik 
gazeta chop etilardi. Jumladan, «Osaka asaxi simbun» gazetasining adadi
1,3 million nusxani, «Osaka mayniti simbun» gazetasi 1,2 million nusxani 
tashkil etardi. Ushbu nashrlar qatoriga 1935-yilda «Kyusyu asaxi» va «Nisi 
mayniti» gazetalari qo'shildi.
Ikkinchi jahon urushi davridagi iqtisodiy bo'hronlar yapon matbuoti 
taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1943-yildan boshlab ko‘plab 
gazeta hajmlari qisqara boshladi. Ya’ni, 40 sahifali gazetalar 4—6 sahi- 
fagacha tushib qoldi. Ayrim nashrlarning hatto yopilishiga olib keldi.
XX asr o ‘rtaIaridan e ’tiboran dunyo hamjamiyatida munosib o'rin 
egallay boshlagan Yaponiya xalqaro muomala vositasi hisoblanmish ingliz 
tilida ham qator nashrlami chiqarishga kirishdi. C hunonchi, «The Japan 
Times*, «The Daily Yomiori*, «Mainichi Daily News», «Asahi evening 
News* kabi gazetalarning muxlislari nafaqat chet ellarda, balki yapon 
ishbilarmonlari orasida ham ko'plab topiladi. 0 ‘tgan asm m g yetmishinchi 
yillarida o'sha gazetalarning um um iy adadi 36,5 million nusxadan oshgani 
diqqatga sazovordir. Dunyoni ko'rm asdan, dunyo kishisi b o ‘la olmaysan, 
degan aqidaga amal qilgan davlatda dunyoviy tillarda gazetalar chiqarish 
ham shu mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilar ekan, buni Yaponiya 
matbuoti misolida ham ko‘rishim iz mumkin.
Yaponiya jumallarining dunyoga kelish tarixi ham XIX asrga borib 
taqaladi. Mamlakat tarixida ilk bora olimlarning jum ali «Meykoru dzassi»
1883-yilda nashr etildi. 1887-yilda esa «Marumaru simbun» satirik jurna- 
Iiga asos solindi. Q ator yillar mobaynida ular saflga «Xodan dzassi*, 
«Tokio sinsi*, «Xomey sinsi», «Suki to suppon», «Kagedu sinsi», «Sim- 
bunsi*, «Dzyogaku dzassi», «Kyonku xoti*, «Tegakukay dzassi* «Kîppon- 
no syonen*, «Tayyo* kabi turli yo'nalishlardagi jurnallar ham qo’shildi. Bu 
nashrlarning mushtariylari XX asrda yanada ko‘paydi. Asr boshida, 
aniqrog'i, J904-yiIda «Nitiro scnso syasin gaxo* nomli ju rn al tipidagi nashr 
paydo bo'ldi.' Uning sahifalarida asosan rus-yapon um shini tasvirlovchi 
fotoyangiliklar yoritilgani bois adadi ham keskin oshib ketdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1920—30-yillarda qator om m abop jurnallar tashkil etildi. Ayniqsa, 
«Kodan», «Karabu*, «Kingu*, «Fudzin kurabu», «Genday», «Xinode*, 
«Tyuo koron*, «Bungey syundzyu» kabi jumallarda yoritilayotgan turli 
m avzulardagi materiallar, rangli suratlar, reklamalaming ixlosmandlari kun 
sayin ortib bordi. Birgina «Kingu* jum alining adadi tez orada million 
nusxadan oshgani uning nechog'ii o'qim ishli bo'lganidan dalolat beradi.
M am lakatda jurnallar soni ortib borayotgan kezlarda íkkinchi jahon 
urushi yaqinlashayotgan edi. Bu urushda Yaponiyaning tutgan o ‘rni, 
kim lar bilan ¡ttifoqchi bo‘lgani va alal-oqibat mamlakat boshiga qanday 
b a ld a r yog'ilgani tarixdan m a’lum. Shunday qilib, 1937-yilda 12 ming 
nom da chiqayotgan jurnallar soni 1940-yilga kelib 5200 taga tushdi. 1944- 
yilda esa 2 ming atrofida jurnallar chop etilardi. Ulardan 530 nomdagisi 
rasmiy nashrlar bo'lsa, 300 tasi turli mavzularga bag'tshlangan, qolgan 
qismi esa sohaviy hamda o ‘quv jurnallari bo ig an . Mamlakat boshiga atom 
balosi yog‘ilgan 1945-yilda esa atigi 300 nomdagi jurnallar qolgan edi. 
U rush yillari iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda qog'ozning o ‘ta 
tanqisligi ham ko'plab jurnallarning yopilishiga sabab bo‘ldi.
1945-yil 19-sentabrda Amerika hukumati tomonidan e'lon qilingan 
«Yaponiyada gazeta nashr etish huquqi» deb nomlangan hujjat amalda bu 
m am lakatda «Matbuot kodeksi» sifatida qabul qilindi. 1947-yil may oyidan 
e'tiboran Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi amal qila boshladi. Bularning 
barchasi mam lakatda matbuot taraqqiyoti uchun yangi davrni boshlab 
berdi. 1945-yil 1-dekabr kuni Tokioda «Minio* tungi gazetasining ilk soiii 
bosm adan chiqdi. 1946>yil boshlarida «Dzidzo simpo*, fevral oyida esa 
«Tokio tayms» va boshqa gazetalar birin-ketin chop etila boshladi. Bir yil 
o ‘tib m am lakatda 125 nomdagi yangi nashrlar paydo bo‘ldi. Ayni paytda 
qator jurnallar ham qaytn tiklanib, ular qatoriga «Sinsey», «Koron», 
«Genday*, «Sintyo» kabi o ‘nlab yangi nashrlar qo‘shildi.
Yaponiya matbuotining ravnaq topishida 1945-yilí tashkil etilgan 
«.iodo susin axborot agentligi, E n-Eych-K ey yetakchi yapon gazeta hamda 
radioeshittirish korporatsiyasi kooperativ birlashmasi ham m uhim o'rin 
tutdi.
XX asrning birinchi yarmida ju d a ko‘p urushlarni Cjurnladan* 1904—
1905-yilIardagi rus-yapon urushi, Xitoy va Koreyani mustamlakaga 
aylantirishga qararilgan harakatlar, Ikkinchi jahon urushi davrida «Uchlar 
pakti»ga ko‘ra bosqinchilik siyosatini q o ‘llab-quwatlash va hokazo) 
boshidan kechirgan yapon xalqi 1945-yil avgust oyida atom bombasining 
dahshatini ham ko‘rganidan jahon ahli xabardor. Shunga qaramay, 
Yaponiya tez orada yana taraqqiyot sari dadil odimlab ketdi. Mam- 
lakatning bunday taraqqiyotga erishuvida «hayot ko'zgusi» hisoblanmish 
matbiiotning ham benazir xizmati borligini hech kim inkor eta olmaydi.
Xitoy m atbuoti XX asrning birinchi yarmida og'ir iqtisodiy sharoitda 
rivojlanganini kuzatish mumkin. Bu davrda Yaponiya bilan bo'Igan 
mojarolar, Ikkinchi jahon urushi davridagi tahlikali voqealarning barchasi 
matbuot ravnaqiga ham o ‘z ta ’sirini o'tkazm asdan qohnadi. Asr o'rtalariga 
kelib m am lakatda 253 nomdagi gazeta 2,5 million nusxada chop etilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aholisining ko'pligi jihatdan dunyoda birinchi o 'rin d a turadigan 
Xitoyda kommunistik partiya hukm ron ekanligi yaxshi m a’lum. Shu bois 
m amlakatda chop etiladigan nashrlam ing aksariyati o 'sh a mafkuiaga 
xizmat qilishini tasaw ur etish qiyin enias. Nima bo'lganida ham , o ‘ziga 
xos taraqqiyot yo‘lini taulagan X itoy matbuotining xalqaro jurnalistika 

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish