Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

X V I bob.
XX ASRNING B IR IN C H I YARMIDA JA H O N
M ATBUOTI
M atbaachilik ravnaq topgan sari matbuot rivojlanib borardi. XX 
asm ing birinchi yarmida, ayniqsa, AQSH, Angliya, Germaniya, Italjya, 
Fransiya, Yaponiya, Rossiya (keyinchalik sobiq SSSR tarkibida), Xitoy 
kabi davlatlam ing gazeta-jum allari o'ziga xos axborot olamini vujudga 
keltirdi. 0 ‘sha yillarda paydo bo'lgan o ‘nlab nashrlar keyingi davrlar 
m atbuoti uchun tam al toshi b o ‘üb xizmat qildi.
Am erika Q o‘shma S h tatlari matbuoti taraqqiyot bobida o'tgan 
asriardayoq ancha ilgarilab ketdi. 1900-yilga kelib 2235 nomdagi kundalik 
gazeta 15 million 102 ming2 nusxada chop etilardi. Bu davrda Q o ‘shma 
S htatlarda chiqadigan turli nom dagi nashrlar soni 21235 tani tashkil etdi.
1 Salam on L. 0 ‘sha manba, 180-bct.
2
G azeta jurnallaming adadlariga oid ma’lumotlar ular olingan kitob (manba)lar 
yaratilgan davrdagtga asosan olxndi. Tabiiyki, bugungi kungacha bu ko‘rsatkichlar 
o ‘zgarib kctgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XX 
asming birinchi yarmida gazetalar bilan bir qatorda «Commercial 
and Financial Chronicle», «Afro-Americao*. «Baltimore Cun*, «Wa- 
chington Evning Star», «Journal o f Commerce and Commercial», «Wa- 
chington Post and Times Herald*, «Des Moines Register*, «Denver Post*, 
«Los Angeles Times*, «New York Herald Tribune*, «New York Times* 
gazetalari, «Iron Age*, «Cosmopolitan*, «Farm Journal*, «The Saterday 
Evening Post* kabi jum allar ham tobora om m alashib bordi. Jumallar 
adadi bir necha yuz mingdan tortib 12 million nusxadan ham oshgani 
e ’tiborga molikdir.
AQSHda gazeta-jum al nashr etishning o ‘ziga xos maktabi yaratildi. 
T o ‘rt, sakkiz sahifadan iborat bo‘lib chiqadigan gazeta o ‘zini oqlay 
olmasligi, bunday nashrlar asosan muassis yoxud m a ’lum bir guruh 
kishilargagina m a’qui fikrlami yoritib, keng om m aning axborotga bo‘lgan 
ehtiyojini qondira olmasligi to ‘g“ri anglashildi. Shu bois gazetalar yetmish, 
sakson, hatto yuz sahifagacha hajmda chiqib turishi odatiy holga aylangan. 
Gazeta bir necha o ‘n sahifadan iborat bo'lgandagina unda keng xalq 
ommasining talablarini qondira oladigan axborot 
berish va turli 
mavzulardagi maqolalami yoritish mumkinligi o ‘z isbotini topdi.
Amerikalikiar asosan dam olish kuni gazeta-jurnallam i bafuija mu- 
tolaa qilishga vaqt topishini hisobga olgan tahririyatlar o ‘z gaze-talarining 
yakshanba sonlarini besh yuz sahifagacha liajmda ham da odatdagidan ikki 
barobar ko‘p nusxada chop etishardi. Shunisi qlziqki, bir necha million 
nusxada chop etiladigan besh yuz sahifalik gazetalam ing ham sotuvda 
etishmay qolish hollari k o 'p uchrardi.
Ko'rilayotgan foydaning to ‘rtdan uch qism i e ’lon qilinayotgan 
reklamalar hisobidan olinar edi. Qolgan qismi esa gazeta savdosidan 
tushardi. G azeta-jum allar narxini belgiiashda muassis yo tahririyatlar ko‘p 
hollarda o ‘z foydasini birinchi o ‘ringa qo'ym as edilar. Bil’aks, tannarxi, 
masalan, taxminan ikki dollarga tushadigan gazetani uch-to‘rt barobar 
arzonga (ta’bir joiz bo‘lsa — zarariga!) sotish «taomil*ga aylandi. O'quv- 
chilar manfaatini ko'zlab qilingan bu xayrli ishning mevasidan aslida 
noshirlar ko‘proq bahramand bo'lishadi. Ya’ni, nashm ing adadi misli 
ko‘rilmagan darajada ortib boraveradi. Qanchalik ko‘p nusxada bosilsa, 
nashming tannarxi shunchalik kamayishi turgan gap. 
Ikkinchidan, 
tadbirkor va ishbilarmonlar o ‘z reklamalarini adadi ko‘p gazetalar orqali 
yoritishni afzat ko‘rishardi. Demak, gazetani sotishdan ko‘rilgan ba’zi 
zararlar reklamadan olinadigan foyda hisobiga qoplanib, qo4shimcha 
daromadlarga ham erishiladi.
AQSH matbuoti taraqqiyotida 1948-yili asos solingan «Associated 
Press* («Matbuot uyushmasi*) axborot agentligining roli katta bo‘ldi. Bu 
agentlik asr o ‘rtalariga kelib 3460 dan ortiq gazeta-jum alga, shuningdek, 
qator radiostansiya va telestudiyalarga xizm at 
ko‘rsatardi, agentlik 
dunyodagi 160 ta yirik shaharda faoliyat yuritayotgan 2500 dan ortiq 
muxbiriga ega edi. Assoshieyted Press maxsus- byurolari orqali jahonning 
100 dan ortiq shahrida chop etiladigan 1763 ta gazeta bilan teletayp orqali 
aloqani yo‘Iga qo‘ydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shiddatkor davr hisoblangan XX asm ing birinchi yarmida mamla- 
katda chop etila boshlagan ayrim nashrlar haqida to ‘xtalish maqsadga 
muvofiqdir.
AQ SH da gazetalar bilan bir qatorda jum allarga ham qiziqish baland 
ckanligi kuzatilgan. Buni XIX asm ing ikkinchi yarmida tashkil etilgan 
qator ju m a lla r navbatdagi asr avlodlarining ham e ’tiborini qozonganidan 
bilsa bo‘ladi. Vashingtonda «N ational Geographic» oylik bezakli ilmiy- 
omm abop ju m a li 1888-yilda, Nyu-Yorkda «Cosmopolitan» oylik adabiy- 
sivosiy ju m a li 1886-yilda, ayollarga mo'ljallangan «Vogue» oylik bezakli 
jum ali 1892-yilda, «American Weekly» rangli-bezakli haftalik jum ali 1896- 
yilda, «New York Times» gazetasi ilovasi bo‘lgan «New York Times 
Magazine* ju m a li 1896-yilda, «Me Calls* ayollar oylik bezakli jum ali
1897-yilda tashkil etildi. XX asm ing birinchi yarmidayoq bu jum allar 
adadi bir nech a yuz mingdan 13 milliongacha nusxani tashkil etgani 
ulam ing naqadar om m abop ekanügidan dalolatdir.
Jurnallam ing aksariyati har haftada, oyda bir yoki ikki marotaba chop 
etilardi. Shunga yarasha mushtariylarining soni ham ortaverdi. Jurnallarga 
b o ig an talab-ehtiyojlar oshgani bois 1900-1950-yillarda ular safiga yana 
qator yangi nashrlar qo‘shildi. 
1902-yilda «Chemical Engineering* 
jum alini m ushtariylar qiziqish bilan kutib oldilar. Asosan muhandislik 
kimyosi sanoati m uam m olarini yoritishga m oijallangan bu jum al har ikki 
haftada 44589 nusxada chop qilinar edi.
1914-yili ta ’sis etilgan «Current History* oylik jum ali yangi tarix 
mavzularini yoritishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Unda AQSHning 
xalqaro m aydonda tutgan o ‘mi, ichki va tashqi siyosatiga oid rang-barang 
mavzularga keng o ‘rin berilardi. Ishbilarmon hamda tadbirkorlarga 
moMjallangan «Forbes* jum aliga 1917-yilda asos solingan. Bu jum al ham 
har oyda ikki m arotaba chiqariladi. «Barron’s National Business and 
Financial Weekly* haftalik jum ali 1921-yilda Bostouda chiqarila boshladi. 
97000 dan o rtiq nusxada chop etilgan bu jum alda AQSHdagi etakchi 
m onopoliyachilar, ishbilarmonlar va ilg‘o r moliyachilar faoliyati aks 
ettirilardi. Ju m a ld a AQSHning siyosiy faoliyatiga ham xolis munosabatlar 
bildirilar edi.
Boshqa xalqlar qatori amerikaliklarda ham adabiyotga, m a’naviyatga 
qiziqish m udom yuqori boMgan. «The Readers Digest* oylik adabiy-siyosiy 
jum ali 1922-yilda Plezantvill shahrida tashkil etilganidayoq o ‘ziga xos 
voqelik b o ‘lgandi. Zero, 17 tilda chiqadigan ushbu jum alning umumiy 
adadi XX asr oxiriga kelib 30 million nusxaga etgani uning qay darajada 
om m alashganini ko'rsatadi.
0 ‘sha davrda Nyu-Yorkda q ato r jum allarga asos solindi. 1922-yilda 
«Foreign Affairs*, 1923-yilda «Time*, 1924-yilda «American Mercury*, 
1925-yilda «New Yorker The*, 1929-yilda «Busineess Week*, 1930-yilda 
«Fortune*, 1933-yilda «Newsweek* jum allari tashkil etildi. M a’naviyatga 
tashna m ushtariylar orasida bu jum allar tezda ommalashib, umumiy 
adadlari ham b ir nech a yuz mingdan 10 million nusxagacha etdi. Dem ak, ' 
AQSHdagi nashrlar ham m azm unan juda boy, sifatli, o ‘quvchi didiga mos 
bo‘lgandirki, ulam ing mushtariylari soni tobora ko‘paya bordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘sha nashrlaming muassis va ta ’sischilan o'quvchilar sonining 
ko'payishidan manfaat ortishini t o ‘g ‘ri hisob-kitob qilib, gazeta-jum allarni 
haqiqiy tannarxidan ham arzonga sotishardi. Chunki bu sohada faqat 
daromad ketidan quvganlar uzoqqa bora olmasligini, tez orada bozori 
kasodga uchrashini amerikalik noshirlardan tortib muassislargacha yaxshi 
bilishlardi.
AQSHlik mushtariylarning sevimli nashrlaridan biri— «Life» rangli- 
bezakli jurnaliga 1936-yili asos solingan. Umumiy adadi 6041778 nusxa 
bo'lgan bu xalqaro miqyosdagi ju m a l ikki haftada bir m arta chop etila 
boshiagan. Jahon miqyosida o 'z o'quvchilariga ega bo'lgan ushbu nashr 
Lotin Amerikasi mamlakatlari u chun Parijda ispan tilida ham chop 
etilardi. Ikkinchi jahon urushidan so ‘ng jum al «XX asr — Amerika asri», 
«AQSH dunyo rahnamosidir» shiorlari ostida chiqariladigan bo'ldi.
Diinyo miqyosida miixlislariga ega bo'lgan «Look» jurnaliga 1937-yilda 
Nyu-Yorkda asos solindi. Ikki haftada bir marta 5623413 nusxada chop 
etiladigan jumalda rang-barang suratlar bilan bir qatorda qiziqarii hikoyalar, 
kinoyulduzlar haqida ocherklar yoritiladi. «Nigoh» degan nomiga yarasha bu 
ommabop nashr sahifalarida o ‘z aksini topadigan AQSH va boshqa 
davlatlaming 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotiga 
daxWor 
muammolar, 
xususan, 
mamiakat boshqaruvida uchrashi mumkin bo'lgan korrupsiyaga oid tanqidiy 
maqolalar ham o'qnvchilar e ’tiborini o'ziga tortib turadi.
Nyu-Yorkda tashkil etilgan yana ikkita jumal haqida to'xtalib o'tish 
joiz. «Parade* haftalik ommabop jurnaliga 1941-yilda asos solindi. H ar 
yakshanba kuni chiqadigan bu bezakli jum al 22 million (oyiga 88 million!) 
nusxada chop etilishi uning qanchalik sermazmun, qiziqarii ekanligini 
ko'rsatadi. Jurnalxonlar talab-ehtiyojini muntazam kuzatib borgan mutaxa- 
ssislar zamonga mos yangi nashrlar chop etish ustida muttasil izlandilar. 
Shunday izlanishlar samarasi o ia r o q 1949-yilda tashkil etilgan «Reporter» 
siyosiy jumali ham millionlab muxlislariga ega ekantigi bejiz emas.
XX 
asrning birinchi yarmidagi AQSH matbuoti haqida s o 'z ketganda, 
m ashhur kompaniya rahbari G e n ri Lyus faoliyati haqida ham to'xtalib 
o'tish joizdir. 0 ‘zi bosh m uharrir sifatida ish boshiagan Lyusning 
kompaniyasiga qarashli jurnallarning bir galgi umumiy adadi 11 million 
nusxadan ortiq edi.
«Xerst konsolideyted pablikeyshnz, ink.» yirik noshirlik konserni XIX 
asming oxirlarida tashkil etilgan b o ‘lsa-da, 1930-yil o'rtalarida ’chinakam 
ravnaq topa boshladi. Bu paytga kelib konsernda 28 ta kundalik gazeta va 
13 ta jurnal chop etilardi. Bundan tashqari u o'zining axborot agentligiga, 
matbuot markazi, radiostansiyasi, kinofirmasiga ham ega edi.
AQSH gazetalari haqida s o 'z yuritganda ham, avvalo, XIX asrda yuz 
bergan ayrim voqea-hodisalarga bir bora nazar tashlash maqsadga 
muvofiqdir. Negaki, bu davrda navbatdagi asr matbuotining ravnaqi uchun 
zamin yaratilgandi. Dunyoda d ong taratgan «New York Times» (Nyu-York 
Tayms) gazctasiga ham ayni shu davrda — 1851-yilda asos solindi. «Nyu- 
York tayms kompani» deb uom laugan kompav\iya tom onidan har kuni 
chop etiladigan gazetaning adadi 623588 nusxa. yakshanba kunlari esa
www.ziyouz.com kutubxonasi


1261800 nusxadan kam bo‘Lmagan. Har kuni 80—120 sahifada chop 
etiladigan gazetaning yakshanba sonlari 400—500 sahifagacha yetishi odatiy 
holga aylangan.
D am olish kungi soniga ju m a l tipidagi ikkita ilova — «Nyu-York 
taym s megezin* va «Nyu-York taym s buk revyu» ham q o ‘shib chiqarilishi 
yo‘lga q o ‘yilgan. Uiardan tashqari, «New York Times»ning 30 ga yaqin 
ilovalari chiqib turadi. Uning Lotin Amerikas! uchun Limada (Peru) va 
Yevropa davlatlari uchun Parijda nashriyot uylari mavjud. Gazeta 
xodim larining umumiy soni 5000 nafardan ortiq kishini tashkil etadi, 
aynan tahririyat shtatida esa 900 xodim muntazam faoliyat ko‘rsatadi. 
A Q SH ning 17 ta yirik shahrida ham da 29 ta mamlakat poytaxtlarida bu 
gazeta doim iy byurolariga ega.
«M akkorm ika—Patterson» gazeta tresti mamlakatdagi yirik nashrlarga 
asos solgan. 0 ‘sha nashrlarning umumiy adadi 3,4 million, yakshanba 
sonlari esa 5 million nusxadan oitiqroqdir. Xristianlik ilmini targ‘ib etuvchi 
«C hristian Science M onitor» gazetasiga 1908-yilda Bostonda asos solingan. 
19 1
7-yilda M edisonda (Viskonsin shtati) chiqa boshlagan «Capital Times» 
kundalik m ustaqil gazetasida asosan ijtimoiy mavzudagi maqolalarga keng 
o 'rin beriladi.
«The N ew York Daily News» (Nyu-York kundalik haqiqati) 
gazetasining nom idanoq m azm un-m ohiyatini anglash mumkin. 1919-yilda 
asos solingan bu gazeta sahifalarida asosan reklamalar yoritiladi. Uning 
tahririyatida 3000 dan ortiq xodim faoliyat ko'rsatadi. G azeta adadi o ‘tgan 
asr o 'rta la rid a 2056521 nusxani, yakshanba sonlari esa 3455033 nusxani 
tashkil etardi.
A Q SH m atbuoti taraqqiyotida 1919-yilda tashkil topgan «Federated 
Press» axborot agentligining ham salmoqii hissasi bor. K o'plab gazetalar 
eng m u h im axborotni shu agentlikdan olardilar. Uning uchta b o iim i Nyu- 
York, V ashington va Detroyt shaharlarida joylashgan.
«W ashington Daily News» haftalik gazetasi 1921-yildan chiqa 
boshlagan. Bu gazeta asosan Skripss-Govard tresti siyosiy yo‘nalishidagi 
m avzularni kengroq yoritardi. Rang-barang materiallar bilan bir qatorda 
turli ko‘ngilochar suratlar va rrlaqolalar ham muxlislami xushnud etardi.
M am lakatdagi yetakchi gazetalardan biri — «New York Herald 
T ribune»ga 1924-yilda asos solingan. Bugungi kunda ushbu gazeta yetakchi 
nashrlardan deb topilgan. G azetaning «Yevropa nashri* Parijda chiqadi.
XX asr o ‘rtalarida 500000 nusxa atrofida chiqib turgan gazeta 50—80 
sahifadan, yakshanba sonlari esa 300—400 sahifadan kam bo‘Lmasdi.
1924-vildan chiqa boshlagan yana bir gazeta - «New York Daily 
Mirror* N yu-Y orkning kundalik ko‘zgusi hisoblangan. Gazeta sahifalarida 
asosan am erikalik monopoliyachilarning qarashlari o ‘z aksini topardi.
«This Week* haftaligi 1935-yili Nyu-Yorkda chiqa boshlashi bilanoq 
o ‘z m uxlislarini topdi. Yakshanba kunlari 39 ta ilovasi bilan chop 
etiladigan bu nashm ing umumiy adadi 11685200 nusxadan oshardi. Asosiy 
m aqsadi reklamalarni yoritish boMgan ushbu haftalik sahifalarida hikoya, 
ocherk, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi maqolalar ham tez-tez yoritilib 
turgani uning ixlosmandlari sonini ko'paytirishga xizmat qilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kasaba uyushmalarining 1942-yili San-Fransiskoda tashkil etilgan 
nashri — «The Dispatcher» mustaqil gazetasi asosan ishchi-xizmatchilar 
manfaatini himoya qilishga yo'naltirilgandi. U lam ing erkin minbari 
hisoblangan mazkur gazetada dunyo miqyosida kasaba uyushmalarining 
ilg'or tajribalari, bu sohadagi m uam m olar yoritilardi.
Odamlarda ijtimoiy, siyosiy mavzulardagi maqolalarga qiziqish katta 
ekanligini anglagan chikagolik jum alistlar va noshirlar 1947-yili «Chicago 
Sun—Times» gazetasini tashkil etdilar. Bu davrda kurrai zaminda turfa 
siyosiy voqea-hodisalar avj olayotgan edi. SSSRdagi qonli qatag'onlar, 
Yevropada Ikkinchi jahon urushining o ‘choqlari paydo bo'layotgani 
haqidagi xabar va sharhlar amerikaliklaming ham e ’tiborini jalb qilmasdan 
qoimasdi. Boshqa yetakchi gazetalar qatori «Chicago Sun—Times* gazetasi 
sahifalarida ham bu mavzular atroflicha yoritib borildi.
Agressiya va urushlaiga hamisha qarshi turadigan «N ational Gardian» 
taraqqiyparvar gazetasiga 1948-yiIi Nyu-Yorkda asos solingan edi. Ko‘p 
o ‘tm ay bu gazeta nihoyatda ommalashib ketdi. Dunyoning barcha 
burchaklarida uning muxlislari topiladi.
XX 
asr birinchi yarmida AQSHda matbuot ravnaqini yuksak pog'o- 
nalarga ko‘tarishda «Ogdena», «Nyuxauz», «Perri», «Ridder», «Skripps- 
Govard*, «Skripps», «Tayms—M irror kompani», «Xerst» kabi gazeta tresti, 
konsemi va birlashmalari salmoqli o'rinda bo'lishdi. 
Ular o ‘nlab 
gazetalarni million-million nusxalarda chop etishgani yaxshi m a’lum.
Shunisi e ’tiborga molikki, AQSHda ingliz tilidagi nashrlar bilan btr 
qatorda boshqa millat o ‘quvchilariga mo'ljallangan gazetalar ham emin- 
erkin chop etilardi. Masalan, 1905-yüdan Bostonda latish tilida «Amerikas 
Latweeties» (Amerikas Latvietis), 1909-yildan N yu-Y orkda eston tilida 
«Uus Ilm» (Uus Ilm), 1917-yildan Nyu-Yorkda rus tilida «Russkiy 
Golos», litva tilida esa 191 t-yildan Nyu-Yorkda «Laisve» (Laysve) va 
1923-yiIdan Chikagoda «Vilnis» («Vllnis»), N yu-Y orkda ukrain tilida 
«Hromadsky Holos» (Gromadskiy Golos), 
1938-yildan Nyu-Yorkda 
arm an tilida «Lraper» (Lraper) gazetalari ham ko‘pm ing nusxalarda chop 
etilgani bu yurtda demokratiyaning ravnaq topganidan dalolatdir.
AQSH matbuoti tarixida XX asming birinchi yarm ida boshiangan 
ilg‘o r usullar va an ’analar dunyo matbuoti taraqqiyotiga ham sezilarli 
darajada ta’sirini o ‘tkazib kelayotir.
Angliya matbuoti ham XX asming birinchi yarm ida ravnaq topdi. 
O 'sha davrdayoq angliyaliklarning amerikalik o'quvchilarga nisbatan ikki 
marta, fransuzlarga qaraganda uch barobar ko‘p gazeta-jum al xarid 
qilishlari kuzatilgan. Angliya gazetalarini shartli ravishda besh guruhga 
ajratish mumkin:

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish